November 28

QORA BO'RI YOHUD VAXSHIY OSHIQ 4-FASL 9- QISM

Qora bo'ri yoxud vaxshiy oshiq
4-fasl
9-qism

Changwook anchagina jahl otiga minganini ko'rgan Janob Jeonning ranggi ham ancha o'chdi. Unga gapirmoqchi bo'ladi ammo yuragi betlamaydi. Unga yoqmaydigan nimadur deb qo'ysa Changwook u bilan orani ochishidan cho'chiydi. Changwook asabiy kresloda o'tirib poshnasini tinimsiz yerga urgancha asabiylashar edi. Uning bu harakatlari telba odamni eslatadi. To'satdan ikki kaftini bir vaqtda stolga qattiq urib gapini boshladi.

- bu nimasi a? Juda chiroyli chiqish bo'ldi. Huddi shunday raqibing bo'lishi qandayin yaxshiya. Zerikmaydigan bo'ldim... to'g'rimi Janob Jeon
-... h.ha to'g'ri
- Yo'q🗣 to'g'ri emas umuman to'g'ri emas... hech kim meni ochiqchasiga jang maydoniga taklif qilmasdi. Hech kim mening qarshimga chiqa olmasdi... yo'q yo'q men bunga yo'l qo'ymanman. Meni oyoqosti qilishlariga yo'l qo'ymayman.

Asabiy ko'zlarini yumib ochib titradi. So'ng ikki chakkasini siqib titrashda davom etdi. Bunday harakatlar faqatgina nosog'lom odamlarga xos. Changwook cho'ntagidan tabletka ko'rinishidgi qora dorini chiqarib 2 donasini olib og'ziga soldi. Bu qora dori o'z tasirini ko'rsata boshlashi bilan u sekin asta tinchlana boshladi. Yuzida jilmayish paydo bo'lib sekin ko'zlarini ochdi. Kreslosiga suyangancha ko'z qirini Janob Jeonga tashladi.

- nimaga rangingiz oqarib ketti Jeon
- yo'q o'zim shunday
- ular kim?
-... mening to'ng'ich o'g'lim
- Nima?

Changwook hayratlangancha gavdasini ko'tarib stolga qo'llarini qo'ydi va iyagini tirab bor diqqatini janob Jeonga qaratdi.

- nega u sizga qarshi?
- u o'z o'rniga chiqmoqchi
- u kim?
- Jeon Jungkook ya'ni ... Qora bo'ri
- oooooouuuv haaaaa men uni eshirganman. Demak u sizning o'g'lingiz. Unga nima qildingizki u sizga qarshi?
- unga nima bergan bo'lsam hammasini tortib oldim... endi esa u mendan hammasini qayta olmoqchi
- bu yaxshi emas... otaga qarshi chiqish yaxshi emas.
- shuning uchun menga sizning yordamingiz kerak o'g'lim. Agarda Jungkook o'lsa bizda boshqa xavf yo'q
-... u bilan yuzma yuz ko'rishsammikan. Shuncha mansabingiz bilan undan qo'rqayotgan ekansiz demak u hech narsasiz ham sizdan anchagina mukammal
- nima?
- hazllashdim. Men nomardning ishini qilmayman Jeon. Endi esa boravering. Men yolg'iz qolmoqchiman

Changwook aylanuvchi kreslosiga bor gavdasini tashlab tirishdi. So'ng uni aylantirib derazaga o'girildi. Janob jeon esa ortiq bu yerda turmay xonani tark etdi.

Shia va Jungkook yo'lda birgalikda mashinada ketishar ekan ikkisining ham yuzida tabassum o'ynar edi. Jungkook ko'chani tomosha qilib ketar ekan ko'zi birdan rulda o'tirgan qizga tushdi. Shia rulni bir maromda siqimlagancha yuzida samimiylik bilan edi. Jungkookning unga qadalgan nigohini payqab unga yo'ldan e'tiborini olmay savol berdi.

- yuzimga gul qo'ndirishibdimi tikilib qolding?
- o'ylayapman
- nimani?
- nega yolg'izligingni
-... menga shu yoqadi
- oldin kimnidur sevganmisan?
- shaxsiy savollarga javob berishga majburmanmi?
- yo'q shunchaki sen bilan gaplashgim keldi. Senga qiziqib qoldim
- menga qiziqqanlarni yoqtirmayman
- lekin sen o'zingga tortasan? Judayam sirli qizsan
- ho'sh nima qilishim kerak shuning uchun?
- hech narsa
-... aynan nimam sirli va o'ziga tortuvchan?
- mungli va jaxlga to'la ko'zlaring, kamgapliging, sirli harakatlaring hamma hammasi hammani etiborini bir ko'rishdayoq tortadi.
- hmmm... tushunarli
- meningcha sening darding ham menikidan kam emas
- psixologlardek tergading ishon. Sen haqingda eshitgan gaplarimga umuman teskari hozirgi holating
- bilaman... lekin men ham odamman
- sen dam olishing kerak
- hali ko'p dam olamiz

Shu ko'yi ikkalamiz ham jim bo'ldik. Nega u menga qiziqib qoldi? Qiziqsa ham menga farqi bo'lmasligi kerak. Unga qancha yaqinlashsam u shuncha qiziqishni boshlayapti.

