๐ ๐ ๐๐ป๐ด๐ฒ๐น ๐ข๐ณ ๐๐ฒ๐ฎ๐๐ต || ๐๐๐๐๐๐ ๐ 1
"๐ท๐ข๐๐ฆ๐๐๐ ๐๐๐๐๐ก ๐๐ข๐โ๐๐๐๐๐๐๐๐๐ ๐ก๐๐๐๐ ๐๐๐๐๐๐. ๐ฬ๐ง ๐ฬ๐๐๐๐๐๐๐๐ ๐ ๐๐๐๐๐โ๐ ๐๐ฬ๐๐ ๐๐๐ ๐๐๐ ๐๐๐๐๐ ๐ฆ๐'๐๐ ๐ฬ๐๐๐ ๐๐๐๐๐ โ๐ก๐๐ ๐ ๐๐๐๐๐ ๐ก๐ฬ๐๐๐๐ โ ๐๐๐๐๐ ๐๐"
Minseo pov/
Tun qanchalik chiroyli......qorong'uda uzimni juda yaxshi his qilaman. Umuman yashagim kelmayapti, nega dunyoga kelganman uzi? Onam meni tug'i nega tashlab ketgan? Dadamchi? O'z qarzi tufayli mendan foydalanib ketdi, bir uzim qoldim......bir tomondan esa men sevgan, men ishongan va men yaxshi ko'rib qadrlaydigan inson xiyonat qildi. Ishimdan ham ajraldim....Bu nimasi? Nega 1 kun ichida boshimga buncha tashvishlar yog'ildi? Yoki bu menga yaratgan tomonidan bir sinovmi? Bunday qanday chiday olaman, yosh boshim bilan bunday hayotni qanday qabul qilaman?
Hammasidan ham eng alam qiladigani, sen bog'lanib qolgan inson ko'z o'ngingda boshqa bir qizdan bo'sa olsa, bunday manzarani har kim ham ko'tara olmaydi. O'sha joyni uzidan ko'z yoshlarimga g'arq bo'ldim, huddiki men tubsiz bir jarlikka tushib ketayotgandek edim......u yerda esa hech kim meni qo'limdan ushlab qolmasdi, na ota onam, na sevgan insonim, na do'stlarim va na mening o'zim hech kim........hozir judayam o'lgim kelyapti, men kuchsiz va uzini hayotini boshqara olmaydigan insonman, 22 yoshimgacha bo'lgan bu ko'rgiliklarga qanday chidashib meni azoblardi. Nega aynana meni hayotim bunday? Bilasizmi eng yaxshi yo'l bu o'lim. O'lim seni hamma narsadan qutqara oladi
Men Koreyadagi eng baland binoning tepasida turar ekanman, oyoqlarim pastga tushishini hohlardim. O'lgim kelardi, lekin nimadir meni to'xtatib turdi, ko'zimda chiqayotgan bu yosh huddi uzimdek pastga qulashini hohlayman, shu yerdan uzimni tashlasam do'zaxga tushamanmi, yoki jannatga buni hech kim bilmaydi, ammo bir narsani bilamanki men bu hayotda umuman yashagim kelmayapti, men o'lsam ham kim mendan tashvish qiladi ota onammi? Yo'q hech kim hatto yo'qlamaydi, shunday ekan Koreyada bir kishi o'lsa ham hech kimning ishi bo'lmaydi
Men oyoqlarimni yaqin olib kela boshladim. Bino juda baland edi, ko'z yoshim tomchisi pastga tushib ketib ko'rinib bo'lmas darajada yo'q bo'lib ketdi. Men ham shunday yo'q bo'lib ketaman menimcha, uzimni qo'lga olib o'ng Oyog'imni oldinga cho'zdim va uzimni tashladim. Qiziq yerga o'qdan ham tez tushishim kerak edi ammo vaqt sekin o'tib osmonga qaragancha sekin va oxirta yerga tushayotganimni his qildim...... Shu payt jim jit lik bo'lib qoldi Nima men o'ldimmi?
^^^^^^^^^^
NARIGI OLAM O'RTASIDA OLAM O'LIM FARISHTALARI BOSHQARMASI.......
