November 27

SERENITY 11-EP

Jungkook Shiyani moxir doktor oldiga olib kelib yotqizdi. Doktr Shiyani muolaja xonasiga olib kirib Jungkookni chiqarib yubordi. Oradan bir necha soatlar o'tdi hamki darak yo'q. Shifokorning yordamchilari dambadam ketma ketlikda nimadurlarni olib kirib ketishadi. Nima uning ahvoli shunchalar jiddiymi?

Pov Jungkook

Nega bular buncha yuragimni bezovtalagnacha ko'p kirib chiqishadi a? Hamma narsani bir joyga keltirib qoysam bo'lmasmikan? Har hil narsa uchun yana har xil qizlar chiqadiya? Asablarim allaqachon tamom bo'ldi. Jin ursin aqldan ozaman.

Jungkook ich ichidan o'tayotgan biror tuyg'usiga tushunmas. Aql va yurak o'rtasidagi jangda qolib ketgan edi. Nima qilishini nima deb o'ylashigacha shoshib qolgan yigitni oldiga kelgan xamshiraning ovozi o'ziga jalb qildi.

-kechirasiz janob, jarohatlaringizni bog'lab qo'yishga nima deysiz
-... mayli.

Jungkook jarohatlarini ko'rsatib davollatirib bo'lshi bilan shifokor xonadan chiqib keldi. Yuzidagi ro'molli niqobini yechib tomoq qirib Shiya haqida ma'lumot berishni boshladi.

- Jeon xonimning axvoli neytral xolatda. Ichki qon ketishini to'xtatish ancha qiyinlashdi. Kuchli zarb tasirida qovurg'alari anchagina jarohatlangan. Natijada qon ketishi yuzaga kelgan. O'pkada ham birozgina muammo bor. Bu tabiiy va tutun sababli.
- demak xavf yo'qmi?
- bu tun ancha og'ir o'tadi. Nimadur deya olmayman. U nazoratimiz ostida bo'ladi.
- tushunarli. Nimadur kerakmi?
- yo'q janob.
- uni ko'rishim mumkinmi?
- ha albatta

Jungkook shifokorni aylanib o'tib xotini yotgan xonaga kirdi. Qiz ustiga oq mato tashlangancha bir tekis nafas olib yotardi. Jungkook rafiqasiga yaqinlashgani sari shig'illashni sezar va bu ovoz Shiyaning nafas olishidan paydo bo'lardi. Uni oldiga o'tirib yuzining har bir nuqtasiga e'tibor bergancha tikilib qoldi. Beixtiyor qo'lini ohista yuziga eltib siladi.

- ular albatta jazolarini olishadi. Sen esa tezroq uyg'on. Aks holda men zerikib qolaman

Jungkook qo'lini uni yuzidan olib gavdasini rostladi. Ortga o'girilib eshik oldiga borganida nimadur uni orqaga qarashga undadi. Yana bir bor rafiqasiga nigoh tashlab xonani so'ngra shifoxonani tark etdi.

1900-yillardek stil deb tasavvur qilvorila

Erta tong

Jungkook tun bo'yi o'zi uchun odam izlab xavfsizroq boshpana qidirdi. O'z oldiga ishonchlilarni yig'ib ota-onasining va uy atrofi xavfsizligini ta'minladi. O'zini epaqaga keltirib so'ng yana shifoxonaga yo'l oldi. Jungkook shifoxonga ostonasidan ichkariga qadam qo'yganida Shiya yotgan xona atrofida o'ralashib yurgan odamlarni ko'rib qoshlari chimirildi. Katta katta qadamlari bilan tezlikda yetib kelib ichkariga bostirib kirdi. Hammani aylanib o'tib yotoqda yotgan bemor xotini deb o'ylab ko'z tashladi. Ammo yotoqdagi bemor Shiya emas. Jungkook hayratdan qotib qoldi. Uni yordamchi hamshiralar tashqariga chiqarib tashlashdi. Jungkook bir muddatda o'zini yig'ib xotiniga qaragan shifokorni izlay boshladi. Har joydan izlar ekan ikkinchi qavatdan tanish ovoz yangradi.

- Janob Jeon

Tezlikda yuqoriga qarab tanish chexrani ko'rib u tomonga qarab yugurdi. Yuqoriga chiqib shifokorni qarshisiga turib

- xotinim qayerda?
- Jeon xonimni ko'chirgan edik manzur tuting
- ahvoli qanday?
- ichkaridalar o'zingiz ko'rishingiz mumkin

Jungkook shifokorni kutmay ichkariga birinchi bo'lib kirdi. Yotoqda xaligacha bir xilda uxlab yorgan xotinini ko'rib ichidagi olov so'nib o'ziga keldi. So'ng shifokorga yuzlandi.

- nega u haligacha ko'zlarini ochmayapti
- bu tun og'ir o'tdi. Anchagina isitmalari ko'tarilib ketdi. Surdurgi berib qolmaganiga shukur dedik
- endi qachon o'ziga keladi?
- ertagacha kuta qolaylik. Ertagacha kelishlari mumkin
- unga yaxshilab qarang. Ko'z quloq bo'ling. Nimadur bo'lsa shu yerga soqchilar qoldirib ketaman. Ularga ayting
- tushunarli janob

Jungkook shu ko'yi shifoxonadan chiqib ketdi.

