July 28, 2025

Ishq manqurtlari 🔞

Yozuvchidan : Ikkinchi imkoniyat doimo baxtli yakun topadi ....

Shaxi pov : Oʻsha kungi suxbatdan keyin ancha payt oʻzimga kelolmay yurdim hatto Taehyungni oʻzimga yaqinlashtirmadim aqlim bu shunchaki oddiy soxta nikoh ekanini aytsada qalbim buni inkor etardi ...ular chindan ham sevishganlar boʻlsachi degan oʻy xayolimni qoblab olgandi...
Taehyungni yoʻqotishni istamayman uni sevaman axir jonimdan ortiq koʻraman ...sevaman...sogʻinaman ...qizgʻanaman ,rashk qilaman ...chunki unga oshiq boʻlganman umrim tugashiga 3 yil qolgan ...xa Atigi 3 yil umrim qoldi....

Naxot 3yildan soʻng bu dunyoda boʻlmasam Taehyungning taftini his qilmasam uni baxmal ovozini eshitmasam iforiga toʻyolmasam naxot ...undan ayrilaman....balki bularni barini shu yerda toʻxtatganim maquldir....

" Nimani xayol qilyapsan sevgilim ?" Orqa tomondan kelgan ovozni deb shoshib qoldim bu Taehyung qachon keldi sezmay qolibman u hali ham menga savol nigohi bilan qarab turar ekan yengil jilmaydim "hech nimani "

Shaxi

U oldimga kelib peshonamdan oʻpib qoʻydi bu yoqimli edi ...

Taehyung egnidagi kiyimini yechib stul orqasiga ilib qoʻydi..oldimga choʻkkalab qoʻllarimdan tutdi men esa unga hayron qarab turaverdim

" Hali ham mendan arazdamisan?"

"Oʻzing nima deb oʻylaysan ?"

" demak hali ham arazdasan ? Nega tushunishni istamaysan oʻzim ham buni xoxlab qilmadim Shaxi ..."

"Sevani sevasanmi ?"

"Hozir chindan ham shu savolni beryapsanmi ?" U qoshlarini koʻtarib hayron boʻldi

" xa aynan shu savolni beryapman ! Sen uni sevasanmi ? U ofisingdagi qiz shundaymi ? Agar uni sevmaganingda uni suratini ishxonangda qoʻymas eding ! Sen uni sevasan Taehyung! Va buni mendan sir tutyapsan bu qanchalik ogʻir ekanligini bilasanmi ? Sevganim boshqasiga er boʻlgan men esa bu yerda toʻrt katak ostida diqqanafas boʻlib oʻtiribman ! Bilasanmi nima u hozir mendan koʻra baxtliroq chunki u nafas ola oladi MEN ESA YOʻQ ! " nima qilayotganimu nima deyayotganimni anglolmay qarshimdagi yigitga baqirar edim Taehyung oʻzini bosishga harakat qilayotganini qoʻlini musht tugib olganidan bilish qiyinmas ! " Shaxi hozir oʻzingda emassan lekin bu menga baqirishing mumkin degani emas ! Hurmating borida haddingni bil ! " Uni hotirjam aytgan soʻzlaridan battar tutaqib ketdim " BAQIRAMAN BAQIRAMAN ...SEN MENI SHU TOʻRT DEVOR ICHIDA QAMAB QOʻYDING ..."

Asabiylikdan qoʻllarida boʻrtma qon tomirlari chiqqan yigit asabiy peshonasini ishqaladi ...

Qiz Yana yigitni yelkasidan siltanib baqirib bor alamini oldi

" GAPIR DEDIM TAEHYUNG! GAPIR ! NEGA MENGA BUNI RAVO KOʻRYAPSAN ? OʻSHA QIZ XOXLAGAN JOYIGA BORA OLADI LEKIN MEN SIZLARNI DEB XATTO XONAMDAN CHIQA OLMAYMAN !"

"men SENGA BAQIRMA MENGA DEDIM ! "

Gʻazabini boshqara olmagan yigit qizdanda baland baqirib qizni ikki yelkasidan bosib yotoqqa qulatdi ...Shaxi jon jaxti bilan tipirchilar ekan unga bir necha soniya qarab turgan yigit qimirlayotgan qoʻllarni oʻz qoʻllari bilan cheklab titrab turgan lablarga yopishdi ...

