July 8, 2025

Zulmat ogʻushida 🔞

Yozuvchidan : Gunohkor boʻldim ! sevgimni sevgilimni oʻzimdan ayirgan gunohkor boʻldim ....

-Time skip-
Shemi kelganiga ikki soat boʻldi ...tayinli ish qilishga ham qoʻymadi bu shaytoncha qiz
Uni erkalatib kreslo ustiga qoʻydim ..oʻrnimdan turib bolaga sut boʻlishi uchun biror nima yeyish maqsadida kotibamni chaqirmoqchi edim boshim yer uzra aylanib bir on oʻzimni yoʻqotib qoʻygandek boʻldim bu nimasi nega koʻz oldim xiralashib bormoqda tanam oʻzimga ogʻirlashib tik turgan oyoqlarim titradi ming lanat boʻlsin oʻzimga kelolmayapman boʻldi madorim qolmadi yerga quladim oxirgi koʻz oldimda qolgan chexra bu Eshikdan kirgan Jungkookning ismimni aytib xavotirli qarashi boʻldi ....qolgani zulmat....

Pov : Yerda hushsiz yotgan qizni koʻrgan yigit aqldan ozay dedi shoshilinch bir xavotir bilan qizning oldiga tizzalab qoʻlini boshini orqasidan oʻtqazib oʻziga tortdi .Jungkook qizni yuzini silkitib yengil urib qoʻyar ekan bu ishi bilan uni hushiga keltirishga urindi "Shaxi ..shaxi ..qoʻrqitma meni koʻzlaringni och nima boʻldi ?Shaxi ..." Yigit baland ovozda yigʻlayotgan bolani endi sezdi unga ham biroz xavotirli qarab qoʻlidagi qizni bagʻriga maxkamroq tortdi ..."Tur ... iltimos shaxi qara qizing yigʻlayapti " yigit qizni yuragiga qulogʻini qoʻyib tinglarkan yurak urishini sezib erkin nafas oldi ochiq qolgan eshikdan qarab kotibasini chaqirish uchun uni ismi bilan baqirdi " NISAAA " kotiba yugurib xonaga kirar ekan yerda xushsiz qizni koʻrib anqayib qoldi "nega qarab turibsan Shemini ol orqamdan yur shifoxonaga boramiz boʻl ! " Qiz oʻziga kelib hali ham jigʻgʻillab yigʻlayotgan bolani oldiga borib uni avaylab koʻtarib olarkan Shemi qaysarlik qilib Nisani oʻzidan nari qilar edi. "Unday qilma mitti oyingga boramiz qani kelchi " Nisa uni majburan koʻtarib boshligʻini orqasidan bordi . Kompaniyadan qoʻlida shaxini olib chiqqan Jungkook yoʻl boʻyi qizga bir nimalar deb kelardi ...yigit Shaxini oldi oʻrindiqqa joylab Nisa va Shemini orqa oʻrindiqqa joylashini kuzatdi oʻzi ham haydovchi oʻrindigʻiga oʻtirib hali ham hushsiz yotgan qizni qoʻlidan tutib kaftidan mayin oʻpich qoldirdi "oʻtib ketadi sevgilim ...oʻtadi ..."

Shunaqa qilib kaftidan oʻpgan shaxini

10 daqiqa degan da mashina shifoxona qarshisida toʻxtadi . Mashinadan tushgan Jk Shaxini qayta qoʻliga olib ichkariga yugurdi atrofdan hamshiralar kelib qizni ichkariga olib ketish uchun Jkdan qizni olishar ekan hali ham ming bir vaximali qoʻrquv ichida yigit qizni qoʻlini qoʻyib yuborgisi kelmasdi

Hamshiralar Jkni shu yerda qolishini tayinlab qizni ichkari palataga olib kirib ketishdi ...

Jk pov : Shifoxona hidi jigʻimga tekkanidan tashqariga chiqdim mashina oldida Nisa va Shemini koʻrib ularning oldiga bordim . Bu kichkina shaytoncha Nisani oyoqlari bilan tepib tishlashga urinayotgan ekan darrov bu shum qizni qoʻlimga koʻtardim oyisinikiga oʻxshash loʻppi yuzlaridan chimchilab qoʻllarim bilan sochlarini siladim .

Shaxi~ unga hech nima boʻlmasin ...Nega birdan hushidan ketdi ...

Har xil savollar miyyamni chulgʻab olgan qoʻlimdagi kichkina shaytoncha esa katta katta koʻzlari bilan yuzimga terminlar edi "nima meni otangga oʻxshatdingmi qizaloq ?" Qiz yigitni tshungandek tirjayib qoʻydi ..

