Qora bo'ri yohud vaxshiy oshiq 4-fasl 7-qism
Qora bo'ri yohud vaxshiy oshiq
4-fasl
7-qism
Quloqlariga o'q ovozi uzoq uzoqlardan eshitilayotgandek bo'lib xushini yo'qotishga shay edi. Ammo oradan ko'p vaqt o'tmay o'q ovozlari birdan balandlashib to'satdan tindi. Lekin Jungkook buni anglamasdi. Ko'p vaqt o'tmay Jungkookning qarshisidagi mashina eshigi ochildi. Jungkook yagona ilg'agan narsa eshikni ochgan odam olovrang sochli qiz edi.
Klubimdan chiqqanimda menda hech qanday qo'rquv yo'q edi. Toki So bilan gaplashmagunimcha. Soning aytishicha Jihoon uni trassada qoldirib ketganini va So qolgan odamlar bilan borishinini aytganini eshitib Soni bisotimdagi bor xaqorat so'zlar bilan xaqoratladim. Nega nima uchun u bu ishni qildi? Jihoon hali bunday ishlarga yaramaydi. Eh ahmoq bola.
Jihoon bu dunyodagi yagona suyanchig'im. Yagona qarndoshim jigarim. Bittayu bitta unga ishona olaman xolos. Agar u ham meni tashlab ketsa men sinaman. Bu olamda ilashib turishim uchun yolg'iz sabab Jihoon. Yuragim taka puka bo'lgancha oyog'imni qo'limga olib chopdim. Qanchalar masofasini katta tezlikda bosib o'tmay hamma narsa hamma hammasi menga qarshidek. Masofalar uzayib borar vaqt ham teskari aylanar edi. Kaftlarim orasifagi charm rulni qiynab burib siqqancha mashina pedalini ayovsiz bosib mashinamni o'kirtirgancha borar edim. Ko'zlarimga hech nima ko'rinmas quloqlarim hech bir so'zni eshitmas edi. Miyyamdagi yagona o'y - kech qolmaslik edi.
Yetib kelib ko'rgan manzaramdan shokka tushdim. 10dan ziyod mashina va bitta o'q otar qurol birgina Jihoonni mashinasini o'qqa tutar edi. Ortimdan yetib kelgan odamlarimga buyruq bergancha bu mashinalarga ortidan xujum qildik va ularni yakson qildik. So kelib menga nimadurlar dedi ammo men unga qarab ham o'tirmay Jihoonning mashinasi tomon yugurdim. Old o'rindiqlardan hech nima topolmay orqa tomon eshikni ochdim. Qarshimda Jungkook shu zahoti xushini yo'qotdi. Eshikni ochganimda esa Jihoonning tanasi eshik ostonasida ilinib qoldi.
Ikki yonma yon kravatda yotgan yigit va ulardan ko'z uzmay turgan qiz ularni uyg'onishini kutar edi. Shia kresloga orqasini berib qo'llarini bog'lab tizzalarini chalishtirgancha yigitlarning uyg'onishidan tashqari yana bir kishini kelishini kutar edi. Oradan 5 daqiqa o'tib xona eshigi yengil taqqilladi va ichkariga bir kishi mo'raladi. Shia unga jiddiy va o'tli nigoh bilan qarab oyog'idan boshigacha analiz qilib kir deya ishora qildi. Yordamchi So kelib Shianing qarshisidan joy egalladi. So hech bir so'z demay yerga qarab o'tirdi.
Shia: nimadur demoqchi bo'lmasang ket asabimni buzyapsan
So: xonim
Shia:...
So: Men shunchaki uni aytganini qildim
Shia: bu sabab bo'la oladimi?
So: men shunchaki...
Shia: Shuncha payt ishlagan miyyang nega o'sha payt ishlamay qoldi? Nega doim o'zinikini o'tqazadigan So kecha tig'iz paytda birovning fikrini ma'qulladi?
So:...
Shia: tilingni yutma So
So:...
Shia: ular kim?
So tezlikda Shiaga qaradi. Uning ko'zlaridagi shubha jahl sokinlik hammasi jamuljam. U shunchaki qat'iyligicha Soning ko'zlariga tikildi. So'ng biroz jilmaygancha
Shia: demak rostan kimdur bor
So: Xonim... men majbur bo'ldim. Jihoonni ketkazish uchun majbur bo'ldim
Shia: sabab? Ular senga nima taklif qilishdi
So:...
Shia: aytmaysanmi?
So:... nima qilgan bo'lsamda siz uchun qildim. Sizning hayotingiz uchun qildim. Siz yashashingiz uchun qildim
Shia:..demak aytmaysan
So:...
Shia: unda men uchun yana bir ish qil
So:...
Shia: bu yerdan yo'qol va hech qachon mening oldimga qaytma
So: N.nima?