Shaxi pov : koʻz yoshlarim yuzimni yuvib yuborgan edi qancha ingrashimga qaramay Taehyung labimni tinch qoʻymasdi pastki labimni qattiq tishlaganida beixtiyor ogʻzimni ochib u kirib kelishiga imkon yaratdim qoʻpol olayotgan boʻsaga meni koʻz yoshlarim qoʻshilib shoʻr tamni xosil qilardi oxirgi bor labimni soʻrib hansirash bilan mendan nomiga uzoqloshib lablarini yaladi. Undanda battar hansirab nafas olarkanman u yuzida masqaranomus kulguni chiqardi ....

" Biroz shoʻr lekin yoqimli "

U shu soʻzlarni kulib aytar ekan yelkasidan bir tushirdim

" Axmoqsan oʻzing shoʻrsan ! Tush ustimdan !"

Talab qildim oʻzimdan itargan xolda

Taehyung ataylab qilgandek tanasini tanamga yaqinroq keltirib iljaydi

" Tushmayman shu yer men uchun qulay "

" TUSH DEDIM SENGA TAEHYUNG!"

Juda ham baland baqirib yubordim shekilli u yuzini burishtirib asabiy koʻzlarini yumib ochdi
"Shaxi bunday ovoz senga qayerdan a? Nima mikrofonni yutib yuborganmisan ?"

Uning bu gapidan nima deyishni bilmay qoldim "nima senga ovozim yoqmayaptimi ?"

" nima ...unday emas azizam ovozing menga yoqadi ayniqsa shu mitti labchalaring orasidan sirgʻalib chiqqan nolalar mmm hammasidan ham koʻproq yoqib tushadi "

Yuzim qizarib ketgani aniq lablarimni tishlab koʻzimni boshqa joyga koʻchirdim " uyatsiz boʻlib ketgansan Taehyung! "

U yanogʻimdan mayin oʻpib qoʻyib burni bilan burnimni qitigʻladi "Nima boʻlgan boʻlsam ham faqat seni deya boʻldim "

"Taehyung" dedim pichirlab

"eshitaman azizam "

"Bugun Dariya bilan aylanib kelmoqchi man ruxsat berasanmi ? " Unga umid bilan qarab turganim bilan u ruxsat bermasligini bilar edim "Mayli faqat 3soatga xolos " nima rostanmi ? U hozir rozi boʻldimi xatto janjallarszi rozilik bildirdimi ? Gʻalati ! " Aldamayapsana? Borishim mumkin shundaymi ?"

"xa ruxsat beraman haydovchim sizlarga hamrohlik qilishi sharti bilan " quvonganimdan uni qulogʻi oldida qichqirib yuborganimni sezmay qoldim ham "AAAA raxmat raxmatttt Tae~ Seni sevaman sevamannnn unda men kiyina qolay tur ustimdan hali dariyaga ham aytishim kerak ishlarim koʻp pardoz ham qilaman yana menga karta ham kerak boʻladi oʻzing berarsan a? " bidirlab bidirlab uni oʻzimdan itarib yuvinish xonasiga bordim ....u esa yotoqda hali ham baland ovozimni hazim qilolmay qulogʻini ushlab qoldi

Tae pov : bu qizlarga tushunib ham boʻlmaydi ayniqsa bu tentak qizga ! Besh daqiqa oldin zaxrini sochib nafratlanaman deb turuvdi endi esa Sevaman deydiyaaa yo xudo bu qizni deb men aqldan ozmay Jungkookni iti aqldan ozsinmi ?

15daqiqa qolmay tayyor boʻlib eshik oldiga turib olgan qiz yigitga bezrayib qarab turdi

"Nima yana Shaxi ?"

" Shu desangiz msr Taehyung men ishlamayman va mening axmoq yigitim meni koʻchaga chiqarmaydi ...iltifot aylab menga pul bersangiz "
Yigit lab uchida kulib choʻntagidan qora kartani chiqardi "Shuni xitob qilmasdan aytsang boʻlmasmidi Shaxi ?"
"Senga bu ham kam azizim chao"

"Tentak qiz ,ertaroq qayt agar qolib ketsang savalayman aytib qoʻyaya" yigit allaqachon ketib boʻlgan qizning ortidan baqirgancha qoldi ...Bir necha soniya shunday turib joyidan qoʻzalgandi hamki telefoniga qoʻngʻiroq boʻldi
-gapir ...
.....
-sen qiz nimalar deyapsan a ? Hozir yetib boraman meni kut

