June 4, 2025

Ikki qorong'ulik o'rtasida (ep.11)

Qishloq aholisi bunday katta fojiani guvohi bo'lgach, hech kim o'rmonga qadam bosmadi. Daraxtlarni kesishni ham to'xtatishdi Jungkook bilan bitimdan so'ng hech qaysi ovchi o'rmonga qaytib kelishmadi

Erta tong

Rina ko'zlarini ochib, yonida Jungkook yotganini ko'rdi. Uni turg'azmoqchi bo'lib tanasidagi yaralarga ko'zi tushdi.

Rina pov: yo hudoyimm unga nima bo'ldi? Kecha meni deb shu ahvolga tushdimi? Kecha o'zi nima bo'ldi men olovga sakradim so'ng Jungkook meni....

Shu payt o'rnidan turib Rinani qo'llaridan ushlab olgan Jungkook uni o'ziga tortib mahkam quchoqlab oldi. Bundan Rina cho'chib ketdi

Jk: meni vampir sevgilim uyg'ondingmi?

Rina: hoy nima qilyapsiz?

Jk: iltimos o'rningdan turma men seni ko'proq hohlaymay

Rina: kecha o'zi nima bo'ldi? Biz olov ichida qolib ketgan edik

Jk: buni eslamaylik

Rina: men bilishni hohlayman

Jungkook Rinani o'ziga qaratib, lablarini unga tekizdi

Jk: meni sevasanmi?

Rina bunday to'satdan bo'lgan narsadan o'zini noqulay sezib, Jungkook dan qochmoqchi bo'ldi. Ammo Jungkook uni qo'yib yubormadi va uni ko'zlariga tikilib bo'sa oldi. Rina bu bo'saga javob qaytargach undan uzoqlashdi

Jk: nega mendan qochyapsan Rina?

Rina: nima?

Jk: o'sha kuni nega g'ordan qochib ketting bo'rilar senga ziyon yetkazdimi yoki?

Rina: sizga eslolmayapman dedimku?

Jk: hop yaxshi bu esingga tushsa darhol menga ayt!

Rina: hop. Siz esa menga hali ham tushuntirib bermadingiz. Kecha nimalar bo'lganini

Jk: buni bilib nima qilasan? Meni kecha qutqargani kelganingda qanday sendan havotir olganimni bilasanmi o'zi?

Rina: men yolg'iz emas edim. Yonimda ovchi Eun woo bor edi

Jk: nima? Seni o'g'irlab ketgan o'sha yaramas ovchimi?

Rina: ha ular yaxshi insonlar Jungkook. Men yaralandim Eun woo meni qutqarib qoldi

Jk: qanday bo'ldi bu holat menga hammasini aytib ber! Agar aytmasang seni qo'yib yubormayman

Jungkook Rinani belidan ushlab uni qo'yib yubormadi

Rina: hoy sekinroq bu qiliqlaringiz menga yoqmayapti?

Jk: seni shunday ushlab turaman va kechagi voqealarni hammasini menga aytib berasan

Rina: mayli yaxshi faqat bitta shartim bor

Jk: qanaqa?

Rina: aytganimdan so'ng Eun woo bilan Sunaga tegmaslikka vada berasiz!

Jk: yaxshi

Rina o'sha kuni Eun woo uni qutqarib qolib, yordam berganini va kecha ham unga kamon dan o'q uzib yordam berganini hamma hammasini aytib berdi. Jungkook bularni eshitib ishonmadi.

Jk: negadir ovchiga ishonmayapman

Rina: men rost aytyapman

Jk: hop mayli ishondik ham deylik. Baribir u ovchi. Ovchilardan yaxshilik kutmaslik kerak

Rina Jungkook ni ustida yotar ekan, unga qarab qo'yardi

Rina: sizning tananingiz, kuyib ketibdi

Jk: ha kecha bir o'limdan qoldim axir. Seni chi hech qayering kuymadimi?

Rina: yo'q, men yaxshiman. Kecha juda ko'p o'q yegan edim. Negadir buni sezmadim huddi mahluqdek harakat qildim

Jk: shoshma bo'yningdagi qo'l izlarimi?

Rina: qo'l izlari?

Jk: ha bo'yning qizarib ketgan. Seni kimdir bog'dimi?

