"Raqamli iqtisodiyotni ko'raman"...
301-guruh talabasi Yusupbayev Shakhzod
Kalit soʻzlar: Digital(raqamli)banklar, va boshqa pul oʻtkazmalari va to'lovlarni amalga oshirish mumkin bo'lgan ilovalar, elektron pullar(bitcoin toncoin notcoin...)
Man asosan Raqamli iqtisodiyotni raqamli banklarda,va shunga oʻxshagan ilovlarda va ularning faoliyatida ko'raman.Bularga TBC bank,Anor bank,Uzum bank, Click,Payme, Paypal, va koʻplab shunga oʻxshashlar kiradi.
Masalan bularni oddiy banklar bilan solishtirganda aytishimiz mumkinki bu ilovalardan yoki shu raqamli banklar ilovalari yoki xizmatlaridan foydalanadigan bo'lsak vaqtimiz va ancha pulimiz tejalyapti.Chunki ilgari biron bir pul oʻtkazish un ham yoki soliqlarni yoki toʻlovlarni to'lash un ham odamlar banklarda uzoq navbatlarda vaqtlarini va pullarini yo'qotishgan.
Hozirgi kunda esa raqamli bank va ularning ilovalar yordamida biz uydan chiqmagan holatda bemalol va tez ortiqcha yugur yugursiz to'lovlarni va pul o'tkazmalarini amalga oshiriyapmiz bu juda qulay. Shuningdek avvalgi banklar ham o'z ilovalarini yartishda yoki rivojlanishga harakat qilishyapti ammo barbr raqobatda orqada va ular hozirgi kunda Chakana xizmatlarni raqamli banklarga boy berib bo'lishdi va hozirda asosan faqat katta katta bizneslarni kreditlash yoki oddiy kreditlar ajratish bilan shugʻullanyapti.
Shuningdek bugungi kunda elektron pullar bitcoin toncoin notcoin va shunga oʻxshagan kriptovalyutalar juda tez rivojlanib bormoqda manimcha bular kelajak pullari boʻladi yani biz kelajakda mana shunday elektron pullar orqali savdo sotiq ishlarini olib boramiz
Bitcoin bu kriptovalyuta va Blokchain texnolgiyasi asosida ishlaydi.
Yaqinda Notcoin jamoasi telegramda Notcoin ga start bergandi juda koʻplab odamlar notcoin o'ynadi yoki ishlashdi ammo u kuyib ketdi albatta vaucherga almashtirganlar yoki Toncoinga almashtirganlar manimcha yutdi.Chunki o'sha vaucherni ham Toncoinga almashtirsa bo'ladi va Toncoin birjada Binance va boshqa birjalarda mavjuda.
Notcoin jamoasi guideda oqiganimda ular ekotizim yaratishmoqchi edklanigi haqida o'qigandim. Agar shunaqa boʻlsa telegramni ozida ichida oldi sotdi qiladigan kriptovalyutasi va osha yerda o'yinlar yoki boshqa narsalarga toʻlov qilish qobiliyati vujudga kelardi va bu juda katta tub burilishlar yasardu ammo hozircha unaqa boʻlmadi endi buyigini kutib turibmiz.
Albatta ekotizim katta bo'ladi unga telegramdan boshqa ilovalar yoki boshqa xizmat saytlar ham kirib ketishi mumkin.
Xulosa qilsam Man koʻpincha Raqamli iqtisodiyotni shunaqa digital banklar, elektron pullar savdosi yoki shunga oʻxshash sohalarda ko'raman chunki bu yerda vaqt tejaladi inson omili kamaydi va bu esa o'z navbatdia Raqamli iqtisodiyotni belgilaridan va eng muhimi olib borilayotgan faoliyat raqamli texnologiyalar asosida olib boriladi va borilyapti. Bugungi kunda raqamlashtirish raqamli texnologiyalar va boshqa trendlar juda tez rivojlanmoqda shu sababli Raqamli iqtisodiyotni shunaqa va boshqa koʻplab tarmoqlar va sohalarda koʻrish uchratish mumkin.