Zulmat ogʻushida 🔞
Yozuvchidan: Yoʻqotishlar soni ortgani sari zulmatning tubiga shoʻngʻib boryapman.
Jk: meni mazax qilib uyga chaqirib olding ajoyib oʻyin heh ...senga berkinib ol degandim berkinmabsan ...oʻzingga qiyin qilding xotinjon ...
Shaxi pov : undan qochish maqsadida orqaga tisarilib boraverdim jin ursin xa uni mazax qilishni istagandim lekin har doimgidek qovun tshurdim uf hozir nimadir baxona topib uni chalgʻitmasam anniq bugun oladigan azoblardan yurolmay qolaman... Yugurib borib yotoqning ustiga chiqdim , xa yana bir axmoqlik rostan xam telbaman shekilli yotoqqa chiqib balo bormidi menga oʻzimni olov ustiga otdimku obbo ...u qilgan ishimdan kulib yotoq oldiga yaqinlashib kelaverdi har bir qadam tashlaganda yuragim ritmidan chiqib notekis uraredi. Nafas olishim oʻzgarganini sezgan sevgilim miyigʻida kulib yotoqga chiqib oldi uni koʻrib shoshib qoldim yotoqdan sakrayman deganimda u belimdan ushlab olarkan undan qutulish uchun tipirchilaganim ikkimizni xam yerga qulashimizga sababchi boʻldi. Yuzim Uning qattiq koʻkragiga urilarkan Jungkookning xaqorat qilganini eshitdim .
Shaxi: uf Jungkook ...aqldan ozganmisan (boshimni koʻtarib savol berdim) aysh nega bunchalik qattiqsan...
(Endi undan turmoqchi edim u bilagimdan ushlab oʻziga qayta tortdi ,harakatsiz jim uning qorachigʻlariga qarab qolarkanman koʻzlarim bir bir deganda uning mayin lablariga ketib qolardi ...uning qulogʻim ostida pichirlaganidan soʻng oʻzimga kelib sergaklandim )
" meni qattiq boʻlishimga oʻzing sababchi emasmisan ?"
Yuzimni xayron qilib koʻrsatdim " nima ? Men sababchimanmi ? Kechirasizu lekin har bir yoʻlingizdan chiqqan muammoga meni aybdor qilishingiz adolatsizlik "
Uning qoʻli tanam boʻylab sayr qilar ekan har bir teginishda nafasim ichimda qolib ketib bir hoʻpiqib qoʻyishimga sababchi boʻlardi.Harir tungi libos tagidan belimgacha kirgan uzun barmoqlar va ulkan kaft egasi hozirgi noqulay holatimdan zavq olgancha yuzimni birma bir oʻrganib chiqayotgandi.barmoqlari bilan belimning chuqurcha joyini mayin silaganda osmonlarda uchgandek boʻldim koʻzlarim yumilib kichik ingroq tovush chiqardim ...jin ursin* agar u shunday davom etsa bu ish* boʻlishini oʻzim ham istab qolaman ...uni qanday qilib toʻxtatsam boʻladi ...
U lablarini boʻynim tomonga etib oʻpganda yana bir kichik ingroq ...ammo bu ogʻriqdan chiqqan nola edi..
"J..Jung...kook , boʻynim ogʻriyapti "
U sekin uf tortib meni oʻz bagʻridan siljitmagan xolda ikkimizni xam tanalarimizni siljitib gavdasini tikladi ...u boʻynimni biroz yuqoriga koʻtarib bir necha kun oldin shisha tilgan qizillikni tekshirib koʻzlarini ogʻir ochib yumdi ...meni yotoqning oʻrtasiga oʻrnatib oʻzi xonadan chiqib ketdi 2 daqiqadan soʻng qoʻlida kichik bir dori qutisi bilan kirib keldi ...oldimga oʻtirib spirt va paxtani va yana qandaydir qizil rangli suyuqlikni qutichadan oldi...spirtni paxtaga hoʻllab endi boʻynimga qoʻymoqchi boʻlganida qoʻlini tutib qarshilik qildim boshimni sarak sarak qilib ..." Istamayman Jungkook ogʻriydi.."dedim. "Men senga shisha bilan kesgin dedimmi ,biroz chida" u yana shu ishini qilmasidan oʻzimni olib qochdim Jungkook esa meni bir deganda oʻz bagʻriga olib bir qoʻli bilan ikki qoʻlimni ushlab turdi ikkinchisi bilan oʻsha yara joyga spirtli paxtani olib bordi .uni yaramga tekkizmasidan oldin ogohlantirgan boʻldi "biroz achishadi chida ,xalaqit berish xayolingga xam kelmasin ! " U baribir aytganini qilishini bilaman shu bois xam koʻzimni chirt yumib qoʻllarimni ushlab turgan qoʻlini qattiq qisdim .
