Abdurahimova Manzuraxonga Tashakkurnoma!
Assalomu alaykum Abdurahimova Manzuraxon. Biz Toshloq tumani 45-maktabning 8-"B"sinf o‘quvchisi Tursunaliyeva Shahnozaning ota-onasi Ummataliyeva Shohistaxon va Xolboyev Ozodbek barcha o'quvchilarning ota-onalari nomidan sizga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz. Shunday og‘ir paytda ularga dalda berib, qo'llab-quvvatlashingiz tahsinga loyiq. Hozir Vatanimiz uchun jonini fido qilayotgan shifokorlar, harbiylar va sizning ham jonbozligingiz farzandimizni o‘qishga yanada qiziqtirib ruxlantirishimizga namuna bo'lmoqdasizlar. Online video darslarni yuborib, vazifalarni o‘z vaqtida nazorat qilinishi o'quvchilarni yanada o'qishga qiziqishini undamoqda. Ularni kelajagiga befarq bo‘lmaganingiz, ularni deb harakat qilayotganingiz uchun rahmat. Xudo hohlasa farzandlarimiz ishonchingizni oqlab, yuzingizni yoruq qilib Oliy o‘quv yurtlariga "Grand" asosida o‘qishga qabul qilinishadi. Hech ham charchamanglar. Farzandlarimiz sizlarning qo'lingizda o'qiyotganlaridan xursandmiz. Sizlar bor ekansiz biz ota-onalar hech ham havotirlanmaymiz. Sizlar ham oilangiz baxtiga sog‘ bolinglar. Barcha o'qituvchilarga katta Rahmat!!!