January 30

๐™‡๐™Š๐™‘๐™€ย  ๐™„๐™‰๐™Ž๐™„๐˜ฟ๐™€ย  ๐™๐™ƒ๐™€ ๐™‘๐™„๐™Š๐™‡๐™€๐™‰๐˜พ๐™€ย  ||ย  4 ๐™š๐™ฅ๐™ค๐™จ๐™ž๐™™๐™š

4 bob (Do'zax maktab)

Suna pov/
Nega yam bu yerga keldim o'zi Hejin shunday qilishini bilardim, tinchgina olib kelgan narsalarimni shu yerga qo'yib ketsam bo'larkan, nega yam keldim qanidi meni kimdir qutqarib qolganida Hejin kiyim dazmolini yoqishlarini aytdi bu gapni eshitishim bilan qaltiray boshladim

Hejin: senga o'ynaaa dedim yaramas Kalamush!

U shunaqa qatta baqirdiki yuragim qinidan chiqib ketay dedi

Hejin: yo hudo, asabim Mina dazmolni yonimga olib kel!

Jk bir tomondan sojo ichib sigaret chakardi, Jin esa o'z nafsini o'ylab ovqat yeyish bilan ovora, Sora va Mina esa menga termulib qarab turishardi, Mina dazmolni olib keldi va uni Hejinga berdi

Hejin: buni ko'ryapsanmi Suna? Bu juda issiq qo'llaring kuyib bo'lgan endi oyog'ing ham kuyishini hohlayapsanmi? O'yna tushundingmi?

Suna: men istamayman....

Hejin: mayli buni uzing istading, uni yotqizing!

Suna: yo'q kerak emas iltimos

Mina va Sora meni ikki tomondan ushlab olib yotiqizishdi, men qo'llarining qimirlatib, Minani qo'lini tishlab oldim

Mina: ayyy jin ursin Lanati!!

Hejin: sen iflos!

Hejin yuzimga yana tarsaki tushurdi, men esa tipirchilashdan to'xtamasdim, Hejin dazmolini qo'liga olib oyog'imga sekin asta olib keldi, uning issig'ini terim shundoq sezib turardi

Suna: iltimos Hejin kerak emas meni qo'yib yuborsangchi!!

Hejin: hech qachon Suna avval raqs keyin esa seni qo'yib yuboraman jonginam

Men hech nima deya olmadim, o'z nomusimni to'qib raqs tushish bu men uchun eng og'ir ish edi, o'z jonimga ozor berishga majbur bo'ldim

Hejin dazmolni oyog'imga bosdi u juda issiq edi, issiqlik tanamga tegar ekan qattiq baqirdim, oyoqlarim huddi qaynoq suvga tushgandek bo'ldi, tanam qizib og'riq borgan sari kuchayib borardi, qo'llarim kuygani yetmagandek endi oyog'im, Hejin esa menga kulib qarardi, men unga nafrat ko'zlari bilan qaradim, agar qo'limdan kelganida uni yuzini kuydurardim lekin buni iloji yo'qda

Hejin: Suna senga yoqyaptimi? Oyog'ing qizarib ketdi axir.....

Suna: bas qil!

Hejin: qachonki raqs tushib bersang bas qilaman

Suna:.......

Men gapira olmay qoldim o'sha vaqti tilim aylanmay qoldi, na kulishimni va na qanday yig'lashimni bilardim, ularning menga qarab kulishi qulog'imga huddiki g'alati shovqindek eshtildi, Hejin 2 chi oyog'imga dazmolni bosdi jonim chiqib ketdi, uzi kuymagan bitta shu joyim qolgandi, oyog'im kuyar ekan issiq butun bir tanamni yondirib yuborayotgandi, men qattiq baqirardim lekin buni na foydasi bor edi qo'llarimni hatto qimirlata olmasdim

Chunki Mina va Sora meni ikki tomondan ushlab olgan edi va teppamdan kulishardi, shu tariqa Hejin oyog'im ning hamma yeri ni kuydirdi, tanamni umuman his qilmadim, huddiki olovga tushib qolgandek edim, ko'z yoshlarim ham issiq olovdek chiqardi, mening yig'lashimga kulib rohatlanayotgan Hejin va boshqalar ko'zimga mahluqdek ko'rindi

Suna

Hejin: bo'ldi bo'ldi bas, yana o'lib qolmasin, hali bizga juda ko'p kerak bo'ladi agar o'lib qolsa kimni yugurdak qilamiz to'g'rimi Suna?