Jungkook oʻsha qizarib qolgan yaraga spirtli paxtani bosar ekan achishishdan baqirib yubordim u tezda dorilagan joyini puflab achishishni kamaytirishga yordam berdi.
Shaxi : Menga unday qarama Jungkook ...ogʻridi "
Jk: bunga oʻzingdan boshqa hech kim aybdoremas xotinjon !
Yigit qizni oʻz bagʻriga butunlay tortib sochlariga yuzini koʻmgancha yotdi qiz tipirchilab gʻinshinarkan yigitning poʻpisasi sabab ovozi oʻchdi "yo hozir jim yotasan yo boshlagan ishimni tamomlayman aytib qoʻyay bu avvalgilaridek yumshoq boʻlmaydi azizam bugungi qilgan masqarabozligning hisobini toʻlamabsan hali shunday ekan koʻzlaringni yumda jim uxla ... charchaganman!"
Qizga yigitning gaplari tasir qildimi yo oʻzi ham charchaganidanmi jim boʻlib uxlab qoldi .
.......Shaxi tunning qoq oʻrtasida erining bagʻrida miriqib uxlarkan uyqusirab kimlarningdir ismini aytib gʻinshinib qoʻyganidan Jungkookning uyqusi oʻchib bagʻrida yotgan rafiqasiga boshdan oyoq koʻzdan kechirdi .
Jk: Shaxi...ey shaxi ..uygʻon ..
Qiz itdan qoʻrqib qochayotgan insonga oʻxshab terlab chuqur chuqur nafas olarkan yigitning xavotiri ikki barobarga oshdi.
Shaxi: y..yoʻq ket..ket istamayman ...oyijon qayerdasiz qoʻyib yuboring oyimni ...Jungkook yordam. ...ber...tashlab...ketma... Jungkook ..Jungkook qayerdasan ... Qoʻyib yubor xoxlamayman ...YOʻQQQ
qiz baqirib uygʻonar ekan qattiq baqirganidan va qoʻrqqanidan nafas ololmay qoldi ...
Shaxi: heeeheeehe(nafas yetishmay qolganidan qizning butun tanasi titrab ketdi )
Jk: tshhsh shaxi menga qara koʻzlarimga qara ...
Qiz yigitning tim qora koʻzlariga qarar ekan bu koʻzlarda tinchlikni xavfsizlikni his qilib biroz tinchlandi ..
Jk: hammasi joyida ..qoʻrqma men yoningdaman chuqur chuqur nafas ol ...
Shaxi: m.men juda qoʻr..qib ketdim Jungkook juda ...(Qiz butunlay yigʻlashga tayyor turarkan oʻzini yigitning bagʻriga otdi ...yigit sevgilisidan xavotirlanib uning yuzini koʻtarmoqchi boʻlganida qiz qarshilik qildi
Shaxi: meni qoʻyvorma Jungkook ...oʻzingdan itarma ...bir kun iltimos faqatgina bir kun menga boʻlgan nafratingni soʻndir ...
-ERTA TONG-
Jk pov : lanati qushlarning ovozi tufayli koʻzlarimni istar istamas ochdim ...qoʻlim boʻshab qolganini his qilib sarosimaga tushgancha yon atrofimni qaradim Shaxi oldimda emas birdan eshik taqqilllab xonaga Jao momo girdi .
Jao momo: xayrli tong janob
Jk: sizga ham Jao momo ...Shaxi ..u qayerda ..
Jao momo :janob rafiqangiz pastki qavatgi oshxonada siz uchun nonushta tayyorlayaptilar qancha qarshilik qilishimga qaramay oyoq tirab oldilar ...
Jk: tshunarli...15 daqiqada pastda boʻlaman ...
Shaxi pov : bugun yaxshi kayfiyatda man bunga esa faqatgina Jungkook sababchi kecha uning bagʻrida boʻlganimda hech kimda sezmagan hisni xavfsizlikni his qildim bu juda yoqimli edi uning issiq haroratini his etish... huh boʻldi ! shaxi shu kunlarda juda emotsional boʻlib ketding oʻzingga kel ...
Jungkook uchun tayyorlayotgan panceyklarimni qizartirib olib ularni likopchaga olib ustiga eng sevgan mevamni qulupnayni qoʻyib bezatdim . Yana oʻzim yeyishni xoxlagan Salat uchun pamidor va karamni olib ularni yaxshilab yuvdim ...pamidorlarni maydalayotganimda Sevaning ovozini eshitib ishimdan toʻxtadim ...
Bu kichik xonimcha erimning qoʻlidan ushlab olganini koʻrib ensam qotdi ...Jungkookning negadir kayfiyati yoʻq boʻlgani uchun undan birinchi xol axvol soʻradim
Shaxi: Jungkook~(Jungkook menga qarab oʻrniga joylashdi)axvoling yaxshimi?
