May 13, 2025

Zulmat ogʻushida 🔞

Yozuvchidan:Yuragim urishdan toʻxtab,hayotga boʻlgan qiziqishim tugasada senga boʻlgan muhabbatim tugamaydi...

Spirt hidi anqib turgan shifoxona yoʻlakchasida asabiy yurib kelayotgan yigit 1 soatcha oldin kirib ketgan sevgilisini kutib turar edi...
Jk pov : faqat oʻlmasin oʻtinaman oʻlmasin...
Birinchi tez yordam boʻlimidan chiqqan hamshira yigitning diqqatini tortdi.
H: Jeon Shaxining yaqinimisiz ?
Yigit bir qoʻrquv titroq bilan javob berdi: xa ,eri boʻlaman ...axvoli yaxshimi?
Hamshira kalovlanib javob berdi : aniq bir gap aytolmayman lekin hozir shifokor chiqsalar toʻliq maʼlumotni u kishidan olsangiz boʻladi ...mana oʻzlari...
Oq xalat kiygan ayol kishi palatadan chiqar ekan Jungkookning nigohlari oʻsha qizga qaratib uni oʻrganib chiqdi...
Boʻyi uzun ,kipriklari qalin nozik bir qiz ....
Sh: xayrli kun janob ...
Jk: sizga ham ...rafiqam u oʻziga keldimi ? Axvoli yaxshimi?
Sh: xa rafiqangiz biroz suv yutib qoʻyganlar ...hozir hammasi joyida xavf yoʻq ...ona ham bola ham yaxshi bugun olib ketsangiz ham boʻladi...
Yigit shifokorning oxirgi gaplarini taxlil qilarkan "bola" soʻzi qaysi maʼnoda kelganini hech tshunaolmayotgan edi ..shifokor ham yigitning tushunmagan yuzini koʻrgach asta kulimsirab " menimcha kichik farishta haqida hali xabaringiz yoʻq shekilli " yigit biroz oʻziga kelgach javob berdi " bu gapingiz bilan rafiqam ...u homilador demoqchimisiz"
Shifokor boshini qimirlatib kichik tasdiq berdi " xa yaqinda ikkalangiz ota ona boʻlasiz"
Yigitning yuzi koʻzida allaqanday baxt uchquni porladi qalbida mexr tushunchasi qoniga singib kirdi , yuragi bu kichik yangilikdan hayajonlanib biroz titradi ...bularning bari birgina soʻz uchun ..."farzand"

Yigit Sirli bir baxt aralash qoʻrquv bilan palata eshigini ochar ekan oʻrinda mittigina boʻlib uxlagan xotinini koʻrib lablarida tabbasum paydo boʻldi ...sevgilisini uygʻatib yubormaslik uchun kichik qadamlar bilan yotoq oldiga yetib keldi ...oʻsha yerdagi kichik stulni olib biroz tin olgan boʻldi ...
Pishshillab uxlab yotgan sevgilisining loʻppi yuzlaridan ushlab oʻta mayinlik bilan siladi ...

" kichik farzandimiz boʻladi ...ota ona boʻlamiz " nafasi ichida gʻoʻngʻirladi yigit ...qiz kichik teginishdan gʻinshinib koʻzlarini ishqaguncha ularni sekin ochdi ..ochdiyu unga qarab turgan bir juft qorachiqlarni koʻrib ularga qarab qoldi ...
Shaxi pov : oʻlaman deb oʻylagandim ...lekin unday boʻlmadi ...suvdan juda qoʻrqardim oldimda Jungkook turganiga qaraganda baseyndan meni u olib chiqqan ...kelishuvimizga kelsak uni men yutdim ... boshimni biroz yuqorilatib qulay joylashdim ... qoʻllarimdan maxkam tutgan qoʻllarga qarab " Siz yutqazdingiz ..." Dedim u.
U men tomonga yaqinroq surilib lablarini qoʻllarimga bosdi ...bunday tez ishdan seskanib qoʻydim...
Jk: xa Shaxi men yutqazdim...sen yutding ...
Shaxi: kechirdingiz toʻgʻrimi ?
Yigit boshini qimirlatib : xa kechirdim ...ammo ( yigitning yuzi jiddiylashdi) ammo kelasi safar nima boʻlishidan qatʼiy nazar oʻzingga hech nima qilmaysan ...
Qiz boshini quyi solib labini qimtidi ...Jungkook qizning iyagidan ushlab yuziga yaqin kelib shivirladi " tashunarlimi !?"
Shaxi: tshunarli ....
Yigit qizning boʻysinib itoatkorlik bilan javob qaytarganidan yengil jilmayib qirmizi lablarga qaradi nigohlarini qaytib qizga koʻchirgan koʻyi izin soʻradi..." Maylimi ?"
Jungkook qizning javobini kutmasdan qaynoq lablarini titrab turgan lablarga bosdi ...lablar birlashgandek tanxo qalblar xam birlashdi ...oradagi ginalar yoʻqolib orada yana mehr uchquni porladi ...

