January 15

๐™‡๐™Š๐™‘๐™€ย  ๐™„๐™‰๐™Ž๐™„๐˜ฟ๐™€ย  ๐™๐™ƒ๐™€ ๐™‘๐™„๐™Š๐™‡๐™€๐™‰๐˜พ๐™€ย  ||ย  2 ๐™š๐™ฅ๐™ค๐™จ๐™ž๐™™๐™š

2 bob (Do'zax maktab)

"You are the only love that freed me from hell"

Eun woo pov/
Bugun mening yangi maktabimdagi 1 chi kun, bu kun ish qilib yaxshi o'tadi degan umiddaman, men mashina ga minib ketar ekanman yo'lda juda ko'p maktab bolalarini ko'rib qoldim ularni orasida bor kuchi bilan yugurib ketayotgan qiz ham bor edi, avtobus ketayotgan bo'lsa ham u qiz bor kuchi bilan yugurardi, unga qarab kulib yubordim, dadam ovozimni eshitib men tarafga qaradi

~nimadir bo'ldimi? Nega kulyapsan?

Eun woo: yo'q hech nima, meni maktabga olib kelib qo'yishingiz shart emasdi dada

~yug'e axir Korea ni yaxshi bilmaysanku?

Eun woo: men yosh bola emasman

~nima bo'lsa ham, agar shunday qilmaganimda onang meni tiriklayin go'rga tiqardi

Dadamni gapidan kulib yubordim, maktab eshigi tagiga kelganimda hamma bolalar o'sha yerga to'planib oldi, qiziq o'zi har doim shunday qilisharmikan? Nima bo'lsa ham mashinadan tushganimda keyin hammani ko'zi menga o'qdek qadaldi, qizlarning ovozi qulog'im tagidan shundoq eshitilardi

~yo hudo bu kim?

~uni avval ko'rmagan ekanman lekin juda chiroyli ekan

~chiroyli ham gapmi? Juda kelishgan bola ekan, balki unga sevgi izhor qilarmiz a?

~esing joydami? U hali yangi keldiku?

~nima bo'lsa ham u juda chiroyli ekan yo hudo

Eshik oldiga kirib kelaversam, orqamdan qizlar huddi laycha kuchukchalarga o'xshab kelardi men to'g'ri qo'limdagi hujjatlarimni olib o'qituvchilar xonasiga bordim va o'zimni yangi sinf rahbarimga hujjatlarni topshirdim, u yerga kirganimda haligi yo'lda yugurib ketayotgan qizni ko'rib qoldim, boshqa o'qituvchi unga baqirib turgan edi

~sen qizga qachon aql kiradi a? Nega har doim kechikib kelasan?

Suna: meni kechiring bu boshqa qaytarilmaydi

~yug'e bu nechinchisi ekanini bilasanmi? Bu hol har doim takrorlanyaptikuu?

Suna: vada beraman bu boshqa bo'lmaydi

~eyy bo'ldi bas qil, o'zini oqlama! Darsdan keyin hojatxona tozalaysan endi bor sinfingga tez!

O'qituvchi shunchalik qattiq baqirdiki, uning ovozi butun maktabga eshtildi, men sinf rahbarimdan bu haqida so'radim

Eun woo: janob bu qiz kim edi?

~ha umi, uning ismi Lee Suna meni sinfimda o'qidi

Eun woo: nega uni tarafini olmadingiz?

~uni nimasini olaman u juda yomon qiz, har doim kechikib keladi

Eun woo: baribir u sizni o'quvchingizku?

~hoy menga qara sen obro'li oiladansan u esa kambag'al buni o'rtasida katta farq bor, u bilan ishing bo'lmasin endi esa sinfga bor

Eun woo: yaxshi rahmat janob

Eun woo

Men etibor bermasdan to'g'ri sinfga bordim, kalidor bo'ylab yurib ketsam hamma qizlar menga qarardi va yana yoqimtoy ekanimni aytishardi, menga esa bu yoqmaydi, men jimgina sinfga kirdim, u yerda ham bolalar juda ko'p edi, men kirishim bilan hammaning ko'zi menga qaratildi, sinf rahbarimiz kirib keldi va bolalarga jim bo'lishini aytdi

~hoy bolalar shovqin qilmang jimlik! Sizlarga yangi o'quvchi olib keldim marhamat o'zingni tanishtir!

