Zulmat ogʻushida 🔞
Yozuvchidan : Bari oʻzgarishiga umid qilib yashamoqdaman~
-Comeback -
Shaxi pov : oʻsha kunni eslasam qoʻllarim titraydigan boʻlib qolgan ...
Hozir ham yigʻlayapman oʻzim tushgan vaziyatga yigʻlayapman oʻzimga achinaman....
Xona eshigi ochilib katta qadamlar bilan ichkariga oʻsha maxluq kirib keldi ...
"Xoʻsh Xonim Afandi bugun qanday oʻyin oʻynaymiz ? Bu safargisi senga ham yoqadi ishonaver "
Oʻzim bilmagan xolda orqaga tisarildim u keldi u yana keldi oldinlari uni koʻrishim bilan yayrab ketadigan bu koʻnglim hozirda undan daxshatli tarzda qoʻrqadi hayiqadi ...
U bosiqlik bilan ammo oʻynoqi koʻzlari bilan oldimda turdi qoʻllari belimni tutganida tanam titrab ketdi koʻzlarimni qattiq yumib hozirgi u beradigan keyingi yana bir jazo*ni kutdim yuzimni koʻz yoshlarim hoʻl qildi yigʻlayapman bu xolat yana qayta yuz bermoqda " Agar meni aldamaganingda bularning hech biri boʻlmasdi Shaxi ! Hozir bu ahvolda turmasdik bularning bariga sen aybdorsan Shaxi mendan sababsiz qochding, bolamni qizimni koʻrsatmading ! Boshqa erkak bilan boʻlding " uning gaplarini eshitib qattiqroq yigʻlab yubordim koʻzlarimni ochib erimning xiralashgan yuziga qaradim " Balki bularni qilishni oʻzim ham istamagandirman Jungkook " u koʻzlarimga qarab qoldi " Tshunmadim?nima demoqchisan ? "
" Seni telbalarcha sevishimni bilarding Jungkook naxotki shularni qilishimga biror sabab borligiga tushunmagan boʻlsang "
Uning koʻzlari yumshadi hatto sezilarli darajada yumshadi ...demak umid bor u hali ham meni sevadi katta dagʻal qoʻllari yuzimdan tutib mayin siladi bu teginishlarni kutmaganim uchun yuragim ezilib ketdi " Ayt ... Hammasini bilishni istayman kim seni majburladi kim qildi ayt Shaxi ...Sababini tshuntir menga " lablarimni qimtib bazoʻr pichirladim "Jungkook menga ishon sensizlik tamom qildi meni aqldan ozay dedim men...men doim yigʻladim yigʻlatishdi meni majburlashdi ..." Tanam silkinib oʻksib yigʻlab yubordim shunchalik baridan charchadimki bularni hech biri boʻlmasligini istaredim "Shaxi ...ayt Yigʻlashing sababchisi kim edi dunyoni koʻziga tor qilaman yuragini koʻksidan yulib qoʻlingga tutqazaman shunchaki u kimligini ayt "
" Jungkook ...Jungkook " uyanada yaqin kelib koʻzlarimga jovdirab qaradi xuddi meni tinchlantirmoqchidek "Ayt ...gapiraqol iltimos Shaxi ...hammasi yaxshi boʻladi menga ishon kimligini ayt " ..."Jungkook ...men.. men aytolmayman ...aytolmayapman " tanam choʻkib qoldi devordan sirgʻalib yerga oʻtirib qolar ekanman Jungkook ham boʻyim qatori egilib tanamni bagʻriga oldi "aytaolasan Shaxi ...kim u ? " Boʻldi nima boʻlsa ham endi aytaman boshqa bularga chidolmayman hozir yoki hech qachon Jungkookni yetarlicha oʻzimdan ayro qildim endi nafratiga uchrashni istamayman
" Mening singlim bor Jungkook " uning qoshlari chimirildi ,barmogʻi bilan koʻzimdagi yoshni sidirib oʻsha baxmal ovozi bilan tasalli berdi "xoʻsh ...xoʻsh. Buni mendan kechishingga nima aloqasi bor Shaxi " lablarimni qimtib yana pichirladim "U..uni oʻgʻirlashibdi ...qaytarib berish evaziga esa....ular.
Ular " uyogʻini gapirmasimdan ichkariga xizmatkor kirib kelganini koʻrib jimib qoldim u xizmatkorga yov qarash qilib yana menga qaradi "davom et ! " Jimib qoldim gapirmadim ikki xayolim xizmatkorda edi "Jungkook uni eshitib koʻr!" Unga iltimos qildim u uf tortib xizmatkorga qarab oʻdagʻayladi "Nima kerak !?"
