Zulmat ogʻushida 🔞
Yozuvchidan : Ogʻriqli xotiralarim badalini kim toʻlaydi ?
-Shaxi ~
-uzr , biroz aylanib kelaqolay ...
Xonadan siniq kulgu bilan chiqqan qiz palatani eshigini yopishi bilan yigʻlab yubordi
-kechirasan Yoongi
-hech qisi yoʻq Jungkook ortidan bor
Qizning ortidan chiqqan Jungkook Shaxini yelkasidan ushlab stulga joyladi "Shaxi menga qara yigʻlama ...Mariya ham xafa boʻldi koʻrdingmi ? Yigʻlama ..."
"Jungkook ~biz yana farzandli boʻlishimiz mumkin edi ..."
"Shsh hali yana farzandli boʻlamiz ham faqat sen yigʻlama oʻtinaman asabiylashma mumkin emas senga ...eslama "
" Men aybdor edim ..men ..senga aytmadim barini senga aytmadim xato qildim shu uchun endi bolamdan ayrildim ..." Yigitning koʻkragiga yuzini koʻmib yigʻlayotgan qiz alam bilan gapirardi ora orada hiqqillab yelkasi titrab qolardi...
"Bizda Shemi bor ...u hozir uyda bizni kutyapti.... eshitdingmi ? Hozir Suzan qoʻngʻiroq qildi toʻpolon qilib seni soʻrayotgan ekan . Seni ketganingni sezib qolindi daxmazacha ....boramizmi uyga ? Shaxi ...shaxi..
Jungkook xavotirlanib qizni yuzini oʻziga qaratar ekan Shaxini koʻzlari yumiqligini koʻrib aqldan ozay dedi
-SHAXI ...SHAXI ...
LANATI * KOʻZLARINGNI OCH QOʻRQITMA MENI HAMSHIRA~
Jungkook kalidor boʻylab baqirar ekan barcha hamshiralar ularning oldida yigʻilishdi .....yuzlarida koʻz yosh izi qolgan qiz esa hali hamon qilt etmay yotar edi ....
Shifoxona Palata /soat kechki 8:33
Lablari biroz titrab koʻzlarini pir pirstgan qiz tanasini asta koʻtardi . Yotoq yonidagi stullardan birida oʻtirgan yigit rafiqasining oʻziga kelganini sezgan on kichik kaftni qoʻliga oldi
- tuzukmisan ? - Xavotir bilan soʻradi Jungkook -boshing aylanmayaptimi ? Biror nima istaysanmi ? - mehribonchilik bilan yana savol berdi yigit
- Jungkook yaxshiman biroz qoʻlimda ogʻriq sezyapman - oʻrnidan biroz siljigan qiz nigohini qoʻlidagi buyumlarga qaratdi - nima bu ? Ol buni ogʻrityapti ! Jonim ogʻriyapti ol ! - betoqatlangancha maʼlum qildi qiz
Oʻrnidan turgan Jungkook eshik oldiga borib hamshiralardan birini chaqirgan koʻyi qayta oʻz oʻrniga joylashdi
- Shaxi ~bundan keyin eski xotiralaringni yangilaganingni koʻrmay ! - bosiq ammo biroz jiddiy tarzda talab qilib oʻziga jovdirab qarab turgan qizga qaradi yigit - boshqa bu mavzu ochilmasin ! Ochilgudek boʻlsa xafa qilaman ! Ranjiydi deb qarab turmayman menga sogʻliging hammasidan muxim ! - Gaplarini tugatgan Jungkook palataga kirgan hamshirani sezib oʻrnidan turgan koʻyi hamshiraga joy boʻshatdi . Qiz hali ham unga qarab turmoqda hozir gi aytilgan soʻzlar ogʻir Jungkook buni biladi ammo aytishga majbur rafiqasining tushkunlikka tushib qolgani uni ham ezib bormoqda ayni damda
Hamshira yotoq oldiga kelib kerakli barcha muolajalarni qilib qizni koʻrikdan oʻtkazdi
- xonim hozir biroz ogʻrishi mumkin qaltis harakat qilmang - Hamshira tomirga tomizish moslamasini (yani oʻzbechasini topamadim капельница boru xullas oʻsha) sekin qizni tomiridan chiqarar ekan qiz injiqlik qilib ovoz chiqardi keyingi soniyalarda bu injiqlik qoʻpollikka olib keldi . shaxi hamshira qizni qoʻlini siltab tashlar ekan buni kuzatib turgan Jungkook asabiy koʻzlarini yumib ochdi. -xonim menga xalaqit bersangiz bu ogʻriqli boʻladi ..iltimos biroz sabr qiling
-tort qoʻlingni ! Jin ursin ogʻrityapsan ! -qoshlarini chimirib koʻzini suzgan Shaxi hamshiraning qoʻlini qayta oʻzidan itardi buni koʻrib turgan Jungkook qizning yotogʻi ustiga chetdan oʻtirib injiq rafiqasining qoʻlidan ushlab turdi
- ishingizni boshlang hamshira xonim ! - bosiqlik bilab xabar qildi yigit . Shaxi esa hali ham eriga tshunmay qarab turar edi ...