Shia: ...ket
So: Shia xonim
Shia: ...itgayam ket desa ketadi. Itdan batarmisan
Shianing qarori qat'iy buni sezgan So o'rnidan turdi va Shiaga ta'zim qilib chiqib ketdi. Shia shu zahoti yana kimgadur qo'ng'iroq qildi va
Shia: nojo'ya harakat sezsang hech ikkilanmay yo‘q qil...
So'zini yakunlab go'shakni qo'yishi bilan yigitlardan biri o'ziga kelishni boshladi va bu Jungkook edi. Jungkookning ko'zlari yoruqlikdan qamashib og'riq berdi. Shia telefonini titkiilagancha
- uyqudagi malikalardan biri uyg'ondi. Hayrli tong
-... nimalar bo'ldi
- eslashga arzimaydi
- ... rahmat
- nima uchun
- hayotimni saqlab qolganing uchun
- ... to'g'risini aytsam sen uchun bormadim... yoningda yotgan yana bir malika uchun bordim
- nima bo'lganida ham
- arzimaydi.
- arziydigan nimadur bormi sen uchun? Hayotimni saqlab qolishing arzimaydi, o'tgan voqealar ham arzimaydi.
- men uchun ahamiyatga ega narsa yo'q. Ahamiyatga ega kimdur esa ana
Shia yotoqda haligacha uxlab yotgan yigitga ishora qildi. Jungkook Jihoonga qarab jilmayib e'tiborini yana telefondan ko'z uzmayotgan qizga qaratdi. Uni boshdan oyoq kuzatib so'ng xonani ko'zdan kechirishga tushdi. Yon tarafda sal uzoqroqda turgan grafinga ko'zi tushib chanqaganini esladi. O'rnidan turishga harakat qilganida yelkasidagi jarohat uni yana qayta yotoqqa mixladi. Og'riq bosilganidan so'ng yotgan holatida qo'lini grafinga cho'zdi ammo undan oldin grafinni boshqa kishi olib stakanga suv soldi. Bu odam esa Shia. Shia stakanni Jungkookning qo'liga ushlatib qayta joyiga borib o'tirib telefonini yana qo'liga oldi. Qo'lida telefon ammo e'tibori Jungkookda. Jungkook yotgan holatida qiynalib suvni icholmayotganda Shia ensa qotirib yana o'rnidan qo'zg'aldi va uning oldiga kelib o'tirdi. Qo'lidan stakanni olib bo'ynidan qo'lini o'tkazib gavdasini ko'tarishiga yordamlashdi. Jungkookning lablari oldiga stakanni etganida uning ko'zlari o'zidaligini sezib uning qora ko'zlariga qarab qoldi. Jungkook undan ko'zini uzmay stakandagi suvdan simirdi. Shia esa jiddiylikni buzmay Jungkookning ko'zlaridan etiborini olib stakanga qaratdi. Yigit esa yuzi qordek oppoq ko'zlarida sovuqlik aks etib turgan qizni kuzatib stakandagi suvni tugatdi. Shia stakanni joyiga qo'yib Jungkookni yotqizayotganda xonada ovoz yangradi.
- menga ham shunday suv ichiradigan qiz bormikan
- qachon uyg'onding?
- sen unga mehr ila suv ichirayotganingda
Shia asabiy qorachig'ini aylantirib ishini tugatdi va unga 32ta tishini ko'rsatib kulib turgan yigitning oldiga keldi va yo'l yo'lakay olgan grafinni uning yuzidan bo'shatdi. Jihoon badani bo'ylab yugurayotgan sovuq suvdan eti junjikib kulib turgan yuzi oqarib tili aylanmay qoldi.
- chanqog'ing bosildi degan umiddaman.
Kasalxona yo'lagi bo'ylab yurib ketayotgan qiz viqor bilan qadam bosgancha ketar ekan ortidan kimningfir qichqirig'i eshitildi. Yo'lidan to'xtab ortiga o'girilganda hammaga o'shqirib ularning qo'lidan chiqishga urunayotgan bemorni ko'rdi. Shifoxona xodimlari u qizni tinchlantirishga harakat qilishar ammo u hech to'xtash nimaligini bilmasdi.
- unga tinchlantiruvchi jo'nating
- QO'YIB YUBORING QOTIL SHU YERDA MENI QO'YIB YUBORING
Shia yo'nalishidan qaytib ular tomon yaqinlasha boshladi. Uzun poshnalarini marmar bilan yuzlashtirib jarangli ovoz chiqarib borar. Undan ko'z uzmayotgan bemor qiz u yaqinlashgani sari battar quvvati ortib borar edi. Shia esa bu qizni sochlari to'zib yotgani sababli tanimas edi. Endigina unga yaqin kelganida Shiani ortifan kelgan yigit uni chaqirdi.