Hejin dazmolni o'chirib chekkaga oldi va meni yuzimga yaqin kelib yig'lab turgan ko'zlarimga qaradi, uning qarashi huddi bir nimani do'ndirib qo'ygandek edi, men esa unga nafrat ko'zlari bilan qarardim

Hejin: yo hudo buni qarashini qaranglar~kulib

Mina: yig'lashiga o'laymi?~kamsitib

Hejin: hoy menga bunday qarashga qanday hadding sig'di? Sen hech kimsan shuni bilib qo'y, qo'lingdan hech narsa kelmaydi baribir, oyijoningga borib yig'lashing mumkin lekin u seni eshitarmikan a?

Suna: oyim haqida bunday gapirma!

Hejin: nima ham qila olarding?

Men jim edi lekin bu jim bo'lganim hali kelajakda asl manzarasini ko'rsatadi. Hejin to'g'riga o'tirib olib, sigaret chekishga tushib ketdi va meni olib chiqib qo'yishlarini aytdi

Hejin: Jungkook iltimos uni olib chiqib tashla undan kuygan hid kelyapti, bu esa menga yoqmaydi

Jk: albatta, qani bu yoqqa yurchi!

Jungkook yoqamdan ushlab meni tashqariga surab olib chiqdi, kalidorga chiqib qolgan ekanman, yig'lashdan to'xtamasdim, ular eshikni yopib baland musiqa qo'yishdi va raqs tushib ketishdi, men oyoqlarim kuyganidan zo'rg'a o'rnimdan turdim va sumkamni olib u yerdan kettim

Nima qilishni bilmasdim, qayerga boraman? Uyga borsam oyim kelma deb aytdi, biror qarindoshim ham yo'q, sinfdosh yoki do'srlarim ham yo'q kimnikiga boraman? Shu savollar meni qiynab tamom qilardi, nega men bunchalik omadisiz bo'lib tug'ilganman balki umuman tug'ilmasligim kerakmidi? Havo juda sovuq edi, qor ham yog'yapti men biror bino tomiga chiqdim liftga chiqib binoning eng baland joyiga chiqdim u yer oppoq qor edi, tomga chiqqanimdan so'ng, uning chetiga bordim, va tom chetiga chiqdim tepadan atrof shunaqa chiroyli ko'rinar ekanki, huddiki butun dunyo oyog'ing ostidadek bo'lardi, chuqur nafas oldim

Shu yerdan o'zimni tashlamoqchi edim, oyoqlarim pastga qarab yaqinlashib kelar ekan past juda baland ko'rindi ko'z yoshlarim pastga juda sekin tushdi demak juda baland, men biroz o'yladim bunday hayotda yashagandan ko'ra o'lganim yaxshimi yoki hammasini unutib yana Hejinni laycha iti bo'lishim kerakmi? Undan ko'ra o'lganim yaxshi emasmi? Men juda ko'p o'yladim va oxiri oyoqlarimni orqaga oldim

Bunaqasi ketmasdi, men o'lsam kim ularni dodini beradi kim ulardan o'chini oladi? Minji o'ldi, bu ishni esa Hejin qildi menda dalil bor lekin bu yetarli emasdi, men pastga tushdim tanam yana qichishni boshladi, kiymim ustidan qichittim lekin foydasi bo'lmadi, so'ng ustimdagi kastumimni yechib tashladim, koftamni ham yechdim qo'llarim qon bo'lib ketdi va qattiq qichishdi

Suna: jin ursin.......

Qo'llarim qichishi yetmagandek oyog'im ham qichidi, juda qattiq men yubkamni va paybog'imni yechib tashladim, tomda hech kim yo'q edi ichki kiyimlari bilan qolgach, tanam ni yana qichittim bu hol avvalgilariga qaraganda juda qattiq bo'ldi, oyog'im muzdek qorga tekgach biroz to'xtagandek tuyuldi

Men yerdan qor olib qo'llarim va oyoqlarimga surttim uning muzdek tafti qichitishni to'xtatdi, men yig'ladim va Shu yig'ilarim bilan qor ustida kiyimsiz yotib qoldim juda juda qattiq yig'ladim hatto tasavvur qila olmayman darajada balki shu qor biroz bo'lsa ham menga yordam berar

Suna shunaqa tasavvur qilamiz

****
Eun woo pov/
Boshimda ming hil hayollar nega Sunani bunchalik qiynashadi? U yomon qiz emasku? Yoki nimadir qilganmikan? Agar qilgan bo'lsa ham uni bunchalik ho'rlash bu no o'rin, shunday savollar meni miyyamni yeb bitirib tamom qilgandi, maktabdan qaytishda men qavha xonaga kirdim, huddi kimnidir kutgandek deraza oldiga o'tirib oldim, qor juda ko'p va katta katta bo'lib yog'ayotgandi, qavha xonada esa odam juda ko'p afensand qiz kelib mendan biror nima so'radi

~kechirasiz, biror nima istaysizmi?

