July 6

CHANGDA QOLGAN GUL

Osmonga tutun tarqalib , alanga har tomondan uni yoritib turardi. Olov ilon misol tomlarga o'ralashni boshlarkan uyni butunlay yutib yuborishga shay edi. Yog'och shiftlar qarsillab yonib insonning yuziga jahannam nafasini urardi. Harorat shunchalar balandki , atrofdagi havo ham tebranayotgandek tuyuladi , go'yoki borliq erib ketmoqda. Qalin shlanglardan otilayotgan suv ham bu talofatni bosishda yordam bera olmasdi. O't o'chirish mashinalarining sirenasi atrofga baland shovqin solar , politsiyachilar odamlarni orqaga tortishga urinardi. Taehyung ularning orasidan yorib chiqib xavfsizlik tasmasini yirtgancha gulxan ichra yonayotgan uyiga qarab yugurdi. Ikki ofitser uni kuch bn ushlab bazo'r to'xtatib qolishga erishdi.

-Uyga kirish juda xavfli. Yong'in hali to'liq nazoratga olinmagan

Taehyung: QO'YIB YUBORING! XOTINIM ICHKARIDA...

-agar siz ham kirsangiz ikkingiz ham halok bo'lasiz. Biz qutqaruv xodimlarini yuboramiz

Taehyung: Ungacha batamom kulga aylanishini tomosha qilib turasizmi?

-janob , tushunsangizchi!

Taehyung: Meni tashvishimni qilmang! Bu yerda qo'l qovushtirib kutgandan ko'ra , u bn birga yonganim yaxshi!

Politsiyachilar qo'lidan siltangacha chiqib ketgan yigit hech nimani o'ylamasdan jizg'anak bo'layotgan uy tomon yugurdi. Bazo'r ilinib turgan eshikni bir tepishdayoq sindirib ichkariga kirib borarkan dimog'ini zararli tutun darhol egallab oldi. Atrofda deyarli hech vaqo ko'rinmas faqatgina yonayotgan gilam , kreslo-divanlar , xonalar eshiklari ko'zga chalinardi. Qo'li bn to'liq burnini berkitgan yigit nafas olmaslikka tirishib Jiyeni izlashni boshladi. Ko'zlari isdan achishayotganiga ham ahamiyat bermagan yigitning yuragi har soniya qizni ismini aytib urardi. U deyarli har bir xonani e'tibordan chetda qoldirmay ehtiyotkorlik bn qidirdi. Tepadan yonib bo'lgan shift taxtasi o'pirilib uning yelkasi aralash qo'liga qulab tushdi ammo xayriyatki unga jiddiy talofat yetkazmadi. Taening eng so'nggi manzili yotoqxona edi. Miyasigacha egallab olgan zaharli havo boshini aylantirib , ko'z oldini xiralashtirsa ham faqat Jiye uchun chidab oldinga yurdi. Faqat uni qutqarishni o'ylagani uchun tanasi har qanday kuyishish azobini ham sezmasdi. Yotoqxona eshigini ham 2 bora tepib sindirgach ichkariga kirgancha nigohi atrofga yugurdi. Hamma joy lov-lov yonib g'oyib bo'lib borar lekin Jiye bu yerda ham ko'rinmasdi. Ko'ngliga sovuq bir ehtimol urilgan Taehyung xona o'rtasida nima qilishni bilmay turganida bu yerni ham shiftlari birma-bir yiqila boshladi. Umidlarini so'ngdirmaslikka , yomon hodisalarni o'ylamaslikka tirishgan yigitning mushtlari misli ko'rilmagan tarzda qattiq siqildi.

Qayta uy ichini , yotoq ostini , shkafni tekshirayotib nigohlari yuvinish xonasining ochiq eshigiga to'qnashdi. Burnini qattiqroq berkitib ichkariga bostirib kirdi-yu suv to'la vanna ichida behush yotgan qizni ko'rdi. U topilganidan yengil tortgancha ortiqcha vaqt sarflamay uni ehtiyotkorlik bn ko'tardi.