- Shia🗣
- Yoongi?
- bu yerda nima qilayapsan? Jungkook ketishini aytib qaysarlik qilmoqda
- ha hozir kettik
Shia qizni e'tiborsiz qoldirib Yoongi bilan birgalikda Jungkookning palatasi tomon yo'l olishdi. Bemor qiz xoldan toyib tanasiga yuborilgan dori tasirida tinchlana boshladi.
- qizil sochli qotil. Seni topaman. Tug'ilganingga pushaymon qilaman... hammasi uchun javob berasan... javob berasan... - xushini yo'qotdi.
- tanangga jon kirgan ko'rinadi ketishga tushding
- Jungkook azaldan kasalxonani yoqtirmaydi.
- shundoq ham sizlarni bu yerda qoldira olmasdim. Bu yer xavfli. Tayyorlaning ketamiz.
Janob Jeon hammaga o'shqirgancha katta aylanasimon zalni cho'loqlanib aylanar ovozi esa qari qarg'aning qag'illashi kabi yoqimsiz eshitilar edi. Bu yerda esa Jihyung quloqlarini berkitib eshitmaslikka harakat qilar edi. Unga xattoki o'z otasining ham ovozi yoqmayotgan edi. Bu ishlar tezroq tugashi uchun hamma narsaga bee'tiborlarcha mudrar edi.
- shundoqqina kaftingizga tushgan o'ljani qochirdingiz landavur lapalashlar🗣
- Janob Jeon ularga yordam kelganligi sababli ushlay olmadik. Ko'rganingizdek ular bizlardan ancha kuchli edi.
- sen o'zingni zayif hisoblar ekansan oramizda o'rin yo'q
Janob jeon hech nimaga qaramay kipriq qoqmasdan gapirgan qo'riqchisini peshonasidan otib tashladi. O'q ovozidan so'ng hamma sukut saqlay boshladi. Bu sukutni esa Janob Jeonning quloqqa yowmaydigan ovozi buzdi.
- yana kim o'zini kuchsiz sanaydi
-...
- unda boring. Ularni birma bir kuzating. Shu hafta ichida JEON JUNGKOOK mening qo'limda bo'lishi lozim.
Qo'riqchilar boshini egib tazim qilgancha tezlikda zalni bo'shatishdi. Jihyung ham endi turib ketayotganida
- senga ketishingga ruxsat bermadim Jihyung
- menda nima ishingiz bor
- sen kecha shira kayf eding. Nega bunday qilyapsan? Nega menga yordam bermay akangni xatosini takrorlayapsan?
-... bu mening xohishim sizga halaqit bermayapman
- lekin foydang ham tegmayapti
- ...
- sen erkak emassan Jihyung. Sen Jeon familiyasiga munosib emassan. Sen mening qo'limda tarbiyalanmading attang
- sizni qo'lingizda tarbiyalanganning ahvolini ko'rdim. Yo'qata olmay halaksiz
- u bir non ko'r edi. O'ziga non bergan qo'lni tishladi. O'zi suyanib turgan tirgakni chopdi. Agar sen ham shunday qilishga urunsang... seni ham yo'qotaman. Ikki qulog'ingga quyib ol Jihyung
Jihyung otasining ko'zidagi alam ochko'zlik va raqs tushayotgan yovuzlik xirsidan uni tushina olmay qoldi. Janob Jeon Jihyungga taxdid qilib bo'lib hassasini olib xonasiga chiqib ketdi. Jihyung esa hayoliga har narsani keltirib uydan chiqib ketdi. Mashinasiga joylashib
- akam sizni yo'qata olmagan ekan. Bu ishni o'zim qilaman...
Shia o'z xonasida o'tirar ekan birdan telefoni jiringlashni boshladi. Telefoni ekranida kutmagan odamining ismini ko'rib gavdasini ko'tardi va go'shakni oldi.
- qaysi shamollar bizni eslashga majbur qildi?
- qalbim nolasi majbur qildi...
- sheriy so'zlar sizda ancha chiroyli eshitilar ekan Janob Jihyung
-... menga keraksiz Shia xonim juda ham zarursiz
- nimadur bo'ldimi?
- oldingizga bormoqchiman klubingizda bo'lasizmi?
- ha hozir yarim soatlarda klubda bo'laman kelaverishingiz mumkin.
- ko'rishguncha
Shia go'shakni qo'yub telefoniga qarab qoldi. Jihyungning mayin yangragan ovozi shubhalidek edi u uchun. Yotog'idan turib kiyinishga kirdi va kiyinib bo'lib uyini tark etdi.
Shia oldida ichib o'tirgan yigitga qarab bo'shatayotgan qadahlarini to'ldirib unga sherik bo'lgancha jim kuzatar edi. Undan qandaydur gap chiqishini poylab har bir harakatidan qandaydur ma'no izlardi. Jihyung ohirgi qadahni bo'shatib divanga qo'llarini yozgancha chuqur xo'rsinib qo'ydi. Shia tomoq qirgancha gap boshladi.
