ONLY YOU KNOW
— Bu fayllar qanchalik muhim ekanini bilasanmi o‘zi?!?! — erkak o‘z kompaniyasida ishlaydigan xodimga baqirdi.
— M-m-menni kechirng janob... — boshqa erkak qo‘rquvdan titrab gapirishga harakat qildi. U xo‘jayinidan qo‘rqib, endi u bilan nima qilishini o‘ylab vahimaga tushgandi.
Lekin bitta narsa aniq edi — u ishidan ayriladi.
— Sen ishdan bo‘shatilding, yo‘qol!!! — JEON JUNGKOOK, ya’ni JEON CORPORATION bosh direktori, bu so‘zlarni hech qanday rahm-shafqatsiz aytdi. Narigi erkak esa tiz cho‘kib, undan bunday qilmaslikni iltimos qila boshladi.
— Iltimos, janob, kechiring... bu boshqa takrorlanmaydi, qasam ichaman. Iltimos, men bu ishni juda xohlayman... — dedi xodim yig‘lab, xo‘jayini oldida yolvorib. U balki rahm qiladi deb o‘yladi, lekin u bilmasdi — uning xo‘jayini hech qachon bunday qilmaydi.
— Qo‘riqchilar buni kompaniyamdan chiqarib tashlang. Menga bunday beparvo xodimlar kerak emas! — dedi u sovuqqon ohangda.
Qo‘riqchilar xo‘jayin buyurganini darhol bajarishdi.
Jungkook esa atrofda tomosha qilib turgan boshqa xodimlarga qaradi:
— MEN SIZLARGA ISH QILISH UCHUN MAOSH BERAMANMI YOKI TOMOSHA QILISH UCHUNMI?! — deb yana baqirdi.
Xodimlar qo‘rqqanidan darrov ishlariga qaytishdi. Agar bo‘ysunishmasa o‘zlari ham xuddi shunday jazoga uchrashlarini yaxshi bilishardi.
Jungkook sovuq ifodasi bilan kabinetiga kirib ketdi. Ammo xodimlar hali ham bir oz oldin bo‘lib o‘tgan voqeani pichirlab muhokama qilishardi.
Aslida ishdan haydalgan xodim muhim uchrashuv uchun kerak bo‘lgan fayllarni tasodifan yo‘qotib qo‘ygani sababli jazolandi. Shu sabab Jungkook jahli chiqib, uni darhol kompaniyadan haydab yubordi.
— Oyi! Berib turing iltimos!!! — dedi Yn shirin ohangda onasining qo‘lidan yana muzqaymoq olishga urinib.
— Yo‘q qizim. Sen bugun juda ko‘p muzqaymoq yeding, endi bo‘ldi — dedi onasi muloyimlik bilan.
— Xo‘p… — dedi Yn xafa bo‘lib.
— Xafa bo‘lma, qizim. Men senga sevimli taomingni tayyorlab qo‘ydim.
Buni eshitgan Ynning kayfiyati birdan ko‘tarildi va u oshxonaga yugurdi. Onasi esa kulib qo‘ydi — qizi qanchalik tez kayfiyatini o‘zgartira olishiga hayron edi.
Qizim juda beg‘ubor… umid qilamanki u hayotida uni himoya qiladigan va juda yaxshi insonni uchratadi — deb o‘yladi onasi.
— Xavotir olmang, janob Jeon. Sizning biznes kechangiz eng zo‘r kecha bo‘ladi. Hammasini o‘zim tayyorladim — dedi Kim Mingyu faxr bilan.
U Jungkookning shaxsiy kotibi edi.
— Hm… umid qilaman. Aks holda, senga nima qilishimni bilasan — dedi Jungkook sovuq ohangda.
Mingyu yutindi. Xo‘jayini qanchalik xavfli ekanini o‘ylab, tezda egilib chiqib ketdi — hamma narsa joyidami tekshirish uchun
— Yn ikki kundan keyin biznes kechaga boramiz. Sen ham borasanmi? Qiziqarli bo‘ladi, ustiga-ustak Jack ham bo‘ladi, — dedi otasi mehr bilan.