Shemi :)

"Nisa sen bola bilan orqamdan yur ..."
Bolani Nisaga berib shifoxona tomon otlandim ichkariga kirib administratsiya bilimiga borib hamshira qizdan maslaxat soʻradim "Kechirasiz siz bu yerda ishlaysizmi ? " Unga oddiy savol berdim "Xayrli kun janob, xa ishlayman biror muammo chiqdimi janob ?" Hamshira muloyimlik bilan jilmayishga harakat qildi "muammo yoʻq ,menga DNK testini oʻtkazish boʻlimini koʻrsata olasizmi ?" Jk bu soʻzlarni erkin aytdi , Hamshira qiz oʻrnidan turib Jkni DNK test topshirish boʻlimiga chorladi . Bir eshik oldiga kelishar ekan hamshira qiz yigitga tushuntirgan boʻldi "Janob shu yerda qon topshirishingiz mumkin ...sizni sherigingiz bu kichik xonim boʻlsalar kerak " hamshira qiz Nisa ushlab turgan Shemiga ishora qilib soʻradi "Qon topshirishdan qoʻrqmaysanmi kichik malika ?" Yigit bir hech narsaga tshunmay qarab turgan qizga bir qon topshirish xonasiga qaradi " hech qisi yoʻq ...bu tez boʻladi deb umid qilaman ..." Hamshira eshikni ochib kirishga ruxsat berdi " albatta janob kichik xonimni qiynab qoʻymaslikka harakat qilamiz

-Timeskip-

Oq kafellar bilan oʻralgan xona oʻrtasida qiz hali ham hushsiz yotar edi xona eshigi ochilib ichkariga oq xalatli doktor kirib kichik shittirlash yuz berar ekan qiz ogʻir bezovtalanib koʻzlarini ochdi ...
Shaxi pov : jin ursin* qayerdaman ? Nega buyer bunchalik badboʻy ...lanati*
Qizning kravati oldiga kelgan doktor erkaklarga xos mayin jilmayib qizning qoʻlidan tutdi "axvolingiz joyidami xonim ? "
Qiz oʻrnidan turishga urinib yotoq tepasiga qulayroq joylashdi "menga nima boʻldi ...qizim qani ?"
Doktor chetda turgan stulni olib oʻtirgan xolda qizni qoʻlini siqdi "Xonim ..."
Shaxi pov : uni qoʻlimni ushlab xush muolamala gapirishi jigʻimga tekkanda qoʻlimni ushlab turgan qoʻliga qarab "Qoʻlingizni oling janob doktor " dedim .
Doktor ham qoʻlini qizdan olib yoqimsiz suxbatni davom ettirdi " Xonim ...sizni eringiz bu yerga olib keldi ...qizingiz ham hozir janob bilan va yana..."
Qiz qoshini koʻtarib past oxangda oʻdagʻayladi "Nima xoʻsh? Janob doktor ?"
"Gap shundaki xonim sizni tabriklashim kerak "
"Janob doktor sirli gaplar muxlisi emasman gapni choʻzmasangiz !"
Qiz asabiy nafas chiqarib erkakga oʻqrayib qaradi "mazur tuting xonim " erkak qaddini rostlab dedi . Shaxi ham biroz qoʻpollashganidan hijolat tortib uzur soʻradi "Yoʻq ...asli..aslida meni mazur tutasiz oʻzimni tshuna olmay qoldim qizishib ketdim "doktor keng tabassum qildi "sizning davrizda bu tabiiy xolat xonim ..."
"Qanday davr ? "
"Sizga aynan shuni aytmoqchi edim tabriklayman Xomiladorsiz !"

Qiz nafas ololmay qoldi ...koʻzlari kattalashib qalbida qandaydir gʻamga qoplangan nur paydo boʻldi
Shaxi pov : nima ? Hozir toʻgʻri eshitdimmi ...yoʻq .yoʻq...yoʻq faqat hozir emas bu..bunday boʻlishi mumkin emas edi...men men yolgʻiz oʻzim nima qilaman yo xudoyim bu bola 100% Jungkookdan boshqasidan boʻlishi mumkin emas chunki 1 yarim oy oldin u bilan boʻlgandim* birinchi uchrashgan kunimiz ~bola 2 haftada rivojlanadi demak u hozir 1 oylik men bir oylik xomlador man ...agar ...agar u buni bilsa men tamomman oʻzidan meni yiroq qilmaydi ...meni oʻzi bilan olib ketadi Hali hali Shemini ham bilmaydi uni qizi ekanligini bilmaydi ..hozir aqldan ozaman ....
Qiz xuddi nafas yetmayotgandek chuqur chuqur nafas olarkan uni ich ichidan vaxima qurshab olgandi ...buni sezib turgan doktor qizga stol ustidagi suvdan quyib uzatdi "Xonim nima boʻldi ...axvolingiz yaxshi emas "

Shaxi pov : titroq bosgan qoʻllarim bilan stakanni qoʻlimga olib undan biroz suv ichdim...

