April 9

๐ต๐ธ๐บ๐‘‚๐‘๐ด ๐ต๐‘‚ฬƒ๐ฟ๐ผ๐ต ๐‘„๐‘‚๐ฟ๐บ๐ด๐‘ ๐‘Œ๐‘ˆ๐‘…๐ด๐พ || 2 ๐ž๐ฉ๐จ๐ฌ๐ข๐๐ž

"๐“œ๐“ช๐“ผ๐“ฑ๐“ฑ๐“พ๐“ป๐“ต๐“ฒ๐“ด ๐“ฑ๐“ช๐“ป ๐“ญ๐“ธ๐“ฒ๐“ถ ๐“ฑ๐“ช๐“ถ ๐“ผ๐“ฎ๐“ท ๐“ฑ๐“ธ๐“ฑ๐“ต๐“ช๐“ฐ๐“ช๐“ท๐“ญ๐“ฎ๐“ด ๐“ซ๐“ธฬƒ๐“ต๐“ถ๐“ช๐”‚๐“ญ๐“ฒ. ๐“ฃ๐“ธ๐“ด๐“ฒ ๐“ผ๐“ฎ๐“ฟ๐“ฐ๐“ฒ๐“ท๐“ฐ ๐“ซ๐“ฒ๐“ต๐“ช๐“ท ๐“ซ๐“ธฬƒ๐“ต๐“ถ๐“ช๐“ฐ๐“พ๐“ท๐“ฒ๐“ท๐“ฐ๐“ฌ๐“ฑ๐“ช"

Teahyung pov/
Hozir yonimda turgan odamga qarab turar ekanman, bu men 14 yil oldingi xotiram va xatoyim ekanini bilardim. Men Sunani 3 yil yonida bo'ldim, birinchi kuni uni topganimda judayam quchoqlab olgim keldi. Lekin qanday qilib seni tanimagan insonni quchoqlab olishing mumkin? Yoshligingda seni huddi yaqin odamingga aylangan va shuncha xotiralarni 3 oy ichida unutib yuborgan inson bilan qanday qilib ko'rishishing mumkin? Shuncha o'ylasam ham o'yimga yeta olmadim. Men Sunani unutishga urindim, ko'chib ketganimizdan so'ng, umuman bu haqida o'ylamaslikka o'zimga vada berdim. Uni menga bergan soatini taqqanimda baribir o'sha eski xotiralar esimga tushmay qolmasdi

Men mashhur aktyor bo'lishni unchalik hohlamaganman. Aslida advokat bo'lgim, kelgan ota onam advokat bo'lishimni hohlashdi, lekin men o'sha qizga vada bergandim. Garchi bu vada buzilgan bo'lsa ham meni yodimdan hali chiqmagandi. Suna men mashhur aktyor bo'lganimda yonimda bo'lishini aytgandi. Mana taqdir shunchalik hohlabdiki uni ko'rdim va u men bilan birga ishlaydi. Eng achinarlisi shuki meni eslay olmaydi. Bu ham taqdirning o'yinimi?

Uni mast holida ushlab turar ekanman. Meni yomonlab gapirayotganidan zavq olardim. Suna yoshligida ham huddi shunaqa qilardi, bu esa uni esida ham yo'q......u ustimdan turib, menga qaradi va qo'llarini og'ziga qo'yib hayron tarzda boqdi

Tae: ish boshqaruvchi Lee Suna sen hozirgina meni yomonlab nima deding?

Suna: aaaa bu senmisan? Meni asab tolalarimni buzuvchi Kim Teahyung.....~Suna mast ahvolda gapirar ekan uni oldidagi hamkasbi Sujin turtib qo'yardi

Tae: menimcha bizning aqilli xonimimiz ko'p ichib qo'yganga o'xshaydilar a?

Suna: yo'q yo'q.....sen meni shunga majbur qilding yaramas bolaaa!

Sujin: hoy Suna bo'ldi bas qil! Joyingga o'tir~qo'lidan tortib uni bir ammalab joyiga o'tkaztirdi

Suna: meni qo'yib yubor Sujin, Janob Kim Teahyung uchun hozir sojo quyib berishim kerak axir men uni kotibasimanku....~Suna yana o'rnidan turib sojo shishasini ola ketdi

Men uni oxiri qo'lidan ushlab joyiga o'tkaztirdim va uzim 3 ta sojo shishasini oldim

Suna: hoy janob Kim Teahyung nega 3 ta sojo oldingiz? Uzim sizga quyib beraman dedimku axir?