(U shunchaki bosh irgʻab qoʻydi men ham chalgʻimay oʻz ishimni bajarishda davom etdim ...
"Seva : Jungkook azizim ...bugun men bilan sayr qilishga bormaysanmi ? Iltimos yoʻq dema uyda bir oʻzim zerikib ketdim axir sen ham men bilan vaqt oʻtkazmayapsan ...nima meni sogʻinmadingmi? ..."
Sevaning gapini eshitib tikka boʻlmagan sochim qolmadi albatta sogʻinmaydida axir oldida men bormanku !
"Jk: Seva bugun bandman ertaga boʻptimi ?"
"Seva Shaxiga zimdan nigoh tashlab qoʻydida : kelishdik ..lekin meni shifokorga ham eltasan farzandli boʻlishimiz uchun doktor qabuliga yozdirilib bir nechta ukollar olmoqchiman "
Sevani gapiga chalgʻib qoʻlimning uchini kesib oldim "aysh ming lanat" pamidor va pichoq qon boʻlganini koʻrgan Seva koʻzlarini suzib menga qaradi " oddiy ishni xam eplolmas ekansan nima qilasan ovora boʻlib heh endi seni nopok qoning qoʻshilgan taomni yeb zaxarlanishimizni xoxlaysanmi?"
Oʻzi qoʻlimning ogʻrigʻi yetmagandek Sevaning gapi oʻtib tushdi ...unga oʻgirilib nafrat bilan qaradim uni shunchalik qiynab oʻldirgim kelyaptiki agar qoʻyib berishsa tanasini itlarga talatgan boʻlardim
Shaxi: qanday xadding sigʻdi men nopok deyishga avval oʻzingga qara men yetimxonada oʻsgan boʻlsam xam Jungkookning qonuniy rafiqasiman ..endi aytchi sen kimsan ..kim ? Uning mashuqasimi ? Yoki foxishasimi ?
Jk: SHAXI !
Shaxi : nima shaxi nima ? Menga qara Jungkook aytib qoʻyay agar yana bir bor shu qiz menga gapiradigan boʻlsa sogʻ qoldirmayman ...
Yugurib xonamga otlandim xonaga kirishim bilanoq qattiq baqirdim biroz oʻzimga kelib yuvinish xonasiga kirib qonli barmogʻimni sovuq suvga tutdim ...juda ogʻridi
Orqadan kelgan ovoz tufayli bir uchib tushdim...
Jk: sen qiz biror kun tinch yurasanmi oʻzi ? (Qarshimga kelib qoʻlini choʻzdi) Qoʻlingni ber..
Uni chetlab oʻtib yuvinish xonasidan chiqdim ...
Pardoz qiladigan stolim Qarshiga kelib oʻrindiqqa joylashdim ...
Jk: senga buyruq berdim Shaxi!
Shaxi: men esa buyrugʻingga quloq solmadim ...xoʻsh nima qila olasan urasanmi oʻldirasanmi yo zoʻrlaysanmi ...ket Jungkook oʻsha Seva bilan farzandli boʻlishga tayyorgarlik koʻr ...ket seni koʻrishni istamayman ! Ket...
Jk: aqldan ozganmisan oʻzingdan ketma shaxi ! Jaxlimni chiqaryapsan . .
(Oʻrnimdan turib uning yoniga bordim uni koʻkragidan qattiq urib yigʻlashni boshladim )
Shaxi: xa Jungkook faqat senda jaxl bor faqat sen undan foydalana olasan men odam emasman toʻgʻrimi sen rashk qilishing mumkin menga mumkunmas oʻsha lanati Sevadan qanchalik rashk qilayotganimni naxot sezish shunchalik qiyin boʻlsa yana bu yerga kelib aqldan ozdingmi shaxi deysan ... Jungkook men ham odamman mening ham oʻziga yarasha hislarim bor ...oʻz erim boshqasidam farzand koʻrmoqchi buni eshitish qanchalik qiyinligini tasavvur qilasanmi? (Barmogʻimni yuragimga eltib koʻrsatdim ) Jungkook shu yerim ogʻriydi jin ursin* sen bilan oʻzga ayolni koʻrgan har bir onim shu yerimga pichoq sanchilgandaka ogʻriq turadi ...nega meni bunchalik qiynaysan ...nega oradan shuncha vaqt oʻtdi naxot senga xiyonat qilmaganligimga ishonmagan boʻlsang ...
Jk: buni unutish qiyin Shaxi ...
Koʻzlarimni alam bilan ochib yumdim uning koʻzlariga qaradimda undan oʻzimni oldim u xuddi toshdek qotib qolgandi koʻzimdagi yoshni artib unga qaradim ...