Boshqarma ichida 222 ta o'lim farishtasi o'z ishi bilan mashhur edi. Biri shu yilgi o'lgan odamlar ro'yxatini tuzmoqda, yana biri esa qanotlarini tekshirib uchib ko'rardi. Shular orasida bir o'lim farishtasi bir kishini bugun o'lishi mumkin emas degan favqulodda chaqiruv oldi. U darhol maxsus bo'limga borib kelishgan va hammadan ajralib turadigan o'lim farishtasi oldiga keldi
~Jhope yomon xabar~qo'lida qog'oz bilan kirib kelib
Ustida kiymi yo'q bu o'lim farishtasi maxsus jihozlar bilan qanotlarini mashq qildirardi, uning kuchga to'lgan muskullari esa yaqqol ko'zga tashlanib turardi
~yana nima bo'ldi? ~mato bilan tanasini artib
~yana bugun qayt etilmagan o'lim belgilandi~unga qog'ozni ko'rsatib
~xo'sh, bu kim bo'ldi? Ismi Miseo 22 yosh......hmmm hali yosh ekan nega o'lishni istadi o'zi?~qog'ozni berib
~u o'z hayotidan juda charchagan bu o'lishni juda ham istagan inson, lekin taqdir varaqalaridan uni bugun o'lishi qayt etilmagan
~nega bu insonlar kuchsiz bo'lib qolishsa darhol o'limga yopishib olishadi?~suv ichib~shunaqa insonlarni yomon ko'raman, o'zi shundoq ham ishim ko'p edi, endi esa bu muammo~yuzini burishtirib
~bunday ish bilan faqat sen shug'ullanasan, boshqalar buni uddalay olishmaydi
~ha ha buni aytmasang ham, o'lim farishtalari insonlarni o'limi uchun javob berishi kerak lekin men huddi qutqaruvchi farishtaga aylanib qolganman, o'limi belgilanmagan insonlarni qutqaraman jin ursin...... ~tupurib
~senda 5 saot vaqt bo'ladi, ishni bugun boshlashing kerak! ~jiddiy so'zlar bilan
~yaxshi hozir kiyinib olay, yo'lga chiqaman~kiyimlarini kiya boshlab
O'lim farishtasi chiqib ketdi. Jhope esa kiyimlarini kiyib bo'lib, tashqariga chiqdi va uzun, katta qora rangli qanotlarini yoydi, uning ustidagi bejirim ko'zga tashlanadigan kastumi va galstuki ko'zni qamashtiradigan darajada ko'rinardi. Jhope sochlarini qo'li bilan orqaga qilib, yorug'lik osmonida to'g'ri yerga tusha boshladi
U yerga qanotlari bilan tushar ekan, to'g'ri Minseo qulayotgan joyni ko'rib uni qutqarish uchun qanotlarini juda keng tarzda yoydi. Hali ham pastga qulashga ulgurmagan Minseo ko'zlarini ochganida uni osmondan juda katta qanotli kimdir kelayotganini ko'rdi. Jhope Minseoni ushlab oldi, Miseo esa ko'zlarini yumib olgandi
Minseo pov/
Men qulayotgan paytimda jim jitlik bo'lib qoldi ko'zlarim yumilganiga hech narsani ko'rmadim ammo osmondan juda katta qanotlarini ko'rdim, u meni qo'limdan ushlab oldi, oxiri taslim bo'lib yoshdan qotib qolgan ko'zlarimni ochdim, meni ko'tarib turgan qanotli odam osmonda mualliq turardi, u meni o'sha sakragan binoyimga olib chiqdi va yerga qo'ydi. Bu yana kim bo'ldi? Nima uning qanoti bormi? U qushmi? Lekin ko'rishidan odamga o'xshardi, ko'zlarimni yana yumib olib sekin ochdim va o'sha qanotli notanish odamning yog'on ovozini eshittim
~Han Minseo taqdirida hali o'lim vaqti yozilmagan inson bolasi
U juda mayin ovozda gapirardi. Oxiri ko'zlarimni sekin ochganimda qarshimda katta qanotli, kastum shimdagi, yuzlari kelishgan bir yigit turardi u kim ekani va meni nega qutqarib qolgani juda qiziq edi, u jiddiy ovoz bilan menga savol berdi
~Han Minseo nega o'zingizni o'ldirmoqchi bo'ldingiz? Hali bunga erta emasmi?~qo'llarini cho'ntagiga tiqib
~siz o'zi kimsiz? Nega meni qutqarib qoldingiz?