Taehyung: Keldim... biroz sabr qil... seni qutqaraman

Olovli yomg'ir uni har tarafdan o'rab olarkan Tae Jiyeni ko'ksiga yaqinroq tutib chiqish eshigiga qarab yurdi. Xushyor tarzda qadamlarni bosib endi ko'chaga chiqaman deganda tomning bir qismi yoniga qarsillab tushib yo'lni yopib qo'ydi. Uning ko'krak qafasi tutundan qisilib borsa ham Jiyeni mahkam ushlagancha o'tish uchun joy izlay boshladi. Hushini yo'qotmaslik uchun bor kuchi bn o'zini tutib turar har zamonda qizning osilib qolgan boshiga ko'z tashlab qo'yardi. O't o'chiruvchilar ustalik bn chiqish joyidagi olovli o'chirganlari zahoti Taehyung zudlik bn tashqariga yeldek uchib chiqdi.

*

Tez yordam mashinasida qiz kislorod niqobi ostida hushsiz yotardi. Hamshiralar uning yon tomonida Taehyungning yelkasidagi jarohatni tozalashar lekin uning fikr-u hayoli Jiyeda edi. Terlagan yuzida tutun yaxshigina iz qoldirgan , kiyimlari ham bir ahvolda edi. Ohistalik bn engashgan Tae uning peshonasidan yengil o'pib ho'l sochlaridan silab qo'ydi. Ikkinchi marta ushbu tuyg'uni his qilishi... Kimnidir yo'qotishdan rosmana cho'chish. Uni qaytib ko'ra olmaslik ehtimoli bn yuzlashish. Yigit kuygan joylarini his qilmas , yuragi yonayotgani u uchun bundan-da og'ir hissiyot edi. Og'riq uning ichida. Ko'zlarida yig'ilgan tomchilar qaysi paytda dumalab tushganini sezmay ham qoldi. Boshqalar oldida yig'laganini ko'rsatmaslik uchun tezda tez yordam mashinasidan tushib qoramtir osmonga qarab chuqur nafas oldi. So'ng nigohi ulkan yong'indan keyin butunlay xaroba ahvolga tushgan uyi bn tutashdi. Bu nima sababdan , qanday yuz bergani haqida o'ylab turganida politsiya xodimlari uning yonida paydo bo'ldi.

-yong'in tufayli boshqalarni uy-joyi yoki shaxsiy mulkiga ziyon yetmagan. Uyingizdan tashqari qolgan yerlarga o't ketishini oldini oldik. Ammo sabablari halicha mavhum

Taehyung: Qanaqasiga? Kichik bir ishora ham yo'qmi?

-afsuski hech narsa aniqlay olmadik. Lekin janob Kim... bu qasddan qilinganligi haqida noma'lum bo'lsa-da belgilar bor.

Taehyung: O'zim ham shunday bo'lsa kerak deb o'ylagandim

-kimdandir gumoningiz bormi?

Taehyung: Yo'q , bu haqida bir nima deya olmayman

-quloq soling. Kichik ma'lumot ham bizga yordam berishi mumkin

Taehyung: Biror nimaga ishonchim komil bo'lsa albatta xabar qilaman , komissar

-yaxshi. Biz unda surishtiruv ishlarini davom ettiramiz. Ortda qolgani rost bo'lsin

Ularga minnatdorchilik bildirib kuzatib qo'ygan Taehyung jag'lari qattiq qisgancha birinchi navbatda Yonghoni esladi. Bunday qaltis ishlar undan boshqa hech kimni qo'lidan kelmaydi buning ustida Taehyung bn aytishib qolganiga ham hali ko'p bo'lmadi. O'rtadagi ziddiyat alamini nimadandir olishi aniq edi ammo Tae bu hujumga halicha tayyor emasdi. U endi har doim Yonghoni yo'lidan sug'urib olmaguncha qo'rquvda yashaydi. O'zi uchun emas , Jiyening hayoti uchun albatta. Bir joyda turib uzoq o'ylangan yigit nixoyat fikrlarini tarqatdi-yu tez yordam mashinasiga yaqinlashdi.

Taehyung: Qachon o'ziga keladi?

-2 soatlardan keyin. O'pkasi deyarli tozalandi. Shunday bo'lsa ham dam olishi kerak

Taehyung: Katta rahmat...

*

Ertalab ohista uyg'ona boshlagan qiz injiqlik bn u yoq , bu yoqqa ag'darilib yana biroz mizg'idi. Keyinchalik ko'zlarini bazo'r ochib esnagancha ustidagi choyshabni ochdi. Ko'p uxlagani sababli hamon mudrab turgan bo'lsa-da begona joyda tong ottirganini aniq sezdi. Atrofga alanglagancha ko'zlarida vahima bn hamma yerga qarab chiqdi. Kattagina shinam yotoqxona , manzarasi mehmonxona xonalarining ko'rishi bn bir xil edi. Egnida butunlay boshqa kiyimlarni sezgan qiz to'shakdan sirg'alib tushgancha yana ichkarini analiz qila boshladi. To'satdan eshik ochilib Taehyung kirib keldi-yu o'rtada haykaldek qotib turgan Jiyedan ovozida biroz havotir bn ahvolini so'radi.

