Zulmat ogʻushida 🔞
Yozuvchidan : ehtiros va qoʻrquv bir biriga teskari hislar . Biri olov ikkinchisi oʻsha olovni soʻndiruvchi suv
Telefon oʻchirilar ekan qiz telefonni qattiq qisdi "Agar bir oila boʻlsak sen eng yaxshi dada boʻlarding Jungkook "......
-bir oydan keyin -
Tae pov : Aleksandr bilan gaplashib Shaxini singlisini Jungkookning fleshkasi evaziga alishishga kelishdim ...Bu Jungkookga qanchalik obroʻsini yoʻqga chiqarmasin buni qilishga afsuski majburmiz Shaxini singlisi sogʻ omon boʻlishi lozim ...agar unga nimadir boʻlsa Shaxi oʻzini kechira olmaydi jin ursin sen Aleksandrni ham Jungkookni ham iflos oʻyinlaringga ikki aybsiz begunoh farishtalarni qoʻshdilaring .!
Xayollarim bilan boʻlib samalyot qoʻnganini ham payqamay qolibman samalyot kabinasidan styuardessa chiqib yetib kelganimizni aytganida oʻrnimdan turib samalyotning zinalaridan pastga tushdim ochiq maydon oʻrtasida qora Mersedes faralarini jilvalatib odamni oʻziga tortardi
Mashinaga joylashib haydovchimga ketishimiz mumkinligini aytdim mashina silliqlik bilan oʻz joyidan siljinar ekan Markdan (haydovchi va yordamchisi Taeni ) men yoʻq boʻlganimda qoʻrgʻonda nimalar boʻlganini soʻradim .
Tae : Mark bir oyda ikki malikam shoʻxlik qilishmadimi ? Axvollari yaxshimi ?
Haydovchi ayni shu savoldan qoʻrqqandek yuzi dokadek oqarib ketdi peshonasidan sovuq ter tomchilab lablari ustiga tushdi nima deyishini bilmay jimib qoldi !
Taehyung birinchisida u savolni eshitmadi deb oʻyladi shuning uchun ham savolni qayta takrorladi .
Tae: hoy ...Mark senga gapirdim ! Eshitmadingmi ?
Mark peshonasidagi terni zoʻrgʻa artib mashinani tezligini pasaytirdi "Janob ...sizga qanday aytsam ..xonim va kichik xonim 3 haftadan buyon qoʻrgʻonda yoʻqlar yani ...Shaxi xonim va kichik xonimni qoʻrgʻondan olib ketishdi . Buni sizga aytmoqchi edim lekin lekin xonim bu gap haqida siz xabar topsangiz oʻz qoʻllari bilan oʻldirishlarini tayinladilar ! " Taehyung bir on jim turdi xuddi tanasi boʻylab junbushga kelayotgan gʻazab uchqunini yoʻq qilmoqchdek
"Xoʻsh...Ularni kim olib ketdi ? "
Taehyung bu savolni javobini bilsa ham yana bir bor soʻradi " J..Jeon ..Jungkook Janob ! Janob Jungkook va uning odamlari olib ketishdi . " Taehyung asabiy peshonasini ishqalab mashina uzunasiga musht tushirdi "lanati* jin ursin* senlarni ! " Haydovchi butunlay qoʻrquv ostida qolganiga qaramay mashinani qaltiroq qoʻllari bilan boshqararedi "Nima deb oʻylaysan Mark ?" Haydovchi oynadan orqa oʻrindiqqa qaradi "Jungkook Shemi haqiqiy qizi ekanligini bilganmi ? " Haydovchi bosh silkidi "afsuski x.xa janob ...buning sababi Janob Jeon qoʻrgʻonga kelganida kichik xonimni qizim deb atab Shaxi xonimni ...xonimni..."
Taehyung qoʻlini musht tugdi "Jungkook Shaxiga nima qildi Mark "
"janob Jungkook xonimga tarsaki tushurib uni aldagani uchun xisob berishini aytdi " Mark nigohini oynadan olib yoʻlga qaradi ..."