~oldin savolimga javob bering! Nega uzingizni o'ldirmoqchisiz? ~unga yaqin kelib
~shoshmang sizning qanotingiz bor buni o'zingiz ham sezyapsizmi? Avval kim ekanligingizni ayting~o'rnidan turib
U yengil tabassum qildi, ko'rinishi menga iblisni eslatib yubordi. Sekin qadam tashlab men tomonga kela boshladi, meni ichimda borgan sari qo'rquv uyg'ondi. U menga yaqinlashib yuzimga qaradi, uning ko'zlari qora rangda edi va juda vahimali
~men o'lim farishtasiman......~past ovozda
Men bu gapni eshitib hayron qoldim. Nahotki o'lim farishtalari mavjud bo'lsa, yoki men o'limim oldidan tush ko'ryapmanmi? O'zimni bir chimchilab ko'rdim, yo'q bu haqiqiy hayot ekan
~lekin o'lim farishtalari inson o'lganida paydo bo'lmaydimi?
~nima siz insonlar shunchalik past fikrlaysizmi? O'lim farishtalari inson o'limidan oldin u qachon o'lganini, nima uchun o'lganini va qaysi vaqtda o'lishi kerakligini belgilab olishadi, aynan siz bugun yani 9 chi avgustda o'lmasligingiz kerak
Men so'z topolmay qoldim, nima deyish kerakligini o'ylab qoldim. Shuncha o'lim farishtasi qaddini ko'tarib menga qarab turardi
~hullas Han Minseo sizni ajalingiz bugun emas shunday ekan boshqa o'zingizni o'ldirishni hayolingizga keltirmang yo'qsa yana menga duch kelasiz...... ~yomon qarab
U shunday deganida meni ichim jimirlab ketdi. U katta qora rangdagi qanotlarini yoyib yana osmonga uchib ketish payida edi men esa bunga yo'l qo'ymadim va uni qanotidan ushlab oldim.....
~nima qilyapsan? Meni qo'yib yubor inson bolasi....
~yo'q to'xta, men bir narsani bilishni istayman....
~senga qo'yib yubor dedim, men insonlarni qo'li tekkanini yomon ko'raman
~avval so'rab olay, men qachon o'laman taqdirimda qachon o'lish yozilgan? Shunga javob ber iltimos keyin seni qo'yib yuboraman
U jahl qilib, qanotini mendan tortib oldi va uchishga kirishib ketdi. Qo'limda hech narsasiz qoldim ammo uni uchun ketishiga yo'l qo'yman uning qora qanoti patidan yulib oldim,
~aysh bu nimasi? ~pastga tushib
~savolimga javob ber! Bo'lmasa patingni qaytarib bermayman
~sen.......Lanati nega bunday qilding? Meni qanotimdan yulishga qanday hadding sog'diiii inson bolasi~jahl ovoz bilan
~ufff juda ko'p gapirar ekansan men Han Minseoman hammadan aqilli tarjimon sening pating kerak bo'lsa savolimga javob ber! ~patni qo'lida o'ynatib
~buni men hal qilmayman, jin ursin hali hech qaysi inson menga bunda qilmagan edi.....
~unda men birinchisi ekanman, kim biladi buni meni o'lishimga yo'l qo'ymading endi javob berasan o'lim farishtasi
~patni qaytar, bu savollingga men javob berolmayman, chunki men buni hal qilmayman......qani qaytar!~qo'lini cho'zib
~yo'q bermayman, kim bilishini ayt!
~jin ursin ayshshsh men o'lim farishtasiman menga buyruq berolmaysan
~mmm unda mayli yaxshi qol.......men hozir pastga tushamanda patni uyimga olib ketaman~yuzni burib
Men o'zimcha, unga yuzimni burib, qayrilib kettim, u esa orqamdan qolmasdi
~hoyyy inson bolasi to'xta! Inson qo'liga o'lim farishtasining narsasi tushligi kerak, buning uchun qattiq jazo beriladi
~unda jazoni olaver~yo'lida davom etib
U jahl qilib mendan patini ololmagach, qanotini yoyib osmonga uchib ketdi. Endi nima qilaman, hmmm u keta olmaydi, aytiku, inson qo'liga O'lim farishtasini biror narsasi tushib qolsa og'ir jazo bor deb, u qaytib keladi albatta. Men pastga tushib, shaharga qaytdim Qo'limda esa o'lim farishtasining qora pati turardi. Uni uyimga olib kettim
^^^^^^
~aysh jin ursin......~baqirib
~ha nima bo'ldi nega bo'limmani boshingga ko'tarib baqiryapsan?