Eun woo: yaxshi, meni ismim Cha Eun Woo bu yerga yangi keldim, avval chet elda o'qiganman Korea ga kelmaganimga 13 yil bo'ldi, sizlar bilan yaxshi kelishib ketaman degan umiddaman

Men tazim qildim, hamma qarsak chalib yubordi

~yaxshi Eun woo ana u Teahyung ni orasiga o'tirishing mumkin, Eun woo yangi kelgan unga yordam bering

~hop ustoz

Men orqa o'tindiqqa borib o'tirdim, u yerga kelganimda oldingi partada boshini eggancha haligi qiz o'tirardi, men unga etibor bermadim va joyimga o'tirdim, shu payt birdan orqasiga qayrilgan bir bola menga salom berdi

Tae: salom yigitcha, men Teahyung man qisqa qilib Tae desang bo'ladi, tanishganimdan hursandman

Eun woo: men ham

Tae: bu yerga rostan ham yangi keldingmi?

Eun woo: ha shunday

Tae: ohoo zo'rku, qayerda o'qigansan o'zi?

Eun woo: Amerikada

Tae: u yer chiroyli shaharmi?

Eun woo: ha judayam

Tae: woow sen bilan do'st bo'lgim kelyapti kel do'st bo'lamiz

Eun woo: mayli

Men birinchi kundan do'st topganimdan hursand edim, u ko'rinishidan yaxshi bolaga o'xshardi, menimcha u bilan yaxshi kelishib ketaman

Suna pov/
Kunim har doimgidek rasvo o'tyapti, maktabga kech qoldim va o'qituvchidan juda ko'p gap eshittim, buni ustida hojatxona tozalashim kerak shu yetmay turgan edi, sinfimizga yangi o'quvchi keldi lekin buni menga zig'ircha ham qizig'i yo'q, uni menga nima foydasi tegar edi, kechagi video hammaning tilida ayalnib yotardi meni ko'rgan bolalar mendan uzoqlashib Kalamush degan nomni o'zlariga chiqarib olishdi, dars vaqtida qulog'imga quloqchin taqib oldim va jimgina yozuv yozardm lekin shunday hotirjamlikni Hejin kelib beliga tepdi, Hejin og'zidagi saqichini meni sochimga yopishtirib qo'ydi

Hejin: hoy Suna bugun butun sinfga sharmanda bo'lding, xo'sh bu senga yoqdimi? O'rningdan turda menga qahva olib kel meni tushundingmi?

Men hech narsa demadim va o'rnimdan turdim endi sinfdan chiqaman deganimda Jk oyog'imdan chaldi men esa yerga yiqildim, yangi kelgan bola o'rnidan turib ketdi va menga qarab qoldi

Jk: voy kechirasan Suna seni ko'rmay qoldim~kulib

Hejin: Yomon yiqilmading to'g'rimi Suna yura olasan

Men yana jim edim va yo'limda davom ettim, sinfdan chiqib zinadan pastga tushib ketayotganimda u yerda turgan qizlar meni ustimdan kulardi

~voy uni sochiga qara bu saqichmi? Qanday jirkanch u anavi qiz emasmi oshxonadagi

~ha menimcha shunday, Hejin bekorga uni ho'rlamas ekanda

Bu so'zlarni eshitar ekanman o'zimni hilla tiyib turdim va to'g'ri oshxonaga yo'l oldim u yerda navbat shunaqa ko'p ediki hatto tasavvur ham qila olmaysiz endi nima qilsam ekan? Men sekin kirib bordim va navbatga turidim

Orqamdan esa bir dunyo bolalar turib oldi, afsus shu yerda ham meni tinch qo'ymaydigan Hejin ham keldi men boraman degunimcha tanaffus vaqti bo'lib qolibdi, men hali ham navbatda kutardim, orqamdan Jungkook va Seokjin itarib keldi Hejin esa boshqa do'stlari bilan stolda o'tirardi, shu payt Jk orqamdan kelib qulog'imga pichirlay boshladi

Jk: hoy agar tezroq bo'lmasang Hejin seni tiriklayin ko'madi Suna

Men ich ichimdan titirab kettim, va yo'limda davom ettim, navbatim kelgach qavhani oldim va endi Hejinni oldiga boraman deganimda Jin oyog'i bilan meni chaldi, men qavha bilan birga yerga yiqildim

Suna

Jin: vay shunchalik ham nozik bo'lasanmi Suna~kulib

Bu holatdan hamma kulib yubordi men esa o'rimdan turib, qavha ni qolgancha Hejinga olib bordim, u ham boshqalar bilan kulardi

Hejin: yerga tushgan narsani menga bermoqchimisan? Nahotki?