— Ha dada boraman! — dedi Yn xursand bo‘lib.
Jack — uning amakivachchasi edi. Ular juda yaqin eng yaxshi do‘stlardek edilar. Shuning uchun Yn uni ko‘rishdan juda xursand edi.
Yn va otasi kechaga yetib kelishdi.
Zal juda chiroyli bezatilgandi. Yn hayratda qoldi.
Bu yerda juda ko‘p odam bor edi — biznesmenlar… va hatto mafiyaga o‘xshagan odamlar ham.
Bir oz vaqt o‘tgach Yn zerika boshladi. Jack hali ko‘rinmadi otasi esa boshqa ishbilarmonlar bilan band edi.
Yn hojatxonaga borishni xohladi va uni izlay boshladi. Shu payt tasodifan kim bilandir to‘qnashib ketdi.
— Ko‘zing yo‘qmi ahmoq?! — dedi chiroyli, lekin qo‘pol qiz.
— Kechirasiz… atay qilmagandim — dedi Yn hurmat bilan egilib.
— Yo‘qol ko‘zimdan! Aks holda yomon bo‘ladi, — dedi u.
Bu qiz — Lisa Kim edi. Yn uni juda xavfli odamning qizi bo‘lsa kerak deb o‘ylab qo‘rqib ketdi.
Yn tezda u yerdan chiqib ketdi. Ammo ichida o‘ylardi:
Chiroyli… lekin juda qo‘pol ekan…
Ko‘zlariga yosh keldi — hech kim unga bunday gapirmagandi.
Otasi tomon ketayotganda, u yana kim bilandir to‘qnashib ketdi.
Ynning ko‘zlari kattalashdi. U qattiq ko‘krakka urildi.
Voy yana xato qildim…— deb o‘yladi u.
Va… hayotida ko‘rgan eng kelishgan erkakni ko‘rdi.
Jigarrang ko‘zlar. Katta gavda. O‘tkir yuz chizig‘i. Tatuirovkalar… pirslarga to‘la.
U faqat bir soniya qaradi, lekin bu yuz uning yuragiga muhrlanib qoldi.
Ammo hozir go‘zalligiga qoyil qolish vaqti emas edi.
— Kechirasiz! Bu mening xatom edi! — dedi Yn qayta-qayta egilib.
Lekin erkak uni umuman eshitmayotgandek edi.
Yn ichidan o‘yladi: Bu odam mafiyaga o‘xshaydi… meni o‘ldirib yubormasa boʻldi.....
Birdan erkak uning bilagidan ushlab, o‘ziga tortdi. Barmog‘i bilan uning yuzini ko‘tardi.
Mingyu: — Ha janob, u 19 yoshda — dedi. U boshlig‘i nega bu qiz haqida ma’lumot so‘rayotganini tushunmay qoldi.
Shu payt ofis eshigi ochildi va ichkariga Jungkookning otasi kirib keldi.
Mingyu darhol egilib salom berdi-da, xonani tark etdi.
— Ha, dada, biror gapigiz bormi? — dedi Jungkook hurmat bilan. Chunki otasi uning ofisiga juda kam kelardi.
— Ha, va sen meni diqqat bilan eshitishingni xohlayman, — dedi otasi.
Otasi chuqur nafas olib davom etdi: — Bilasan men qarib boryapman. Sen esa allaqachon 25 yoshdasan. Menimcha, sen Lisa bilan tezroq turmush qurishing kerak. Axir, bir yildan beri unashtirilgansiz. Bu ham bizning biznesimiz uchun katta foyda keltiradi.
Jungkook ichida: Bu qizdan… qanday qutilsam ekan deb o‘ylardi.
— Ertani sabrsizlik bilan kutyapman — dedi u soatga qarab. Soat 2:30 edi.
Kompyuterni o‘chirib karavotga yotdi. Ynning rasmiga qarab: — Xayrli tun sweetheart… — dedi.
Ammo u butun tun uxlay olmadi.
— Dada menga biroz vaqt kerak, — dedi u chuqur xo‘rsinib.