" Demak u hammasini bilgan! .... ming lanat* boʻlsin Shaxini axvoli hozir yaxshimikan ? 3 hafta 3 hafta u maxluqning qoʻlida qanday azoblar chekkan boʻlsa ? " Tae biroz oʻylanib turdida markga buyruq berdi "Mark Jeonlar qoʻrgʻoniga hayda ! "
"Bu orada Mariya "
Mariya pov : 9 oylik qornim bilan xonaning bu tomonidan bu tomoniga diqqa nafas boʻlib borib kelar ekanman miyamda ming xil xayollar mavj urar edi . Jin ursin oppa qayerdasiz ... 2kun oldin tortishib qolgandik lekin bu tortishuv ham meni deb yuzaga chiqqan edi nima boʻlsa ham xomlador rafiqasiga baqirmasligi kerak edi ! Eshik ochilganda yuzim yorishib eshik tomon harakatlandim lekin eshik oldida xizmatkorni koʻrib joyimda toʻxtab qoldim "Xonim janob sizni pastda kutishlarini aytdilar " yuzim burishib ensa qildim "xoʻp hozir tushaman "
Jaxlim chiqdi nima oʻzi oldimga chiqa olmaydimi axmoq * boʻrtib chiqqan qornim bilan uni oldiga chiqishim kerakmi ? Jin ursin shunday qilaman ham er kerakmi qilasan Mariya ! (Oʻziga oʻziga gapirib gʻuddillagancha oʻziga dakki bergan boʻldi qiz )
Pastki qavatga tushar ekanman erimni stol atrofida koʻrib koʻzlarim chaqnab ketdi chunki uni qoʻlida bir quti aytgan mevamni olib kelgan ekan yugurib borib uni quchoqlamoqchi edim lekin u menga baqirgani yodimga tushib fikrimdan qaytdim
Joyimda qotib qolganimni koʻrgach oʻzi oldimga kelishni boshladi "xoʻsh Min xonim xali ham arazdamisiz ? " Boshimni boshqa tomonga qaratib erimning gapini tasdiq etdim "xa arazdaman Janob Min ! " U oldimga kelib meni avraydi deb oʻylagandim lekin bu axmoq erim qaytib orqaga qayrilib oʻz oʻrniga joylashdi qogʻoz paketdagi mevani olib stol ustiga qoʻyganida uni rangini koʻrib beixtiyor lablarimni yaladim imh men bugun ayni shu damda hoziroq bu mevani tatib koʻrishni istayman lekin gʻururim ham bor osonlikcha boʻsh kelib boʻpman sizga erginam !
Qadamlarimni sekinlatib stol qarshisiga bordim jimlik bilan oʻrnimga oʻtirib qogʻoz paketlardan olgan mevasini yaxshilab kuzatib hidlayotgan yigitni koʻrib asabim buzildi hozir bu ishni men qilishim kerak edi u emas ! Ufff nega buncha chiroyli boʻlmasaa? Och Pushti rangli kichik yashil tikanchalar bilan oʻralgan "Dragon mevasi " imhhh
U ataylab mevani yaxshiroq ovoz chiqarib hidlab koʻzlarini yumib ochdi ...toqatim toq boʻlib stol ustidagi stakanni yerga bor kuchim bilan otdim Yoongi baland ovozdan biroz qoʻrqib tezda menga qaradi ...Men ham oʻrnimdan turib yigʻlab yubordim ...yigʻlaganimni koʻrgan yigit tezda oʻrnidan turib berib chiqqan kichik qorinchali tanamni shisha kesmasligi uchun koʻtarib oldi ...
Oyoqlarimni belidan salgina oʻtkazib Yoqasidan tutdim yuzimni yelkasiga koʻmib yolgʻon koʻz yoshlarimni toʻkdim ...ah aktrisa ham mendek rolga kira olmasa kerak ...Yoongining katta kafti orqamni bir maromda silarkan uning ovozini eshitib yanada qattiq yigʻlab yubordim
"Kechir kechir sevgilim ...seni xafa qildimmi ? "U boshimni yelkasidan olib iyagimdan tutib oʻziga qaratishga urindi "Yigʻlashingga sabab bormi ? Sevgilim nafas ol chuqur chuqur shu yerda tugʻib qoʻymoqchi emassanku toʻgʻrimi ? " Hali ham yigʻlar ekanman uning oxirgi soʻzini eshitib toʻxtab qoldim unga gʻazab bilan qarar ekanman uning menga beozor mushukcha kabi qarab turgani jigʻimga tegdi bu erkakni bir nima qilib qoʻymasam boʻlgani
" meni mazax qilyapsanmi Yoongi ?" Uni sensirab gapirdim u qoshlarini koʻtarib menga xuddi bu nima qiliq degandek qarab turardi uni yana xuddi shundek senladim "Javob ber !xotinim homilador degani uni mazax qilish kerak degani emasku ! Tugʻib qoʻyasanmish hali beri tugʻmayman havotir olma Janob Yoongi hatto bunga vaqti kelgan boʻlsa ham seni bezovta qilmayman "endi chindan ham yigʻlayapman homiladorlik davri juda qiyin felim juda oʻzgarib qolgandi bunga Yoongi zoʻrgʻa chidab turibdi buni bilaman aslida u oʻzgarganim haqida hech nima demagan lekin bazida oshirib yuborsam kechagiga oʻxshab urushib berardi . Oʻrnimdan turishga urinib erimni oʻzimdan turtdim u esa menga chilimdek yopishib olgan axmoq qoʻyib yuborsin endi meni !