Hejin qo'limdagi qavha ni olib boshimdan to'kdi, u juda issiq edi lekin bu menga tasir ham qilmadi issiqqa o'rganim qolgandim, chekkada meni kuzatib turgan yangi kelgan bola hamda Teahyung ko'zlarini uzmasdi

Eun woo: nega unday qilishyapti?

Tae: yaxshisi bunga aralashma bu ularning muammosi

Eun woo: lekin nega u qizni bunday ho'rlashyapti?

Tae: u qizni ismi Suna, u Hejin va uni do'stlari uchun shunchaki ermak holos

Eun woo: nega uni bunday ho'rlashadi?

Tae: buni bilmayman, ularga hech kim hech narsa demaydi, chunki Hejinning ota onasi bu ishni ko'p martta yopgan

Yangi kelgan bola jim joyiga o'tirib meni kuzata boshladi, hali ham ustimdan hamma kulib turgan vaqtda qotib turardim Hejin esa meni ustimdan qavha quyishda davom etardi, u quyib bo'lgach, ketishimni aytdi, men oshxonadan chiqib to'g'ri hojatxonaga bordim

Ustim dabdala ahvolda, suvni ochdim va ustimni yuvishga harakat qildim, ustim qora va dog'i umuman ketmadi, ko'zimga yana yosh keldi va yig'lashga tushdim yig'lash bu men uchun odatiy holatga aylandi, kech ham tushib qoldi kech qolganim uchun hojatxona yuvish nafbati menga keldi, men narsalarimni yig'ishtirib to'g'ri hojatxona bordim sekin yurib sinflarni qaraganimda Hejinni ko'rmaslikka umid qildim

U yerga kelganimda, ichkariga kirdim va qo'limga yuvuchi tayoqni olib chelakka suv to'ldirdim, to'lib bo'lgach, birinchi polni yuvdim u yerdan shunaqa sassiq hid kelardiki fuu ko'nglim aynib ketishiga sal qoldi, telefonimga xabar keldi bu onamdan ekan u xabarda "bugun uyga kelmasang ham bo'ladi men uyda bandman bu yerga kelma" deb yozilgan ekan, bu gapdan tushundinki demak onam uyimizga bir erkakni taklif qilgan uyga borish umidim so'ndi, endi yagona qiladigan narsam bu yerda ko'proq qolish

Hojatxonani yuvib bo'lgach tepadan g'alati ovozni eshittim nima ekaniga qiziqib tashqariga chiqdim, tashqarida qor juda ko'p yog'ayotgan edi, hech narsa ko'rinmasdi, qulog'imdan quloqchinni oldim va o'sha ovoz kelgan joyga borganimda yerda kimdir zarb bilan tushdi, u eng teppa joydan quladi, men qo'rqib kettim va o'sha yerga bordim, yaqinroq kelganimda bu Minji ekanini ko'rdim uni boshidan qon oqayotgandi

Yuragimni ushlab qotib qoldim va tepaga qaraganimda hech kim yo'q edi ammo Minjining qo'lida narsa bor edi, men uni olganimda bu maktab bejigi edi, unda Park Hejin deb yozilgandi, shuni tushundimki bu Hejin ekan u Minjini tepadan itarib yuborgan, Minjini tekshirib ko'rdim u o'lgan edi, men kasalxonaga qo'ng'iroq qildim ular yetib ham kelishdi, men esa u yerdan qochdim

Narsalarimni yig'ib, maktabdan chiqib kettim, ko'cha bo'ylab yurar ekanman hayolimda faqat o'sha voqea edi, nega Hejin Minji ni o'ldirdi? Shu menga juda qiziq edi, o'zim har doim keladigan do'konga kirdim va men sevgan uchburchakli kimbap oldim stulga o'tirib uni yeya boshladim, qo'limda esa Hejinni bejigi turardi balki Hejin uni ataylab o'ldirgandir? Balki uni yoqitrmas lekin Minji Hejin ni ko'rganida har doim qochardi? Qiziq buni qanday aniqlasam ekan?

***
Eun woo pov/
Maktabdagi 1 chi kunim unchalik ham yaxshi o'tmadi menimcha, juda ko'p narsalarni ko'rdim avval hech bunaqasini ko'rmagandim, mashinada ketar ekanman bir narsa esimga tushib ketdi va mashinani ortga maktabga qaytarishni so'radim

Eun woo: janob Kim iltimos maktabga haydang

~kechirasiz lekin nega?

Eun woo: bir narsam qolib ketibdi olishim kerak

~shuni ertaga olsangiz bo'lmaydimi?

