November 21

REACTION FANFIC BY SHADOW

Qornimdagi bir mo'jiza uxlab yotgan bo'lsa oldimda meni quchgancha shu mo'jizaning sababchisi muloyim nafas olgancha uxlar edi. Yelkamga suyanib baqavvat qo'llari bilan qornimni yengilgina silab yotar ekan mening ham unga injiqlik qilgim kelib sochlarinimdan bir tutam olib burnini qitiqlashni boshladim. Bundan bezkvtalanib qo'yadi ammo hech uyg'onmaydi. Men esa zerikib ketdim. Yana va yana uni jig'iga tegaverganimdan ahiyri qovoqlarini chimirib uyg'ondi va men bunga erishdim.

- charchganimni bila turib atayin qilyapsanmi?
- men zeriktim sen esa pishillab uxlab yotibsan
- chunki men ishlayman. Sening xurmacha qiliqlaring jonimga tegdi.
- nima? Jonimga tegdi?

Mening bu oddiy harakatim nega uni bunchalar jahl qilishga olib keldi anglamay ham qoldim. Uni o'zimdan itarib o'rnimdan arang turib kattalashib qolgan qornimni ushlab unga gapira ketdim.

- senga nima bo'lyapti? Nega menga birdan bunaqa muomalada bo'ladigan bo'lib qolding?
- men ham odamman charchayman nega shuni tushunmaysan?
- ha huddi sendek tushunmayman. Hozirgi ahvolimda meni tushunish o'rniga meni batar ezyapsan. Yoki to'g'risini ayt kimnidir topib oldingmi? Biror megajin senga ko'z suzgan shu uchun ham menga muomalang shunaqa.

Jungkookning jiddiy yuzi birsan yorishib o'rnini kulgu egalladi. Tez tez nafas olgancha ko'zlariga yosh aykangan xotinini oldiga kelib yelkalaridan ushlab

- sening bu mitti miyyang bo'lmagan narsalarni to'qishga juda usta. Qanaqa boshqa kimsa bo'ladi sen turganda. Sening bu holating eng go'zallashgan holating. Seni yanada shu holatingda qattiqroq sevib qolmoqdaman.

Ko'zlari yoshga to'lgan Nabi erinjng gaplaridan erib uni quchog'iga bir deganda kirib belidan mahkam quchdi. Quchishga qorin xalaqit bermasligi uchun yon tomonga burilib erining ko'ksidan hidlab qorniga egildi va bolasiga arzni boshladi.

- ko'rdingmi bolajonim otang huddi shunaqa. Nasib etsa bu yerdan chiqib olsang ikkalamiz birgalikda otangni adabini beramiz.
- 2 ga 1 to'g'ri kelmaydi.
- bizga farqi yo'q bu sening muammoying
- mitti kapalagim men faqatgina seni sevaman
-... ey to'xta sen hozirgi xolatimda ancha go'zallashganimni va qayta qayta sevib qolayotganingni aytding. Tuqqanimdan so'ng meni sevmay qo'yasanmi shunda. Men buni istamayman.

Nabi norozi ingragancha eridan uzoqlashib qappaygan qorni ustidan qo'llarini bir biriga bog'lab oldi. Bundan xolatlarga o'rganib ketgan Jungkook kulgusini zo'rg'a tiyib Nabini bo'ynidan quchib

- bu yurak seni 100yillardan so'ng ham qarib kampirga aylanganingda ham sevaveradi - uni sochlari ustidan o'pib ko'zlarini yumdi
- ... Jungkook
- hmmm
- Jungkook deyapman
- eshitaman mitti kapalagim
- boshlanyapti
- nima?
- kelyapti
- kelaversin

Jungkook beparvolarcha tabassum bilan xotinini quchib undan to'yib nafas olar ammo bu gaplarga e'tibor ham bermas edi. Nabi birdan qichqirganidan so'ng u o'ziga keldi.