Taehyung: Yaxshimisan?

Jiye: Yaxshimankuya... Nimalar bo'lyapti o'zi?

Taehyung: Hech nimani eslay olmayapsanmi?

Jiye: Faqat yong'in chiqqanini , keyin o'zimni himoyalash uchun yuvinish xonasiga kirib olganimni eslayman

Taehyung: Bir boshidan aytchi... Sen uyni tark etishga ulgura olmadingmi?

Jiye: Yo'q , qattiq uxlab qolibman. G'alati hiddan bo'g'ilib uyg'onib ketdim. Atrofimdagi hamma narsa o't ichida yonayotgandi. Eshikkacha yetib olish imkonsiz bo'lgani uchun tezroq qutqarishlariga umid qilib hammomga kirdim-u vannaga suv to'ldirib ichiga tushdim. Shundan so'ng hushimni yo'qotdim shekilli keyin nima bo'lgani yodimda yo'q

Hozir kuladigan vaziyat emas ammo Taehyung lablari uchi o'z-o'zidan tabassumda buralib Jiyeni boshini tutgancha uni yosh boladek erkalay boshladi.

Taehyung: Bu bosh o'ylaganimdan ko'ra aqlliroq ekan

Jiye: Kechagina meni " kichkina miya " deb atayotgandingku... endi aytganlaringga pushaymonmisan?

Jiye: Kechagina meni " kichkina miya " deb atayotgandingku... endi aytganlaringga pushaymonmisan?

Taehyung: Ha albatta... pushaymondan battar pushaymonman

Jiye: Haligi... bundan keyin nima qilmoqchisan? Yashash uchun... yana biror uying bormi?

Taehyung: Yo'q... bir amallaymiz. Sen bularni o'ylama. Faqat sog'ligingga va havfsizligingga e'tibor qarat. Nega o'zi tik oyoqda turibsan?! Boshing aylanib ketishi mumkin... Seni kim kecha yong'indan omon chiqqan deydi? Qani yaxshilab dam ol...

U qizni sekin tanasi bn quchgancha yotoqqa olib kelib o'tqazdi. Yotishiga ko'maklashib ustini yopdi-yu zerikmasligi uchun javondan bir qancha kitob , jurnallar olib qizning yoniga tizib qo'ydi. Keyin esa garderobdagi kiyim ilgichdan kostyumini oldi va kiyish baronarida Jiyega o'girildi.

Taehyung: Nonushtangni birozdan so'ng yetkazishadi. Xona kaliti menda. Ehtiyot bo'lib borib eshikni och. Yoki senga qarash uchun oqsoch chaqirtiraymi?

Jiye: Men o'zimni eplay oladigan yoshdaman. Qolaversa ahvolim ham yaxshi. Bog'cha bolasidek atrofimda girdi kapalak bo'lishni hojati yo'q...

Taehyung: Kechirasiz... katta bola ekaningizni unutayozibman

Jiye: Sen qayerga?

Taehyung: Ishga...

U nimani nazarda tutganini darhol anglagan Jiyening yuz ifodasi jiddiylashib barmoqlari choyshab matosini qattiq g'ijimladi. Aftidan Taehyung bu ishga jiddiy yondashgan ko'rinadi lekin qanday qilib bunday tarzda ishlashni xohlab qolgani tushunarsiz.

Jiye: Shu qilayotgan nayranglaring o'zingga yoqyaptimi? Dadamni jahli bn o'ynashib nimaga erishmoqchisan? Yoki uni kasodga uchratib boyliklariga ega chiqishni o'yladingmi? Menimcha ham shunday... sen dadam va akamni peshona teri bn yig'ib tergan mol-mulkiga ko'z olaytirgansan!

Jiye gapini yakunlab bo'lgach Taehyung uning yonidan joy olib ko'zlariga qattiq tikilgancha oyoqlariga yopilgan choyshabni tortdi. Ko'zlari olayib uning qilgan ishidan yuzlari qizargan qiz kalta ko'ylak sababli bilinib turgan sonlarini yopish maqsadida qo'llari bn himoyaladi. Taehyung kichik xo'rsinishdan so'ng uning qo'lini olib tashlab shishib turgan sonidan zo'rlik bn siqdi.