Eun woo: yo'q bu juda muhim

~yaxshi

Mashina maktabga qarab bordi, men tez tushib borganimda u yerda politsiya va ambulens mashinasi turardi, u yerga bordim va qaraganimda kimdirni olib ketishayotgandi, bu bizni sinfdan bo'lgan Minji degan qiz ekan unga nima bo'ldi o'zi? Men chalg'imasdan maktab ichiga kirib kettim, o'qituvchilar xonasiga kirganimda tez o'zimni sinfning hujjatlarini qidirdim

Eun woo: jin ursin ular qayerda?

Izlab izlab oxiri topdim men haligi qiz Suna haqidagi malumotlarni oldim va rasmga tushurib oldim ularni yana qayta joylab u yerdan kettim, bilmadimu shu qiz menga juda qiziqdek tuyildi, mashinaga o'tirib uyimga bordim

Kelgach ota onam bn salomlashib, xonamga kirib kettim, eshikni qulflab Suna haqida malumotlarni o'qishga kirishib kettim uni otasi yo'q ekan onasini esa sartaroshxonasi bor ekan manimcha u yaxshi o'qiydi, lekin baxtli emas nima bo'lsa ham men uni nomerini saqlab oldim, shu payt eshik taqilladi bu onam ekan

~Eun woo bolam balki pastga tusharsan, ovqatlanib olishing kerak

Eun woo: hop hozir boraman

Onam ketti, men esa kiyimlarimni almashtirib pastga tushdim, dasturxon har doimgidek juda katta qilib bezatilgan edi, shunday katta dasturxonda faqat 3 kishi otam onam va men ovqatlanamiz, onam go'shtini yer ekan goho menga, goho dadamga qarab qo'yardi oxiri dadamga ishora qildi

~ha aytgancha o'g'lim bugun maktabdagi 1 chi kuning qanday o'tdi?

Eun woo: bo'ladi o'ziga yarasha

~ustozlaring senga yoqdimi? Agar ular qo'pol muomalada bo'lsa seni boshqa maktabga o'tkazishimiz mumkin

Eun woo: oyii kerak emas men shu yerda ham yaxshi o'qiyapman, maktab menga yoqdi ustozlarim esa juda Yaxshi ha deb havotr olmang

~seni yaxshi ko'ramanda nima qilay

Eun woo: men ham lekin bunchalik havotr olish shart emas, men yosh bola emasman axir

~yaxshi

Eun woo: dada sizga savolim bor edi

Eun woo dadasiga yuzlanganida uning nigohlari o'g'liga qadaldi

Eun woo ning uyi

Eun woo: maktabda zo'ravonlik bo'lsa buni oldini olish mumkinmi?

~nega birdan bunaqa savol berib qolding?

Eun woo: shunchaki qiziqdim

~ha o'zini maxsus qonuni bor

Eun woo: tushunarli

Men ovqatlanib bo'lgach, xonamga dars qilish uchun chiqib kettim

***
Suna pov/
Men hali ham ko'chada edim tanam shunchalik qattiq qichishdiki huddi kechagi holat yana takrorlandi o'zimni yaxshi his qilish uchun daryo bo'yiga bordim u yerda chuqur nafas olib 3 saot o'sha yerda o'tirdim, telefonim jiringlashdan to'xtamasdi bu oyim edi, daryo bo'yidan kettim va uyga ham yetib keldim, qo'limda hali ham Hejinning bejigi turardi uni sumkamgsa solib uyga kirdim, u yerga kirganimda sojo hidi shundoq dumog'imga urildi, bundan tashqari sigaret va boshqa allam balo hidlar kelardi, ichkariga kirganimda oyim sasib uhlar di

Ularni ustini yopib qo'ydim va hamma yerni tozalab idishlarni yuvib qo'ydim, xonamga kirdim ustimni almashtirib, maktab formamni yuvdim lekin uni ranggi ketmadi na iloj boshqa yo'lini topa olmay, uni osib qo'ydim, divanimni hech bo'lmaganda tinch uhlayman deganimda, qo'llarim achishib chiqishni boshladi

Ana endi azobli daqiqalar boshlandi, bu juda og'riqli edi deyarli hamma kiymim qon talash ularni yuvsa ham ketishi qiyin shunday azoblar bilan qanday qilib uhlab qolganimni ham sezmadim

๐ƒ๐š๐ฏ๐จ๐ฆ๐ข ๐›๐จ๐ซ......

๐€๐ฎ๐ญ๐ก๐จ๐ซ: ๐‹๐„๐„ ๐’๐”๐๐€
๐Š๐š๐ง๐š๐ฅ: ๐๐€๐๐†๐“๐€๐ ๐“๐€๐‹๐„๐’