"Raqamli iqtisodiyotni ko'raman"...
301-guruh talabasi Yusupbayev Shakhzod.
Kalit soʻzlar:Raqamli iqtisodiyot,raqamli texnologiyalar, 4-sanoat inqilobi texnologiyalari, elektron hukumat,ekotizim yoki elektron savdo platformalari, elektron pullar( bitcoin).
Kalit soʻzlar:Raqamli iqtisodiyot,raqamli texnologiyalar, 4-sanoat inqilobi texnologiyalari, elektron hukumat,ekotizim yoki elektron savdo platformalari, elektron pullar( bitcoin).
Raqamli iqtisodiyot bu biron bir tizimni yoki oldingi iqtisodiyotni butunlay buzib o'rniga yangi tizimni olib kirish emas balki mavjud iqtisodiyotni yoki tizimni raqamlashtirish raqamli yangi texnologiyalarni joriy etish orqali o'zgartirish yangilanishni tushunaman.
Chunki raqamli iqtisodiyotni vositalarsiz raqamli texnologiyalarsiz yaratib bo'lmaydi.Men o'zim raqamli iqtisodiyotni asosan boshqa sohalarga nisbatan koʻproq elektron hukumat va elektron savdo platformalarida yoki ekotizimlarda ko'raman.
Raqamli iqtisodiyotni o'zagi yani uning dastagi yoki uning kelajagini belgilab beruvchi vositalar yoki omillar shubhasiz bu raqamli texnologiyalardir.Raqamli texnologiyalar qanchalik tez rivojlanar ekan raqamli iqtisodiyot ham yani iqtisodiyotni raqamlashtirishgan davlatlar iqtisodiyoti ham jadal rivojlanib borveradi albatta.Lekin shu raqamli texnologiyalar ham birdan paydo boʻlib qolmadi ularning rivojlanish bosqichi hamda tarixi bor.
Raqamli iqtisodiyot bu biron bir tizimni yoki oldingi iqtisodiyotni butunlay buzib o'rniga yangi tizimni olib kirish emas balki mavjud iqtisodiyotni yoki tizimni raqamlashtirish raqamli yangi texnologiyalarni joriy etish orqali o'zgartirish yangilanishni tushunaman.
Chunki raqamli iqtisodiyotni vositalarsiz raqamli texnologiyalarsiz yaratib bo'lmaydi.Men o'zim raqamli iqtisodiyotni asosan boshqa sohalarga nisbatan koʻproq elektron hukumat va elektron savdo platformalarida yoki ekotizimlarda ko'raman.
Raqamli iqtisodiyotni o'zagi yani uning dastagi yoki uning kelajagini belgilab beruvchi vositalar yoki omillar shubhasiz bu raqamli texnologiyalardir.Raqamli texnologiyalar qanchalik tez rivojlanar ekan raqamli iqtisodiyot ham yani iqtisodiyotni raqamlashtirishgan davlatlar iqtisodiyoti ham jadal rivojlanib borveradi albatta.Lekin shu raqamli texnologiyalar ham birdan paydo boʻlib qolmadi ularning rivojlanish bosqichi hamda tarixi bor.
O'zi aslida raqamli texnologiyalarni rivojlanish bosqichlari 3 ta qisimga bo'lingan bular:
1-jarayonlarni kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish.
Telekommunikatsiya simli va simsiz aloqa, optik tolalar ixtro qilinishi.
2-Online platformalar, bulutli va virtual texnologiyalar.
3-Katta malumotlar analitikasi, robototexnika, sunʼiy intellekt va boshqalar.
Lekin bularning eng boshiga qayatadigan bo'lsak bu 1947-yilda "Transistor" ning kasgy qilinish raqamli texnologiyalar startini boshlab berdi.Shuningdek 1969-yilda ARPANET tarmogʻi yani internet yaratilishi ham katta o'zgarishlarga turtki bo'ldi.1989-yilga kelib esa Tim Berners Lee tomonidan WWW(World Wide Web) texnologiyasi ixtiro qilindi.Keyinchalik 2003-yilga kelib Skype dasturining yaratilishi va 2004-2005-yillarda Facebook va You Tube ishga tushuriladi. 2016-yilda esa,virtual haqiqat, eshitish qurilmalari isteʼmolchilarga taqdim etiladi.
Yuqorida sanab o'tganlarim orasida boshqa juda koʻplab ixtirolar va raqamli texnologiyalar bor edi hammasini ham keltirib o'trmadim faqat asosiy va oʻzim muhim deb bilganlarimni sanab o'tdim lekin boshqa raqamli texnologiyalarning ham insoniyat tarixida va balki raqamli texnologiyalar tarixida o'z o'rni bor ular bo'lmaganda bugungi rivojlanish v o'zgarishlar bo'lmasdi.
Insoniyat yoki tarix shu davrgacha 3 ta sanoat inqilobini boshdan kechirgan va hozir biz 4-sanoat inqilobi va texnologiyalari davrida yashayapmiz.Xo'sh 4-sanoat texnologiyalariga nimalar kiradi.Bular, suniy intellekt, kognitiv hisoblash, bulutli hisoblar va texnologiyalar, aqilli zavodlar, robotlar va robototexnika va kiber xavfsizlik tizimlari va boshqa texnologiyalar kiradi.