Aslida Jungkook hech qachon Lisa bilan turmush qurishni xohlamagan. Otasining majburlashi bilan unashtirilgan edi. U hatto Lisa bilan deyarli gaplashmagan ham.
Ularning otalari yaqin do‘st bo‘lib biznesni kengaytirish uchun bolalarini unashtirishga qaror qilishgan edi.
Jungkook bu qarordan ko‘p marta qochishga harakat qilgan, lekin baribir majbur bo‘lgan.
— Yetar endi, Jungkook! Bir yil bo‘ldi! Yana qancha vaqt kerak?! — dedi otasi jahli chiqib.
Bu savol ynning xayolidan ketmay, butun kunu tun davomida uni o‘ylab yurardi.
Ammo u bilmasdi… o‘sha yigit ham butun tun uni o‘ylaganini.
— Isming nima, sweetheart? — dedi Jungkook unga tikilib.
Ynning yuzi qizarib ketdi, u nima deyishni ham bilmay qoldi.
U payt yn atrofga qarab ketayotgan edi, birdan kimdir bilan to‘qnashib ketdi. U jahli chiqib baqirmoqchi bo‘ldi, lekin qarshisida kichkina qizni ko‘rib to‘xtab qoldi.
Qiz unga qaragan zahoti, uning yuragi bir zumda urib ketdi.
Bunchalar goʻzal… juda chiroyli…
Lekin bu hissiyot uzoq davom etmadi. Qiz darhol pastga qarab undan uzr so‘ray boshladi.
U yerga qaramasligi kerak… menga qarashi kerak edi… deb o‘yladi u.
U qizning ichida qo‘rquv borligini sezdi.
Va bu birinchi marta edi — kimningdir undan qo‘rqishi unga yoqmadi.
Oddiyda paytda esa, odamlar undan qo‘rqishini yoqtirardi…
— Hmm… — dedi u, lekin shu payt kotibasi qo‘ng‘iroq qilib gapini bo‘ldi.
Jungkook qizning bilagini qo‘yib yubordi va: — Uzr so‘rashing shart emas sweetheart — dedi-da ketdi.
Ynning yuragi esa juda tez ura boshladi. Yuzi qizarib ketdi.
Ehtimol u birinchi marta kimnidir yoqtirib qolgandi…
Shu payt otasi uni chaqirdi: — Yn, bu yerga kel!
— Dada hozir, — dedi u va o‘ylariga cho‘mgancha ketdi.
Jungkook ilgari qizlarga qiziqmagan. Ularni faqat vaqtinchalik deb o‘ylardi.
U uxlay olmadi — butun xayoli faqat yn bilan band edi.
U hatto qiz haqida hech narsa bilmasdi… faqat ismini.
Ammo baribir uni o‘ziniki qilishni xohladi.
— Qara nima qilding menga sweetheart… men uxlay olmayapman… buning uchun jazo olasan hali...
Yn ham o‘sha yigitni o‘ylardi.
– Rostini aytganda u juda ham chiroyli edi…
Lekin boshqa uni ko‘rmaganidan ich-ichidan yengil tortdi.
Otasi jahli chiqib dedi:
— Men seni ikki oy ichida uylantiraman, bu oxirgi qarorim! Men senga allaqachon yetarlicha vaqt berdim...
Jungkook otasining gaplaridan jahli chiqib javob berdi:
— Dada, tushuning, men uni yoqtirmayman. Men unga uylanolmayman!
Otasi yanada g‘azab bilan dedi:
— Nima? Uylanolmaysanmi?! Lisa senga juda mos! Shu narsani miyangga quyib ol! Sen faqat unga uylanasan, bu mening oxirgi qarorim!
Shundan so‘ng otasi o‘rnidan turib, jahli bilan xonadan chiqib ketdi.
Jungkook chuqur nafas olib xo‘rsindi. U Y/N ning papkasini ochdi, ichidan suratini olib uzoq tikilib turdi. Keyin sekin dedi:
— Kechir, azizam… lekin men buni qilishim kerak...
U suratga yana bir bor qarab, ishiga qaytishga harakat qildi. CEO bo‘lgani uchun uning zimmasida juda ko‘p mas’uliyat bor edi. Ammo yuragi tinchimay, majburiy nikoh haqida o‘ylab bezovta urardi.