Tae: sen hozir quyib beradigan ahvolda emassan Suna, undan ko'ra ichishni bas qil! ~Sunaga gapirar chog'i joyimga o'tirdim

Suna: tsh.....bilganingiz qiling, bugun men uchun bayram 3 yil deganga debyut qildik axir......asabimni yeganlar uchun ko'taramiz~u yana shishasini urishtirib 2 stakan ichdi

Uni ko'rib, kulgudan uzimni zo'rg'a bosib turdim. Uzimga Sojo quyishim bilan Jungkook yelkamdan urganini sezmay qoldim

Jk: ehh do'stim seni ko'radigan kun ham bor ekanku?~menga tabassum bilan qarardi

Tae: ha bor bor, shunchaki trbandlikda qolib kettim

Jk: shuncha narsadan quruq qolib kettingku do'stim~Jk ni ham mast ekani shundoq bilinim turardi

Uni qo'lini yelkamdan olib yana unga sojo quydim. Jungkook hech ikklanmasdan ko'tarib ichib yubordi va ikki ko'zini Sujinga qaratdi, u Sujinni yaxshi ko'rardi buni menga juda ko'p aytgan lekin buni Sujinga aytishdan qo'rqardi

Tae: Jungkook hayoling qayerda o'zi? Menga hali ham yangi haydovchi topib bermading?

Jk: ha ha topamiz, keyinroq yoki senga o'zim Sunani haydovchi qilib qo'yaman bo'ladimi? Ikkingiz birga yo'lda yeyishib kelasiz

Tae: yee seni toming ketganmi? Suna shundoq ham meni xizmatimni qiladiku, heytlar bo'yicha ishlamasi kim ishlaydi unda?

Jk: eyy bo'ldi boshimni qotirma, bugun tinch qo'y meni, mazza qilib tikilib olay, yuragim ezilib ketyapti axir.....

Jungkook ga gapirishdan foyda yo'qligini sezdim va o'girilib oldim. To'g'rimda o'tirgan Suna meni shundoq etiborimni tortdi, asta o'rnimdan turdimda uni oldiga o'tirib oldim. Buni hatto hech kim sezmadi, chunki hamman o'zi bilan o'zi ovora edi. Suna qattiq kulardi, uni oldiga o'tirganimda qanday chiroyli kulishiga Mahliyo bo'lib qoldim. So'ng u men tomonga tez qaradi....

Suna: yo astofirulloh~qo'rqib ketdi~nega bu yerga o'tirib olding?

Tae: joy yo'q ekan shu yer menga qulay...

Suna: axir bu yer qizlar o'tiradigan joyku?

Tae: ha shunaqami? Menga farqi yo'q, axir mashhur aktyor bo'lsam nima qibti?

Suna: o'lgirdim, hmm bu yerda o'tirib nima qilmoqchisiz Janob Kim Teahyung?

Tae: shunchaki~men o'ng tomonimda deraza boriligi ko'rdim va o'sha tarafga burilib oldim~bu yer salqin ekan shamol, mazza, bu menga yoqadi

Suna: ha tushundim, sojo quyib beraymi? ~qo'liga shishani menga ko'rsatdi

Tae: yo'q shart emas, sen ichiga tuflab yoki zahar qo'shib berishing mumkin, undan ko'ra ichmaganim maqul

Suna: hmm yaxshi unda oddiy suv ichaver, oddiylik senga xos to'g'rimi?

Suna meni kamsitib gapirdi. Bu menga juda yoqardi, men u bilan yoshligimni eslayman, shuning uchun uni ataylab asabiga tegaman, balki bu uni esiga tushib qolar. Suna oldimdan go'sht olar ekan, men sojo ni quyayotganimda qo'limdagi soatga ko'zi tushdi

Suna: oo bu soatmi? ~u qo'limga tarmashib oldi

Tae: hoy sekinroq, hozir ustimga to'kilib ketardi...

Suna: voy buncha chiroyli uni qayerdan olding? Avval ham qo'lingda bormidi?

