Figma 8-dars
Assalomu alaykum qadrli o'quvchilar. Navbatdagi darsimizga xush kelibsiz. Bugungi darsimizda yangi loyiha ochib olamiz. "Loyiha" deb qo'yamiz nomini. Kelinglar endi sizlarga "rectangle", ya'ni to'rtburchaklar bilan ishlashni o'rgatay. Bu yerda bizda "line", "arrow", "ellipse", "polygon", "star" va boshqa narsalar bor.Lekin biz mana shu to'rtburchakni o'zi bilan juda ko'p narsa qilishimiz mumkin. Ya'ni insoniyat hayotidagi eng yaxshi shakl - bu to'rtburchak. Kelinglar, birinchi bitta "freym" ochib olay, desktop frame'da va to'rtburchaklarni qo'yib chiqay va kelinglar har xil to'rtburchaklar bo'lsin. Kelinglar hozircha bittasi qolaqolsin. Mana bu to'rtburchak. To'rtburchakda bizda funksional bor. Ko'rib turibsizlar, bu to'rtburchakka qaraysizlar, bu yerda W edi, H esa balandlik. Ya'ni height va weights turibdi bu yerda. Weigth'ni 320 qilsak, 320 piksel bo'lyapti, Heights'ni 320 qilsak, 320 piksel bo'lyapti. O'rtaga suradigan bo'lsak va buni kattalashtiradigan bo'lsak, ko'rib turibsizlar, bu hech qayerga siljimayapti. Nima uchun? Chunki buni avtomatik joylashuvi bu va bu chetga qo'yilgan. Ya'ni bu yerdan men kattalashtiradigan bo'lsam, u hech qachon siljimaydi. Sababi bu tarafga u siljishi kerak. Agart men bu tarafdan kattalashtiradigan bo'lsam, boshqa yerga siljiyapti. Chunki, mana bu masofa bilan, Alt ni bosib, man buyoqqacha bo'lgan masofani ko'rsak, 190 bilan 416 hech qachon o'zgarmaydi. Sababi mana bu joy bilan, bu joy o'zgarmasin deb qo'yilgan. Agar men bu narsani buyoqqa va buyoqqa qilib qo'yadigan bo'lsam, endi buyoqdan mana bunda qiladigan bo'lsam hech narsa o'zgarmaydi. Qattiq bo'laveradi. Ammo endi buyoqdan o'zgartirsam, mana uyoq-buyoqqa borib kelyapti. Ko'rib turibsizlar, to'rtburchagimiz bilan ishlashimiz mumkin bo'lyapti. To'rtburchakka aylana shakl berishimiz uchun uni eni va bo'yini bir xil qilishimiz kerak va ularni yarmini, masalan 320 bo'lsa, 320yarmini, aylana radiusiga, ya'ni gradusiga tenglashimiz kerak. Ya'ni bizda aylana hosil bo'ladi. Ya'ni 320 bo'ladigan bo'lsa, unga 160 corner gradus ya'ni burchak gradus beradigan bo'lsak, u aylanaga aylanadi. Nazariyadan ko'ra, ko'proq praktikani yaxshi ko'rgan holda kelinglar sizlar bilan biror bir narsa yasab ko'raylik. Xo'p, demak desktop qo'yyapman buyoqqa. Endi brauzerimga kirib, motorcycle ya'ni mototsikl deb qidiryapman. Rasmlarga bosdim va tools'dan colourni transparent ya'ni orqa foni ko'rinmaydigan bo'lsin dedim. Kelinglar, mana bunisini olamiz. Juda ham chiroyli ekan, "копировать"ni bosyapman va buyoqqa o'tib olib, tushiryapman. Ko'rib turibsizlar, bizga mototsikl, juda ham chiroyli mototsikl tushdi. "Indian scout" ekan. Xo'p, mototsikl yaxshi, bizda mototsiklimiz tushdi. Ana endi buni tepasiga biz biror narsa yozaylik. Misol uchun "Indian scout". Indian scout deb yozdik va buni kattalashtiramiz. Aytaylik 25 yo'q, balkim 120 qilaylik. Endi buni hammasini kattalashtirish uchun Bu yerda bizni har xil "настройка"larimiz bor. Mana shu "настройка"lardan biri - bu matnni o'rtaga tushurish va pastga tushurishimiz mumkin, tepaga chiqarishimiz mumkin. O'rtaga tushurib olamiz. Matnni mana bunaqa holatga olib kelib olyapmiz va undan tashqari matnimizni o'rtaga qo'yib, uni har bitta harfini, ikkita nuqtani bosgan holda katta harf qilib qo'yishimiz mumkin. Ko'rib turibsizlar, ana endi bizda Indian scout hammasi katta harflarda yozildi. Kelinglar endi buni rubikka emas, misol uchun Arialga o'tkazaylik. Mana bu arial. Lekin menga ko'proq Rubik yoqdi. Shunday qolaversin. Endi buni orqa foniga aytaylik menga shunaqa g'oya kelyapti "wooden table" deb yozay va endi trasparentda "any color" ya'ni har qanaqa rang deyapman. Kelinglar, men mana buni olsam, "wooden table" orqa foni. Qaysi birini olsam ekan?