~bu Lanati qiz, men chu tushirdi.......nega u bugun o'la qolmaydi. Kimsan o'lim farishtasiga buyruq bera oladi
~hoy tushuntiribroq gapirsangchi nima bo'ldi o'zi? Kim haqida gapiryapsan?
~Han Minseo haqida~baland ovoz bilan
~ana u bugun o'lishi kerak bo'lmagan qizmi?
~ha o'sha, u meni qanotimdan ushlab patimni yulib oldi jin ursin......
~hoy sekinroq gapir, eshitib qolishlari mumkin.....
~rostanmi? Unga qanotingni ushlashga yo'l qo'ydingmi? O'lim farishtalarining biror narsani inson bolasida qolsa nima bo'lishini bilasanku?
~ha bilaman Suga.......ular qattiq jazolanadi
~jazolanish ham gapmi, Do'zaxga yuborilishing mumkin axir? Nega undan qaytarib olmading?
~u bermayman deb turib oldi, shunday shaytonga o'xshash qiz nega o'zini o'ldirmoqchi bo'ldi? Yana meni patimni ham yulib oldi Lanati!!
~seni 4 saot vaqting qoldi, agar shu vaqtgacha patingni qaytarib ololmasang, ssn do'zaxga ketasan Jhope buni tushunyapsanmi?
~ha bilaman lekin 4 saot vaqt menga yetmaydi, u qiz juda o'jar edi, patimni qanday olaman?
~uni qo'rqit, yoki xotirasini o'chirib tashla....
~uni qo'rqitib bo'lganida hozirdan shu ishni qilgan bo'lardim, xotirasini o'chirsam ham yana bitta qoidani buzgan bulaman bu faqat xavfli vaziyatda qilinadi aysh hech qanday chora topolmayapman jin ursin......
~ha bu gaping ham to'g'ri, yo'q shoshma menda bitta fikr bor~xonasidan mard qidirib
~nima qilyapsan? Rostan chorasi bormi?
~u shu yerda bo'lishi kerak haa mana topdim~qo'lidagi yonuvchi sehrli tayoqni ko'rsatib
~bu nima? Sehr ishlatmoqchimisan?
~ha, ozgina ishlatsak hech nima qilmaydi. Katta muammoingni hal qilishni hohlaysanmi uzi?
~ha hohlayman, mayli sinab ko'ramiz, xo'sh bu nima qilib menga yordam bera oladi?~Sugaga yaqin kelib, sehrli tayoqqa qarab
~bu sehrli tayoq insonlar orasiga tushib, seni huddi insondek bo'lishingga yordam beradi. Bizda bo'lgan o'sha 4 saotni bu 1 oy qilib bera oladi
~shoshma shoshma, hozir men insonlar orasiga tushib huddi insondek bo'lishim kerakmi?
~sal shunaqaroq, lekin senda bo'lgan hech narsa o'zgarmaydi, qanotlaring uzingda turadi, faqat kerak bo'lmagan vaqtda ular orqangda yashirinib turishi mumkin. Sen hali ham o'lim farishtasi bo'lib qolasan faqat insonlar orasida
~bu juda qiyin masala, eng nafratlanadigan insonlarni orasida qanday yashay olaman, aysh......shu ishni qilishim shartmi?
~do'zaxga tushishni hohlaysanmi?
~unda norozilik bildirma, xo'sh sen odamlar orasiga tushishdan oldin, sehrli tayoqqa bir tomchi qoningdan tomiz keyin u o'z kuchini ko'rsatadi
Jhope Suga aytgandek tashqariga chiqdi. Uni hech kim ko'rmasligi uchun yashirincha qilishi kerak edi. Suga oldida o'tirar ekan ish berishiga umid qilardi. Jhope pichoqni bir qo'liga olib, boshqa qo'liga sehrli tayoqni ushlab o'tirardi. U qo'lini ozgina kesib uzidan chiqqan qizil qonni sehrli tayoqqa tomozdi, u qon tekkanidan uziga yutib, porlay boshladi
~ana ish berdi, Jhope unutma 1 oy vaqting bor shu vaqt ichida patingni qaytarib ol!