Eun woo: ha achiqqina qahva olib kela olasizmi?

~ha albatta biroz kutib turing

Eun woo: hop yaxshi

Men qo'limga telefonimni olishim bilan instogramga kirdim va Hejin ning profiliga kirganimda u yerda faqat Suna bor edi va yana bir qiz, uning videolarini tomosha qildim, har bitta videoda Hejin Sunani nimadir ahvolga solgandi, uni ustiga ovqat to'kkan bemani ovqatlarni yedirgan, sochlaringa saqich yopishtirgan ustiga qavha to'kkan va yana shunga o'xshash videolar edi, Suna bu videolarning hech birida yig'lamagan nega? Yoki u buni istamaganmi? Nega u yig'lamagan? Bu savol miyyamga urildi

Qahva olib kelishgach, men bir xo'pladim u juda issiq edi, so'ng qahva xonaga Jungkook kirib keldi, boshida uni tanimadim keyin u 4 ta qahva sotib oldi, negadir u shubhali ko'rindi ko'zimga qahva ni olib ketib qoldi. U qayerga borarkan deb qiziqib orqasidan bordim, u tor ko'cha bo'ylab yurardi, so'ng 2 martta o'ngga qayrilib klubga kirib ketdi, demak u Hejin va boshqalar bilan klubga kelarkan

Meni yana qiziqqonligim tutib, klubga kirdim, u yer juda shovqin edi, har xil yoqimsiz hidlar kelardi, Jk tepaga chiqib ketdi men ham orqasidan bordim, u kalidor oxiridagi xonaga kirdi men esa sekin borib, tashigidan mo'raladim, u yerda Hejin Mina Jin va Sora bor edi ular musiqa qo'yib olib raqs tushib, sigaret va sojo ichishardi

Buni ko'rish qanchalik yoqimsiz, men hech narsa qilmasdan u yerda kettim va to'g'ri uyimga bordim kech ham bo'lib qolgan edi, uyga kelishim bilan ota onam meni kutib turishgan ekan menga yomon yuz bilan qarashdi, men esa hech narsani tushunmasdim, oyoq kiymimni yechgach dadam meni tergashga tushdi

~qayerda eding?

Eun woo: maktabdan kelyapman

~chiqish bo'lganiga necha soat bo'ldi? Soatga qaradingmi o'zi?

Eun woo: men qahvaxonaga kirgandim, shuning uchun soatga qaramadim

~yug'e qahvaxona degin, balki tungi klubdir a?

Eun woo: yo'q unday emas

~ko'zimga qarab qanday yolg'on gapira olasan?

Dadamni ovozi ko'tarildi onam ham gapga aralashdi

~o'g'lim, nega u yerga bording?

Eun woo: nimalar deyapsiz oyi? Men u yerga bormadim

~unda mana bu surat nima?

Jin ursin.... Dadamning iskovuch itlari meni o'sha yerda ko'rib qolibdi va birdan rasmga ham tushuribdi, buni o'zi ko'nglim sezgandi a....

Eun woo: men u yerga bir sinfdoshimni ko'rgani borgandim

~rostanmi? Sen hali tungi klublarda yuradigan sinfdoshlaring ham bormi?

Eun woo: unchalik emas

~balki o'zing ham u yerga qizlar bilan don olishib yurgani borgandirsan a?

~dadasi? ~havotir bilan

Eun woo: nimalar deyapsiz meni aqlim joyida

~unda nega bording ahmoq bola, Koreya ga kelib bilganimni qilaman deb yuribsanmi? Amerikada bu mumkin emasdida to'g'rimi?

~dadasi iltimos tinchlaning u charchagan biroz dam olsin

Eun woo: nima deb o'ylasangiz o'ylayvering meni hali aqlim joyida, Amerikada men faqat o'qishni o'yladim tun-u kun kitobdan boshimni ko'tarmadim, bunaqa bemani narsalarga vaqtim ham yo'q edi, Koreya ga kelib biroz bo'lsa ham dam olaman deganimda siz meni qilmagan ishimda ayblayapsiz dada!

~menga ham yoqadi deb o'ylaysanmi? Seni qilib yurgan ishlaring bu kelajagingga qanday tasir qilishini bilasanmi o'zi?