Rina: rostanmi? Men bunga etibor bermagan edim

Jk: tezroq hotirang qaytsin yo'qsa, o'zim bunga majbur qilaman

Rina: meni qo'rqitishni bas qiling men kettim

Rina Jungkookning ustidan tushib, o'rnidan turdi

Jk: qayerga?

Rina: daryo bo'yiga kiymimni to'g'irlab kelsam maylimi?

Jk: hop boraver faqat qachib ketma

Rina hop ishorasini qilib, tashariga chiqdi. Yorug'lik uning ko'zlarini qamashtirdi. Daryo oldiga yalang oyoq kelgan Rina suvga qo'lini tiqib yuzini yuvdi, biroz o'ziga kelib olgach kiymini to'g'irlab oldi

Rina pov: aysh kechagi olovda kiymini dabdala bo'lib ketibdi. Kecha o'zi olovga sakraganimdan so'ng Jungkook meni u yerdan olib chiqdimi?

Rina ustidagi kiyimi to'g'iray yotib yaralarini ko'rib qo'ldi. Suvning aksida qon bo'lgan barcha joylarini tozaladi

>>>>>>>>>

Eun woo o'q otib ovchilardan ancha paytgacha o'rmon oralab qochdi. Ovchilar uni taqib qilishdi so'ng bir joyga yashirinib uyiga kelib bo'lgach, Suna buni ko'rib Eun woo ga tarmashib ketdi

Suna: Eun woo ahvolingiz yaxshimi?

Eun woo: ha yaxshiman ovchilar dan yashirinib qochib kelyapman

Suna: bu yerga o'tiring hozir suv olib kelaman

Suna Eun woo ga suvni berin yoniga o'tirib oldi. Suvni bir nafasdayoq ichib qo'ygan Eun woo hali ham zo'rg'a nafas olardi

Eun woo: Suna yana suv olib kel!

Suvni qo'liga bergach, uni yana ichib oldi

Suna: nima bo'ldi o'zi? Rina vampir ni qutqara oldimi?

Eun woo: ha unga yordam berdim. Ammo kasriga o'zim qoldim. Rinani jahli chiqsa mumam odamga yoki vampirga o'xshamas ekan

Suna: u yana vampirga aylandimi?

Eun woo: ha yo'lida chiqqan barcha ovchilarni o'ldirib tashaladi.

Suna: ish qilib uni qutqardimi?

Eun woo: uni oldiga borib olov ichiga kirdi. So'ng o'sha vampir Rinani ko'tarib olib chiqdi. Uni yerga qo'yib, barcha ovchilarni vaxshiylarcha qonini ichdi

Suna: yo hudoyimm Rinachi?

Eun woo: Rina hushsiz edi. Vampir uni ko'tarib olib ketdi

Suna: uni yana qiynamas ekanmi?

Eun woo: men qayerdan bilaman Suna. Bo'ldi bu haqida ortiq gaplashmaylik, men unga keraklicha yordam berdim

Suna: ha aytgancha negadir ovchilar ko'rinmay ketishdi. O'rmonga narsa tergan borganimda hech qanaqaqangga ovchini ko'rmadim

Eun woo: hech kim yo'q demoqchimisan?

Suna: ha o'rmonning hamma yeri jimjidlik

Eun woo: buyog'i qiziq bo'ldiyu. Ayy meni yelkan og'riyapti. Bu yoqqa kel uni uqalab qo'yishing kerak

Suna: qani bu yoqqa qarangchi

Eun woo ni yelkasi ko'karib ketgan edi.

Suna: oho qayerga urib oldingiz ko'karib ketgan

Eun woo: aysh bilmayman

Suna mato ho'llab Eun woo yelkasiga mahkam bosdi. Bu og'riqli bo'lsa ham Eun woo ni chidab o'tirdi

>>>>>>>>>

Rinani oldiga Jungkook chiqib, uni yaralarini yuvayotganiga qarab termulib o'tirdi

Jk pov: yaqinda eng katta qizil oy kechasi bo'ladi. Sendagi qonni olishim kerak, vampir Lanati kuchayib boryapti bu lanatdan qurulishimga yana ozgina qoldi. Keyin men sen bilan birga yashayman Rina! Ungacha sen vampir bo'lmasliging kerak

Rina daryo oldida o'tirganida kechagi hodisani o'yladi va birdan boshi chars etib og'ridi. U boshini ushlab qoldi

Rina: ayy bu nima edi?