- kelganingizga bir soatdan oshdi ammo hech narsa demayapsiz.
- ... nimadan boshlashni bilmayapman... qalbim juda qattiq og'rimoqda
- uning xonishini tilingizga chiqaring unda.
- Shia... menga qarang... men shularga loyiqmidim?
- aynan nimaga?
- ... sevilmaslikka... qadrlanmaslikka... foydalanib uloqtirishga
- sizni tushunmayapman Jihyung ochiqroq gapiring... menga ishonishingiz mumkin
- ... men umrim davomida mehrga zor bo'lib yashadim... onamni ancha kichikkigimda yo'qotdim... akamning kirdikorlariga uchradim... otamning bosimiga qoldim... nega meni hech kim yaxshi ko'rmaydi?
- bu sizning aybingiz emas Jihyung
- men ularga nima qildim? Ishlari faqat mendan foydalanish... lekin men ham endi jim qarab turmayman... hammasini birma bir yo'q qilaman. Avvalgi sodda Jihyung bo'lmayman...
- nega Jihyung? Nega sizda buncha alam bor? Ular sizga nima qilishdiki bunchalar dard sizda yig'ilib qoldi?
-dadam akamni ag'darib tashlab o'zi yana o'rnini egalladi. Qisman bo'lsada oldingi mavqeyini tiklab oldi. Unga oz bo'lsada yordam berdim lekin u meni kamsitishni boshladi. Meni yana huddi akamdek o'zidan itarishni boshladi... u shunchaki mendan foydalandi... akam... akam esa doim birinchi bo'lish uchun meni hammadan yashirdi. Men buni u meni yaxshi ko'rgani uchun qilgan deb o'ylagan edim. Lekin teskarisi bo'lib chiqdi. U o'z oldidan menga joy berishni istamadi. Meni o'siga yaqinlashtirmadi. Xotini va bolasini mendan ustun qo'yib mensan yuz o'girdi... men ham javoban undan hammasini oldim. Shon-shuhrat, kuch, qudrat va oilasini... undan tortib oldim... men o'z jiyanimni va akamning xotini bo'lgan qizni o'ldirganman... ularni tiriklayin yoqib yuborganman
Ohirgi jumladan so'ng qanday shokka tushganimni hattoki o'zim sezmay qoldim. Qanday inson zoti o'z jigariga bundan qila oladi? Uni hayotdan uza oladi. Jihyungning qilganlarini to'g'ri deyish anchagina mushkul. Lekin o'z jiyani jigariga bunchalar vaxshiy bo'lish aqlbovar qilmaydi...
Shia Jihyungni tinglar ekan uning ko'zlaridan chiqqan yoshni ko'rib balki u qilgan ishidan pushaymon deya o'ylab qoldi. Jihyubg ko'z yoshlarini artib chuqur xo'rsinib gapini davom etdi.
- Jiyanimni birinchi bor qo'limni olganimda mitti farishta kabi oppoq va yoqimli iforli, yuzidan nur yog'ilib turardi. U huddi akamni o'zi edi. Lekin qoshlari ko'proq menikiga o'xshar edi. Uning yuzi hali ham yodimda. Hech qachon unuta olmayman... uni juda qattiq yaxshi ko'rgan edim. Mehrim juda qattiq tushgan edi... u mening jigarim qondoshim edi... men... men unga bu ishni qilishni xohlamagandim eshityapsizmi? Xohlamagandim... lekin uning xudbin otasi va kaltafahm onasi meni shunga majbur qildi... Jehan meni chiqishtirmay qo'ydi. Bolasini olib qochar huddiki men uni nimadur qiladigandek edi... men shularga chiday olmadim... birin ketin hammadan soviy boshladim... otam tirikligini bildirib men bilan birlashdi... va men shu ishlarga qo'l urdim... begunoh yoshga to'lmagan chaqaloqni va onasini katta alanga ichida qoldirdim... men vaxshiyman...
Shia eshitgan gaplarini miyyasida analiz qilishga urunar ammo miyyasi buni qabul qila olmas edi. To'g'ri u hissiyotsiz lekin har bir tosh bag'r inson ham bu holatda zil ketadi...
Jihyung yana bir bor qadahni to'ldirayotganda Shianing telefoni bezovta jiringlashni boshladi. Jihyungni divanda qoldirib o'zi sal nari ketdi va go'shakka javob berdi.
- nima gap Jihoon
- Jungkook yo'q Shia
- NIMA?
Rekasiya bosib qo'llab turishingizni so'ragan bo'lar edim diamoncalarim💋
#Jeon_Shia
@Glamour_fanfics