May 13, 2025

Ishq Azobi

Ep 7

Erta tong. Quyosh hali to‘liq chiqmagan, havo salqin edi. Nabi ish izlab uydan chiqib ketdi. Mira esa kichkina qizi Bonani aylantirish uchun yaqin atrofdagi xiyobonga olib bordi.

Hamma narsa oddiy bir kun kabi boshlangandi. Ammo taqdir hech qachon ogohlantirmaydi.

Qaytishda, Miraning telefoni jiringladi. U javob berishga ulgurmay, Bona tasodifan qo‘lidagi to‘pni quvib, xiyobondan chiqib katta yo‘lga yugurib ketdi. Miraning yuragi orqaga tortildi — u qizini chaqirdi, ortidan yugurdi, biroq...

...birdaniga tormozlar chiyilladi. Qichqiriq. Avtomobil signal tovushi.

Tasavvur uchun

Shu daqiqalarda hamma narsa muzlab qolgandek bo‘ldi. Bona mo‘jiza bilan omon qoldi. Ammo Mira... yerda yotardi. Qon. Sokilik.

Shifoxona. Oq devorlar, sovuq havodor yo‘laklar.

Nabiga shifoxonadan qoʻngʻiroq qilib xabar berishdi. Yugurib yetib bordi. Ko‘zlari yoshga to‘la, qo‘llari titrardi.

Doktor: “Qizcha yaxshi, faqat mayda shikastlar. Ammo Mira... Uning ahvoli og‘ir. 2 kun ichida operatsiya qilinmasa, omon qolmaydi. Tezlik bilan to‘lov kerak. Bu og‘ir jarrohlik.”

Nabi: “Bizda pul bor... lekin... siz aytgan miqdorda emas...”

Doktor: “Tushunaman. Lekin bu operatsiyani faqat malakali chet ellik mutaxassislar o‘tkaza oladi. Kechirasiz.”

Doktor uzoqlashdi. Nabi esa umidsizlikka cho‘kdi. Yo‘lakda yerga cho‘kdi, titrab yig‘lab o‘tirardi. Shu payt qorong‘ilik ichidan qora libosda bir odam yaqinlashdi. Uning oyoq tovushlarini eshitdi.

Boshini ko‘tarib qaradi. Bu — Jungkook edi.

Nabi (ko‘zlarini qisib): “Sen bu yerda nima qilyapsan? Meni kuzatib yuribsanmi?”

Jungkook (boshini egmay, sovuq jilmayib): “Ha, kuzatib yuribman. Chunki sizni kuzatishdan ko‘ra muhimroq ishim yo‘q, xonim.”

Nabi (jingalak sochlarini silkitib): “Maynavoschilikni bas qil.”

Ular ziddiyatli qarashlar bilan tikilib turishganda, doktor yana keldi. Nafasi tiqilib, tez gapirdi:

Doktor: “Xonim, dugonangizning holati og‘irlashyapti. 2 kun ichida pul bo‘lmasa... u yashamaydi.”

Nabi: “Bizda pul bor, ammo bu miqdor yetmaydi...”

Doktor: “Afsuski, men faqat kichik xodimman. Qolganini yuqoridagilar hal qiladi.” – deya uzoqlashdi.

Nabi titrab yig‘lay boshladi. Qo‘llari bo‘sh, yuragi ezilgan edi. Shu payt Jungkook undan ko‘z uzmay qarab turdi.

Jungkook: “Senga pul beraman?”

Nabi (ajablanib): “Nima deding?”

Jungkook (sokin): “Eshitganimdan ko‘rinib turibdi, yordamga muhtojsan.” – deya cho‘ntagidan tashrif qog‘oz chiqarib, unga uzatdi.

Nabi (ko‘zlaridagi g‘azab bilan): “Menga sening puling kerak emas.”

Jungkook hech narsa demadi. Faqat kulimsirab qog‘ozni uning kaftiga tutdi.

Jungkook: “Tortishishga vaqtim yo‘q. Fikringdan qaytsang — qo‘ng‘iroq qil.” – deya orqasiga o‘girilib ketdi.

Nabi esa yerda o‘tirgancha yig‘ladi. Qog‘ozni ko‘ksiga bosib, bexos ko‘zlariga yosh keldi. O‘sha kecha — umidsizlik kechasi edi.

1-kun o‘tdi. Fransiyadagi tanishlardan yordam so‘radi. Hech kim javob bermadi. Hech kim... faqat Jungkook qolgandi.

U so‘mkasini titkilab, tashrif qog‘ozni topdi. Raqamga qo‘ng‘iroq qildi.

X (erkak ovozi): “Eshitaman.”

Nabi: “A... salom. Menga... Jungkook... u tashrif qog‘ozini bergandi...”

X: “Xonim, uchrashuv belgiladingizmi?”

Nabi: “Yo‘q, lekin... unga ayting, men qo‘ng‘iroq qildim...”

X: “2 daqiqada o‘zim sizga qo‘ng‘iroq qilaman.” – deya aloqa uzildi.

Ikki daqiqa ichida telefon yana jiringladi.

Nabi: “Eshitaman.”

X: “Xonim, bizga manzil yuboring. Sizni olib ketamiz.”

Nabi: “Shart emas. Manzilni tashlang, o‘zim taksida boraman.”

X: “Xo‘p, xonim. O‘zingiz bilasiz.”

Nabi telefonini pastga qo‘ydi. Ko‘zlari xiralashgan, yuragi g‘ash edi. Ammo... ichida bir nimadir qimirlagandi. Bu umidmidi, yoki yana bir sinov boshlandimi — u hali bilmasdi.

Davomi bor...