"Sevgilim kechir boshqa masxara qilmayman yigʻlama qani menga qarachi!" Uni koʻzlariga moʻltillab qarab lablarimni burishtirdim u bosh barmogʻini pastki labimdan mayin silaganda lablarim titrab ketdi belimdan ushlagan qoʻli oʻziga yanada yaqin tortib yuzim bilan oʻzining yuziga bir santimetr qoʻyguncha yaqin egildi .Erim negadir betartib nafas olardi burnini yuzimga olib kelib biroz erkaladi yana bir bor oʻziga tortar ekan qalqib ketib erimning qattiqligiga oʻtirib qoldim "Y..Yoongi ?" Titroq ovoz bilan uni ismini aytdim uning koʻzlari esa hamon yumiq edi . Meni siljishimga ozgina boʻlsa ham yoʻl qoʻymayotgan yigitning lablari yelkamga nam oʻpich qoʻyganda hayajonlanib yuragim qinidan chiqqudek urdi
.."Yoongi ...Yoongi men xomiladorman ! " Buni nega aytganimni bilmayman lekin uning bunday ishlari oxiri nima bilan yakun topishini juda yaxshi bilaman "Bilaman sevgilim ..." Uni ikki yelkasini kaftlarim yordamida ushlab oʻzimdan biroz itardim..."Bilsang mendan nariroq tur axmoq "
Uning keyingi gaplari negadir titroqli chiqdi "Mari ..Mariya biroz jim tur ! " Jim boʻldim u gohida belimni silar qorinchamga sekin teginar sonlarimni aqldan ozdiradigandek mayin silardi ..."Mariya ..."
"Hmm ? "
Erim Boʻynimga yana nam oʻpich qoldirib pichirladi " Meni kechir ...oʻtkan kun biroz asabiyroq edim alamimni sendan oldim kechir qizishib ketdim . Ammo ishon har bir meni deb toʻkkan koʻz yoshing uchun har kun oʻzimni jazolayman lanatlar oʻqiyman ...Bir kun kelib oldingda boʻlmasam ham meni deb yigʻlama xoʻpmi ? " Yuragimni qandaydir noaniq tushunib boʻlmas gʻulgʻula egalladi u oʻzini qanday jazolaydi nega bularni dabdurustdan aytdi "Yoongi~ hammasi joyida shundaymi ? Nega bularni aytyapsan ? Yoongi sen hech qayerga ketmaysanku nega unday deding ? Men qoʻrqyapman oppa~" uni savollarga koʻmib tashladim koʻzlarim yoshlanmoqda buni bilaman yigʻlashimni Yoongi istamasada buni boshqarib turolmayman bu ..bu oʻzidan oʻzi boʻladi .Yoongi qattiq qoʻlini boʻynimdan oʻtkazib boshimni yelkasiga qoʻydi "Yagonam ... yigʻlama dedimku senga ! hammasi joyida ammo hamma narsaga tayyor turish kerak kelajakda men boʻlamanmi yoʻqmi..." Boshimni koʻtarib barmogʻimni uning lablariga bosdim "yetar ! Gapirma bu haqida eshitishni ham xoxlamayman eshityapsanmi xoxlamayman eshitishni ! Sen doim men bilan boʻlasan hali mittivoyimiz ham boʻladi baxtli hayotimiz boʻladi xuddi ertaklardagidek juda chiroyli oilamiz boʻladi sen ishga ketasan men oʻgʻlimiz va qizimiz bilan uyda qolaman ishdan kelganingda bolalarga shirinliklar olib kelasan ular seni juda qattiq yaxshi koʻrishadi sen esa meni sevasan hamma bizga xavas qiladi hali. boshqa unday dema, bu mavzuni qayta ochma Yoongi yolvoraman " u koʻzlarimga qarab turdida lablarini qaynoq labimga bosdi u shunday chanqoqlik bilan oʻpardiki nafas olishga arang ulgurardim ikki kaftimni yuziga qoʻyib oʻzimga yaqinroq tortib javob qaytara boshladim bu juda yoqimli bu boʻsa qoʻpol emas lekin muloyim ham deb boʻlmaydi ...oxirgi marotaba labimni oʻpib peshonasini peshonamga qoʻydi "Raxmat senga sevgilim "
Bu bemaʼni mavzu jonimga tegdi mavzuni tugatish uchun gapni boshqa joyga burdim "Yoongi .."
