May 3, 2025

Ishq Azobi

Ep 5

Samolyot Parijga qo‘nganida tonggi soat atigi 5:27 edi. Ko‘zlarida charchoq, yuraklarida esa umid bilan, Mira va Nabi Parij aeroportida asta qadam tashlab ketishdi. Yuzlarida quvonch emas, lekin yuraklarida yengillik bor edi. Og‘riqli o‘tmishni orqada qoldirib, yangi hayot sari qadam tashlashgandi.

Yangi hayot esa orzudagidek osongina boshlangan emas.
Boshlanishda ular kichkina kvartirada yashashdi — derazalari ko‘chaga qaragan, lekin isitish tizimi ishlamaydi, kechalari junli ko‘rpalarga o‘ralib uhlashardi. Pul oz, tilni tushunish mushkul, ish topish esa undan ham mushkulroq edi.

Ammo ular birga edilar.

Nabi kafeda ofitsiantlik qilishni boshladi. Qahva hidiga qorishgan toliqish har kuni uning bilaklariga o‘rnashib olardi. Mira esa bir go‘zallik salonida yordamchi bo‘lib ishlay boshladi — idish yuvdi, pol artdi, lekin hech qachon shikoyat qilmadi.

Kunlardan bir kun, Mira har doimgidek ertalab turishga qiynaldi. Ko‘ngli ayniydi, boshi aylanar, tanasi ajib bir og‘irlikda edi. U avvaliga tushunmadi, ammo test olayotganda titroq qo‘llari bilan chiziqqa tikildi:
Musbat.

Mira o‘sha kuni bir burchakka o‘tirib, uzoq yig‘ladi. Qorong‘u ko‘chada, u hozir bola tug‘ishga tayyor emas edi. U hatto...

— Yo‘q... men bunga kuch topolmayman, — dedi u ko‘zlaridan yosh oqarkan.

Nabiga aytishga yuragi dov bermadi. Ammo Nabi kechqurun, uning holatini ko‘riboq, barchasini tushundi.
— Mira... sen yolg‘iz emassan. Menga ishon.

O‘sha kecha ikki dugona uzoq quchoqlashib yotishdi. Mira yuragini siqqan og‘irlikni Nabi yelkasiga qo‘yib to‘kdi. Bola... avvaliga uni oldirishni o‘yladi, rostdan ham. Ammo ko‘zini yumganda, yuragida allaqachon u bola yashayotganini his qildi. Va bu hayotni olib tashlash — o‘zining yuragini sug‘urib olishdek edi lekin u bunday qilishni istamadi

— Men uni dunyoga keltiraman

3 yil o‘tib...

Bo‘na endi 2 yoshdan oshgan edi. Mayin jingalak sochlari, ota-onasining ko‘zlari va betakror jilmayishi bor edi. Ular endi unchalik kambag‘al emasdi. Nabi kichik kafe ochgan, Mira esa salonda kosmetolog sifatida o‘z ismini chiqargan edi. Endi ular — o‘zini tiklagan, bir-biriga suyanadigan, kuchli oilaga aylangandi.

Ammo yurakda bir sog‘inch bor edi — Vatan.

Mira bir tongda derazadan Tinchlik xiyobonini kuzatar ekan, sekin Nabi yoniga bordi.

— Men o‘ylayapman... — dedi.
— Nima haqida? — dedi Nabi, Bo‘nani quchog‘ida ushlagancha.
— Orqaga qaytish haqida. Koreyaga. Yuzimiz tik, orqamizda kuchli hayotimiz, yonimizda Bo‘na bor.

Nabi bir lahza jim qoldi, so‘ng jilmaydi.

— Ha, qaytamiz. Endi hech kim bizni sindirolmaydi.

3 yil o‘tib...

Bo‘na endi 2 yoshdan oshgan edi. Mayin jingalak sochlari, ota-onasining ko‘zlari va betakror jilmayishi bor edi. Ular endi unchalik kambag‘al emasdi. Nabi kichik kafe ochgan, Mira esa salonda kosmetolog sifatida o‘z ismini chiqargan edi. Endi ular — o‘zini tiklagan, bir-biriga suyanadigan, kuchli oilaga aylangandi.

Yeonjun va Mirani qizi tassavur uchun

Mira bir tongda derazadan Tinchlik xiyobonini kuzatar ekan, sekin Nabi yoniga bordi.

