Amudaryo tumani Adliya bo'limi YUXKM tomonidan Amudaryo tumani "Do'slik MFY"da hududida joylashgan 7-son MTTda Huquqiy mahalla aksiyasi doirasida huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Joriy yilning 07-may kuni Amudaryo tumani adliya bo'limi bo'lim YuXKM boshlig'i Sh.Vaisniyazov, bosh yuriskonsul'tlar A.Tojiboyev, J.Avezov, B.Odilovlar tomonidan tumandagi "Do'slik" MFY hududida joylashgan 07-son MTTda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yildagi PF–80-sonli farmoniga asosan "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida targ'ibot tadbiri tashkil qilindi.
Tadbirda 07-son MTT raxbar va pedagog xodimlar ishtirokida o‘quv seminar tashkil etildi va seminar ishtirokchilariga o'zlarining sohasiga tegishli qonun xujjatlar mazmun mohiyati yuzasidan hamda
Qoraqalpog’iston Respublikasi konstitutsiyasining 32 yilligi bo’yicha tushunchalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevralidagi PF-18-son Farmoni, PQ-1-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2025 yildagi «Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida"gi PQ-133-son qarorining mazmun-mohiyati, har bir mahallada xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish asosiy vazifa etib belgilanganligi, ayniqsa kriminogen holati og’ir mahallarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, aholining bu masalaga befarq bo’lmasligi, aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yoqilg‘i-energiya resurslaridan samarali hamda tejamkor foydalanilishini, shuningdek, elektrlashtirish va bu borada davlat tomonidan berilgan imtiyozlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.