Bu mexrli boʻsani eshik ochilib shifokorning kirishi toʻxtatdi ..shaxi uyalganidan yuzini chetga burib olib oyna tomonga qarab oldi yigit esa oʻrnidan turib hech nima boʻlmagandek sevgilisining qizarib borayotgan yonoqlariga qaradi ...
Sh: hayrli kun Shaxi xonim...
Shaxi: sizga ham shifokor xonim ...
Sh: xoʻp gapni qisqa qilaman yaqinda ota ona boʻlarkan siz bundan keyin bolaga zarar keltirishi mumkin boʻlgan hech qanday ish qilmaysiz ogʻir ishlar, asabiylashish ,yigʻlash , ortiqcha ukollar va bolaga zarar keltirishi mumkin boʻlgan hech nima !
Qiz bunday yangilikdan Jungkookdek qotib qoldi uni chetdan kuzatib turgan yigit qizning koʻzlarida miltillab chiqqan yoshni koʻrib tezlik bilan uning oldiga oʻtirdi...

Jk: Tshsh nima boʻldi ..Shaxi ..ayt nega yigʻlayapsan?
Qiz yigʻisiga butunlay erk berar ekan qizning bunday reaksiyasidan yigit hayron qoldi ...yigʻidan toqati toq boʻlgan yigit qizni ikki yelkasidan tutib biroz qatiy ohangda buyurdi " bas! Jeon Shaxi ...yigʻini toʻxtatda nima boʻlganini ayt" qiz lablarini qimtib burnini tortgancha javob berdi " men..m.en is..ta..may.man "
" Shaxi duduqlanmasdan nimani istamasligingni ayt! "

" Men ..men bolani istamayman " qizdan bunday javobni eshitgan yigit qoshlari chimirilib koʻzlari qisildi tishlarini gʻichirlatib asabiy nafas oldi " sen qiz hazillashyapsanmi" yigitning zardasidan yana qayta yoshlangan qorachiqlar yerga qaratildi . yigit yana oʻsha bosiqlikni olib kelib sekingina qizga uqtirdi "shaxi ota ona boʻlish bu yaxshi ...qanday aytsam ekan ..." Juftlikning gapiga ularni chetdan kuzatib turgan shifokor qoʻshildi ..." Xonim xa buni qabul qilish biroz qiyin ...xali yoshsiz ham albatta bundan qoʻrqasiz lekin bu unchalik ham yomon davr boʻlmaydi ..menga ishoning avvalda qoʻrqasiz keyin koʻnasiz ..keyinchalik uning ilk qimirlashini his qilganizda butunlay eriysiz ...bu vujudingizdagi kichik farishta muammolarning yechimi boʻladi , uni qabul qilshingiz kerak bu kichik murgʻak bolaga mehr berib ulgʻaytirsangiz oʻzingizda keyingi hayot uchun qanotlar tayyorlagan boʻlasiz menga ishonavering bu bolaga zorlar qancha deysiz hozirda siz ulardan baxtliroq siz aytingchi sizga shunday ularda yoʻq shirin tuxfa berilgan ekan uni rad etish insofsizlik boʻlmaydimi ? " Qizga shifokorning gaplari kor qildi chogʻi koʻz yoshlarini artib erining kaftidan tutdi .." agar...koʻppp ovqat yeb semirib ketsam mendan vos kechmaysiza " qizning savoli yigitning yuzida kulgu paydo qilib shifokorga raxmat degandek qarab qoʻydi yana qayta rafiqasiga qarab uning loʻppi yonogʻidan siladi " Yoʻq albatta vos kechmayman , seni har qanday vaziyatda sevaveraman xox semiz boʻl xox boshqa ...sen men uchun doimo kichik shoʻx Shaxi boʻlib qolaverasan "