Eun woo: juda yaxshi bilaman, men siz bilgan yosh bola o'g'lingiz emasman, mening o'z hayotim bor va unda o'zim bilgancha yashayman

Bu gaplarim juda baland chiqdi, dadam qo'llarini ko'tarib meni urmoqchi edilar lekin oyim to'xtatib qoldi, men esa indamasdan xonamga chiqib kettim va eshikni qulflab oldim

Eun woo

***
Suna pov/
Kecha kechqurun uyimga bordim lekin oyim yo'q edi, men hech narsa qilmay joyimga yottim, ko'zimni yumishim bilan birdan tong otib qoldi, maktabga umuman borgim ham kelmadi, ammo bormasam ham bo'lmasdi, pastdagi ovozdan uyg'onib kettim, bu qanaqadir musiqani ovozi edi o'rimdan turib pastga tushganimda qandaydir erkak oyim bilan birga karaoke aytib o'tirgan ekan yonlarida sojo sigaret va yana allam balo narsalar men bu hiddan jirkanib xonamga chiqib kettim va yuz qo'llarimni yuvib kiyimlarimni kiydim oyog'im og'ridi lekin bu safar oyog'imni yashirish uchun tireko kiyib oldim uyimdan chiqib maktabga yugurdim, maktab qo'ng'irog'i chalinishi ga 10 daqiqa qolganida yugurdim, oldimga bir mashina kelib to'xtadi va undan yangi bola tushib keldi u men tomonga yugurib to'xtadi

Eun woo: salom, yana sen bilan ko'rishdik, kech qolish bu seni odatingmi deymana?

Suna: iltimos meni to'xtatma o'zi shundoq ham kech qolib bo'ldik

Eun woo: ha buni bilaman bugun ham yugurarmiz balki a? Qani buni ber chi!

Yangi kelgan bola yelkamdan yana sumkamni oldi va o'zi esa yugurib ketdi

Suna: hoy shoshma ahmoq yana boshladingmi?

Men unga yetib olish uchun bor kuchim bilan yugurdim va charchab qoldim o'qituvchimiz 10 gacha sanoqni boshladi, 2 daqiqa vaqt qolganida 1 chi martta men ulgurdim, o'zimda yo'q hursand bo'lib kettim charchaganimdan nafasim ichimga tiqilib qoldi

Eun woo: huuu xo'sh mana ol sumkang! Nihoyat ulgurdik tabriklayman

U menga sumkamni berib o'zi esa maktab tomonga kirib ketdi, uni orqasidan qizlar ergashib yurishdi, men ham endi maktab oldiga kelganimda mashina kelib to'xtadi undan Hejin va uning 2 ta dugonasi tushib keldi men chekkaga qochdim va yashirinib oldim

Hejin juda chiroyli ko'rinardi, sochlari yoyilgan, ustida kofta va yubkasi ham anchagina kalta edi, yonidagi dugonalari ham undan qolishmasdi, Hejin kelishi bilan hamma unga yo'l ochib berdi, men bir chekkada jim o'tirardim Hejin kirib ketgach, bu yoqdan Jungkook mototsiklida keldi orqasida esa Jin ham o'tirgandi, Jk yangi kelgan bola bilan to'qnash kelib uni turtib o'tib ketay deganida yangi kelgan bola ham bo'sh kelmay uni yo'lini qayta to'sdi

Jk: hoy nima qilyapsan? Yo'ldan qoch!

Eun woo: bu meni yo'lim edi kechirasan

Jk: nima? Men bilan hazillashyapsanmi?

Eun woo: yo'q

Jk: qoch dedim~itarib~sen bilan hali gaplashamiz yangi kelgan

Jin ham yangi kelgan bolani turtib o'tib ketdi, hamma ichkari sinfga kirib ketdi, tanaffus bo'lgach jismoniy tarbiya darsi boshlanib ketdi

Jismoniy tarbiya fanini odatda uncha yaxshi ko'rmayman chunki har gal to'p o'ynaganimizda uni menga qarab otishardi, hamma tashqariga chiqib katta sport maydoniga borishdi, Hejin ni yo'lda ko'rib qoldim va o'zimni chekkaga oldim meni ko'rishmagan bo'lsin deb umid qildim qizlar va bolalar savlangach, 2 guruhga ajralib olishdi

~xo'sh dangasa va uyquchilar, bugun to'p o'tish darsi ekan 2 guruhga ajralasizlar so'ng o'ynaysiz tushunarlimi?