"Eshitaman sevgilim ?"
Uni qoʻlidan ushlab stol ustidagi qogʻoz paketga eltdib uni ol deb ishora qildim "Endi mevamni yesam boʻladimi ? " Ovozimni mayin yuzimni esa bechoracha mehrga muhtoj qilib koʻrsatdim u biz zum qarab turdida kulib yubordi "Nega kulasan Yoongi ! "
"Boʻldi boʻldi kulmadim . Suna ! " U xizmatkorni chaqirdi Suna kelib koʻzini yerga qaratib turdi "bizga likopcha olib kel "
"Xoʻp boʻladi janob "
Suna 3daqiqada likopcha bilan oldimizga keldi uni stol ustida qoldirib tazim qilgancha chiqib ketdi
Uni quchogʻidan tushib unga orqamni berib oʻtirdim u hali ham qattiq* edi lekin hozir bu narsa*menga mumkin emasligini erim yaxshi biladi
Yoongi Dragon mevasini olib uni poʻstidan ajratdi va pichoq uchun yana Sunani chaqirganda uni toʻxtatib qoldim "yoʻq Yoongi shart emas qoʻlim bilan yemoqchiman qoʻl bilan yesam mazasini yaxshiroq sezaman " bilaman u oʻzini kulishdan zoʻrgʻa tiyib turibdi chindan ham bu gapim axmoqona boʻldi . Aytganimdek erim tozalab bergan mevani qoʻlimga olib lablarimni yaladim bu shunchalik chiroyliki buni soʻzlar bilan ifodala olmayman undan bir boʻlak tishlaganimda qornimda kapalak chalar uchdi ...
Yoongi mevani paqqos tushurganimga qadar sonlarimni silab turdi qoʻlimdagi oxirgi boʻlakni yeb erimga qaradim "raxmat sevgilim bu juda mazali edi "
Yoongi bosh chayqab qoʻydi "Mariya ?"
Unga qaradim " Bugun Jungkooknikiga boramiz ! Xoxlaysanmi ? Shaxi ham uni oldida " hozir eshitgan gapimdan shunchalik baxtlimanki qanday qilib baqirib oʻrnimdan turib ketganimni ham sezmay qoldim "CHINDANMI ? Yoongi bu..bu ajoyibku nixoyat ular yana birga ular yarashishgan shunaqami ?"
U boshini qashib koʻzlarini olib qochdi " unchalik ham emas !"
Shaxi pov : Balki tugʻilishimning oʻzi bir xato boʻlgandir ...bilmayman muammo ketidan muammo azob ketidan azob ogʻriq qadrdon doʻstimga aylanib qoldi ...qoʻlimdagi shishlarga malxam surtar ekanim har tekkanida jonim uzulgudek ogʻriq berardi ...3 haftadan buyon kaltaklar orasida qoldim haqoratlar kaltaklar va ogʻriqlar...
Balki oʻsha uchrashgan kunimizning oʻzidayoq Shemi uning qizi ekanligini aytishim kerak boʻlgandir shunda bunchalik qiynalmas edimmi ? ....
Shaxi pov : shifoxonadan chiqib uyimga bordim uyerda Jungkook va Shemi kutib turishganini koʻrib jilmaydim ularning oldiga borib Jkning qoʻlidan Shemini oldim "Hammasi uchun raxmat endi ketishing mumkin " u hech bir soʻz demasdan Shemini yuzidan oʻpib chiqib ketdi Qizim meni sogʻinib qolibdi shekilli yuzlarimdan mitti qoʻllari bilan ushlab lablarini pala-partish yuzimga bosardi ...uni yuzidan Jk oʻpgan joyidan oʻpib qizimni chuqur hidladim undan otasining ifori urilib turardi ...