-lekin Jungkook u yoqmadi boshq...
-hech qanday boshqasi emas aynan shu hamshira bajaradi bu ishni qaysarlikni yigʻishtir ! Ishingizni qiling hamshira xonim !- Jungkook rafiqasiga qattiq gapirib hamshiraga ishini boshlashi uchun imkoniyat yaratib berdi.
Hamshira bemorining qoʻlidan ignani olar ekan Shaxi yoqimsiz tovush chiqarib biroz ogʻriqdan lablarini tishladi . Oʻz ishlarini tugatgan qiz xonadan tezda chiqib ketar ekan Jungkookga rafiqasiga eʼtiborli boʻlishi kerakligini aytishni ham unutmadi
- sen meni himoya qilmading
- hamshiradanmi ? Hazillashyapsanmi Shaxi!? Bu qanaqasi ukollardan bosh tortsang toʻgʻri kelgan odamga qoʻpollik qilsang
- oʻsha sen yonini olayotgan hamshirang BOLAMNI OLDIRGAN ! UNI YOMON KOʻRAMAN NAFRATALANAMAN ! - koʻzlari yigʻlashga tayyor boʻlib turgan qizning oxirgi soʻzlari xona boʻylab jarang sochdi yotoq chetidagi tumbochka ustidagi dorilarni yerga uloqtirib tashlagan koʻyi yana baqirib yubordi...
-SEN UNI YONINI OLDING MENI EMAS ! SEN...
Titrab turgan lablar boshqa lablar tomonidan yopilganidan keyin Shaxi ovozi chiqmay qoʻydi qanchalik yigʻlab erini oʻzidan itarishga harakat qilar ekan Jungkookning kafti changali buni qilishga yoʻl qoʻymas edi ....
Axiyri nafas olishi qiyinlashkan qiz Kuch bilan yigitni oʻzidan itarib tashlagan zaxoti oʻzini orqaga oldi
-ssen...sen seni yomon koʻraman ! Qoch ket oldimdan - qiz yuzini chetga burib yigʻlab yubordi . Jungkook koʻzlarini asabiy yumib burun koʻprigini ishqaladi hozirda xotini juda injiq va tarbiyasiz boʻlib ketganidan biroz ajablanmoqda ammo chidashga majbur chunki uni oʻzi tanlagan . Yuzini hali ham boshqa tomonga oʻgʻirib olgan qiz keyingi soniyalarda ichidan qaynab kelayotgan suyuqlikni qayt qilib yubormaslik uchun kafti bilan ogʻzini yopguncha oʻrnidan turishga urinib xona ichidagi xojat xonaga yugurdi orqasidan hayratda qolgan yigit tezda oʻziga kelib kichik xotinining orqasidan yugurdi .