Taehyung: Dunyo faqat sen va senga yaqin bo'lgan insonlar atrofida aylanadi deb o'ylaysanmi mitti gulcham... Jeonlarni xarom yo'l bn orttirilgan pullariga zor bo'lgandek ko'rinyapmanmi?

Jiye: Bo'lmasa nima sababdan...

Taehyung: Tshhh...

Uning ingichka va uzun barmog'i Jiyening lablariga tegib ortiq gapirishiga yo'l qo'ymadi.

Taehyung: Vaqti keladi... hammasini bo'lmasa ham biroz bo'lsa-da sen uchun harakat qilganimni ko'rasan va menga rahmat aytasan. Hozircha sabr bn kut...

*

Bir necha daqiqa o'tib qaynotasining kompaniyasiga yetib kelgan Taehyung mashinasidan tushishdan avval boshini o'rindiq suyanchig'iga bosib tin oldi. Tuni bn Jiyeni qo'riqlab uxlamagani bois charchoq uni butunlayga egallab olar , qo'l-oyoqlariga og'ir tosh xaltalari osilgandek edi. Endi u nixoyatda ehtiyot bo'lishi zarur. Boshida o'ylamay qilgan ishi uchun o'zining hayoti bn birga boshqalarning joni uchun ham javobgar bo'lib qoldi. O'sha paytda la'nati muhtojlik uni tang ahvolda qoldirmaganida Tae hech qachon Yonghodek odamlarning yoniga yaqin yo'lamagan bo'lardi. U ko'zlarini ishqalab bo'ynini qirsillatib yengillashgach tushishga chog'landi ammo bir narsa butun diqqatini tortdi. To'q havorang mashina avtoturargohga joylashtirilib ichidan egasi tushdi-yu uni qulflab papkasini ko'targancha kompaniyaga kirib ketdi. Taehyung bu mashinani qayerdadir ko'rgan , aynan shunaqa rangdagi avtomobil shaharda kamdan-kam uchrardi.

Yonghoning qarorgohi shunga o'xshagan mashinani bir necha bor uchratgan edi. Xatto raqami ham esida. U mashinasidan tushib atrofga qaray-qaray o'sha shubhali avtomobil tomon yaqinlashdi va yonidan o'tib ketish barobarida raqamini tekshirdi. Xuddi o'zi. Minwooni ishlarini orqaga tortayotgan sotqin kim ekanini deyarli aniqlagan Taehyung kalavani uchini qo'yib yubormay turib reja tuza boshladi.

Taehyung: Yonghoni dumini bosish bunchalar tez va oson bo'ladi deb o'ylamagandim...

*

Fransina: Nega menga xabar bermading? Hamma narsani doim eng oxirida bilaman , shu ham adolatdanmi? Rosti hecham o'zgarmabsan! Avval ham mendan bir nimalarni yashirarding , sen qolib boshqalardan eshitardim

Jiye: Seni bezovta qilishni xohlamadim. Bo'ldi endi , katta muammo yasamasangchi

Fransina: Eshitganimdan keyin bezovta bo'lmadim deb o'ylaysanmi Jiye? Ah tentak qiz... Xo'sh bir boshidan boshla... qanday yuz berdi bu?

Jiye: Bilasanmi hecham o'sha voqeani eslashni xohlamayapman

Fransina: O'rningda boshqasi bo'lganida erim meni hayotimni qutqardi deb osmonga sakrardi... Seni esa parvoyingga ham kelmaydi-ya...

Dugonasini gapidan so'ng havsala bn ko'zlarini chayqagan qiz kokteylidan tatib ko'rib uni mazasi chiqishi uchun naycha yordamida aralashtira boshladi. Shu alfozda Taehyung haqida o'ylab qattiq xo'rsinarkan nafrati asta-sekin erib ketayotganini his qilardi. Lekin tan olishni istamay shunchaki sukut saqlardi.

Fransina: Gapir... nega jim bo'lib qolding?