Negadir shifoxonada qilishgan ukoldan uyqim keldi koʻzlarim yumilib ketay dedi qizimni oldimga olib ovqatlantirdim* u xam charchagan ekan tezda uxlab qoldi ...shu bilan men ham....
-Time skip-
Tun
Eshik taqillashidan koʻzlarimni ochdim shu paytda kim boʻlsa ekan yo Tae keldimi ? Oʻrnimdan turib xarir xalatimni oldini yopib eshikni ochdim qarshimda men kutmagan odamni koʻrib koʻzlarim kattalashdi " Jungkook ! Sen ! " Undan spirtni hidi anqib turibdi nima u shu paytgacha koʻchada boʻlganmi ? Eng qizigʻi uyga qanday qilib kirib qoldi " Jungkook sen bu yerda nima qilyapsan uyingga bor ! "
Sarxusht boʻlsa ham qadamlarini aniqlik bilan bosayotgan yigitdan hurkib orqaga tisarilar ekanman xona burchagidagi bolalar kravatchasida gʻinshinayotgan qizimga xavotir bilan qarab qoʻydim ...Jungkook ham men qarayotgan tomonga qarar ekan endi chinakamiga tanamni titroq bosdi ...Jk ikki qadam bilan xona burchagiga borib qizimni qoʻliga olar ekan unga biror nima qiladi degan oʻy hayolimli chulgʻab oldi...
-Chagi~ daxmazaginam ! Aytchi nega qizing otasi Taehyungga oʻxshamaydi ?
U bergan savoldan esankirab qoldim ...
-u..u menga oʻxshagan ...Jungkook Shemini menga beraqol u..u.u och qolgan
Jungkook deraza oldiga Shemini koʻtarib kelganida yuragim qinidan chiqqudek boʻldi
-Nima deb oʻylaysan shu yerdan chaqaloqni tashlash uchun qanchalik tuban boʻlish kerak ?
Oxiri koʻz yoshlarimga erk berdim "J..Jungkook yolvoraman u hali bola..."
-Ha bola ..Nega titraysan sevgilim ? Oʻz bolamni oʻldiradigan maraz emasman hali ..
Uning gapidan dong qotdim nima u Shemi uni qizi ekanligini biladimi ?
"Endi esa menga aytgan yolgʻoning badalani toʻlaysan daxmazam "
U oldimga yaqinlashganda baqirib yubordim "YOʻQ TOʻXTA YAQINLASHMAAAA"
"YOʻQ YOʻQ qayerdaman " butun tanasi terga botgan qiz arang nafas olardi " boʻldi hammasi yaxshi ...tush ..oddiy tush edi xolos tush .....u bilmaydi "
Yuragim shunaqangi shiddat bilan urardiki bu tinch xonada yaqqol eshitilib turardi
Soatga qaradim tonggi 7
Pastki qavatga tushib nonushta uchun xizmatkorlarga menyu yozdim endi ikkinchi qavatga chiqmoqchi boʻlganimda eshik ochilib Uni koʻrdim ...
"Sen qizni kaltaklasa ham aqling kirmaydi chogʻi ...qaysi aqling bilan mendan buni yashirishga jurat etting .."
"N..nimani nazarda tutayotganingni tshunmayapman Jungkook " U oldimga vajohat bilan kelib sochimni yulib olgudek qilib tortib polga itarib yubordi tanam yerga qulaganda ogʻriqdan titrab ketdi koʻzlarimda yosh aylanib atrofni xiralashtirdi "Sen ..seni ayol deyishga tilim bormayapti Shaxi ! Mendan oʻz farzandimni yashirding uni oʻldirdim deb uni mendan tortib olding seni oʻldiraman Shaxi ...oʻldiraman ! " U qoʻlini tomogʻimga olib borib qattiq qisdi gapirish uchun arang harakat qildim "J..J..Jung..kook naf..as ollol..mayapman"
U qoʻyvormadi uni shunchalik qoʻrqinchli qiyofasini endi koʻrishim edi ...chidolmadim hushimdan ketdim ...
-Comeback -
Shaxi pov : oʻsha kunni eslasam qoʻllarim titraydigan boʻlib qolgan ...
Hozir ham yigʻlayapman oʻzim tushgan vaziyatga yigʻlayapman oʻzimga achinaman....
Xona eshigi ochilib katta qadamlar bilan ichkariga oʻsha maxluq kirib keldi ...
"Xoʻsh Xonim Afandi bugun qanday oʻyin oʻynaymiz ? Bu safargisi senga ham yoqadi ishonaver "