Xojat xonaga boshini egib ichidagi barcha suyuq*likni chiqarayotgan qiz oyoq qoʻli titragancha qoldi . Yuziga tushib turgan sochlari uni ayni damda yanada asabiylashtirmoqda ...Qiz endi sochlarini qoʻliga olmoqchi boʻlgan on begona qoʻllar bu ishni oʻzi qilayotganini koʻrib Jkni koʻziga moʻltillab qaradi
- davom etaver - Jungkook qizni sochlarini yanada qulayroq qilib yigʻishtirar ekan qiz yana bir bor baland ovozda qayt qilib yubordi . Bunday xolat qizda birinchi bor boʻlishi ....
-J.Jung ..kook - titroq lablar orasidan titrab chiqqan oʻsha ism va koʻz yoshlari yuzini yuvayotgan qiz talvasaga tushgancha tez tez nafas ola boshladi bir qoʻlini yuragiga qoʻyguncha oʻpkasiga havo olishga urindi .
-Shshsh Shaxi ... Sevgilim menga qara menga qara qani !..- Jungkook vaxima bosgan qizni yuzini kaftlari orasiga olib peshonasini peshonasiga bosdi -yoningdaman hammasi yaxshi tinchlan nafas ol tinchlanib chuqur nafas ol qani ...
Xuddi u aytgandek chuqur nafas olib chiqardim bunday qoʻrqinchli holat menda birinchisi jin ursin juda qoʻrqdim yaxshiyam oldimda Jungkook bor edi dakki eshitsam ham baribir meni sevadi oldimda boʻladi .
-Jungkook ...
-gapir sevgilim ! -jungkook qizni issiq bagʻriga olib uzun qoʻllari bilan uni oʻrab oldi xuddi dunyoning barcha dardlaru xavflaridan ximoya qilmoqchidek ....-seni yoningdaman doimo !
Oradan 7kun oʻtdi /Seoul Jeonlar qoʻrgʻoni soat kechki 7:49
-shemi kelaqol qizalogʻim qani kelchi yaaa yigʻlama shu yerdaman Shemi..- oshxonada stol tuzayotgan Shaxi mehmonxonada yigʻlayotgan qizini chaqirishga tushar ekan bugungi keladigan mexmonlar tashrifi uchun kichik bir tushlik tayyorlash bilan ovora edi
-om.ma ...omma opa oppaa - kichik qizaloq tixirlik qilib uni koʻtarishini oyidan soʻrab yigʻlarkan Shaxi shoshilganidan nima qilishini bilmay qola yozdi ...bir necha soniyalar oʻtib eshik ochilar ekan shaxi oshxona eshigidan sekin moʻraladi
-Jungkook ~ vanihoyat kelding - men soniya sanab kutayotgan insonimni eshik oldida koʻrib yigʻlab yubordim yugurib borib oʻzimni uni quchogʻiga otdim bir necha soniyadan soʻng uning baxmal ovozi va belimdan ushlab oʻziga tortganini his qilib battar hiqqillab qoldim . Bu uy ishlari va manabu shumtaka Shemi meni juda qiynadi judaaa~
-oppa ~ sen..sen kelmaysan deb oʻylagandim ...ni nima naxotki ishdan ertaroq chiqish shunchalik qiyin boʻlsa hih
-sevgilim biroz ishlarim koʻpayib qoldi . Yaa nega yigʻlaysan biror joying ogʻriyaptimi yo ? Hm ? -Jungkook qizning ikki yanogʻidan ushlab yuzini tekshirdi - menimcha tshundim sen Shemi va uy ishlarini bir vaqtda uddalay olmagansan shunga yigʻlayapsanmi ?
- lab chetida kuldi yigit
-hecham unga emasda shunchaki men ..men
-appaaa~ -gapimni tugatmasimdan Shemi ortimizdan kelib yigʻlagani uchun hech nima deya olmadim Jungkook ham qizini ovozini eshitgani zaxoti meni oʻzidan ayirib qizi tomonga oshiqdi voy yaramas.
-qani Meni qizim Shemi sen nega yigʻlaysana? Yo xudo bu ikki qiz ham bir biridan oʻzgan yigʻloqi ...qizim boʻldi yigʻlama ..Shsh qani kelchi birta appangni oʻpib qoʻy ..- Jungkook Shemini koʻrdiyu meni yodidan chiqardi bu..bu hazilmi ?