~huddi shunday

~yaxshi 1 2 ga sanang

Hamma 1 2 deya sanab ketishdi, men 1 ga tushib qoldim bunday qaraganimda Hejin va uni do'stlari bu yerda emas, lekin yangi kelgan bola bor ekan, 2 ga sanaganlarda esa Hejin ham boshqa hamtovoqlari ham bor edi, men endi tamommam ular aynan meni mo'ljallab o'tishadi

Hamma guruhga bo'lingach, o'ng va chap taraflarga turib oldik

~qani boshlang

To'p otildi birinchi bo'lib uni Teahyung ko'tarib oldi va yangi kelgan bolaga oshirdi, yangi kelgan bola ustalik bilan to'pni olib ketayotgan vaqtda Jk uni yo'lini to'sib itarib yubordi va to'pni o'ziga olib yugurib ketdi, yangi kelgan bola esa o'rnidan turib ketidan yugurdi, Jk to'pni Jinga oshirdi, Jin esa Minaga, Mina yugura yugura oxiri Hejinga otdi, men Hejin bilan yonma yon yugurib ketayotgan edim, to'xtay desam biz Yuta olmaymiz, men yugurishga majbur bo'ldim

Hejin men tarafga qarab to'pni qattiq otdi, to'p huddi katta bir toshdek o'qdek uchib kelayotgandi, men joyimda qotib qoldim, to'p endi yuzimga tegaman deganida men yuzimni yashirdim, lekin to'p menga urilmadi, men ko'zlarimni ochiganimda qarshimda yangi kelgan bola turardi men hali ham qotib turgandim

Hejin: jin ursin...... Nega u Sunani to'sdi?

Hejinni jahli chiqib biz tomonga qaradi, yangi kelgan bola to'pni olib darvozaga otdi va gol urdi, bundan hamma baqirib yubordi chunki biz g'alaba qozondik

Eun woo: ahvoling yaxshimi?

Suna: ha..... Katta rahmat

Eun woo: ehtiyot bo'l hopmi?

Suna: hop

U menga tabassum qilib, Teahyung ni oldiga ketdi, Hejin esa menga yeb qo'ygandek qarardi

Hejin

Men jimgina u yerdan kettim va o'yindan chiqdim ular yana 1 para o'ynashdi lekin yangi kelgan bola o'ynamadi men bolalarni kuzatib turardim shu payt Jk men tomonga kelayotganini ko'rdim yuragim qinidan chiqib ketganday bo'ldi ketay desam endi kech

Jk: salomlar Suna xonim....

Jungkook oldimga o'tirib, meni quchoqlab qo'lini yelkamga o'tkazib oldi, men pastga qarardim, unga hatto qaramadim ham

Jk: sen o'zingga yaxshigina himoyachi topib olibsanmi?

Suna: yo'q unday emas

Jk: yug'e men ko'r emasman Suna..... Yangi kelgan boladan o'zingga qalon yasab oldingmi? Buni Hejin bilsa seni nima ahvolga solishini bilasanmi?

Suna: unday emas dedim

Shu payt yangi kelgan bola bizni oldimizga keldi

Eun woo: Lee Suna seni ustoz chaqiryapti!

Suna: nima?!

Jk: kechirasan u biz gaplashyapmiz

Eun woo: gaplaringiz ustozdan ham muhimmi?

Jk: ha huddi shunday, endi esa ishingni qil!

Eun woo meni qo'limdan ushlab, o'rnimdan turg'azdi, lekin boshqa qo'limdan Jk ushlab oldi

Jk: qayoqqa men hali ruhsat bermadim

Eun woo: sendan ruhsat so'rash kk mi?

Jk: ha shunday

Eun woo: sen Sunaga xo'jayin emassan, kettik!

Jk: hoy to'xtalaring aysh shibal!!!

Jungkook baqirgancha qoldi, meni esa yangi kelgan bola qo'limdan ushlab maktab ichiga yetaklab ketdi. Nega u bunday qildi o'zi? Yoki rostan ham ustoz chaqirganmikan? Menimcha unaqa ga o'xshamadi, u oxiri to'xtab menga yuzlandi

Eun woo: Suna.......

๐ƒ๐š๐ฏ๐จ๐ฆ๐ข ๐›๐จ๐ซ......

๐€๐ฎ๐ญ๐ก๐จ๐ซ: ๐‹๐„๐„ ๐’๐”๐๐€
๐Š๐š๐ง๐š๐ฅ: ๐๐€๐๐†๐“๐€๐ ๐“๐€๐‹๐„๐’