April 12, 2020

5-maktab ota-onalardan...

  • Assalomu-alaykum bugungi sinovli kunlarning qahrahmonlari bo‘lgan aziz fidoiylarimiz! Toshloq tumani 5-maktab 6-"B"sinf o‘quvchilarining ota-onalari nomidan Roziyaxon Yuldasheva XALQ TA‘LIMI VAZIRLIGIGA, Toshloq XTB ga, farzandlarimizning ustozlariga, o‘z jonini xatarga qo‘yib FIDOYILIK ko‘rsatayotgan shifokorlarga, harbiylarimizga va bugungi kunda xizmat qilayotgan barcha o‘zbek xalqiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek "Podshosi" odil bo‘lgan el hech qachon yengilmaydi. Bugun barcha ota-onalar nomidan yurtboshimiz Sh. M. MIRZIYOYEVga qalbimizning tubidagi chuqur ehtiromimizni yo‘llaymiz. Farzandlarimiz uchun televizion darslarni tashkillayotgan barcha fan ustozlariga va ularni namoyish etayotgan oynai jahon xodimlariga ulkan minadorchiligimizni bildiramiz. Buvilarimiz aytib beradigan ertak qahramonlari, Alpomishlar, Kuntug‘mushlarning hayotdagi idyallari paydo bo‘lmoqda. Bugungi kun qahramonlarining qilgan ishlari yozilajak yangi asarlarga bosh mavzu bo‘ladi.

Toshloq tumani 5-maktab 6-"B"sinf o‘quvchilarining ota-onalari nomidan Roziyaxon Yuldasheva

  • Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, mehri daryo ustozlar, hurmatli ota-onalar! Omonmisiz! Men bir ona sifatida qalbim tug'yolarini jilovlay olmay mehribon fidoyi, qadrli ustozlarimizga barcha ota-onalar nomidan cheksiz minnatdorchilik bildirmoqchiman. Aziz, mehribon ustozlar! Shu kunlarda sizning faolligingiz ilg'orligingiz, jonkuyarligingiz guvohi bo'lib bormoqdamiz, buni his etmoqdamiz. Avvalgidan ham ilg'or sur'atlarlarda ish olib bormoqdasiz. Chunki siz yurt vorislari tarbiyachisi, ustozisiz. Biz ota-onalar ayni damda vaziyatni to'g'ri baholab, siz ustozlarga yordam berib bormoqdamiz. Mana 20 kundan oshibdiki farzandlarimiz yonimizda. Rostini aytsam, ro'zg'or tashvishlari bilan ovora bo'lib farzandlarimiz darslariga unchalik ahamiyat bermas ekanman. Tan olamanki, farzandim yordam so'rasa jerkib bergan paytlarim ham bo'lgan. Shu damlarda farzandim bilan birga ma'suliyatni his qilib, birga uni yonida dars tayyorlab o'tirar ekanman, zahmatkash, jonkuyar ustozlarga mingdan-ming rahmat aytaman. Avvallari sizga ishonchsizlik bilan qaragan ba'zi ota-onalar sizni ayni damdagi faoliyatingizga yuksak baho bermoqda, buni eshitib ham turubmiz. Farzandlarimiz sizni sog'inayotgani, maktab quchog'iga oshiqayotgani sizga bo'lgan hurmat va ishonchning isbotidir. Aziz ustozlar! His qilyapmiz shu kunlarda juda katta kuch bilan ishlayapsiz. Kuzatib boryapmiz, har bir soniyada o'quvchingiz uy ishlarini kuzatyapsiz, e'tibor beryapsiz, baholayapsiz, xatolarini tahlil qilib boryapsiz. Bir muddat xabar kelmasa faol bo'ling, sustlashmang deya oquvchilaringizni undamoqdasiz. Sizga qoyil qolaman. Maktab buyuk dargoh ekanligini, bu joy butun yer yuzida nurli maskan ekanligini, o'qituvchilik naqadar yuksak kasb ekanligiga amin bo'ldim. Qadrli ustozlar! O'tayotgan har bir kunimizga shukrona keltirib, siz bilan qo'lni qo'lga berib faoliyatingizni sidqidildan ado etishingizga biz ota-onalar ham kamarbastamiz. Zero, farzandlarimiz yurtimiz kelajagidir. Farzanlarimizni yurtga sodiq va yetuk insonlar qilib tarbiyalashda hech qachon charchamang, o'zingizni asrab-avaylang. Biz ota-onalar sizdek ustozlar borligidan baxtiyormiz. Siz bilan faxrlanamiz, aziz ustozlar!

Farg'ona viloyati, Toshloq tumani , Xamrak mahalla, 5-o'rta ta'lim maktabi, 7-"B" sinf o'quvchisi Aminjonova Nazokatning onasi Hayitova Nargiza.