Jiye: Aytmoqchi bo'lganimni aytdim. Yana qaytarishimni xohlaysanmi? Erim 3 qurushga arzimas , kasofat xotinini yonib turgan uy ichidan o'z jonini xatarga qo'yib qutqarib chiqdi. Aslida shu kasofat shusiz ham ikki o't orasida kuyib tamom bo'lish arafasida edi. Uning bu qilig'idan keyin nafrati va muhabbati yana uni o'rtaga olishdi

Fransina: Jiye qara... u yigit seni sevgani uchun o'zini o'tga otibdi. O'limga qarab tik boribdi. U uchun hech nimani farqi bo'lmaganda shirin jonini sen uchun olovga tashlarmidi? Fikrimcha u bn jiddiy gaplashib olganing ma'qul. Sen ham unga befarq emasligingni nigohlaringdan allaqachon fahmlab bo'lganman...

Jiye: U menga ko'p ozor yetkazdi. Birgina yaxshiligini deb o'tmishda menga qilganlarini unutishni istamayapman. G'ururim yo'l bermayapti bunga...

Fransina: Sevgi doim har bir sevgan inson uchun og'riqli bo'lgan. Uni doim shirin va yoqimli bo'ladi deyishadi ammo ba'zan shu azoblar ichida u barcha ijobiy hususiyatlarini yo'qotadi. Sevgan inson sinishi mumkin , lekin aynan o'sha sinish seni kuchli qiladi. Muhabbatning og'riqlari-yu dardlariga yengilib qochib ketishga urinma... Keyinchalik afsuslanadigan ish qilma. Bir marta sevging uchun aqling bn emas , yuraging bn o'yla Jiye... seni tushunaman , men ham sevganman , yo'qotganman , og'ringanman... biroq hech qachon uni sevishdan to'xtamaganman

Fransina ko'zlaridan yumalayotgan tomchilarini yanog'idan sidirib so'ng yonida turgancha skripkasini g'ilofidan bo'shatdi.

Fransina: Kel qolganini senga kuylarim orqali tushuntiraman... sen uchun uni o'zim bn olib yurishga majbur bo'lyapman. Chunki sen va mendan boshqa uning bor-yo'qligiga hech kim qiziqmaydi...

Jiye kulib bosh irg'agach Fransinaning barmoqlari muloyimlik bn skripka torlarini silab kuyni boshladi. Bu juda boshqacha - silliq , mukammal , yurak tubidan kelayotgan bir nido. Notalarda iztirob , ohanglarda esa xotira barq urardi. Qiz kuyni chalishga shunchalar berilib ketgan ediki , o'zi aytganidek Jiyega barini shu orqali yetkazdi. Mayin musiqa quloqlarida suzayotgan paytda Jiye ko'zlarini bir nuqtaga tikib u haqida o'ylardi. Balki Fransina haqdir. U bn gaplashib , barchasini ochiq-oydin aytishga , sirlari bn bo'lishib , bir-birlariga imkon berishga kelishishsa hammasini risoladagidek bo'lar? Qachongacha qog'ozda er-xotin , hayotda qarama-qarshi begonalar bo'lib yashashadi. Umr oqar suv misol to'xtamasdan o'tib ketyapdi. Yillar o'tib bu begonalik ikkisining ham hayotdagi eng katta pushaymonligiga aylanmasidan kimdir ilk qadamni tashlashi kerak.

*

Taehyungni Minwoo bn orasi yaxshi emasligi uchun kompaniyaga kelgan kuniyoq do'stona kutib olinmadi. Direktorning buyrug'i bn unga kichik va uncha yorug' bo'lmagan xona berilib , xodimlar tanishish uchun ham yoniga kelishmadi. Tae hozirchalik bunday qo'pollikka chidashga majburligi haqida o'ziga uqtirib vazmin holda kreslosini egalladi. Kunning yarmigacha hujjatlarni tayyorlab , qizil ro'yxatdagi kamomatlarni ko'zdan kechirib chiqdi. Uzoq vaqt bir joyda o'tirishga o'rganmagani uchun tanasida tushunarsiz og'riqlar his qilib o'rnidan turdi. Oyoq chigalini yozish uchun xonasidan chiqib koridor bo'ylab qayergadir yo'l oldi. Aniq manzilini o'zi ham bilmay , bemaqsad aylanib yurarkan bir dunyo qog'ozlarni olib ketayotgan xodimga urilib ketdi. Toyib yiqilayotgan yigitni ushlab qolgan Taehyung uni yuziga qarab tanib qolishi bn qo'lini birdan tortib oldi. Dunyoni torligini qarangki shubhalanib yurgan insoni bugunning o'zidayoq qarshisidan chiqdi. Taehyung yerga cho'kib qog'ozlarni yig'ishtirayotgan yigitning yoniga o'tirib unga yordam berayotgandek ko'ringancha uning aftiga tikildi.