Rinani ko'z o'ngida ota onasi, qanday o'lgani esiga tushdi. Yoshligidagi o'ynab kulganini, onasi uni har doim oldida bo'lganini, dadasi uyga har kuni janjal qilib kelganini va o'sha kuni katta janjal bo'lib, Rinani otasini ovchilar yoqib yuborishganini onasini ham o'ldirishgani hammasi uni esiga tushdi. Hotiralari qayta boshladi

Rina pov: axxx bu bu bo'lishi mumkin emas! Mening ota onam. Ularni odamlar o'ldirgan ekanda. Otam vampirmi? Men ham unda vampirmanmi?

Jungkook uzoqdan Rinaga nima bo'layotganini tushunmay oldiga borib uni orqasidan keldi

Jk: hoy Rina nimalar qilyapsan? Boshing og'riyaptimi?

Rina: menga yaqinlashmang!

Jk: nima?

Rina baqirib: MENGA YAQIN KELMANG DEDIM

Jk: nima bo'ldi?

Rina: siz meni shuning uchun olib kelganmidingiz?

Jk: nimalar deyapsan Rina?

Rina: men vampirning qiziman to'g'rimi? Otam vampir bo'lgan siz meni shu vaqtgacha saqlab keldingiz. Men aslida vampir manmi? Bu bo'lishi mumkin emas yo'qq!!

Rina boshini ura ketdi. Jungkook uni buday qilig'idan uni tinchlantirmoqchi bo'ldi

Jk: hoy nima qilyapsan. Tinchlan Rina!

Rina: men shu paytgacha aldanib keldimmi a? Sizdan har kuni so'rar edim Siz javob ham bermas edingiz. Men vampirning qizi ekanimni nega menga aytmadingiz??

Jk: senga aytsam nimadir o'zgarar edimi a? To'g'ri otang eng vaxshiy vampirlardan edi. Undagi qon yagona vampir Lanatini o'ldiruvchi bo'lgani sababli uni taqib qilishar edi.

Rina: menga hammasini ayting...... Hoziroq

Jk: avval tinchlan keyin aytaman

Rina: meni nega olib kelgan siz ayting tezz!!

Jk: chunki sen ham vampirsan otangni ovchilari yoqib yuborishgach men uni qizi borligini eshitib qoldim. O'sha kecha seni daraxt kovagiga yashirib ketgan oying uni ham ovchilar o'ldirishdi. Seni ham yoqib yuborishmoqchi bo'lganida men seni olib ketdim. Chunki senda otangni qoni bor edi

Rina yig'lamsirab: shuning uchun meni qiynab qonimni ichar ekansiz da? Mening ota onam ularni odamlar o'ldirishganiga ishona olmayman. Nega meni olib keldingiz?? Nega o'sha yerda o'lib ketishim ga yo'l qo'ymadingiz men ham o'lishim kerak edi. Ota onam o'lsa menga hayotni nima qizig'i bor. Nega olib keldingiz Jungkook??

Rina bor alami bilan yig'lab yuragiga urdi. Jungkook uni quchoqlab oldi.

Jk: men seni Lanatdan qutilish uchun qoning kerakli uchun olib kelgan edim. Ammo seni ahvoling yomonlashib bordi. Sen har gal qochib ketganingda seni qidirar edim. Chunki men seni sevib qoldim Rina!

Rina yig'lab: yo'q, men vampir emasman. Vampir bo'lishni istamayman

Jk: bu seni qo'lingda emas

Rina yig'inda to'xtab, Jungkookni quchog'idan o'zini olib, o'rnidan turdi

Rina: siz meni sevsangiz men sizni sevmayman. Ortiq siz bilan qolishdi istamayman men insonman siz bilan qolsam vampirga aylanyapman. Men buni hohlamayman. Bugundan menga yaqinlashmang

Jk: hoy Rina aqldan ozingmi?

Rina: kerak bo'lsa ha....
Sizni ortiq ko'rishni hohlamayman

Rina narsalarini olib, u yerdan ketdi.

Jk: hoy ortingga qayt!

Rina orqasiga qaramadi va yo'lida davom etdi

Jk pov:bunday bo'lshi kerak emas edi. Rinani hotiralari ular nega qaytdi

Jungkook endigina Rinani orasidan borayotganida. To'satdan Jimin kelib qolib. Rinani ushlab oldi

Jm: salom qizaloq meni sog'inib qoldingmi?

Rina: sen!!

