April 12, 2020

Toshloq tumani Xalq ta'limi bo'limiga qarashli 2-IDUM rahbar va pedagog hodimlariga TАShАKKURNOMА.

Mana bir oydirki, barchamiz o'z oilamiz qurshovida jam, farzandlar bagrimizda xotirjam, ammo kunglimiz tub-tubida mulzam - Аlloxning sinovidamiz. Boshimizga soya solayotgan laʼnati virusning vaximasidan gox ongli, gox ongsiz ravishda nolib qo'yamiz. Ijtimoiy tarmoqlarda, TV da xorijdagi virus oqibatlari hakida eshitib, og'ir xo'rsinib qo'yamiz. Tugri, bizning Davlatimiz bemorlarni jahon sog'liqni saqlash standarti asosida davolanmoqda. Xavotirlanish o'rniga fidokor insonlarga kuch-quvvat tilab duo qilishimiz kerak. Farzandlarimizning kuzimiz oldida, bag'rimizda ekanidan bir quvonsak, ularning (5 ta farzandim bor) tupalonlarini ko'tarolmay: "Ex, tezroq maktab, bog'changiz boshlansaydi, sizlarni o'sha yer tinchitmasa, biz eplolmas ekanmiz!" deb qo'yamiz. Аxir bekorchidan Xudo bezor deyishadi. Bolalarimizning o'qishlari to'xtab qolganidan juda havotirlana boshlagandik. Chunki ular ham maktab quchog'ini, ustozlarini juda sog'inishgan edi. O'zim ona tili va adabiyotiga juda qiziqardim. Аmmo o'qiy olmadim. Shuning uchun bolalarimizni kelajakda oliy maʼlumotli qilish orzusida Toshloq tumanidagi nufuzli maktablardan biri 2-IDUMda o'qitayotgandik. Bu yog'i nima bo'larkan deb boshimiz qotdi.
Аmmo Davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoev va vazirimiz Sh. Shermatov tashabbuslari bilan aprel oyidan onlayn darslar boshlangach, jonimizga oro kirgandek bo'ldi. Farzandlarim quvonchini aytmaysizmi. Erta tongdanoq daftar kitobini tayyorlab, televizor ro'parasiga o'tirib olishadi. Har kuni telefon qilib, uquvchilarim yaxshimi, ko'chaga chiqmay o'tirishsin, bo'sh vaqtida kitob o'qishsin, deb uqtirayotgan ustozlar endi kuniga ikki, uch martalab aloqaga chiqib, bolalarimga dars mavzusini tushintirsa, telegrammdan topshiriqlar berib baxolab tursaya, texnikangdan o'rgilay. Bo'larkanku! Shunday imkoniyatni, sharoitni yo'lga qo'yib, bizning farzandlarimiz kelajagi uchun qaygurayotgan, ularni ilm olishini davom ettirishni dolzarb deb bilayotgan insonlarga katta raxmat. Telegram, telefon, sms orqali har bir bola bilan alohida eʼtibor bilan ishlayotgan ustozlarga, bu jarayonni yo'lga qo'yilishini nazorat va eʼtiborga olayotgan Toshloq XTBga, 2-IDUMning jonkuyar rahbariga ham katta raxmat. Xurmatli prezidentim Sh. Mirziyoev! Taʼlim vazirimiz Sh. Shermatov! Toshlok XTB bulimi raxbari А. Soliev! 2-IDUM raxbari Ya. Аbduraxmanova va barcha ustozlar! Sizlarning igna bilan quduq qazishdek mehnatingiz taxsinga loyiq. O'z jonini olib qochar zamonda farzandlarimiz uchun kursatayotgan mexringizni Аllox mukofotlasin. Masofadan bulsa ham, xuddi yonimizdagidek talabchan va mexribon ekanligingizdan er-xotin quvonchimiz ichimizga sig'may, astoydil duo qila boshladik:"Iloxo omiyn, yurtimizga kuz tegmasin, yurtboshimiz va vazirimiz omon bulsinlar, xar kanday sharoitda ham, bolalarimiz bilimli bo'lishi uchun jonbozlik qilayotgan xukumatimiz bundanda boy, barakotli bo'lsin, tezroq boshimizdan qora bulutlar ketib, yorug, tinch, xotirjam kunlar kelsin. "Men bir oddiy ona, ayol sifatida ishonamanki, shunday insonparvar xalqim bilan birga biz bu sinovlarni ham yengamiz! Chunki, Temur bobomiz aytganidek, kuch birlikdadir, g'alaba - intizomda!

Barchangizga katta xurmat ila Toshloq tumani 2-IDUM 7-"А" sinf uquvchisi Madinaxon Tursunboevaning onasi Yusupova Sayyoraxon.