Xizmatkor Jungkookning baqirigʻidan choʻchib titragancha bidirlab ketdi " J..janob sizni va Shaxi xonimni Janob Taehyung pastda kutmoqdalar bu shoshilinch ekanini tayinladilar "
Jungkook menga qarab unga javob berdi " u galvars nega bu yerda !? biroz kutsin ayt ! " Men Taehyung nega bu yerda ekanligini bilmayman ammo u singlim haqida maʼlumot olib kelgani aniq " Jungkook ...yur oldiga tusha qolaylik u hammasini toʻliqroq tshuntira oladi .." u rozi boʻlmasligini bilardim shuning uchun ham qoʻlidan tutib yolvordim "iltimos.. Jungkook uni qanchalin yomon koʻrma u hammasidan habardor yordam bera oladigan yagona odam " unga oʻtinch koʻzlari bilan qaradim u asabiy koʻzlarini yumib bosh chayqadi "Boʻpti ..."
Xursand boʻlib jilmaydim oʻrnimdan turmoqchi edim hamki qayta oʻrnimga oʻtirib qoldim "shoshilma ...oʻzim yordam beraman " u shunday deb qoʻlini oyoqlarim orasidan oʻtkazib koʻtarib oldi uni bu xislatini juda sogʻingan edim...
Bu tomonini endi koʻrmayman deb oʻylagan edim ..
Zinalardan meni bagʻrida extiyotkorlik bilan
Zinalardan meni bagʻrida extiyotkorlik bilan tshuriyotgan yigitning koʻzlariga qarab qoldim ...bilasizmi insoning qalbi sevsada koʻzlari bu sevgiga hech toʻymas ekan unga bor diqqatimni qaratib bir umr uning bu tim qora koʻzlariga tikilib oʻtirishni istayman ...
Jungkook bilan uy tashqarisiga chiqarkanmiz Taehyungni uyerdagi oʻrindiqlardan birida koʻrib koʻzim chaqnab ketdi "Taehyung ~ " Jungkookning quchogʻidan tushishga urinib tipirchilar ekanman bu yigitning temir qoʻllari meni qoʻyvorishni istashmasdi. "Jungkook ... Taehyungning oldiga borishim kerak "
U menga qaramasdan javob berdi " Shu paytgacha oʻzim koʻtarib oldimmi endi ham oʻzim olib boraman !" U doim shunday qaysar*
Nihoyat Taehyungning oldida man Jkga meni yerga qoʻyishiga imo qildim u meni sekinlik bilan yerga qoʻyib oʻzi belimdan ushlab oldi "xoʻsh Mr Taehyung bu yerga kelish muddooying nima ? " Taehyung lab chetida kulib Juftlikka yaqinlashdi " yoʻqligimda olib ketgan rafiqamni qaytarish uchun keldim Mr Jungkook "
"Taehyung ~" u Jungkook bazi narsalardan xabardor ekanligini bilmaydi janjal boʻlmasidan oldin hammasini tshuntirganim maqul "Taehyung unga baribi aytmoqchiman " unga istagimni maʼlum qildim Taehyungning koʻzlari bir soniya hayratdan kattalashdi keyin bosh silkib qoʻydi "xoʻsh unga bor haqiqatni aytdingmi shunda " inkor qildim "yoʻq aytmadim toʻgʻrirogʻi hammasini aytganim cha yoʻq "
"unda boshlar Shaxi ! Menga barini aytib ber jon deb eshitaman " Jungkookning ovozidan titrab ketdim "x..xoʻp"
"xullas oʻsha kun sen bilan xayrlashib savdo markaziga bordim kiyimlar sotib oldim keyin kofe ichish uchun bir kafega kirdim u yerda sen men uchun yollagan haydovchini koʻrdim ....