Tae: shunchaki uni bir yaqin insonim bergan 14 yil oldin.....

Suna: 14 yil? Ohhoo uni ko'rdingmi uzi?

Tae: ha uni ko'rdim...

Suna: soatnichi ko'rsatingmi?

Tae: hozircha yo'q..

Suna: nega?

Tae: u bu soatni eslay olmasa ham kerak, bu uni dadasiniki

Suna: agar yaqin insoning bo'lsa anniq bu soatni eslaydi, menga juda yoqdi bu soat

Bu soatni bergan odam uzi ekanini bilganida edi. Buni juda istardim, men Sunani qo'lini ushlab oldim, uning qo'llari juda yumshoq edi. U buni sezib birdan seskanib ketdi va qo'lini oldi. Orqadan yana 2 saotcha vaqt o'tdi, Suna esa bundan ham ko'p ichdi va ko'zlari yumilib ketardi, hamma birma bir ketishga tushib qolishdi. Men 4 stakan ichdim, Jungkook Sujin va boshqalar ham sekin keta boshladilar, Suna esa stol ustida boshini qo'ygancha uhlab qolgandi

Sujin: aysh.....men bu qizga aytimma ko'p ichma deb, endi uni qaday olib ketaman?

Tae: men uni olib ketaman....

Sujin: Teahyung bunga ishionchingiz komilmi?

Tae: ha siz ketavering....

Sujin: yaxshi, agar biror ahmoqlik qilib qo'ysa uni tushunasiz degan umiddaman

Tae: ha tushunaman yaxshi boring Sujin xonim

Sujin: mayli rahmat...

Hech kim qolmagach, men va Suna ikkimiz qoldik, u stol ustida yuzlari qizargan holatda uhlab yotardi. Sochlari yuziga tushib turib burnini qichitishga tushdi, men sekin qo'limni uning yuziga olib bordim va sochlarini yuzidan olib qo'ydim, shu on qo'llarim o'z o'zidan uning yuzlarini silashga tushdi. Suna shunchalik yoqimli uhlardiki uni uyqudan turg'izgim ham kelmasdi

Uni sekin yelkasidan turtib turg'izishga harakat qildim va buni 20 daqiqa ichida uddaladim. Suna turishi bilan tashqariga chiqdik, u umuman o'zida emasdi va bir nimalar deb gapirib ketardi

Suna: aaa nega hayot bunchalik beshafqat men ham dam olishni hohlayman~ko'chada yurar ekan oyog'ida zo'rg'a turardi va har joylarni ushlab ketardi

Tae: ichsang shunchalik uzingni boshqara olmaysanmi nima balo?

Suna: hey~meni qo'li bilan ko'rsatdi~buni hammasiga sen aybdorsan....

Tae: men a? Senga nima qildim?

Suna: yosh umrimni asabiylashish va o'lgudek ishlatish bilan o'tkazding~u huddi yosh boladek yig'lashga tushdi men esa uni qiliqlaridan kulib yuborardim

Suna: san kulyapsanmi? ~yana to'xtab qoldi~nima shunchalik kulgili ko'rinyapmanmi?

Tae: ha judayam kulgidan ichagim uzilib tushadi hozir~yana kuldim

Suna: ee bor ee, meni nega orqamdan kelyapsan o'zi? Men o'zim yura olaman mana bir, ikki, bir ikki... ~yana qadam tashlab yosh boladek qiliq qildi

Men uni kuzatib ketar ekanman, u bilan uzimni baxtli his qildim. U oxrini charchab qolib bir do'konchaning stuli ustida o'tirib uhlab qolay dedi

Tae: manziling shu yergacha ekanda? Yaxshi endi sen yura olmasang kerak~uni qo'lidan ushlab oldim sumkasini yelkamda ilib, uzini orqamga ko'tarib oldim

U uhlab gapirib ketardi, har bitta gapida yig'lab yana kulardi. Men uni ko'tarib ketar ekanman, uning qiliqlari menga juda yoqardi. Biz oxiri Sunaning uyiga keldik, uni tepaga olib chiqdim va eshik qulfini ocha olmadim, buni Sunadan hozir so'rab ham bo'lmaydi. Endi qanday ochaman? Uzimcha Suna avval yaxshi ko'rgan raqamlarni terdim lekin u ochilmadi. 10 daqiqa o'tdi Sunani boshi ketib yiqilib tushardi, yana eslashga harakat qildim va oxiri Suna ikkimiz do'st bo'lgan sanani terganimda u ochilib ketdi.

