"Raqamli iqtisodiyotni ko'raman"...
301-guruh talabasi Yusupbayev Shakhzod.
Kalit soʻzlar: Raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, raqamlashtirish, digital(raqamli)banklar va boshqa ilovalar, savdo platformalari, elektron pullar (bitcoin toncoin, notcoin...)
Men bu mavzuga oʻzim raqamli iqtisodiyotni qaysi sohalarda koʻrishimni aytmoqchimanki.Bugungi kunda raqamli iqtisodiyotni har xil turli xil sohalarda koʻrishimiz mumkin.Chunki biz raqamli iqtisodiyot va raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan zamonda yashayapmiz.
Meni fikrimcha, oʻzi aslida bu aniq taʼrif olimlar tomonidan berilgan yani raqamli iqtisodiyotni raqamli texnologiyalarsiz qurib yoki amalga oshirib bo'lmaydi bu gapga man mutlaq qoʻshilaman yani raqamli texnologiyalarning orni juda juda muhim qachonki biz raqamli iqtisodiyotni barpo qilayotgan yoki eski tizimni raqamlashtiriyotgan boʻlsak.
Meni fikrimcha asosan men raqamli iqtisodiyotni raqamlashtirilayotgan sohalarda koʻraman.Masalan raqamli hukumatda, raqamli banklarda va ularning faoliyatida ko'ryapman.Bularga misol qilib TBC bank,Anor bank,Uzum bank,Click,Payme, Paypal va koʻplab shunga oʻxshagan ilovlarni misol qilib keltirsam toʻgʻri boʻlardi.
Masalan bularni oddiy banklar bilan solishtirganda aytishimiz mumkinki bu ilovalardan yoki shu raqamli banklar ilovalari yoki xizmatlaridan foydalanadigan bo'lsak vaqtimiz va ancha pulimiz tejalyapti.Chunki ilgari biron bir pul oʻtkazish un ham yoki soliqlarni yoki toʻlovlarni to'lash un ham odamlar banklarda uzoq navbatlarda vaqtlarini va pullarini yo'qotishgan.
Hozirgi kunda esa raqamli bank va ularning ilovalar yordamida biz uydan chiqmagan holatda bemalol va tez ortiqcha yugur yugursiz to'lovlarni va pul o'tkazmalarini amalga oshiriyapmiz bu juda qulay. Shuningdek avvalgi banklar ham o'z ilovalarini yartishda yoki rivojlanishga harakat qilishyapti ammo barbr raqobatda orqada va ular hozirgi kunda Chakana xizmatlarni raqamli banklarga boy berib bo'lishdi va hozirda asosan faqat katta katta bizneslarni kreditlash yoki oddiy kreditlar ajratish bilan shugʻullanyapti.
Shuningdek bugungi kunda elektron pullar bitcoin toncoin notcoin va shunga oʻxshagan kriptovalyutalar juda tez rivojlanib bormoqda manimcha bular kelajak pullari boʻladi yani biz kelajakda mana shunday elektron pullar orqali savdo sotiq ishlarini olib boramiz
Bitcoin bu kriptovalyuta va Blokchain texnolgiyasi asosida ishlaydi.
Yaqinda Notcoin jamoasi telegramda Notcoin ga start bergandi juda koʻplab odamlar notcoin o'ynadi yoki ishlashdi ammo u kuyib ketdi albatta vaucherga almashtirganlar yoki Toncoinga almashtirganlar manimcha yutdi.Chunki o'sha vaucherni ham Toncoinga almashtirsa bo'ladi va Toncoin birjada Binance va boshqa birjalarda mavjuda.
Xulosa qilsam Man koʻpincha Raqamli iqtisodiyotni shunaqa digital banklar, elektron pullar savdosi yoki shunga oʻxshash sohalarda ko'raman chunki bu yerda vaqt tejaladi inson omili kamaydi va bu esa o'z navbatdia Raqamli iqtisodiyotni belgilaridan va eng muhimi olib borilayotgan faoliyat raqamli texnologiyalar asosida olib boriladi va borilyapti. Bugungi kunda raqamlashtirish raqamli texnologiyalar va boshqa trendlar juda tez rivojlanmoqda shu sababli Raqamli iqtisodiyotni shunaqa va boshqa koʻplab tarmoqlar va sohalarda koʻrish uchratish mumkin.