— Men o‘ylayapman... — dedi.
— Nima haqida? — dedi Nabi, Bo‘nani quchog‘ida ushlagancha.
— Orqaga qaytish haqida. Koreyaga. Yuzimiz tik, orqamizda kuchli hayotimiz, yonimizda Bo‘na bor.

Nabi bir lahza jim qoldi, so‘ng jilmaydi.

— Ha, qaytamiz. Endi hech kim bizni sindirolmaydi.

3 yillik sukunatdan so‘ng, Seul aeroportining sovuq shamoli Mira yuzini silab o‘tdi. Qizchasi Bo‘na uning qo‘lidan mahkam ushlab, atrofga hayrat bilan qarardi. Nabi yuklarni olib ketarkan, yuragi tez urardi. Ular Parijda o‘zini yo‘qdan bor qilgan bo‘lsa, endi Koreyada o‘z haqiqatlariga qarshi turishga tayyor edi.

Mira va Bo‘na Nabi bilan ko‘chib kelgan joydan uzoq emas joyda yashashardi. Nabi hali ham ularning yonida edi, ammo Mira yuragining bir chekkasida so‘nmas yarasi bor edi — Bo‘naning asl otasi.

Yeonjun.

U bilan hech qachon muhabbat bo‘lmagan. U faqat kuch ishlatgan edi. U kecha — Mirani hayotini butkul o‘zgartirgan, ich-ichini kuydirgan, va u hech qachon bu haqda hatto Nabi bilan ham gaplashmagan.

Bo‘na haqida esa hech kim bilmasdi.

Mira va Bo‘na Nabi bilan ko‘chib kelgan joydan uzoq emas joyda yashashardi. Nabi hali ham ularning yonida edi, ammo Mira yuragining bir chekkasida so‘nmas yarasi bor edi — Bo‘naning asl otasi.

Qorong‘i ko‘zoynak, kostyum, yonida tanqidchilar va muxbirlar. Yeonjun — endi mashhur biznesmen. Shahar markazida katta kompaniyani boshqarardi. Qorong‘i ko‘zlari bilan atrofga qarab, bir zumga Bo‘na tomon tikildi. Mira yuragining bir urishini o‘tkazib yubordi.

— Iltimos... meni ko‘rma...

O‘sha kuni Mira Bo‘nani bolalar bog‘chasiga olib borayotganida tasodifan uni ko‘rdi.

Qorong‘i ko‘zoynak, kostyum, yonida tanqidchilar va muxbirlar. Yeonjun — endi mashhur biznesmen. Shahar markazida katta kompaniyani boshqarardi. Qorong‘i ko‘zlari bilan atrofga qarab, bir zumga Bo‘na tomon tikildi. Mira yuragining bir urishini o‘tkazib yubordi.

— Iltimos... meni ko‘rma...

Ammo Yeonjun qizchaga bir necha soniya tikilib qoldi. Unda qandaydir tanishlik, qandaydir his paydo bo‘ldi, lekin hech narsa qilmadi.

Mira esa tanasi qaltirab, chuqur nafas oldi. Yuragida og‘riq va g‘azab uyg‘ondi.
— U mening qizimni tanimaydi. Hech qachon tanimaydi ham. qizmni faqat men boqaman...

Ammo taqdir ularga yana duch keltirdi.

Oradan ikki kun o‘tib, Nabi Miraga qo‘ng‘iroq qildi:

— Mira... kechasi kompaniyada tayinlangan tadbirga borishim kerak. Meni kutma.

U chiqqanidan so‘ng, Mira televizor yoqdi. Yana Yeonjun — jonli efir. Yirik xayriya tashkiloti nomidan nutq so‘zlayapti. Birdan u yuragini siqib ushladi. Ko‘ngli aynib, pultni o‘chirib qo‘ydi.

Ertasi kuni, Bo‘na bog‘chadan chiqib kelgach, bexosdan yonidan o‘tayotgan qora mashina to‘xtadi. Deraza ochildi. Yeonjun uni ichkaridan ko‘rib qolgan edi. Qizcha kulib, unga qaradi. Uning ko‘zlari... xuddi o‘zinikidek.

Yeonjunning yuragi bir lahza urishni to‘xtatganday bo‘ldi.

Davomi bor...