Jm: ha men, seni o'ldirgan edimku qanday tirilding

Jk: jimin bu yerda nima qilyapsan?

Jm: oo salom do'stim Jungkook. Men shunchaki seni energiya manbayingni qayta o'ldirgani keldim

Jk: nima?

Jimin Rinani qo'lidan ushlab o'ziga tortdi va bo'g'ziga tirnoqlarini tiradi. Qo'rqib ketgan Rina, qarshilik qildi, ammo Jimin uni qattiq ushlab olgan edi

Jk: hoy nima qilyapsan ahmoq uni qo'yib yubor

Jm: nima qo'yib yuborishim kerakmi a Rina?

Rina: ayyyy sen aqldan ozgansan meni qo'yib yubor

Rina tipirchilab, qarshilik qildi Jimin uni bo'g'ziga battar tirnoqlarini tiqdi

Jm:tsh tsh jim bo'l! Meni yuzimni tishlab olganingni hali unutmadim

Rina: axxxx

Jk: Jimin hozir qo'llaringni sindirib olaman unga tegma nega bunday qilyapsan?

Jm: meni yuzimni ko'rdingmi? Uni manavi sevgiling qildi. Endi ikkingiz ham bunga javob bersasiz. Men seni deb qancha yaralandim. Biror marta menga etibor beridingmi a Jungkook. Yo'q sen unday qilmading sen faqat o'zingni o'ylaysan! Bu qizni olib ketib o'ldirgan edim. Lekin uni qanday tiriltiribsan bo'lmadimu ammo hozir uni yana o'ldiraman

Rina: Jungkook!!!

Jk: hoy shoshma unday qilma yaramas ablax. Seni do'stim der edim agar unga ziyon yetkazsang seni o'zim o'ldiraman.

Jungkook ularni oldiga yaqin bordi

Jm: yo'q yaqinlashma. Meni o'ldirsang men uni o'ldiraman

Jungkook to'xtab qolib, Rinaga ko'zlarini qaratdi.

Jk pov: Rina ishora berishim bilan undan uzoqlash

Rina Jungkook ni gaplarini hayolan eshitdi.

Rina pov: hop yaxshi

Jk: menga qara Jimin hozir g'azabdasan sen dam o'lishing kerak. Tinchgina uni qo'yib yubor

Jm Rinani bo'ynidan tirnoqlarini o'tkazib uni azobladi.

Rina: bas qil!!

Jm: avval tis cho'qib, mendan kechirim so'ra!

Jk: nega?

Jm: aytganimni qil!

Jk: yaxshi yaxshi faqat tinchlan

U tizzasini pasga qo'ydi buni ko'rgan Jimin aqldan ozgandek Jungkook ni ustidan kuldi

Jm: ha ha ha ha bu vampirni ahvolini qarang
Endi boshing bilan bu ishni qil!

Jk: balki kerakli emasdir

Jm: hohlamaysanmi?

Jimin Rinani chap qismiga boshqa tirnoqlarini suqib oldi. Rina og'riqni his qilib baqira ketdi

Rina: ayshshsh

Jk: hop hop yaxshi uni azoblama

Jm: qani bo'll!!

Jungkook qo'lini yerga qo'yib endigina boshini egayotganida, Rinaga ishora berdi. Rina uni tushunib Jiminni qo'lini tishlab oldi. Jimin og'riqdan baqirib qizni qo'lidan chiqardi. Jungkook esa bu vaziyatdan foydalanib, Jimin tarafga yugurdi va uni yerga yiqitib yuziga urdi

Jm: aysh......

Jk: sen hohlagan narsa bo'lmaydi

Uni yuzlari qonamaguncha Jungkook urunishda davom etdi.

Jk: meni Rinamga seni tegishga nima haqqing bor!!

Jimin telbalarga Jungkook ni ustidan kuldi

Jm: ha ha meni urib mazza qilyapsanmi a? Qani ur! Men baribir o'lmayman

Jk: sen rostan mahluqqa aylanibsan, jin ursin seni.....

Jungkook uni urishda davom etdi. Jimin zarbalarni qabul qilib shu payt Jungkook ni qo'lidan ushlab qoldi va uni itarib yubordi

Jm: axxxx tfuu har bitta qonim seni deb to'kilyapti

Jk: nega taslim bo'lmas a?

Jm: men o'lmayman dedim va sen o'ldira o'lamaysan

Ikki vampir yana bir birlarini urushga o'tib ketishdi. Bularni chekkada kuzatib turgan Rina, belidan qon oqayotgan edi.