- qizingni koʻrib xotiningni unitib yubordingmi Jeon Jungkook ? - ularni oldiga borib yuzimni burishtirdim
-Nega unitar ekanman unitmadim xotinjon doim seni oʻylayman ayniqsa yotoqdagi xolingni ..- yaramas iljaydi yigit
-men hazil qilmayapman Jungkook tongda chiqib ketganing qoʻngʻiroq ham qilmading hatto sms ham joʻnatmading oʻzing kech kelib qizingni oʻpib oʻtiribsan men esa tongdan buyon ovqat va bolaga qarab aqldan ozay dedim toʻgʻri xizmatkorlarni joʻnatib yubor hammasi oʻzim qilaman dedim lekin oldimda sen ham boʻlasan deb oʻylagandim lekin bizning Jungkook oilasini ishdan ustun koʻrdi ! Bor koʻzimga boshqa koʻrinma qizing bilan yoqimli xordiq chiqar men ishlarimni qila qolaman ! - unga tez tez gapirib endi qayta yoshlanayotgan koʻzimni yumdim da ulardan uzoqlashib oshxona tomon bordim Jungkook esa orqamdan ismimni chaqirib qayta oldiga borishimni soʻradi uni gapini eshitmasdan yoʻlimda davom ettim men ham ayol man axir boshqalarga oʻxshab meni ham mehr koʻrgim keladi . Ayniqsa erimdan bilaman injiqman lekin Jungkook bunga chidashi kerak axir u meni erimkuu!
Oshxonada oxirgi ishim qoldi u xam boʻlsa idishlarni yuvish soatga qaradim 8:12 vaqt ham alla mahal boʻlibdi tez orada Mariya va Suzan ham kelib qolishadi aysh tezroq vaqt oʻtsa edi . Idishlarini yuvar ekanman qulogʻim ostida issiq nafasni his qilib choʻchib ketdim bu kimligi aniq lekin buni bilsamda orqamga qaramadim oxirgi idishni yuvib qoʻyar ekanman erimning qoʻllarini belimda his qilgan onim joyim da toʻxtab qoldim
- Xotinjonim mendan arazdami ?
U boʻynimga issiq va nam labini bosganda koʻzlarim beixtiyor yumilib ketdi
-u.. uzoqroq tur ..- soʻzlarim titrab uzilib chiqdi shunday boʻladi hamda u bunday issiq nafasi va nam oʻpichlari bilan meni aqldan ozdirsaa -Jungk..kook stolni tayyorlashim kerak
-Jim tur ! Allaqachon stol tayyor 5daqiqa oldin buni qilganing yodingdan chiqdimi yo ? - Yigitning qoʻli Qizning kiyimi ichiga suqilib kirar ekan qiz oʻzini zudlik bilan ortga oldi - nima daxmazaginam qoʻrqib ketdimi ?
- sen .sen men
-xoʻsh men ! -Jungkook qiz tomon bir qadam bosdi
-sen juda uyatsiz san ! - nima deyishni bilmay axiri shuni aytdim u yuzimga qarab kulib yuborar ekan men ham yengil jilmaydim nima xatomi chindan ham oʻta ketgan uyatsizku u
-unda shu uyatsiz eringni chanqogʻi bosilguncha xumoringdan chiqquncha oʻp !