Shia Jungkookni uyga tashlab o'zi ishi borligini aytib uydan qayta chiqib ketdi.

Jehi yana qayta otasining boyligini qo'liga kiritib avvalambor o'ziga kichikroq uy va kerakli narsalarini sotib oldi. So'ng hali Taehyungning qbariga bormagani esiga keldi. Uni va otasini ziyorad qilishni istab qabristonga yo'l oldi. Oldin otasining qabriga borib uni ziyorad qildi. U haqiqiy otasi emas ammo u ota mehrini shu odamdan tuygan.

- siz mening haqiqiy otamdanda azizsiz. Vafotingizdan so'ng ham men uchun hammasini yaratmoqdasiz. Sizga mos qiz bo'la olmadim. Meni kechiring.

Jehi otasini qabrida yana bir muddat o'tirib endi boshqa qabr tomon yo'l oldi. Marmar toshlar orasidan oyooqlari qaltiragancha ko'z yoshlarini artib o'tib borar ekan qabristonning eng chekkasida ko'rimsiz bo'lib turgan qabrni ko'rib yuragi battar siqildi. Ko'zyoshlari yuzini yana yuva boshladi. Keyin katta katta qadamlar bilan qabrga yaqinlashdi. Qabr ahvoli anchagina og'ir. Ustidagi changlqr yomg'ir yog'ib tuproq holatiga kelib qotib qolgan. Qabr oldiga qo'yilgan suratlar ham ag'anab ketgan. Jehi lablarini qimtigancha qabr oldida turib uning ustiga tushurilgan Taehyungning suratini silab yig'lab alam bilan arta boshladi.

Pov Jehan

Nahotki hech kim uning oldiga kelmadi. Nahotki hech kim uni eslab ham ko'rmadi. Bu nimasi bo'ldi. Nega u xarob ahvolda yotishi kerak? Taehyung sevgilim meni kechir. Na sendan xabar oldim. Na qabringni obod qila oldim. Oppoq marmarga tushurilgan tasviring ancha xiralashib ham qolibdi. Sen... meni kechira olasanmi?... kechirolsang kechir... senga munosib bo'lma olmagan xotiningni kechir...

Jehi alam bilan Taehyungning qabrini tozalab qabr uatiga oralagan begona o'tlardan tozalab chiqdi. Qabr marmarlarini birma bir artib tozalab aga'nab ketgan rasmlarni qayta joylashtirdi. So'lib qolgan gullarni guldoni bilan birga olib tashlab o'rniga qabr atrofiga gul ekdi. Ishini tugatganidan so'ng Koreyslar odatiga ko'ra bir shisha sojuni qbar oldiga 2ta stakan bilan qo'ydi. Bir stakandan o'zi ichib qayta yana joyiga qo'ydi. Qiz qo'zlarida yoshlari tinib qotib qolguncha erining suratidan ko'z uzmadi. Ko'z yoshlari artib chuqur nafas olib chiqardida o'rnidan turdi. Marmar toshni ushlab

- yaqinda oldingdan joy olaman... Tinch orom ol... Seni sog'indim...

Jehi qabristonni tark etar ekan telefonini cho'ntagidan chiqarib odamiga telefon qildi.

- iltimosimni bajara oldingmi?
- ha xonim uni hozirda ham qayerdaligini aniqladim
- qayerda u
- Shadow clubi. Shinchonda joylashgan
- katta rahmat. Ko'rishguncha
- siz so'ragan boshqa narsalar ham allaqachon mashinangizda
- yana bir bor rahmat
- omad yor bo'lsin.
- ko'rishguncha

Jehi telefonni qo'yganidan so'ng mashinadagi bardachoklarni tekshirib chiqdi. Bir nechta qurol va zaxira o'qlar hammasi tayyor. Jehi miyig'ida tabassum qilib bir qurolni qo'liga oldi.

- bugun barchasi tugaydi qizil sochli tulki.

9-qism tugadi.
#Jeon_Shiya
@Glamour_fanfics

Jehi

Keyingi qismlarda:

- mana yana uchrashdik tulki
- ha o'zi seni kutayotgandim

*

- Changwook bilan uchrashish ancha xavfli
- bir boshga bir o'lim

*

- Jehini nima qilamiz
- o'ldirib yubor. Ortiqcha guvoh kerak emas

Fanficimiz kulminatsiyon joylariga yaqinlashmoqda. Keyingi qismlarda hammasi oshkor bo'ladi. Aktivlashamiz yorobun. Coment va reaksiya qoldiring🔥