Rina: ayyy Lanati!!

Jimin Jungkook ni qo'lidan tishlab oldi. Jungkook esa uni qorniga urdi. Ikkisi ham bir birini o'lgudek urdi. Holdan to'ygan Jimin taslim bo'lgisi kelmay, yana hujmga o'tdi

Bu safar uni ko'zlari qizil rangga kirib vaxshiy vampir darajasiga yetdi va Jungkook ni daraxt oldiga qisib qo'ydi.

Jk: mmm ayy bas qil Jimin!!

Jm: men endi to'xtalmayman, hammangni o'ldiraman!!!

Bo'ynidan tishlamoqchi bo'lgan Jimin Jungkook ni battarroq qisdi. Ming azobda qo'llarini qimirlata olmayotgan Jk bunga harakat qildi. Rina oyoqqa turib, uni ham ko'zlari qizarib ketdi. Vampir tishlari chiqib, ular tarafga yura boshladi va Jiminni yelkasidan ushlab uni o'ziga tortdi

Shunchalik qattiq tortdiki, Jiminni yelkasi uzulib tushayotgandek bo'ldi.

Jm: aysh meni qo'yib yubor!!

Rina: bekor qilding!!

Rina uni bo'ynidan vaxshiylarcha tishlab qonini ichdi. Jimin dod solib baqirdi

Jm: vaxxx mendan yo'qoll!!!

Rina to'xtamas edi, Jungkook uni o'ziga tortib, olshga urindi

Jk: Rina bo'ldi!!

Jk Rinani o'ziga tortib oldi Yelkasini yarimini uzib olgan Rina og'zi qon holida edi. Jimin bo'lsa, bunga chiday olmay, baqirdi

Rina: meni qo'yib yuboringgg, menga qon kerak!! Hozir faqat qon istayman

Jk: bo'ldi!! Uni o'ldirish shart emas. O'zingni qo'lga ol!!

Jm o'rdan turib: senlar meni o'ldirmoqchi bo'lding hammangga Lanatlar bo'lsin!!!

Jimin chala ahvol u yerdan ketdi. Hali ham o'ziga kelolmayotgan Rina tinchlana olmadi. Uni ushlab o'tirgan Jungkook qattiq ushlab turdi.

Jk: bo'ldi tinchlan Rina hammasi yaxshi tinchlan

Rina: axx bu og'rityapdi. U meni o'ldirmoqchi bo'lgandi men ham uni o'ldirishim kerak edi. Meni nega ushlab qoldingiz??

Jk: u aqldan ozgan. Sen unga katta jarohat ketkazding, endi uni yaralari tiklanmaydi. Vampir ni vampir tishlab olsa u jarohat ketmaydi. Endi bo'lsa bo'ldi qil!! U ketdi sen ham yaralanding bo'ldi axir

Rina: menii vampir bo'lishni istamayman. Meni o'ldirding Jungkook buni istamayman

Jk: seni o'ldira olmaymanku o'zingga kel Rina!

Rina Jungkook ni bag'rida yig'lab, uni ko'ksiga ura ketdi. Oradan yarim soat o'tgach Rina ko'zlarini yumib uhlab qoldi Jungkook uni o'z joyiga olib keldi

Jk: sen azoblanyapsan jin ursin endi men nima qilishim kerak?? O'zimni qutqaraymi yoki seni?? Bunchalik tez bo'ladi deb o'ylamagan edim. Sen vampir emas haqiqiy mahluqqa aylanyapsan. Aysh nega bunday bo'lyapti!

Jungkook boshini ushlab har tarafda aylanib asabiylashdi. Rina ni ahvoli juda yomon darajada edi. U umuman vampir dek harakat qilmasligiga guvoh bo'lgan Jungkook undan havotir olib, qo'llarini ushladi va yuzidan o'pib qo'ydi

Uhlab yotgan Rina hech narsani his bilmay yotardi. Chunki u juda ko'p energiya sarfladi.

Jk: men seni sevaman.. Ammo sen o'zingda emassan endi nima qilaman Rina? Qoningni ichishim kerak mi yoki seni o'ldirishim kerak mi?

11 qism tugadi

Juda tasirlanib yozdim. Hatto yig'lagim ham keldi

Author:LEE SUNA
Kanal:BANGTAN TALES