- hoy ahmoq men bola kelyapti dedim🗣

Jungkook esankirab qolgancha xotinini bukilib qolganini ko'rib buni haqoqatligiga ishondi. Bu voqea qachondir bo'lishini bilardi tayyorlangandi ammo ularning hech biri hozir ish bermadi.

- n.nima n.nima r.rostanmi?
- YO'Q YOLG'ONDAN BO'LYAPTI AXMOOOOQ. BOR MASHINANGNI TAYYORLA HOZIR O'LIB QOLAMAN🗣

Jungkook Nabini yotoqqa avaylab o'tqazib borib mashinasini eshik tagigacha olib keldib og'riqdan baqirayotgan xotini oldiga keldi.

- buncha iminlaysan yaramas🗣
- bo'ldi sevgilim ketdik. Hammasi tayyor
- men yura olmayman meni ko'tar

Jungkook Nabini ko'tarib mashinaga joyladi. Xavfsizlik kamarini o'tqazib o'zi ham mashinaga joylashdi. Yo'lga chiqishdi yo'l bo'yi Nabi chuqur chuqur nafas olgancha og'ziga to'g'ri kelgan so'z bilan Jungkookni so'kib ketar edi. Buni hammasi esa og'riqdan buni Jungkook ham yaxshigina tushunib turibdi. Mashina yarim yo'lga yetmay yoqilg'isi tugayotganini ko'rgan Jungkook bir og'ir yutunib qizib ketgan xotiniga qo'rqib qaradi. Buni sezgan Nabi Jungkook o'qrayib qarab

- nima olayasan
- kechir sevgilim
- nega
- ...yoqilg'i qolmapti
- JIN URSIN SENI HAM MANA BU LA'NATI MASHINANGNI HAM🗣

Jungkook tezlikda mashinani yo'l chetidagi yoqilg'i quyish shaxobchasiga eltib joyladi. Pistoletni mashina bakiga tiqib xotinini oynadan azoblanayorganini ko'rib batar vijdoni va joni azoblanar edi. Qayerdandur paydo bo'lgan nazoratchi qorovul Jungkookni oldiga kelib tamaki uzatdi. Nabiga qarab

- birinchisimi
- ha janob
- tug'ruqxonagami
- KATTA XOLANGNIKIGA OVSAR KO'RMAYAPSANMI? JUNGKOOK YOLVORAMAN BO'LDI KETDIK
- Mana hozir

Jungkook og'zi ochilib qolgan erkakka tamakisini qaytarib pistoletni joyiga qoydi va mashinani haydab ketdi. Tug'urqxona egsigi tagida yana spektakl qo'ygan Nabini charchagan holatda xonaga olib kirib ketishdi. Bir necha soatlar mobaynida o'tgan og'riq va qichqirishlardan so'ng Nabi yana bir mitti farishtani dunyoga keltirdi. Farzandining va xotining sog'lig'ini yaxshiligini eshitgan Jungkook butun kasalxonaga ota bo'lgani munosabati bilan tekin ovqat tarqatishlarini aytib bolasini ko'rib xotinining oldiga yo'l oldi. Qo'lida buket bilan xonaga kirib xolsizlarcha yotgan xotinining oldiga joylashib uni peshonasidan o'pdi.

- rahmat menga dunyolarni hadya qilganing uchun
- seni sevaman hayotim
- men ham seni sevaman. Ammo seni jazolar kutmoqda
- nega ekan?
- yo'l bo'yi meni to'g'ri kelgan so'z bilan xaqoratlab kelding
- bularning ko'nglingga olmagandursan
- bularni qora ro'yhatga oldim

Jungkook qyyorona tabassum qilib turar ekan qo'rquvdan og'ir yutungan Nabini ko'rib kulib yubordi. Uning kulgusiga ham Nabi sherik bo'ldi. Ular endilikda shirin shirin kunlar va qaynoq qaynoq tunlar o'tkazishadi.... tamom

#Jeon_Shia
@Glamour_fanfic