March 18

"Raqamli iqtisodiyotni ko'raman" ......

March 18,2024 by Zayniddinova Shahzoda

Kalit so'zlar: Raqamli texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, online to'lovlar, dasturlar, savdo platformalari, online kurslar, aqlli texnikalar meditsinada raqamlashtirish

Kirish

Texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgan hayotimizda hozirga kelib ularsiz hayotimizni tasavvur qilishimiz qiyin, chunki ular bizni har tomondan o'rab turadi va juda qulay. Man uchun eng qulay tomoni uydan chiqmasdan bir qancha ishlarni bajarish mumkun bu juda tez va bir vaqtda bir nechta ish bilan shug'ullanish mumkun. Bundan tashqari online to'lovlar, online kurslar, online xaridlar va shu kabi boshqalar ko'p insonlarni ichida yurishni yoqtirmaydiganlar uchun juda ko'p qulayliklar yaratadi. Savdo platformalarida, xizmat ko'rsatish markazlarida tovar va xizmatlar turlari haqida batafsil ma'lumotlar va haridorlar shunchaki xohishlarini yozishsa ulaga mos keladigan tovarlarni platformaning o'zi ula uchun topiberadi va albatta ulaga yetqizib beradi bu istemolchilagayam sotuvchilagayam bir qancha qulayliklar yaratadi. Umuman raqamli iqtisodiyot har bir sohada o'z tasirini ko'rsatishni davom etib boryapti.

Asosiy qism

Hozirgi kunga kelib raqamli iqtisodiyot ishtirokchisiga aylanmagan insonlarni deyarli yo'q manimcha, chunki siz ehtiyojlaringizni qondirish uchun hozirda biror joyga borishingiz shart emas, hatto oziq ovqat uchun supermarket yoki bozorda bir qancha narsalarni ko'tarib yurish uchun ham zarurat yo'q shunchaki siz o'zingiz istagan mahsulotlarni tanlaysiz va ularni online sotib olasiz sizga ularni yetqazib berishadi. Siz to'lovlarni amalga oshirmoqchisiz siz albatta bankka borishingiz va navbat kutishingiz shart emas masalan kamunal to'lovlar yoki boshqa bir qator to'lovlarni shunchaki "Click up " ilovasi yoki boshqa ilovalar orqali amalga oshirish mumkun. Ta'limni oladigan bo'lsak, biz o'zimiz istagan kurslar uchun albatta vaqt va energiya sarflab borishimiz shart emas, shunchaki online ishtirok etishimiz mumkun bundan tashqari maxsus platformalarda ularning video audio variantlari va boshqa barcha materiallarni istagan payt ko'rib chiqish mumkun bu uchun alohida paytni kutish shartmas. Ko'p davlatlarda aqlli texnikalar insonlar hayotning bir qismiga aylanib ulguryapti ular insonlar hayotini yumushlarini osonlashtiryapti, masalan aqlli dazmolni oladigan bo'lsak siz bir qancha kiyimlaringizni shunchaki garderobingizga ilganizdek ilib chiqasiz va u o'zi qaysi kiyimni qanday gradusda dazmol qilishni aniqlab hammasi tayyor bo'lgandan so'ng xabar beradi. Shuningdek raqamli iqtisodiyot meditsinaga ham o'z tasirini ko'rsatmasdan qolmadi avval klinikalaga borganda siz vrachn qabuliga yozilib uni soatlab kutishingiz kerak edi bundan tashqari analiz topshirish va uni javobini kunlab yoki haftalab kutish zarur edi. Hozirda bunga holat yo'q siz o'zingiz istagan vrach qabuliga online yozilib ayni o'sha paytda borishingiz mumkun bundan tashqari bemorlar bir qancha qog'ozlar va tahlil natijalarini o'zlari bilan olib yurishlari shartmas chunki maxsus pragrammalar orqali bemorning ma'lumotlari tahlil natijalari va avval qanday kasalliklar bilan murojaat qilgani vrach kampyuterida ko'rsatiladi. Endilikda vrachlar uchun yaratilgan pragrammada barcha kasallikar uchun jahon standartlariga mos keluvchi retseptlar tayyor yozilgan ular kasallik nomini yozishsa bo'ldi pragrammani o'zi retseptlarni chiqarib beradi va bemorlar salomatligi uchun ham ijodiy ta'sir ko'rsatadi chunki pragramma tarkibida bir xil elementlar mavjud bo'lgan dorilarni avtamat tarzda o'chirib tashlaydi ya'ni insonlar keragidan ortiq dozada dori qabul qilmaydilar. Meditsina sohasida o'qiydigan talabalar uchun ham raqamli texnologiyalar bir qancha imkoniyatlar yaratdi. Masalan 3D ko'zoynaklar ular endilikda anatomiyani ya'ni inson organizmini dars davomida 3D formatda ko'ra oldilar va bir vaqtda istalgan Tilda uning nomlanishi qanday vazifalar bajarishi va albatta klinikasi to'g'risida ma'lumotga ega bo'ladilar bu ularga praktikalari oshishida katta yordam beradi.

Xulosa

Xulosa qilib aytish mumkunki, raqamli texnologiyalar ilm fan rivojida,iqtisodiyotda, insonlar hayotini yengillashtirishda va har bir sohada o'zini sezilarli darajada o'z tasirini ko'rsatib bormoqda va u jadal rivojlanishda davom etadi.