April 16, 2025
Huquqiy targ'ibot kuni loyihasi doirasida targ'ibot tadbiri o'tkazildi
Amudaryo tumani Adliya bo'limi YuXKM boshlig'i Sh.Vaisniyazov tomonidan joriy yilning 16-aprel kuni tumandagi "Boy ovul" MFYda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yildagi PF–80-sonli farmoniga asosan "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida targ'ibot tadbiri tashkil qilindi.
Tadbirda aholiga eng dolzarb masalalar, xususan, aholining kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolar, ijtimoiy ta'minot, sog'liqni saqlash, yer, uy-joy, oila masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berilib, uyma-uy yurgan holda mavjud muammolari o'rganildi.
Targ‘ibot jarayonida Qoraqalpog'iston Respublikasi konstitutsiyasining 32 yilligi bo'yicha tushunchalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevralidagi
PF-18-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2025 yildagi "Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida"gi PQ-133-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli, Qarorning mazmun-mohiyati, har bir mahallada xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish asosiy vazifa etib belgilanganligi, ayniqsa kriminogen holati og'ir mahallarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, aholining bu masalaga befarq bo'lmasligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.