Men hayron edim, qanday qilib u bu sanani esida saqlashi mumkin? Bir zum qotib qoldim, so'ng Suna meni chalg'itib yubordi

Suna: men uhlashni hohlayman....~baqirdi

Uni yana ko'tarib olib, yotog'iga yotqizdim, oyoq kiyimlarini yechib, ustiga to'shagini yopib qo'ydim. Sunaning uyiga birinchi martta kirishim edi, u yolg'iz yashagani sababli bunchalik tartibli ekanini bilmagandim. Uyidan sekin chiqar ekanman notebook turgan stol ustida tanish narsani ko'rib qoldim. Bu men Sunaga bergan ipli o'yinchoq edi.

Uni ko'rib, yana yam hayron qoldim 14 yil oldin bergan narsam hali ham undami? Men uni tashlab yuborgan deb o'ylagandim.....unga qo'limni tekkizdim va eski xotiralari eslab darrov u yerdan chiqib kettim. Bu eshik paroli, men bergan o'yinchoq nahotki Sunaga nimadirni eslatmagan bo'lsa? Shu savol miyyamga juda qattiq urildi...

****
Suna pov/
Ko'zimni ochgim kelmasa ham, quyosh nuri bunga majbur qildi. Ko'zlarimni ochishim bilan o'rnimdan turdim, boshim shunaqa qattiq og'ridiki, huddi otilib ketayotgandek, boshimni ushlab o'zimga kelishga urundim. Kecha nimalar bo'ldi? Men nima qildim va kim meni uyimga olib keldi? Bunday savollarga javobni izladim. Boshimni qattiq qotirganimdan so'ng, kecha juda ko'p ichib qo'yib Teahyung ni haqorat qilganlarimni esladim, Jin ursin.......nega aynan Teahyung? Uzimni ayblab boshimga urib kettim, Lanati!! Kecha uzi nimalar qildim?

Birdan telefonim jiringlab ketdi, cho'chib qo'ng'iroqqa javob berganimda Sujin ovozini ko'tarib gapirib yubordi

Sujin: qayerdasan? ~baqirganidan qulog'im bitib qolay dedi

Suna: aysh nega baqirasan? Uyimdaman..

Sujin: kecha senga kim ko'p ichsin dedi? To'xta desam ham to'xtamading, ishga tezroq kel! Boshliq seni so'rayapti ishi bor ekan

Suna: hop hopeee~bo'shakni tez qo'yib qo'ydim

Boshim og'rig'i hali ham to'xtamasdi, o'rnimdan turib yuvinib chiqdim, so'ng nonushta ham qilishga ulgurmay, kiyimlarimni kiyib, ishga kettim. Yo'lda hali ham savollarga javob topolmasdim. O'ylab o'yimga yetaman degunimcha ishga kelganimni sezmay qolibman....

Ichkariga tez kirdim, bizning kompaniya nomi "Fantagio" deb atalardi. Bu kompaniya Koreya da hozirda mashhur bo'lmoqda. Liftga kirib tugmasini to'xtamasdan bosdim, tepaga ko'tarilganida, tashqariga chiqib tez yurdim

Shunchalik tez yurdimki hatto bir odamga urilib ketganimni ham sezmay qolibman. Barcha narsalarim yerga tushib ketdi

Suna: aysh, ko'zingizga qarab yuring iltimos.....

U menga qarab gapirib ketdi. Uni ovozi esa juda mayin va chiroyli eshtildi

Eun woo: meni kechirasiz,sizni ko'rmay qolibman....