-xoʻp oʻpaman lekin koʻzlaringni yumishing kerak ! - hozir oʻylayotgan narsamdan ichimda mamnun boʻlib unga qaradim u xam hech qanday etirozlarsiz aytganimni qildi
-kutyapman ..qani boshla - Jungkook xirrillab nafasi ostida gʻoʻldiradi
Sekin u koʻzini yumganidan foydalanib undan qochib ketdim qochmadim aslida eshik taqilladi shuni ochishga bordim bechora erginam ne ne orzular qilib turgandiya
Qayta mehmonxonaga kirib stol chiroyli ekanligiga qarab eshikni ochdim
-Mariii - marini koʻrishim bilan uni quchib oldim orqa tomonda esa Yoongi kichik Inuni ushlab turganini koʻrib qichqirib yubordim - yaaaa bu mittivoyniiii. Yoongi kiraqoling sovuq qotib qolmasin qizaloq yana
-yaaa Shaxi dugonajonnn nixoyat seni koʻrdim
Shaxi barchani ichkariga taklif qilar ekan oshxonadan Yuzi boʻzarib ketgan Jungkook chiqishini koʻrishi bilan past ovozda piqqillab kulib yubordi .Jungkook mehmonlar oʻtirayotgan stol tomonga yaqinlashib barcha bilan koʻrishib chiqib kichik xotini oldiga bordi
-sen qiz bu qiligʻing uchun bu kecha yaxshigina javob berasan ! Kamarim bilan savalaymana! Kutib tur - Jungkook rafiqasining qulogʻiga xiyol egilib past amma taxtatli ovozda shivirladi . Buni eshitgan Qiz qult etib yutindiyu eriga bexolgina qarab qoʻydi xuddi bunday qilmagin degandek .
Jungkook bu koʻzlarga etibor bermay stolga oʻtirar ekan erini chinakamiga jaxlini chiqarib qoʻyganidan oʻzini koyidi
Barcha stullardan joy olishib ovqatlana boshlashdi
-mmm Shaxi rostan ham buni oʻzing qildingmi ?
-ha oʻzim yoqdimi mazali chiqibdimi ?
-juda yoqdi shirinim juda tugʻruqdan keyin bunday ovqatlarni yemagan edim yani ruxsat berishmadi ! -zarda qilib eriga manoli qarab qoʻydi Mariya
-menga unday qarama oʻsha payt senga mumkin emasdi malikam ! - oʻzini oqlashga urindi Yoongi
Ularni kuzatib turar ekanman beixtiyor yuzimga kulgu yugurdi dugonam juda baxtli bundan xursandman
Ammo Jungkook ... Jungkook hech kimga etibor bermay ovqatlanyapti nima birtagina boʻsa olmaganim uni shunchalik ranjittimi
-ommaaa ~ - oʻz xonasidan chiqqan Shemi oyisi chaqirib xarxasha qila boshladi barcha u tomonga qarar ekan Shaxi oʻrnidan turmasidan oldin Jungkook turib qizini bagʻriga olib tinchlantirdi koʻzidagi yoshlarni artib oldidagi taomlardan birozdan berishni boshladi
-appa ..mamma mamma -oʻzining yoqimli talafusi bilan gapirishga urinayotgan qizchaning koʻrgan barcha kulib yuborishdi
-xuddi kichik farishtaya . Shaxi Shemi ham xuddi seni oʻzing boʻlgan lekin koʻproq Jungkookga oʻxshagan .
-xa... u otasiga koʻproq monand - Shunday deb Jungkookga qaradim u hech bir reaksiyasiz turganini koʻrib chuqur oʻyda qoldim naxot mendan shunchalik jaxli chiqqan boʻlsa ?
-men oʻzim ...Suzan va biz bilmaydigan yigiti keldi shekilli - oʻynoqi koʻz qisib Mafiyaga gapirdi qiz
Eshikni ochish uchun borar ekanman hozir Suzanning yigiti kimligi menga juda qiziq tuyilayotgan edi .
-hayrli kechchch~ - baland ovozim qarshimdagi odamni koʻrishim bilan pasayib ketdi u qarshimda xuddi oʻsha kechagidek yana qarshimda - sen ?- arang shu soʻzni aytdim
-Salommm Shaxiiii azizam yaxshimisan ? Seni sogʻinib ketdimku ....- Suzan oʻsha yigitni qoʻlidan tutib menga yorqin koʻzlari bilan salomlashar ekan oʻzimni sezmay qoldim yuragim siqilib tanam boʻylab kichik tor urgandek boʻldi boʻlishi mumkin emas nega aynan u ? Nega
- Kiringlar -dedim axiyri ularni eshikdan kirgazib
Yuzim soʻnib qolgani menimcha aniq . Stol atrofidagi barcha oʻrnidan turib yangi mehmonlar bilan koʻrishishdi .
