"O`zstandart" agentligining yuqori turuvchi organ
"O`zstandart" agentligining yuqori turuvchi organi - O'zbekiston Respublikasi hukumati, ya'ni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o'rinbosarlari, vazirlar, davlat qo'mitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumatining boshlig'i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o'z lavozimi bo'yicha kiradi.
Vazirlar Mahkamasi:
- Samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosati yuritilishi, fan, madaniyat, ta'lim, sog'liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo'yicha dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi uchun javobgar bo'ladi;
- Fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
- Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi va yo'naltiradi, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi;
- O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlaydi;
- O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma'ruzalar taqdim etadi;
- Oz'bekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O'zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy normalar doirasida va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O'zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Vazirlar Mahkamasi o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir.
Amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o'z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar mamlakat Prezidentining qaroriga muvofiq o'z faoliyatini davom ettirib turadi.
Vazirlar Mahkamasi o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasining 6 may 1993 yildagi «O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi to'g'risida»gi Qonuniga muvofiq olib boradi.
Vazirlar Mahkamasi o'z vakolatlari doirasida:
- barqaror iqtisodiy o‘sishni, makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash, iqtisodiyotni isloh etish va tarkibiy o‘zgartirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari, soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish prognozlarini hamda eng muhim dasturlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilishini va ijro etilishini tashkil etadi;
- iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, texnik, texnologik jihatdan modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash dasturlarini, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
- erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi, eng avvalo xususiy mulkni rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtiroki darajasini strategik va iqtisodiy jihatdan asoslangan miqdorlargacha qisqartirish, keng ko‘lamda xususiylashtirish asosida shart-sharoitlar yaratadi, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi barcha to‘siqlar va cheklovlarni bartaraf etish, qulay ishbilarmonlik muhitini va investitsiyalash sharoitlarini yaratish, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish bo‘yicha choralar ko‘radi;
- O‘zbekiston Respublikasida pul va kredit tizimini mustahkamlash, bank va boshqa moliya institutlarining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashadi;
- agrar sektorda bozor munosabatlarini rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, meliorativ va irrigatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, yer resurslarining sifatini saqlash va yaxshilash hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
- davlat boshqaruvi usullarini takomillashtiradi, shu jumladan elektron hukumat prinsiplari asosida takomillashtiradi, bozor prinsiplariga asoslangan xo‘jalik boshqaruvi va korporativ boshqaruvning zamonaviy prinsiplari va usullari joriy etilishini rag‘batlantiradi;
- davlat boshqaruvi tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklarini, davlat qo‘mitalarini, idoralarini hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlarini tuzish, qayta tashkil etish hamda tugatish haqida takliflar ishlab chiqadi;
- ta’lim tizimini rivojlantirishni, uning sifati va samaradorligini oshirishni ta’minlaydi, uzluksiz ta’limdan keng ko‘lamda foydalanish uchun sharoitlar yaratadi, ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini bajarish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
- sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, aholining sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzi prinsiplarini joriy etish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
- madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga, madaniy qadriyatlardan keng ko‘lamda foydalanishni ta’minlashga, fuqarolarning ijtimoiy va madaniy hayotda to‘la huquqli tarzda ishtirok etishiga ko‘maklashadi;
- ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish, ularning ijtimoiy va pensiya ta’minoti tizimlari faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi, oila, onalik va bolalikni himoya qilishga ko‘maklashadi, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
- tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini o‘tkazish hamda respublika ahamiyatiga va xalqaro ahamiyatga molik yirik ekologik dasturlarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi, yirik avariyalar va halokatlarning, shuningdek tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish yuzasidan choralar ko‘radi;
- O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va mudofaa qobiliyatini ta’minlash, davlat chegaralarini qo‘riqlash, davlat manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashadi;
- O‘zbekiston Respublikasining horijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi vakilligini ta’minlaydi, hukumatlararo shartnomalar tuzadi, ularni ijro etish choralarini ko‘radi;
- tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik sohasida rahbarlikni amalga oshiradi.
Vаzirlаr Mаhkаmаsi «Prаvdа Vоstоkа» gаzеtаsining muаssisi, shuningdеk, «Хаlq so`zi» vа «Nаrоdnое slоvо»gаzеtаlаrining hаm muаssisi hisоblаnаdi.