Shaxi: xoʻp...yaxshi unutish qiyin degin ishonmaysan shundaymi ? Tshunarli soʻzlarga ishonmas ekansan bu ishga oʻzimni qoʻshaman ...agar oʻlsam yolgʻon gapirgan boʻlaman Jungkook rostan xam senga xiyonat qilgan boʻlaman mayli menga ishonma , lekin tirik qolsam menga ishonishdan oʻzga chorang qolmaydi.!
Gaplarimni tugatib pastki qavatga tushdim koʻz yoshlarim koʻzimni Xira qilgani uchun yoʻlni koʻra olmay Sevaga urildim ..
Seva : hoy sekin ...
Unga etibor bermay yugurib qoʻrgʻon tashqarisiga otildim tashqariga qarab nima qilishni bilmadim hovlidagi hovuzga qarab oʻsha tomon bordim ...suvda suzishni bilmayman suvdan juda qattiq qoʻrqaman va bugun shu qoʻrquvim mening aybdor emasligimni isbotlab beradi ...oʻsha aytgan soʻzim agar oʻlsam xiyonat qilgan boʻlaman lekin tirik qolsam Jk meni kechiradi ! Koʻzimni qattiq yumib suvga sakradim ...nafas ololmayotgan boʻlsam ham suvdan chiqishga harakat qilmadim shuncha yildirki tirik qolish uchun doim oʻzim harakat qilganman lekin bugun.. bugun ..taqdirning oʻzi men uchun harakat qilsin...suv tubiga butunlay choʻkar ekaman Jk bilan oʻtqazgan shirin damlarimni esga oldim ...
-Xotira-
Shaxi: jk qara manabu shirin ekan tatib koʻr...
Shaxi : Jungkook seni sogʻindim ....meni tashlab ketma ...
Jk: seni tashlab ketmayman sevgilim ...
Jk: nega lablaring bunchalik sovuq dilfincham ...
Jk: bodom koʻzli sevgilim bu yoqqa kelchi ...
Jk: sen faqat menikisan ! seni butun borligʻim bilan sevaman Shaxi~
Suv ongimni xiralashtirib borardi...
Shaxi : men ham seni sevaman Jungkook......
Jk pov : qotib qolgandim aqlim hech bir narsani idrok etolmay qoldi...yuragimda qandaydir xavotir uygʻondi ...Shaxi bilan gaplashgan barcha gaplarni qayta yod oldim ..(*.Jk: buni unutish qiyin Shaxi ...
Koʻzlarimni alam bilan ochib yumdim uning koʻzlariga qaradimda undan oʻzimni oldim u xuddi toshdek qotib qolgandi koʻzimdagi yoshni artib unga qaradim ...
Shaxi: xoʻp...yaxshi unutish qiyin degin ishonmaysan shundaymi ? Tshunarli soʻzlarga ishonmas ekansan bu ishga oʻzimni qoʻshaman ...agar oʻlsam yolgʻon gapirgan boʻlaman Jungkook rostan xam senga xiyonat qilgan boʻlaman mayli menga ishonma , lekin tirik qolsam menga ishonishdan oʻzga chorang qolmaydi.!*)
Lanati uning oxirgi soʻzlari ...
Xonadan bor kuchim bilan yugirib chiqdim ...pastki qavatga tushib Jao momodan Shaxi qayerda ekanligini soʻradim u koʻrmaganini aytdi yuragim tez urib koʻksimdan chiqib ketadigan darajada shiddatli urmoqda ....
Hovliga chiqib atrofni koʻzdan kechirdim ...u yoʻq qoʻriqchilardan shaxini soʻrash uchun darvoza tomon ketar ekanman koʻzim basseyn tubidagi Xira bir tanaga tushdi ...moviy koʻylagidan bu shaxi ekanligini sezdim
Jk: SHAXI !
Oʻpkamga havo toʻplab Basseynga oʻzimni otdim suv tagida qolgan Shaxining kichik jussasini topib
belidan tutib ikkimizni xam yuqoriga, toza havoga olib chiqdim...
Yuqoriga chiqqanimizda Jao momo va qoʻriqchilar toʻplanib turishgan ekan ...
Xavotirdan koʻzlari jiqqa yoshga toʻlgan yigit qiz uchun sunʼiy nafas berib unga birinchi yordam koʻrsatar ekan oldidagi qoʻriqchilar ga alamidan baqirdi ...
Jk:NIMANI KUTIB TURIBSIZLAR MASHINANI TAYYORLA ...
mashinada qizning hoʻl tanasini bagʻriga bosib peshonasidan oʻpayotgan yigit tinmay bir soʻzni takrorlardi...
Jk: ishondim ...ishondim ...koʻzlaringni och ochaqol....sevgilim och koʻzlaringni ...menga gapir ...yolvoraman faqat meni tashlab ketma...sensiz xayot xayotmas men uchun ...ishondim ... iltimos koʻzlaringni och ...meni tashlab ketma ...