Suna: mayli hechqisi yo'q bo'lib turadi~yerdagi narsalarimni oldim

Eun woo: keling yordam beraman~u ham narsalarimni olishga tushdi

Suna: katta rahmat...~men shoshilib kettim, u yigit esa menga qarab qoldi

Eun woo

Men sekin boshliqning eshigini ochdim, u esa ko'zida ko'zoynak bilan darrov menga qaradi

Suna: Janob Yang kirsam bo'ladimi?~sekin eshikni ochib mo'raladim

~endi kirib bo'ldingizku Suna xonim

Suna: ha to'g'ri~men ichkariga uyalib kirib borardim~janob Yang kecha bilasizmi ozgina ichgandim shunga kech qoldim

~ha buni bilaman~u huddi hech narsa bo'lmagandek gapirdi

Suna: rostanmi? Qayerdan bildingiz?

~Teahyung menga aytdi, bugun Teahyung ni ish jadvalini sizga topshirdim, uning jadvalida nimalar bor o'zi?

Suna: ha shunaqami?~ichimda Teahyung ni qarg'ab qo'ydim~bugun Teahyung ni ish jadvalida Interview, Dorama suratga olish jarayoni va foto suratga olish bor

~yaxshi, eng muhimi qaysi?

Suna: eng muhimi bu hozir interview, bu ko'rsatuv Koreyada juda mashhur nafaqat Koreya boshqa davatlarda ham uni 4 xil tilda tarjima qilishadi, koreys, yapon ingliz hamda Xitoy tilida

~hop mayli, kompaniyamiz debyut qilgan ekan endi aktyor va aktirisalarga katta ahamiyat berishimiz kerak, siz to'liq Teahyung ning surat olish va Interviewlarida oldida bo'ling

Suna: mayli.......

~unda hozir interviewdan boshlaymiz, Teahyung uzi kechagina bitta kinoda suratga tushib charchagan edi endi yana yangisi chiqib qoldi, ehh mashhur bo'lish ham unga qiyinlik qilyapti

Suna: ha tug'ri, lekin uni o'zi buni istayapti, agar hohlasangiz suratga olishni bekor qilishim mumkin

~yo'q unday qilmang, Teahyung istayotgan bo'lsa bunga hojat yo'q, shunga ham uni heyt qilishlari mumkin

Suna: hop bo'ladi

~endi esa ishingizni qilavering~u yana hujjatlarni tekshirib ketdi

Suna: hop janob~men esa sekin orqalab chiqib kettim

Bizning boshliq juda yaxshi odam, qancha xato qilsang ham bizni urishish o'rniga aybimizga ko'z yumadi. Yaramas Teahyung shuni ham aytish shartmidi? Hudoga shukur bugun u bu yerga kelmaganidan hursandman, men ish stolimga borib issiqina qahva ichish uchun kettim. Bo'ynim shunaqa qotib qolgandiki, qahva damlagich oldiga kelganimda u yerda kimdir qahvaga sut solib ichayotgan ekan

Suna: hoy sut solib ichishni o'rniga Amerikano sotib olsangiz bo'lmaydimi?

U darrov menga qaradi. Jin ursin......bo'rini eslasang qulog'i har doim ko'rinadi, bu Teahyung ekan unga sut mumkin emasdi

Suna: axir sen....~qo'lim bilan ishora qildim~senga sut mumkin emasku ahmoq!

Baqirib yuborganimdan Teahyungni o'zi ham qo'rqib ketdi......

Tae: nega baqirasan~sutni ustiga to'kib yubordi~aysh bu yangi kiymim edi

Suna: sen nega bu yerdan o'zi?

Tae: nima o'z kompaniyamga sendan so'rab kelamanmi? Ustimni rasvo qilding ufff.......

Suna: nega sut qo'shib ichyapsan? Sutga alergiyang borku? Esingdan chiqdimi?

Tae: uni men ichmoqchi emasdim, janob Yang iltimos qilgandi

Suna: nima?!

2 ๐—พ๐—ถ๐˜€๐—บ ๐˜†๐—ฎ๐—ธ๐˜‚๐—ป๐—น๐—ฎ๐—ป๐—ฑ๐—ถ....

๐—”๐˜‚๐˜๐—ต๐—ผ๐—ฟ: ๐—Ÿ๐—˜๐—˜ ๐—ฆ๐—จ๐—ก๐—”
๐—ž๐—ฎ๐—ป๐—ฎ๐—น: ๐—ฉ๐—œ๐—Ÿ๐—Ÿ๐—”๐—ก๐—ฆ ๐—˜๐— ๐—ฃ๐—œ๐—ฅ๐—˜