U Lisani yoqtirmaydi. Unga uylanishni xohlamaydi. Ammo qo‘lidan hech narsa kelmaydi.
Hammasi qo‘ldan chiqib ketishidan oldin nimadir qilishim kerak… deb o‘yladi u.
Y/N esa uning xayolidan chiqmasdi. Go‘yo u qiz uni sehrlab qo‘ygandek edi. Har kuni, har soniya u haqida o‘ylardi. U asta-sekin unga qattiq bog‘lanib borayotganini tushundi.
Ammo hayoti baribir og‘ir edi. U o‘zini ayblardi — nega otasiga qarshi chiqmadi?
U bilardi: hatto qarshilik ko‘rsatganda ham, otasi baribir uni Lisaga uylantirardi.
Birdan uning yuzida kulgi paydo bo‘ldi. Uning miyasiga reja keldi — nikohni buzish rejasi.
Qanchalik oson… Lisa sendan qutulish…deb o‘ylab kuldi.
— Dada bu nima o‘zi?! Siz meni shu qizga uylantirdigizmi ?!
Otasi suratlarga qarab hayratdan qotib qoldi. U yerda Lisa klubda begona yigit bilan yaqinlashib turgan edi.
— Bu… bu bo‘lishi mumkin emas… bu montaj! — dedi otasi ishonmay.
Jungkook sovuqqina dedi:
— Bu haqiqat. Hatto videoyam bor. Doʻstim buni kecha uni klubda ko‘rgan.
Otasi boshini chayqadi. U o‘zini ahmoq his qildi.
— Kechir, o‘g‘lim… Men xato qilganman. Seni majburlaganim noto‘g‘ri edi. Bu nikohni bekor qilaman.
Jungkook bosh irg‘ab, otasini quchoqladi:
— Hech narsa demang, dada.
U xonadan chiqib, sekin kuldi:
— Qanchalik oson ekan nikohni bekor qilish...
Lisa esa yig‘lab baqirdi:
— Yo‘q! Bu qanday bo‘lishi mumkin emas?!
Nikoh bekor qilindi. U avval xursand edi, lekin keyin haqiqatni ko‘rib yuragi ezildi.
U suratlarga yana qaradi:
— Men buni qanday qildim ?!
U Jungkookni juda sevardi. Bunday ishni hech qachon qilmasdi.
O‘sha kecha klubda ichimligiga kimdir dori qo‘shgan edi…
Endi u hammasidan ayrildi: sevgisidan orzularidan…
Jungkook uni sevmaydi… lekin u Jungkookni doim sevgan.
U o‘ylardi: oila qursak balki meni sevib qolar… deb Ammo endi hammasi barbod bo‘ldi.
U ko‘z yoshlarini artib dedi:
— Xavotir olma Jungkook… seni mendan boshqa hech kimga bermayman.
— Janob, Jeon korporatsiyasi biz bilan hamkorlikka rozi bo‘ldi! — dedi kotiba xursand bo‘lib.
— Nima?! Bu rostmi?! — dedi Park hayrat bilan. — Bu Osiyodagi eng katta kompaniya!
— Uchrashuv kelasi hafta bo‘ladi.
— Unda hammani tayyorlang ko‘p ishlashimiz kerak.
— Janob Jeon, Park kompaniyasi bilan uchrashuv kelasi hafta.
— Hm yaxshi chiqishingiz mumkin, — dedi Jungkook.
U ichida o‘yladi:
Avval Y/N ning oilasi bilan yaxshi munosabat o‘rnataman… shunda uni o‘zimniki qilish oson bo‘ladi…
U jilmayib qo‘ydi:
— Xavotir olma azizam… tez orada sen meniki bo‘lasan...
Hammaga salom sizlar bu yerga ONLY YOU KNOW fanfic izlab keldigiz fanficgimiz qiziqarli iltimos aktiv boʻlib qoʻllab quvvatlab turing
1-qisim oddiyroq chiqido ammo qiziqarli sahnalar hali oldinda