Navbat menga kelganda oʻsha yigit toʻxtab qoldi
- Hayrli kech Jeon Xonim. siz haqizda koʻp eshitgan edim hayotda shunday latofatli ayolni koʻrib turganimdan baxoyatda mamnunman - uni gaplaridan shunchalik boʻzarib ketyapmanki qoʻlimga tushgan birinchi matox bilan uni oʻldirishim mumkin edi .u yoqimsiz jilmayib qoʻlini men tomon choʻzar ekan unga bezrayib qarab tura verdim
- Xotinimni koʻrish hammaga ham nasib qilavermaydi Faqatgina loyiqlar bunga sazovor boʻlishi mumkin va yana .. yosh boshing bilan birovning xotiniga iltifot koʻrsatishing ortiqcha deb oʻylayman Yigitcha !
-ortimdan kelgan erimning ovozidan ortga qaradim u belimdan tutib meni oʻrnimga u yigitga oʻzi qoʻl berayotgan ekan . U menga uzatilgan qoʻlni shunchalik qattiq ushlab oʻtirgan ediki bir dam oʻsha yigitning yuzi biroz burishdi .
-sizga ham hayrli kech Janob Jeon . Ismim Kan Hyunjin
-Demak Kan Hyunjin singlimning yigiti ! - savol berdi Jungkook
-akajon bu oʻsha sizga aytgan yigitim u bilan Germaniyada uchrashib qolgan edik
-yaxshi ! -jungkook shunday deb xotinini oʻzidan ajratmagan xolda stol atrofiga borishdi .
-sizlar oʻtira turinglar men ovqatlarni olib kelaman - ularga bir qarab qoʻyib Jungkookning qoʻlidan chiqib ketdimda oshxona tomon bordim ortimdan Mariya men ham sen bilan deganini eshitsam ortimga qaramay oshxona tomon bordim .
Oshxonadagi stollardan biriga suyanib qolib chuqur nafas olishga harakat qilayotganimda oldimga Mariya keldi
- Shaxi iltimos faqat vaxima qilma xuruj tutib qoladi ...iltimos Shaxiyim menga qara
-mariya ...u.uu Shu yerda yana shu yerda - nafasim qisilib oʻpkam ishdan chiqqandek hiqqillab qoldim Mariya eshikni yopib meni bagʻriga olarkan uni kiyimi yoqasidan qattiq siqdim
-Mari men.menga yana nimadir qilsachi ..keyin n..nima qilaman Mari...
- shaxi oldin tinchlanib ol doring qani ? Qani doring ?
Arang qoʻlim bilan oshxona tumbochkasini koʻrsatdim u yugurib borib dorilar va bir stakan suv bilan oldimga choʻkdi
- boʻlaqol ichib ol Shaxi buni ichib ol ! -mariya lablarim orasiga dorini qoʻyganidan soʻng qoʻlimdagi suvdan hoʻpladim ...chamasi 5daqiqalarcha oʻtdi shu vaqt davomida Mariyani bagʻrida oʻtirdim u sochimdan yengil silab qoʻllarimni uqalab turardi ...dori tez taʼsir qilishi kerak ...lekin hali ham qoʻllarim titrab turgandi
-eshik tomondan Jungkookning qadam tovushlarini eshitishim bilan oʻrnimdan turdim Mariya ham oʻrnidan turib kiymimizni epaqaga keltirgach eshikni ochdim
- Ovqat tayyorlayman deb 20daqiqadan buyon nima bilan bandsiz ?
-Gaplashib qolibmiz Jungkook hozir tezda ovqatni likopchalarga joylayman ikki daqiqa
Tezda jkni javobini kutmasdan ishlarimni qilishda davom etdim likopchalarga ovqatlarni suzib barini tayyor qilib boʻlgach Mariya bilan barchasini mehmonlar oldiga qoʻyishni boshladik
-mmm Shaxi bu juda ajoyib chiqqan juda mazali pishiribsan .