Taehyung: Kechirasiz , ko'rmay qolibman

-bu yerda oyoq ostiga qarab , ehtiyot bo'lib yurmasangiz juda qattiq yiqilasiz , Janob Kim...

Yigitning ochiqchasiga qilgan shamasi Taehyungni deyarli hayron qoldirmadi. Qo'lidagilarni unga uzatib o'rnidan turdi-yu soxta tabassum bn yelkasiga urib qo'ydi.

Taehyung: Ogohlantirganingiz uchun rahmat. Siz bu maslahatingizga o'zingiz amal qilganingiz ma'qul. Biz yiqilib yana turishga o'rganib ketganmiz

-aytdim , qo'ydimda... buni bir kichik yordam deya qabul qiling

Taehyung: Sharofatingiz bn o'zimni urush maydoniga tushib qolgan zaxira askaridek his qila boshlayapman

Yigit yelkasini qisib makkorlik bn jilmaygancha Taehyungga yordami uchun minnatdorchilik bildirib o'z yo'lida davom etdi. U uzoqlashgan so'ng Taening qiyofasida allaqanday havsala jamlanib ensasini qotirgancha lift tomon yurdi.

Taehyung: Nafratlangan odamimning sotqin ishchisi menga o'zicha kinoya qilyapti... Naqadar kulguli holat...

*

Kechki payt...

-agar birini tutgan bo'lsang qolganlarini topish qiyin bo'lmaydi

Taehyung: Buni tushundim lekin uni biror nimani ustida qo'lga olish kerak. Osmondan tushgandek sen xoinsan deb dalil-isbotsiz yoqasiga yopishgudek bo'lsam-u , u qilgan ishidan tonsa... oxirida o'zim sharmanda bo'lamanmi?

-u xonangni titkilashga urinadi. Bunga 100% aminman... voqea joyida ushlasang pati yulingan tovuqdek pitirchilab o'zini sezdirib qo'yadi

Taehyung: O'sha katalak xonani kun-u tun qo'riqlashim kerakmi endi?

-nolishga shoshilma... spektakl hali yangi boshlandi

Taehyung: Yaxshi , sen bn ertaga bog'lanaman. Aloqada bo'l!

-good night savdoyi bolakay...

Noutbukni ohista shovqinsiz yopgan Taehyung Jiye yotgan xonaning yopiq eshigiga zimdan ko'z tashlab qo'ydi. Hammasi joyidaligiga ishonch hosil qilgach divanga yengil suyanib tokchada turgan suyuq malhamga qaradi. Bugun kuni bn terisidagi yong'indan qolgan kuygan yara og'rig'i bn kurashishga majbur bo'ldi lekin endi bunga chidab bo'lmasdi. Kuchli achishishdan yuzi burishib o'rnidan ko'tarilgan yigit malham shishasini qo'liga oldi-yu divanga qaytib keldi. U bugun rejalashtirilgan jang mashg'ulotini ham shu la'nati jarohat sababli o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi sababi murabbiyi ko'rgudek bo'lsa kamida 1 oy oktagonga yaqinlashtirmasdi. Taehyung oq ko'ylagi tugmalarini endi yechishni boshlaganida yotoqxona eshigi sekin ochilib uni joyida muzlatib qo'ydi. Jiyening tashqariga qo'ygan yumshoq qadamini sezgan Tae nima qilishni bilmay barmoqlari tugmalarida qotgancha jim o'tirardi.

Jiye: Kim bn bunchalar sirli tarzda suhbatlashayotganding?

U tomog'ini qirib o'zini hech nima qilmayotgandek tutgancha malhamni ortiga yashirdi.

Taehyung: Sen hali ham uxlamaganmiding?

Jiye: Ko'rib turganingdek yo'q... kuni bo'yi dam olganim yetadi shundoq ham

Qiz divanning bo'sh tomonidan joy olgach Taehyung ko'ksi yarim ochilgan ko'ylagini tinch qo'yib biroz surildi.

Jiye: Yelkang bn mushaging yana kattalashibdimi? O'zingga ishlov berishni boshladingmi deyman?

Aslida uning yelkasi va mushagi yarasiga bog'langan bintlar yordamida shishib turardi.

@shiny_fanfic