U seni buyrugʻing bilan meni olib ketishi kerakligini aytib qoʻlimdan tutib meni olib ketdi senga qoʻngʻiroq qilishga uringanimda u telefonimni sindirib tashladi va qarshiliklarimga qaramay ...qarshiliklarimga qaramay meni majburlab mashinaga soldi ...mashinaga chiqqan onim oʻsha savdo markazi portlab ketdi ...u yerdagi odamlar...bari oʻldi ...butun yoʻl algʻov Dalgʻov boʻldi ...biz qanchadir soatdan soʻng shaharning chekkasiga yetib keldik ....oʻsha yigit meni katta bino tomon olib bordi va qaysidir xonaga olib kirdi ...Keyin...keyin u yerda bir erkakni koʻrdim soqoli uzun boʻlgan bir erkak ...u oʻzini Aleks deb tanishtirdi ...undan ketishimni talab qilib nega bu yerda ekanligimni soʻraganimda ...soʻraganimda u..uu " ortiq chiday olmay yigʻlab yubordim yuzimni kaftlarim bilan toʻsib boshimni boshqa tomonga burdim Jungkook qoʻlimdan ushlab oʻrindiqlardan biriga oʻtkazib koʻz yoshlarimni artib qoʻydi " Tinchlan Shaxi u nima qildi " nafasimni rostlab yana soʻzlashda davom etdim " u yuzimga tarsaki tushirdi sochimdan siqimlab suv bilan toʻldirilgan idishga yuzimni bosdi men ..men bir necha daqiqa ...nafas...nafas ololmay qoldim bu juda yomon edi ...suv ...suv dan qoʻrqardim u ataylab qildi ...meni suvga choʻktirdi...ah ..." Tutilib tutilib soʻzlarimni aytib yuzimni qarshimda qoʻli musht boʻlib tugilgan yigitning koʻkragiga bosdim saldan keyin yelkamda yoqimli tinchlantiruvchi silashlarni tuyib tinchlandim
" bu uchun afsuslanadi u it ! Endi ayt chagi ~ u senga nima dedi sendan nimani istar ekan "
"singlim evaziga seni talab qildi " bu aytgan soʻzimdan qoshlarini chimirgan yigitga singlim haqida aytmaganim yodimdan chiqa yozdi "xa ...oyimni bizdan yashirgan yana bir oilasi boʻlgan ekan va oʻsha oilasi ichida kichik menga oʻxshagan bir qizi ham bor ekan . Oʻsha qiz mening singlim va uni evaziga mendan seni talab qilishdi Taehyungni esa oʻsha yerda uchratib qoldim u Aleks ning yordamchisi ekan bori shu "
" toʻliq ismini bilasanmi Shaxi eslab koʻr toʻliq ismi nima ? "
Boshimni chayqadim uning ismini endi aytmoqchi boʻlgandim hamki tanam boʻylab tarqagan ogʻriqdan yerga yiqildim nima boʻlayotganini anglolmasdim ham shunchaki tanam qaqshab ogʻrir edi Jungkook shoshilib qolgani aniq atrofga baqirganini Taehyungga mashinani tayyorlashini aytganini aniq eshitdim u mendan xavotir olyaptimi ? Ogʻriq kuchayib borar ekan men bir oʻzim emasligim yodimga tushib tipirchilab qoldim "shaxi ...shaxi sevgilim menga qara hammasi yaxshi nafas ol aslo koʻzlaringni yuma koʻrma biroz chida ...hozir ....yordam beraman ...qutqaraman seni sevgilim chida " yigʻlab yubordim uning qoʻllaridan ushlab qattiq baqirib yubordim bolam qornimda bolam bor Jk va mening bolam bor u..u oʻlishi mumkin emas unga hech nima boʻlmasligi kerak ..." Jung..kook ..." Arang uni ismini chaqirdim u meni koʻtarib mashinaga joylashtirish barobarida yuzlarimdan oʻpdi "chida sevgilim biroz ....HAYDA MASHINANI LAQMA HAYDA JIN URSIN TEZLASH !" Jungkook baqirib yuborishidan koʻzlarim ochildi unga buni aytishim kerak vujudimda yana bir Jk borligini aytishim kerak "Jung...kookk " u menga qarab tanamni yanada bagʻriga tortdi " sevgilim biroz chida " uning qoʻlini titroq qoʻllarim bilan olib borib qornimga qoʻydim "Jungkook s..sen ota .boʻ..lasan...x..xomladorman....men..men Jungkook u oʻlma..sin " qolganini eslolmayman xushimdan ketdim ogʻriq butun tanamni qoblab suyak suyagimgacha oʻtib ketgandi ....
Jk pov : qotib qoldim miyyamga urilgan birinchi fikrdan seskanib ketdim Shaxi...u..u xomiladormi ? Ota boʻlasan dedimi ? Xavotirim ikki barobar oshdi oldindagi haydovchi kim ekanligini ham bilmayman hozir unga faqat baqiryapman " Besh daqiqada shifoxonada boʻlmasak itlarimga talataman ..." Jimib qolgan qizni yuzidan silkib oʻziga keltirishga urindim foydasiz ..."Shaxiyim ,sevgilim och koʻzlaringni daxmazaginam nega jimsan qoʻrqitma meni meni eng qiyin sinov bilan sinama chagi ~ jonim fido boʻlsin senga sevaman seni sevaman nafratlanmayman hech qachon nafratlanmaganman koʻzlaringni och hammasi yaxshi boʻladi ....birga boʻlamiz...