Tae Shaxiga shunaqa qarab turgan

Dariya pov : hozir jonim Shaxiyim qoʻngʻiroq qildi hozirgi holatimni hech bir soʻzlar bilan ifoda qila olmayman ayni damda osmonlarda uchib yuribman goʻyo uni qanchalik sogʻingan edim va nixoyat bugun koʻrishamiz

"qayergadir otlandingmi ?" Orqamga oʻgirilib qaradim bu Jungkook edi nega ishdan erta qaytdi ekan yana kayfiyati ham yoʻq nimadir boʻldimikan ?
"Hayrli kun Jungkook "u quriqqina menga ham hayrli kun tilab egnidagi kiyimni yechdi oʻzini yotoqqa otib koʻzlarini yumdi menimcha juda charchagan

"xa ...Jungkook men bugun kechroq kelaman xoʻp meni kutmay kechki ovqat qilishing mumkin " sumkamni olib oxirgi bor oynaga qaradim lab boʻyogʻim oʻchib ketibdi menimcha bu hayajonlanganimdan lablarimni tishlashim oqibatida boʻlgan ...

Endi chiqmoqchi boʻlib turganimda Jungkook toʻxtatib qoldi " xoy ...Mendan soʻramading ,qayerga ketayotganingni ham aytmading kim bilan uchrashayotganing haqida ham xabarsizman ? " U qoshlarini chimirib menga ola bula qaradi " Yaaa Jungkook kechir xursandligimdan yodimdan chiqa yozdi Shaxi bilan uchrashmoqchi man Taeni habari bor va biz uchun shaxsiy qoʻriqchi ham joʻnatkan xavotir olma azizim " gapim ning oxirida "azizim"degan soʻzni atayin erkalab choʻzib aytdim hozir shunday qilib uni aldamasam qoʻyib yubormasligi tayin "oʻzingni extiyot qil Chao" u gapirmasidan oldin havodan oʻpich yubordimda zippillab xonadan chiqdim

Jungkookkkkkkkkkkkkkkkkkkk
Dariyaaaaaaaa janim 🥹

-Suzy restorani -

Shaxi pov : atrofdan sogʻinib ketgan dugonajonimni qidirishga tushar ekanman uni restaran burchagidagi stolda koʻrib oʻzimni oʻsha tomon urdim

Yugurib borib meni allaqachon koʻrib boʻlgan dugonamni quchogʻiga oʻzimni otdim iliqlik nixoyat uni yana koʻrdim juda sogʻingan edim ...koʻzlarim yoshlanib hiqqillab yelkasiga iyagimni qoʻyib yigʻlashga tushdim

U boshimdan urib yana oʻsha avvalgidek tanbeh berdi " Yigʻlama .axmoq qiz hamma bizga qarayaptiyaa" hiqqillab burnimni tortdimda yanada maxkamroq quchib oldim " M..menga nima men..ga desa gʻiybat ham qilishsin ishim yoʻq tupirdim ham..hammasiga "

" Yaaa Shaxi hali ham yosh boladan farqing yoʻq Tae senga yaxshi tarbiya bera olmabdi yanada erka boʻlib qolibsan " endi uni bagʻridan chiqib labimni burushtirdim " Yaxshi boʻpti ,ajab boʻpti xoʻp boʻpti " u stolga meni joylab oldimdan oʻzi ham oʻtirdi " Yaaa boʻldiye arazing burningni uchida turadi yaaa, xoʻsh bizning malikamiz axvollari yaxshimi dorilarni vaqtida ichyaptimi ?" Jin ursin* endi nima deyman axir necha oydan buyon ichmadimku oʻsha oʻlgur dorilarni buni bilsa sogʻ qoldirmaydi bu qiz darrov borib Taega aytib berishi mumkin kasalligim haqida kechir dugonajon ammo senga yolgʻon soʻzlashga majburman " Xa albatta ichyapmanda koʻrmayapsanmi qanday kuchli boʻlganman " unga qoshinni qoqib umuman boʻlmagan mushaklarimni koʻrsatishga urindim

" Aqlli qizim xoʻsh shifokor qabuligachi qatnayapsanmi ?"
"Yaaa Dariya nima faqat men haqimda gaplashamizmi ? Endi soʻrash navbati meniki xoʻsh Jungkook bilan qiyin emasmi ? Qoʻpollik qilmaydimi ? Agar qilsa ayt oʻzim tanobini tortib qoʻyaman " unga koʻz qisib jilmaydim u ham men bilan birga keng jilmayib yubordi naqadar goʻzal uning har bir harakati maftunkor

Dariya endi javob bermoqchi boʻlganda telefonimga qoʻngʻiroq boʻldi bu Tae boʻlsa kerak deb oʻylab tezda javob berdim ...
-Eshitaman ...
X:......
-B.. bu nima deganing....
X:.....
-yolgʻon aytyapsan ....