Nega ..nega axir ikki farzandimga ham qoʻrqinchli muhit tufayli ularni istamasligim kerak biroz boʻlsa ham oddiy tinch hayotda yashay olamanmi oʻzi?

Oʻzimga kelib qoʻlimni qornimga qoʻydim shu yerda aynan kaftim ostida kichik bolajonim bor ...koʻzlarim yoshlangan edi ...doktor axvolimni tshundimi yo boshqasi menga tasalli berdi ...men bu farzandimni ham dunyoga keltiraman ammo ..ammo bu haqida Jungkook bilmasligi kerak "Janob ...sizdan bir iltimosim bor ...

"qanday iltimos Xonim ? "
Unga qarab turdimda chuqur nafas olib istagimni aytdim "Men meni xomiladorligimni hech kim bilmasin ayniqsa meni olib kelgan yigit " doktorning qoshlari chimirildi " mazur tutasiz xonim lekin bu ishni qila olmayman ...agar bu gapni aytmaganimni Janob Jeon bilsalar naqt kallam ketadi "

Jin ursin* bu nimalar deydiyaaa hozir aytganimni qilmasa oʻzim kallasini chopaman "huhhh Janob Doktor ishoning menga ... iltimos tshuning oʻzim vaqt boʻlishi bilan aytaman ammo hozir u bilmasligi kerak yolvoraman ".
"ammo xonim bunday qilolmayman " koʻzlarim yana yoshlandi "Janob doktor yolvoraman oʻtinib soʻrayman Faqat bu haqida Jungkook bilmasin "

"xoʻsh men nimani bilmasligim kerak ekan ?!"
Eshik tomondan yoʻgʻon va qoʻrs ovozni eshitib yuragim ichimga tushib ketgandek boʻldi

Koʻzimdagi yoshlarni kaftim bilan sidirib bir menga bir Jungkookga vaxima bilan qarab turgan doktorga boshimni sekin chayqadim " xonim..xonim sizdan yashirincha insonga yomon taʼsir qiladigan uyqu dori ichib qoʻyganlarini aytmasligimni soʻradilar janob " doktorning javobidan yengil tortib yuzimni boshqa tomonga burdim ...
"Shundaymi ? "
"Xa shunday janob Jeon"
Jungkook oʻsha yerdagi kursiga joylashib qoshini uchirdi "xoʻsh ...u ichgan dori xavfli emas ekanmi ? " U ataylab qilyapti Doktorni qistovga olmoqchi ... iltimos doktor bizni harob qilmang uni ishontiring ..."Biroz xavfli boʻlgan ammo hammasi ortda qoldi uyda yengil dam olsalar oʻtib ketadi "
Jungkook bosh silkib doktorga ketishiga ruxsat berdi

Sezib turibman koʻz qirim bilan uning har bir harakatini his qilmoqdaman ...u oʻrnidan turdi ... Kastyumini yechib oʻrindiqqa joyladi kravatim tomon yaqinlashyapti ....u oldimga oʻtirdi sochlarimdan siladi nima bu tush u menga teginolmas ediku ...jirkanardiku...nafas olish ritmim tubdan oʻzgardi ....uning qoʻpol qoʻlini sogʻingan edim ...Uning keyingi harakatlari butunlay meni aqldan ozdirdi bu yigit men bilan oʻynashishni yoqtiradi jin ursin* Jungkook boʻynimgacha yaqinlashib chuqur hidladi bir tomondan qitigʻim kelsa bir tomondan ichim qizib ketar edi teskari hissiyotlar ....uning ifori. Imhhhh bu juda yoqimli juda nima uning bu atirini kompaniyadagi hamma ayollar his qiladimi, lanatilar* u yuzini boʻynimdan olarekan bu poyoni yoʻq qorachiqlarga asiraga aylandim ...biz birimizga nechchi daqiqadan buyon qarab turganimizni bilmaymiz lekin bu abadiy boʻlishini xohlardim

Bln shunaqa qarab turibdi 🙈

...