3 daqiqadan keyin shifoxonaga kirar ekanmiz sevgilimni qoʻlimda koʻtarib hamshiralar tomon yugurdim ular zambilni olib kelib jarrohlik boʻlimiga sevgilimni olib kirib ketishdi ...men aybdorman ...uni ximoya qilolmadim ...uni asray olmadim bolamni ximoya qololmadim ...
1 soatdan buyon shu yoqimsiz joyda jarrohlik boʻlimi eshigi oldida turibman xayollarim chalkash kim u oʻzi Aleks shaxining singlisi kim boʻldi jarrohlik boʻlimi eshigi ochilishi bilan koʻzlarim kattalashib ketdi ichkaridan oq xalatli hamshira chiqar ekan meni oʻz xonasiga olib bordi " xotinim ?!" Soʻradim qoʻrquv bilan "Janob Jungkook rafiqangiz xomilador buni bilsangiz kerak ...u qattiq jarohatlangan sizdan bir narsani soʻramoqchiman ....yani sizga tanlov bermoqchiman ikkisidan birini tanlashingizga toʻgʻri keladi ..." Tanam alamdan qizib ketdi butun tanamda gʻazab olovi yondi "aniqroq gapiring doktor xonim "
"Hozirgi oʻtkazilayotgan operatsiya bola uchun xavfli hattoki juda xavfli birta nooʻrin harakat va onani ham bolani ham yoʻqotamiz bolani asrab qola olamiz ammo u tugʻilayotgan paytda ona nobud boʻladi hozir eng yaxshi tanlov bolani oldirish janob !"qanchalik gʻazabimni tiyishga harakat qilmay buni iloji boʻlmas edi ...endigina xabar topgan farzandimni tanlaymi yoki jonimdanda aziz koʻrgan xotinimnimi ? Bu xaqda gap soʻz boʻlishi mumkin emas men xotinimni tanlayman garchi oʻziga kelganidan keyin mendan gʻazablansada yigʻlasada undan kecha olmayman biz hali koʻp farzandli boʻla olamiz....
"roziman ! Xotinimga hech nima qilmasin bolani olishingiz mumkin " shifokor xonadan chiqar ekan oʻzimni oʻrindiq ustiga tashladim ....nega bunchalik hayotim zulmat kabi qop qorongʻu ...qachon yorugʻlik koʻrinadi ..."
Yelkamga tekkan qoʻldan boshimni ortga oʻgirdim bu Yoongi ...m
" Axvoling yaxshi deya olmayman " bosh chayqadim ha hozir chindan ham yaxshi emasman "abgor ahvolga tushib qoldim Yoongi " Yoongi qarshimdagi stulga joylashdi unga shaxi aytgan bor haqiqatni aytdim....
"Demak Shaxini majburlashgan shundaymi "
" Shunday "
"Va u hozir xomilador ?" Yana bosh silkidim "endi yoʻq "
"Bu nima deganing axmoq* nima bolangdan voz kechdingmi "
"Shunga majbur boʻldim shifokorlar ikkisidan birini tanlashimni soʻrashdi "
"Bu ishingni shaxi bilsa seni kechirmaydi ..."
"Bilaman ammo undan voz kecha olmayman bizda Shemi bor hali yana farzand koʻra olamiz "
Xonaga shifokor kirib keldi oʻrnimdan qanday tez turib ketganimni bilmay qoldim uning oldiga borib xotinim haqida maʼlumot oldim
"Janob xonimning axvollari oʻnglandi ertaga kirib koʻrishingiz mumkin iloji boʻlsa oldida boʻling hozirgi xolatda yordamga daldaga muhtojliklari bor xonimni..."
"Tshunarli ,raxmat "
-1 kundan keyin -
Shaxi pov : koʻzlarimni ochdim boshqa ocholmayman deb qoʻrqqan edim ....qoʻlimdagi gʻashimga tegib ogʻriq berayotgan ukollarni yulib tashladim ...biroz oʻrnimdan turib koʻzlarimni ochib yumdim ...qoʻlimni qornimga qoʻyib mayin siladim ...lekin..lekin ...n...nega hech narsani his qilmayapman nega oʻzimni boʻm boʻshdek sezyapman .....yoʻq.yoʻq boʻlishi mumkin emas
..u ketgan boʻlishi mumkin emas ....bunday boʻlmasligi kerak ... Endi vujudimda borligini bilganimdan keyin tashlab ketishi mumkin emas......u bor...bor aniq bor usiz men
.men tamom boʻlaman ....Jungkook ikkimizning bolamiz ...u hali ham qornimda......