~ha buni bilaman, men yo'qligimni bildirmay tur senga aloqaga chiqaman
~yaxshi senga ishonaman~Jhopega qo'l berib
Suga do'stiga ishonib, unga dalda berdi. Jhope insonlar orasiga tushishga tayyor edi, sehrli tayoq juda yorqin nur taratib, hamma yerni yorug'lik qoplab oldi. Bir zum yorug'lik so'ngach Jhope yo'q bo'lib ketdi.
^^^^^^
Miseo pov/
Uyimga kelganimdan keyin, yana hammasi boshlandi. Eshigim tagiga "ijara pulini bermasang seni haydab yuboraman" degan qog'ozni ko'rib kayfiyatim tushib ketdi. Uzi ishdan bo'shatishgan bo'lsa, bitta tuxmat uchun meni bo'shatib yuborishdi, sekin uyimga kirib tartibsiz yotgan xonimni yig'ishtirgim ham kelmadi, bir necha daqiqa oldin bir o'limdan qoldim balki hozir bu yerda ham bo'lmasligim mumkin edi.
Qo'limda o'sha meni qutqargan o'lim farishtasining pati turar ekan unga qarab turib hayol surib qoldim. Nega u bunchalik chiroyli o'lim farishtasi ham shunaqa edi? Agar savolimga javob berganida unday qilmagan bo'larmidim, o'rnimdan turib katta shisha qutuchamga uni solib quydim agar pati kerak bo'lsa albatta keladi. Meni o'lishimga yo'l qo'ymadi axir.......
Kiyimlarimni almashtirib bo'lib o'zimga sharbat qildim va notebookimni ochib ish topishga harakat qildim. Ijtimoiy tarmoqda ishlar juda ko'p lekin uni qay birini tanlashni bilmaysan, men tarjimon bo'lganim uchun ko'proq ingliz tildagi ishlarni ko'raman va oxiri uzimga mos bo'lgan ishni topdim. Bir aktyor uziga tarjimon qidirib yurganini ko'rdim va dahol uni ichiga kirib uzimni qabul ga yozdirtirdim. Bu ishim ham tezroq hal bo'lsaydi
Notebookka ko'p qaragim uchun ko'zlarim charchab qoldi va shu payt telefonimga xabar keldi. Bu mening sevgan yigitimdan ekan u xabarda "meni kechir sen bilan birga bo'la olmayman, bilaman hafa bulding lekin hech qachon taslim bo'lma" deb yozgan ekan. Men bu xabarni o'qir ekanman hech narsani his qilmadim, uning menga qilgan xiyonati ko'z oldimdan o'tib ketdi. Telefonimni o'chirdm va yana yonib qolganida u bilan birga tushgan rasmimiz ko'rinardi. Ana endi ko'zimga yosh keldi. Ochib hamma u bilan tushgan rasmlarimni o'chirib tashladim
Bu men uchun qiyin edi, lekin shunday qilishga majbur edim. Yig'i aralash turganimda kimdir ning ovozi keldi
~mening narsamni o'g'irlab olib, mazza qilib sharbat ichyapsanmi?~qo'llarini chalishtirib
~ha men, seni oldingga kelishimni bilarding to'g'rimi?
~mmm ha bilardim lekin bunchalik tez kelasan deb o'ylamagandim, ha aytgancha qanoting qani? Kesib tashladingmi?
~aqldan ozganmisan? Ular orqamda yashirilgan......gapni chaynamasdan menga tegishli bo'lgan patimni qaytarib ber!
~o'ylab qarasam u juda chiroyli ekan uzimda olib qolmoqchiman, bir o'limdan qolganim uchun meni qutqarib qolgan o'lim farishtasidan estalik buladi
~nima? Aysh......sen kim bilan o'yin qilayotganingni bilasanmi?
~ha bilaman uyimga bostirib kirgan o'lim farishtasi bilan agar qo'lingdan kelsa patingni mendan qaytarib ol!
๐๐๐๐๐๐ ๐๐๐.......
๐๐๐ ๐๐๐๐๐๐ ๐๐๐๐๐ ๐๐๐๐๐๐๐๐ ๐ ๐๐๐ ๐๐