Shaxi ~

" demak dori ichding ?"
Hayollar ogʻushida uchar kanman uning jiddiy bergan savolidan haqiqatga qaytdim "n..nima?"
"Dori ichdingmi deyman hali ham taʼsiri ketmabti shekilli alanglayapsan " u miyigʻida kulib oʻrnidan turdi "Shemi qayerda ? Uni oldimga olib kelishingni xoxlayman !"

U ortiga oʻgʻirilmay javob berdi "U Nisa bilan ovqat yedi ... Taehyung hali kelmaydi shu uchun senga qarab turaman yaxshi sobiq er sifatida ! " Uning Emin erkin aytgan qattiq soʻzlari~ yana kesatish qildi u . Ataylab qildi ...

Yuzimni burib yana yuzim nam boʻldi .. koʻrpa ichiga qoʻlimni suqib qornimni siladim hozir asabiylashmasligim kerak...bolam uchun bolamiz uchun ...

" Shemini oldimga joʻnat u yolgʻiz qolishini istamayman !" U orqasiga qarab gapirdi "Sen dam ol uni oʻzim bilan olib ketaman " unga tezda qarab bor zaxrimni sochdim " Anavi ilon oʻsha uyda yashar ekan qizim u uyga qadam ham bosmaydi !" U gaplarimni shunchaki qabul qilib eshikni ochdi " Xavotir olma Seva Qoʻrgʻonda emas !" U chiqib ketdi yolgʻiz qoldirdi ...

-Jeonlar qoʻrgʻoni -

"Jin ursin buni qanday kiydiradia?" Yarim soatdan buyon birta taglikni kichkina qizchaga kiygizaolmay xunob boʻlgan Jungkook burun ariqchasini asabiy ishqalab nafas chiqardi ...uni ustidan bir nimani tushungandek kuylayotgan Shemi Jungkookning ham kulgisini keltirardi

"hoy kulishga jurat ham qilma yaramas Shaytoncha "

Qizcha emaklab yurib Jkning bagʻriga bosh qoʻyar ekan pichirlab gapirdi "Om-ma ....omma"
"Aysh nega oying yodimga kelmadia oyingdan soʻraymiz nima qilishni "Jk soatiga qarab qoshini chimirdi "soat 11 uxladimikan ?" Baribir kech boʻlishiga qaramay telefonni qoʻliga olib qizga telefon qildi bir necha kutishlardan keyin qoʻngʻiroqqa javob bergan Shaxi past ovoz chiqardi "Kim kerak ?" U uyqusirayapdi "Shaxi bu menman Shemiga tagligini kiydiraolmayapman oʻrgata olasanmi ? " Qiz oʻz qizini ismini eshitib uyqusi oʻchdi "nima boʻldi Jungkook ? Yigʻladimi ? Och qolganmi ? Tobi yoʻqmi ? Nima boʻldi " qiz tinimsiz savollar berarekan yigit uf tortib gapirdi "Shaxi ! Hammasi joyida biz uxlamoqchimiz lekin manabu shaytonchangni kravatimda oʻz ishini qilishini xoxlamayman shu uchun bizga yordaming kerak "

"yani tagligini alishtira olmadim " qiz yigitning gapini eshitib qiqirlab kulib yubordi oyisining ovozini eshitgan mittivoy ham qoʻshilib yigitni masxara qilishdi "ikkingiz ham bas qiling !" Qattiq chiqqan ovozdan xona jim boʻlib faqat Jkning ovozi yangradi "Xoʻsh endi oʻrgat qanday qilinadi bu lanati "
"Xoʻp boʻldi kulmadim ...birinchi Shemini qulay yotqizib ol "
Yigit qiz aytganidek qildi "xoʻsh ?"
"Keyin taglikni olib yarmisini bolaning tagiga joylashtir "
"Bajarildi " yigit miyigʻida kuldi "ofarin endi esa taglikning yarmisida yopishqoq quloqchaliri boʻladi oʻshani ochib qolgan yarm taglikni ustidan maxkamlaysan yani yopishtirasan va boʻldi ish tamom " yigit qizni aytganini oqizmay qilar ekan uning katta va qoʻpol qoʻllari buni qilishga qiynalsa ham bu ishni tirishqoqlik bilan amalga oshirdi u . Ish oʻz nixoyasiga yetgach Jungkook xuddi bir katta sovrin yutib olgandek qichqirdi "Biz uddaladik kichik shaytoncha ...Yordam uchun raxmat xayrli tun " yana oʻsha sovuqlik ...

Telefon oʻchirilar ekan qiz telefonni qattiq qisdi "Agar bir oila boʻlsak sen eng yaxshi dada boʻlarding Jungkook "......

Zipiriq Shemi 😁

2- fasl
6-episode