Qiz qoʻngʻiroqni yakunlab tezda qoʻllari titrab Telegramga kirdi uni chetdan kuzatib turgan Dariya ichida gʻulgʻula tushgancha qizdan nima boʻlgan ini soʻrashni boshladi
-shaxi tinchlikmi ?
-shaxi nimadir boʻldimi ?
-kim ekan

Qoʻllarim titrab yuragimni ushlagancha Telegramga kirdim uyerda yangi habarlardan biriga kirib menga bir daqiqa oldin yuborilgan rasmga kiridm ...nega buni koʻrdim ...nega unda n koʻra oʻlganim yaxshi masmidi qoʻlimdan telefonim tushib ketib xona boʻylab baland ovoz chiqardi Dariya tezda telefonni qoʻliga olib u xam oʻsha iflosgarchilikni guvohi boʻldi ....Sen uddalading Taehyung meni kasallikdan oldin oʻldirishni uddalading ...

Shaxi 😩

Pov : rasmda oʻz sevgilisini boshqasi bilan koʻrgan qiz oʻzida aynan nima kechayotganini tshuna olmas edi nafratmi? Umidsizlikmi ? Tubanlikmi? Yo Xiyonatmi ?

Oʻz sevgilisini oʻzgasi bilan koʻrish bu ...buni hatto yozuvchi boʻlib men tasvirlab bera olmayman balki boshqalar bunday qila olar lekin men emas ! Bilasizmi xiyonat da uchragan paytingiz manabu yurak deb atalmish mitti tana qurilmasi xuddi buzilgan robotning yuragiga oʻxshab hissiz boʻlib qoladi ....shunchaki ishlab turadi xolos ....Birinchi xiyontda uchraganimda menda ham shunday xolat yuz bergan edi qalbim ogʻrigan yuragim hech narsani sezmay eng yomoni esa tanam oʻzimga oʻzim berayotgan ogʻriqni his qilolmas edi...eng dahshatlisi va xavflisi shu boʻladi bunday paytda ogʻriqni his qilmayotgan izdan asabiylasha boshlaysiz va biror bir ogʻriqni his qilish uchun oʻziga boʻlgan tubanlikning eng choʻqqisiga chiqasiz yani oʻz joniga qasd qilishga ... ishoning bunday paytda dunyo koʻzizga tor koʻrinadi oʻzizni zarracha boʻlsa ham oʻylamaysiz shunchaki " u " bergan ogʻriqdan ham kuchliroq ogʻriqni his qilishni istab qolasiz va shunday ham qilasiz ...va aynan hozir SHAXI shu ishni oʻziga ravo koʻrdi ......

Oʻrnidan turgan qiz restarandan tezlik bilan chiqib haydovchisiz mashinalardan biriga mindi uni orqasidan dodlab yugurib chiqqan Dariya u nimani reja qilganini aniq taxmin qildi ...Shoshilinch bir aftamabilga oʻtirgan qiz juda katta tezlikda harakatlanoygan qizni orqasidan tushdi ....

Kichik qalbli lekin buyuk dardli Shaxi ~

...

Dariya with car

Tae pov : Seva qoʻngʻiroq qilib uyiga oʻgʻri tushganini aytganida zudlik bilan oʻsha uy tomon bordim uy ichiga kirishim bilan hovliqib Sevani qidira boshladim uni endi sevmasamda hozir unga uylanganman uni himoya qilishim zarur edi garchi buni xoxlamasamda ...uyga kirishim bilan toʻgʻri Sevani yotogʻi oldiga bordim ...u hozir yigʻlab turgan boʻlsa kerak deb oʻylagandim lekin yoʻq ! U ochiq tungi libosda xona oʻrtasidagi yotoqda oyoqlarini chalishtirib turardi atrofda esa qizil atirgullar sochilgan bu nimasi* " SEVA ! NIMA BU YANA OʻYINLARINGDAN BIRIMI " u oldimga kelib kichik qoʻllarini boʻynimdan oʻtkazib pichirladi " Qanday tshunsang tshun ammo hozirgi qilmoqchi boʻlgan ishimdan qaytmayman......"....
....