-Mariya-
Yotoqda telefon kovlab turgan qizni eshik ochilib ichkariga yigitning kirib kelishi chalgʻitdi ...yigit yuzida quvonchini yashirmay qizning oldiga keldi ...qiz yigitga parvo ham qilmay telefonida oʻyin oʻynab oʻtirar ekan yigit bu etiborsizlikdan betoqatlanib chuqur xoʻrsindi
Yoongi: hmm xali ham mendan xafamisan ...
Qiz majburlikdan javob berdi : yoʻq...
Yoongi: nega unda yuzimga qaramayapsan ?
Mariya: shunchaki...
Yoongi: senga bir yangilikim bor !
Mariya : eshitkim yoʻq !
Yoongi: Mariya ...
Mariya hech gapni tinglamay sevgilisini turtib yotoqdan tushdi tez tez qadamlar bilan jovon oldiga kelib telefonini quvvatlagichga oʻrnatdi ...endi eshikdan chiqar ekan belidan quchib yengilgina devorga turtgan qoʻllarni deb bir seskanib yuzi burishdi ..." Qoʻyvoring !?"
Yoongi qizning soʻzlarini inobatsiz qoldirib yuzini qizning mallarang sochlariga koʻmdi ..Asli tabiatdan bosiq qiz boʻlgan Mariya bu safar qoʻpol ohangda baqirdi "qoʻyvoring dedim sizga ! Yolgʻonchi !" Yigit ayni damda oʻzini qanchalik qoʻlga olib yumshoq boʻlishga undasada qizning bu jizzaki qiliqlari uni anchagina toliqtirgan edi shu sababdan xam bu safar yigitning ovoz toni biroz koʻtarildi " Jim turasanmi yoʻqmi !? "
" Yoʻq ! Jim turmayman yolgʻonchilar bilan gaplashmayman ! Sizni koʻrishga koʻzim otishga oʻqib yoʻq ! Sizni sevmayman! " Qizning bu safargi soʻzlari Yigitga ogʻir botdi shekilli qizning belini siqimlagan qoʻllar qattiqlashib uni devorga butunligicha tirar ekan xavfli ovozda vishshilladi " yana bir bor shu soʻz tilingdan chiqsin ...mendan yomon odamni bu dunyoda koʻrmaysan azizam ! Uqdingmi meni !?" Mariya hozir asablari anchagina buzilgan yigitning qarshisida boʻlsa ham qoʻrquvini ichiga yutib hozirjavoblik qildi " uqmadim uqmayman ham kerak boʻlsa yana aytaman siz-ni sev-may-man "
Yoongi: sevasan !
Mariya : sevmayman !
Yoongi: sevasan dedim !
Mariya : men esa sevmayman dedim .
Yoongi: sevasan !!!
Mariya : sev-may-man!
Yoongi : mayli sevmaysan !
Mariya : sevaman
Yoongi: Ouvv sevasanmi ? Negadir hozir sevmayman deb turganding!
(tezlikda aytilgan soʻzdan oʻzi nima deganini anglab yetolmay qolgan qiz yigitning nayrangiga uchraganini tshunib qoʻlini bigiz qildi )
Mariya: n..nima siz ..yaramas siz ataydan qildiz ! Meni chalgʻiddiz bu gʻirromlik !
Yoongi: Mariya ...meni eshit bularni qoʻyib tur senga xabarim bor Shaxi..u hozir shifoxonada ...
Oʻz dugonasining ismini eshitishi bilan Mariyaning yuragi shuv etdi lablarini qimirlattib bazoʻr savol berdi ...
Mariya : n..nega ?
Qizning xavotirlanganini sezgan Yigit qizni quchib qulogʻiga pichirladi ...
" Xavotir olma yaxshi yangilik ...yaqinda xola boʻlasan ...."

- 3 oydan soʻng -
Mana 3 oy ham allaqachon suvdek oʻtib ketdi ...Shaxi qornida 3 oylik farzandi bilan boʻlib juda erkalanib ketgan hech kim uni chertib bermas , salgina baqirib ham bermasdi hatto Jungkookning oʻzi ham bu kichkina qizcha nima jinnilik qilishidan qatiy nazar unga zaxrini sochmas bularning barini ichiga yutib kelardi ...Shaxining oʻyinlari juda ortiqchalik qilib sabr kosasi toʻlsa sport zaliga borib alamini qattiq mishoklardan olardi....Shaxida Homiladorlik biroz qiyin kechayotgani uchun ham tunlari qiynalib chiqardi. Kechalari biror nima xoxlab qolsa oldida yotgan erini turtib xarxasha qilardi..qani bir aytgani boʻlmasin qani yeru osmon bir boʻladi ... Butun uyni boshiga koʻtarib oshxonadigi idishlarni sindirishni boshlaydi ...shunday kunlarning birida....