Kechki payt

Jungkook barcha ishlarini bitirib yana shifoxonaga yo'l olganida uni ortidan otasining xabarchisi ham ergashib yetib oldi. So'ng unga otasining tezlikda kelishini buyurgan xabarini olib uning oldiga yo'l oldi. Yangi ko'chib keltirilgan uyidan otasining xonasini topib u yerga kirdi. Jungkook xonags kirganida otasi bir nuqtaga tikilgancha bezovta turardi. Shunchalar o'yga cho'mganidan ortidan gapirayorgan o'g'lining ovozini ham eshitmadi. So'ng birdan cho'chib ortiga qaradi.

- ota, ahvolingiz joyidami?
- yo'q yaxshi emasmiz hech birimiz endi yaxshi bo'lolmaymiz
- nega unday deyapsiz?
- chunki Wanglar Koreyada biz endi hech qachon tinch va yaxshi bo'la olmaymiz toki ular o'lmaguncha
- dada balki nima bo'lganini aytarsiz. Men sizni tushunishim uchun
- Hajoon mening oldimga keldi
- nima dedi
- u seni yo'qotarmish. Biz Kimlardan vos kechishimiz kerak emish. Koreyani ularga tashlab ketishimiz kerak emish
- nima biz shunday qilamizmi sizningcha?
- men sen borangda tavakkal qilishni istamayman
- hech narsa bo'lmaydi ota. Men ularni o'zim yo'qotaman
- shunday ularni yo'qotishimiz kerakki bu ishlar ortidan biz chiqmasligimiz kerar. Yaponiya bosh vaziriga yaqin odam bu chiyabo'rilar
- hech tashvishlanmang u bilan o'zim hisob-kitob qilaman
- senga ishonaman
- unda boshqa gapingiz yo'qmi
- kelin... xotiningni ahvoli qanday
- ertalab borganimda hali ko'zlarini ochmagan edi.
- unda borib uni ko'rib kel. U ham boshimizga balo bo'lmasin
- tushunarli. Men kettim
- ahtiyot bo'l
- yaxshi ota

Jungkook otasiga yengil ta'zim qilib shifoxonaga yo'l oldi.

Shiya kasalxonada ko'zlarini ochganida vaqt quyosh botishiga ancha yaqinlashgan edi. Sekin-asta ko'zlarini ochganida oldida ota-onasi va akasi uyg'onishini kutar edi. Uni ko'zlarini ochganini ko'rgan Kim xonim darrov atrofida parvona bo'ldi.

- otasi qizingiz o'ziga keldi
- sizlarni ham qo'rqitib yubordimmi?
- yaxshimisan malikam
- yaxshiman otajon
- anavi kuyovingiz qayerda ekan? Nega qizimni oldida hech kim yo'q? Hatto bizga xabar ham berishmadi.
- oyijon o'zingizni bosing. Jungkook meni olib kelgan bu yerga. Nimadur ishi chiqqanki u yo'q.
- ha to'g'ri oyi shifokor bizdan oldin Jungkookni kelib ketganini aytdi.
- baribir nima bo'lsa ham qizim yolg'iz bo'lmasligi kerak edi.
- bo'ldi tinchlan onasi. Qizingga qara undan ko'ra. U endigina ko'zlarini ochdi.

Pov Shiya

Men uchun kuyib pishayotgan onamni ko'rganimda yana qayta ularni mehrini tuygandek bo'ldim. Oyim kamdan kam asabiylashadi. Bu paytlar ham biz yoki otamning toblari bo'lmagandagina ro'y beradi. Ular bilan bir necha vaqt birga bo'ldik. So'ng akam ularni uyga ketkazib o'zi esa Jungkook kelguncha oldimda qolishini aytdi. Nafas olishga qiynalyapman, og'riqlarim ham yo'q emas ammo o'zimni yaxshiroq his qilyapman. gavdamni ko'tarib yotoqqa suyanib o'tirdim. Akam Taehyung ham oldimga yaqinroq joylashdi va gapini boshladi.

- ohirgi kunlarda Jungkookda nimadur o'zgarish sezdingmi? Yoki qandaydur ma'lumotnimi?
- yo'q u ohirgi kunlarda ancha tinch edi. Nima bo'ldi?
- erinngni dushmanlari ko'paymoqda. Shuning uchun ham uyingizni yoqishdi.
- ularga qarshi chiqa oladiganlar ko'pga o'xshaydi.
- ularni hammasi qandaydur mansab uchun Koreyaga yig'ilishmoqda. Shuni aniqlashimiz kerak.
- buni menga qo'yib bera qoling. Men o'zim aniqlayman
- menimcha bu xavfli endi... seni ulardan olishimiz kerak.
- ishimni oxirigacha yetkazaman aka
- o'lib ketishing mumkin. Bugun uyingizni yoqishdi ertga o'zingni bo'g'izlab ketishsa ham bilmay yuraveradi anavi lo'ttivoz
- aka, qiyinchiliksiz hech narsaga erishib bo'lmaydi
- bu degani seni hayotingni qurbon qilish kerak degani emas
- hech kimga shu qatori menga ham hech narsa bo'lmaydi. Har holda o'lib ketmayman
- nimaga ishonib bunday deyapsan?
- Jungkookning menga nisabatn tuyg'ulari bor.
- nima? O'sha iflosday-a?
- ha unda menga nisbatan nimadur bor.
-... Shiya... balki kerak emasdur
- kerak aka boshqa ilojimiz yo'q
- baribir u senga nimadur qilsachi?
- ... qilmaydi. Yuragim shunday deyapti.
- yuraging?... senda ham unga nisbatan nimadur bor deganimi bu? Shundaymi?

11-qism tugadi.

#Jeon_Shiya
@Gold_fanfics

COMENT BO'MASA HAFALASHAMIZ❗️