Shaxi pov : mashinani bor alamim bilan tez haydayapman tugadi bugun bari tugadi men Sevgimiz tugadi umidim tugadi va soʻngida xayotim tugadi ....Togʻning eng yuqori qismiga bordim mashinadan tushib atrofga qaradim tepalikdan juda qoʻrqaman shunga qaramay bir kishi uchun bu qoʻrquvimni yengib shu yerga chiqqandim bu Taehyung edi ... bu yerda Tae bilan birga tushlik qilgandik juda ajoyib boʻlgandi va aynan shu yerda U sevgisiga butunlay isxor boʻlib meni doimo sevishini taʼkidlagandi ...Bizning sevgi bizning hikoya shu yerda boshlandi va hozir shu yerda tugaydi ....
Qoya uchiga keldim va chuqur nafas oldim yuragim chidab boʻlmas darajada yoqimsiz sanchiq bilan meni qiynamoqda ...Bari shu yerda toʻxtasin ...oyogʻimni yerdan olib endi sakramoqchi boʻlganimda ortimdan kelgan Dariya Va Jungkookni ovozini deb toʻxtab qoldim ...Dariya tinmay yigʻlar Jungkook esa balandlikdan qoʻrqib uni qattiq ushlab turardi ...
Dariya : SHAXI ...SHAXI AZIZAM UNDAY QILMA ILTIMOS UNDAY QILMA OʻTINAMAN ....ILTIMOS UYERDAN UZOQROQ TUR YIQILIB KETASAN KEL OLDIMGA
Kuldim uni juda yaxshi koʻraman u xayotimdagi eng ishonchli insonim " Men tugadim Dariya bari tugaydi ...Seni yaxshi koʻraman oʻzingni asra seni oxirgi bor koʻrganimdan xursandman Kechir senga loyiq boʻla olmadim kechir....
Dariya : Nimalar deyapsan Shaxi sen eng yaxshisi san meni qoʻrqitma iltimos oldimga kelaqol ...
Jk : Shaxi oʻzingga kel axmoqlin qilib qoʻyasan oldimizga kel Taehyung bilan ham gaplashamiz....
Oxirgi bora unga qarab qoldim "Seni yaxshi koʻraman Dugonajon " oldinga qaradim tanam titrardi qoʻrquvdan emas oʻzim xoxlamagan oʻlim bilan shunday yuzlashayotganimdan butun tanam titrardi ...
Dariya : ....QOʻYVOR JUNGKOOK QOʻYVOR QOʻYVOR.RRRRR

Shaxi

Shaxi pov : Taehyung seni sevaman ...hatto xiyonat qilgan boʻlsang ham sevaman senga loyiq emasman baribir uch yildan soʻng urishni toʻxtatadigan yuragim bor edi ...Baribir oʻlar edim ...senga raxmat bari uchun ....
Agar Buyuk iloh menga ikkinchi hayotim imkoniyatini berganida ham seni sevgan boʻlardim senga koʻr koʻrona qayta oshiq boʻlardim qayta oʻzimni topshirardim ....alvido sevgilim.....

Shaxi ..........

Dariya and Jk: SHAXIIIIIIII

Ikkinchi imkoniyat yohud UMIDNING QAYTA TIRILISHI !

18** XITOY /DEHQONLAR KULBASI

Shaxi pov : Bu nima ...oʻldim deb oʻylagan edim ...bu tushmi men qimirlayapman ...bu yaxshimi? Men qoyadan quladim ...bu xolat koreyada boʻlgandiku ...lekin nega buyer Koreyaga oʻxshamaydi va men qayerdaman ...

X : DEAAAAAA DEAAAA QANISAN AXMOQ QIZ ? xa mana qayerda ekansan axvoling yaxshimi ? Qoyadan yiqilding deb eshitdim yomon ogʻrimadimi ? Qani aylanchi ...
Shaxi pov : qq...qarshimdagi bu Dariyami ?Yo oʻxshatyapmanmi ammo nega u Xitoy tarixiy libosida ...lekin lekin Dea kim ...?
X: Xoy eshityapsanmi ? Deaaa
Shaxi : xa..xa nima ?
X: boshing bilan tushganing yomon tasir qilibdiyov alanglayapsan
Shaxi : kechirasiz men kimman va biz hozir qayerdamiz
X: xa anchagina yomon tasir qilibdi xoʻp Sening isming Dea meniki Myuzy hozir xitoydamiz ....

Dea ....

1 fasl tugadi