-Flashback-
Soat tungi 2 :55...
Shaxi: Jungkook..Jungkook tura qol (qiz past oxangda erining yelkasidan turtib uni uygʻotishga harakat qilar ekan Jungkook hatto nomiga boʻlsa ham qilt etmasdi bundan gʻinshinib uf tortgan qiz xayoliga birinchi ishni qilish uchun yuvinish xonasiga qarab ketdi...kichik qornini ushlab miriqib yotgan erining oldiga kelib ustidan bir grafin sovuqqq suv sepdi ...
Yuziga tekkan Sovuqdan bir hatlab turgan yigit atrofga gʻazab bilan qarab qarshisida turgan rafiqasini koʻrib chiqqan gʻazabi ikki hissaga oshdi...lekin shunga qaramay oʻzini bosgan holatda yumshoq ohangda qizni yoniga chaqirdi ...
Jk: beri kel Shaxi !
Qiz boshini qimirlatib yoʻq deganini eshitgan Jungkook oʻrnidan bosiqlik bilan turib qizni taqib etishga tushdi qiz orqaga tisarilib borar ekan har bir orqaga qadam qoʻyganida biroz qoʻrquv bilan "Jungkook~" deb qoʻyardi...
Nixoyat qizning tanasi katta shkafga borib urilar ekan koʻzlarini chirt yumdi ..."Jungkook ...turdingizmi ? " Rafiqasining bunday bergan savolidan koʻzlari pir pirrab qolgan Jungkook qoʻlini shkafga qadaguncha javob berdi "sen ..sen qizni ..hali javobini berasan Jeon xonim har bir kichik aybingiz badalini kelajakda ...(katta kaftini kichik qoringa qoʻyib davom etdi) ...kelajakda farzandimiz tugʻilganidan keyin hisobini berasiz ...xoʻsh meni nega uygʻoting agar hozir arzirli sabab topib bermasang shaxi Homilador boʻlishingga qaramay qiynayman* "
Qiz bir yutinib yigitni biroz oʻzidan nari qilmoqchi boʻldi ...joyidan jilmagan yigit yana qayta soʻradi " kutyapman Jeon Shaxi ...nega turgʻizding meni "
Shaxi: xullas ...Jungkook bilasanmi hozirgacha dorama koʻrayotgan edimda...
Jk: xoʻsh...
Shaxi: xullas bir qiz bir yigit bilan ramyon yeb turgan ekan ...
Jk: xoʻsh keyinchi!
Shaxi: qiz.. qiz shoshilib gapirayotganida qizning burniga ramyon kirib ketdiiii....
Jk bu gapdan ogʻzini toʻldirib kular ekan Shaxi erini mushaklaridan bir solib yuziga yeb qoʻygudek qaradida keyin kaftlarini yuziga qoʻygancha yigʻlab yubordi ... aslida bu vaziyatda nima qilish kerakligini bilmay qolgan Jungkook boshini qashib qoʻllarini beliga qoʻydi "hey Shaxi nimadir notoʻgʻri ish qildimmi ? Hoy mitti menga qarachi nega yigʻlaysan " yigit qizning kaftlarini olib uni bagʻriga oldi sonlaridan ushlab koʻtarib olgach qiz ham oyoqlarini yigitning belidan oʻtkazib oldi ..shu zaylda oʻrindiqqa oʻtirishar ekan qiz labini shishirib pichirladi " Jungkook ...u bechora "
Jungkook Shaxini qizga raxmi kelyapti deb oʻylab yuzidan silab dedi "Shaxi azizam u qizdan xavotir olma oʻlib qolmagandir " qiz achchiqlanib yigitning qoʻlidan shapatlab urdi "axmoq qizga raxmim kelmayapti!"
"Unda kimga raxming kelyapti Shaxiyim ayt "
Qiz yana oʻsha narsani eslab hoʻngrab yigʻlab yubordi " Ramyonga raxmim keldiiiiiii... Endi uni hech kim yemaydiiii kim xam yer edi uni"
Qizning gapini eshitgan Jungkook aqldan ozay dedi " xoʻsh shu...shu jin ursin* shu narsa uchun meni turgʻazdingmi meni " qiz boshini sarak sarak qilib inkor etdi " yoʻq bu uchun emas lekin endi men ham ramyon yemoqchiman "
"Oʻzimni mittigina daxmaza xotinjonim shuni oldinroq hech qanday ertaklarsiz aytishni iloji yoqmidi!?"

-Comeback-
Bunday xolatlardan faqatgina bittasini eshitdingiz qolganini eshitsangiz anniq jinni boʻlib qolardiz

Hozir ham bu kichkina daxmaza Shaxi yolgʻiz oʻzi erining ruxsatisiz koʻchalarda sangʻib yuribdi ...qoʻlidagi gulning barglarini yulib oʻziga oʻzi gapirardi " sevadi , sevmaydi, sevadi , sevmaydi..bilardim sevishini .." qarshisidan chiqqan ulkan tana tufayli toʻxtab qolarkan boshini koʻtarib oʻsha tana egasining yuziga qaradi ...
"Balki jazolar , jazolamas deb xam koʻrarsan Jeon Shaxi ! "
Qarshisida koʻrgan dargʻazab erini deb tilini ichiga yutib yuborar ekan qoʻllarini juftlab koʻzlari bilan yer chizdi ...
Jk: Bugun mendan yaxshilik kutma kichik daxmaza oldinga tush !!!

20 episode