Eshik ochilib xonaga Jungkook kirdi uning yuzi bir kun ichida shunchalik oʻzgargandiki avvalgi vaxshiy Jungkookdan asar ham qolmagan edi koʻzlarida ogʻriq alam pushaymonlik hissi mavj urar edi va bundan qoʻrqyapman oʻylaganim rost boʻlishini istamayman ....
-J..jungkook ...bolamni xis qilmayapman ...nega xis qilolmayapman Jungkook...uu..uu tirik shundaymi ?
Palatada qornini ushlab yigʻlashga tayyor turgan sevgilimga bor haqiqatni qanday aytishni bilmay turibman ....oldiga borib sochlaridan siladim
-Biroz tinchlan~
-NEGA TINCHLANAR EKANMAN ?! NEGA BOLAMNING TAFTINI HIS QILMAYAPMAN ?! NEGA
Yotoqni qirralarini changallab baqirayotgan xotinimni qaynoq bagʻrimga oldim ...
- oʻtadi hammasi oʻtadi ...hali yana farzandli boʻlamiz ...shunga majbur boʻldim boshqa ilojim yoʻq edi seni yoʻqota olmasdim ...
- Sen hali ham menga ishonmading shu uchun boladan voz kechding ....bu bola seniki edi xuddi Shemidek farzanding edi...
-kechir....
- oradan 1 hafta oʻtdi -
Palatada ochiq oynadan tabiatni kuzatib turgan qiz shu bir hafta ichida tirik murdaga aylanib qolgandi goʻyo hech narsa yemas ,ichmas ,gapirmas ,eshitmas ...shunchaki nafas olar edi qalbidagi farzand armoni hali ham ich ichini tilar tugʻilmagan bolasi uchun koʻz yosh toʻkishni toʻxtatolmasdi ...xa bu qiyin unitish qiyin ....ikki oy uni barchasidan asraginu lekin bir kun ichida osongina undan ayril bu juda alamli ....
Palata eshigini gʻichirlatib ochgan yigit xonani koʻzdan kechirib oynaga qarab turgan qizni koʻrishi bilan chuqur nafas oldi har kun shu axvol .....
Katta qadamlar bilan qizning oldiga kelar ekan katta kafti bilan qizning iyagini koʻtardi koʻzlari yana yigʻidan shishib ketgan lablari oqarib qolgandi ..." oʻzingni qiynashni bas qil Shaxi~ "
Yana qayta koʻzlarini yumgan qiz xolsiz pichirladi "uddalay olmayapman " baland ovozda uf tortgan yigit qizni yelkasidan bosib yotoqga joyladi "Unutishing kerak ! Qaytadan boshlaymiz ...Men sen va Shemi ...bizga hozir shu kerak Shaxi ~"
"Sen uylangansan Jungkook va xotinning seni uyda kutmoqda ...biz begonalarmiz ...Va..." Qizning lablari ustiga yigit qalin barmogʻini bosar ekan qizni oldiga joylashib koʻzlarini yumdi " unday dema ...." Qiz yuzini boshqa joyga olib oʻtdi " begona emasmiz ! Butun ruxim seniki oʻzim seniki va sen menikisan ...Seva bilan rosmana nikohdan oʻtmaganmiz ! Buni hech qachon qilmasligimni oʻzing ham yaxshi bilasan! "
Qiz yuzini yigitga qaratib koʻzlariga jovdirab qaradi " nega meni shunchalar qattiq sevasan ?" Yigit jilmaydi " Bilmayman " yigitning pichirlab chiqqan tovushi sirli va gʻamga toʻla edi " bilmayman ...negaligini bilasanmi ? Chunki seni bu yuragim sevib qolgan senga oshiq boʻlgan va u nega seni sevganim haqida mendan sir tutadi ...bu yurak aqlimga seni unutmaslikni va doimo sevishni talab qilib kelgan Shaxi~ seni doim sevganman sevgilim ....kecha ,bugun, erta , har qachon hoh oʻtmishda boʻlsin hoh kelajak bu qalb faqat seni sevadi ....m
Koʻzlari namlangan qiz hech ikkilanishsiz yigitning yuzidan tutib lablarining unikiga bosdi mayin olinayotgan boʻsa yuraklarni titratib bu ikki juftlikning ong ongigacha singib borar edi ....bari unutildi ....nafrat yoʻqoldi ....
Lablarini ajratgan qiz qizarib ketgan labini qimtib shivir qildi " Seni sevaman Jeon Jungkook "