Bir qoʻlini boshiga qoʻyib ikkinchi Qoʻlidagi sanchqini likopchasi boʻylab uyoqdan buyoqqa surayotgan Shaxi Suzanni gaplarini eshitmagani tabiiy xol albatta Jungkook uni xayolot dunyosidan chiqarish uchun biroz tomoq qirib oʻrindiqni siljitdi biroz seskanib ketgan qiz oʻziga hayron qarab turgan mehmonlarga koʻz yugurtirdida uzur soʻradi
-kechirasan Suzan xayol surib qolibman
-hech qisi yoʻq Boʻlib turadi
Biroz hijolat boʻlgan qiz sekin jilmaydida unga qarab turgan eriga moʻltillab qaradi
-Shaxi xonim siz sanat maktabida oʻqigansiz deb eshitganman va ota onangiz ham yoʻq ekan shu rostmi ?
Bu iflos nima deyaptia ? Anniq bir nima qilib qoʻyaman bu itni
-rostmi yoʻqmi sizni bu qiziqtirmasin Janob ! -unga qattiq gapirib sanchqini qoʻlimga olib ovqatga suqdim
- Agar bu sizni hijolat qilgan boʻlsa bemalol aytmang sizni tushunaman menda ham oila aʼzolarim yoʻq jiyanimdan tashqari - Hyunjin lab chetida kulib qarshisida oʻtirgan qizga irjaygancha yana gapirdi - Jiyanim ham siz bilan yoshi teng bu siz kabi goʻzal Toʻgʻrisi uni jiyanimdan ham koʻroq koʻraman ...va..
-BAS !
Sanchqini stolga zarb bilan urgan qiz baqirib yubordi xona butunlay jim faqatgina asabiylashayotgan qizning nafas olishidan tashqari .
- CHIQIB KET UYIMDAN !
-Chagi oʻzigni bos qizishma..
- shaxi nimalar deyapsan axir ...
Oraga Suzan va Jungkook qoʻshilarkan ularga etibor bermagan qiz stoldagi likopchani olib yerga uloqtirdi . Likopcha chil chil boʻlib baland ovoz chiqarar ekan bundan qoʻrqib ketgan Shemi va Inu jigʻillab qolishdi
-SENGA UYIMDAN CHIQIB KET DEYAPMANNNN KET UYIMDAN KETTTT
Shaxi xuddi aqldan ozgan singari birin ketin stoldagi barcha narsani irgʻitib parchalab yubordi uni axvolidan xavotirlangan Jungkook tezda turib xotinini ikki yelkasidan oʻziga tortgan holda siniq boʻlaklardan chetga oldi
-Shaxi bas qil ! -Jungkook tanasi titrayotgan qizni oʻziga qaratar ekan dedi - oʻzingda emassan baqirma
-Shaxi nima deyapsan bu meni xam uyimku nega yigitim chiqib ketar ekan ?
Oʻzingdamisan ?
Qiz yana jazavaga tushib erini yelkasidan itargancha dod soldi
- CHIQIB KETSIN ...KETSINNN BU UYDA QOLMAYDI.. HECH QACHON !
-Shaxi xonim mazur tutasiz sizni xijolat qildim men bora qolay azizam ...
-Hyunjin shunday deb oʻrnidan turar ekan Suzan uni qoʻlidan tutib qoldi
- hech qayerga ketmaysiz ! Hyunjin bu sizni aybiz emas . Shaxi bu mening ham uyim nega bunday jinnilik qilyapsan a? Akamni xotinisan degani xoxlaganimni qilaman degani emas !
Koʻzlari namlanib yuzini yuvgan qiz titragancha bosh silkidi
- Yaxshi ! U ketmas ekan men ketaman !
Jungkookni oʻzimdan bor kuchim bilan itarib Shemini yigʻlashiga ham etibor bermay eshik tomon yugurdim ....
Orqamdan Jungkook va Mariya Ismimni aytib baqirishganiga ham etibor bermay uydan chiqib ketdim ....