Raqamli iqtisodiyot koʻplab sohalarda va xizmatlarda namoyon bo'ladi. Masalan, taʼlim, ishlab chiqarish va boshqaruvdwgi virtualizatisiya jarayonlarida yoki yangi pul-kredit tizimi va raqamli banklar timsolida yoki elektron hukumat va boshqa koʻplab sohalarda namoyon bo'ladi va bo'lmoqda.
Biz raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini 3ta asosiy segmentda ko'rib chiqishimiz mumkin.
-real tovarlar va xizmatlar,taminotchilar hamda xaridorlar sektori;
-dasturiy taminot va texnologiyalar ishlab chiqaruvchilar sektori;
-qonunchilik bazasi,kadrlar tayyorlash tizimi, barcha turdagi maʼlumotlar uzatish va saqlash kanallari ko'rinishidagi infratuzilma.
Mani o'zim raqamli iqtisodiyotni asosan elektron hukumat va elektron savdo platformalarida ekotizimlarda ko'raman.
Yani bugungi kunda oddiy misol qilib oʻzimizni davlatda elektron hukumat juda tez rivojlanib bormoqda va zo'r yutuqlarga erishib bormoqda. Oldingi yillar bilan solishtiradigan bo'lsak u vaqtlarda qanqadir hujjat yoki shunga oʻxshash nimadir kerak bo'lganda odamlar juda koʻp vaqtlarini ketgazib va boshqa odamlarga uni buni orqasidan yurib qanaqadir hujjat,shartnoma, yoki shunga oʻxshash narsalarni olishgan.
Bugungi kunda man biladigan my.gov.uz saytida juda koʻplab davlat xizmatlari va juda koʻplab har xil turdagi hujjatlarni uydan chiqmasdan hech kimni orqasidan yurmasdan vaqtni isrof qilmasdan saytdan bemalol yuklab olish mumkin.Buni aytayotganimni sababi manashu va shunga oʻxshagan boshqa platformalar yoki saytlar albatta raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshirladi va shu asnoda raqamli hukumat va raqamli iqtisodiyot vujudga keladi bu o'z o'rnida davlatning iqtisodiyoti rivojlanishiga va shaffoflik va adolatlikni rivojlanishiga ham taʼsir koʻrsatadi.Yana bitta misol qilib Soliq platformasini olsak bo'ladi bunda oldinlari odamlar soliq to'lash uchun vaqtlarini pullarini ketkazib soliq idoralariga kelishgan boʻlsa hozirgi platforma yordamida uydan chiqmasdan to'lsh imkoniyati mavjud bu esa o'z navbatida vaqtni tejaydi va isteʼmolchilarga yengilliklar yaratadi va eng muhimi ularning huquqiy savodxonligini oshirishga ham yordam berishi mumkin.
Shuningdek man raqamli iqtisodiyotni bugungi kundagi elektron savdo platformalari va ekotizimlarda va bir qancha elektron to'lov platformalari yoki ilovalarida ko'raman. Ya'ni bugungi kunda online savdo shu qadar rivojlanyaptiki bu borishda yaqin 100 yillarda bozorlar yo'q bo'lib ketish ehtimoli yuqori.Sababi online savdoning juda koʻp afzalliklari bor masalan, vaqtni tejaydi, tovarlarning juda katta assortimenti bilan taminlaydi shuningdek uydan chiqmagan holda nafaqat ichki bozordan balki chet eldan ham narsalar buyurtma qilish imkoniyatini beradi.Shunday ekotizimlardan biri bu Uzumdir. Uzum yaqin 2 yillikda juda ham jadal rivojlandi va u har bir sohaga kirib bormoqda o'z navbatida bu yaxshi bo'lishi mumkin.Bugungi kunda uzumning, uzum bank, uzum market, uzum tezkor, va boshqa koʻplab tarmoqlari va platformalari mavjud.
Bunday dasturlar platforma va ekotizimlar raqamli iqtisodiyotni ko'rinishlaridir.Bular odamlarning turmush tarzini ham o'zgartirib yubormoqda avvalari odamlar ko'chaga chiqib ovqatlanishni yoqtirgan boʻlsa hozirda koʻpchilik dastovka xizmatini maʼqul ko'radi va aynan shuning uchun uzum ekotizimi uzum tezkor degan ilova yaratib uni mahalliy restoran va kafelar bilan bog'lab qo'yibdi va bu o'z navbatida xizmatlarni yaratadi yangi ish o'rinlarini yaratadi va davlat iqtisodiyoti rivojlanishiga ham taʼsir koʻrsatadi.Yana shuni aytib o'tish kerakki bunday ekotizimlar va platformalar va saytlar bilan birgalikda elektron toʻlovni amalga oshirish mumkin bo'lgan platforma va ilovlar ham jadal kundan kunga rivojlanib bormoqda nafaqat ular balki elektron banklar va elektron pullar(Bitcoin) ham rivojlanib bormoqda.
Xulosa qilib aytganda raqamli iqtisodiyot va raqamlashtirish davlatimiz iqtisodiyotida juda katta rivojlanishga erishishga yordam beradi.
Raqamli iqtisodiyotni biz turli xil sohalarda va xizmatlarda ko'rishimiz mumkin chunki raqamli texnologiyalar hamma joyda deyarli hamma joyda bor chunki raqamli texnologiyalarsiz raqamli iqtisodiyotni yaratib boʻlmaydi.