January 1

๐‘‚ฬƒ๐ฟ๐ผ๐‘€ ๐ต๐ผ๐ฟ๐ด๐‘ ๐‘Œ๐‘ˆ๐‘๐‘€๐ด ๐‘Œ๐‘ˆ๐‘ || 9 ๐‘ž๐‘–๐‘ ๐‘š

9 qism

"Dunyoni barbot qilgan mahluqlar emas. Insonlarning o'zi"

Maktabdagi ahvol juda yomon edi tirik qolgan odam deyarli yo'q edi, ulardan faqat bolalar tirik qolgandi, Misun Jimin yarador Asumi Jimina Teahyung Jungkook Seyoung Suna hamda Suga. Lekin ularni tirik qolishi ham hali aniq emas edi, kalidor bo'ylab yugurib ketayotgan bolalar yo'llaridan chiqqan zombilarni qo'llaridan kelgancha o'ldirishga harakat qilishardi, yo'lni boshlab boruvchi Misun zombilarni o'ldirishga harakat qilardi, Jimin esa unga yordam berardi

Jm: Misun qayerga boramiz?

Misun: tashqariga chiqish kerak!

Suna: ana u yerdan chiqsak bo'ladi, lekin u yerda zombilar juda ko'p ekan

Misun: men ularni chalg'itib turaman sizlar esa tashqariga chiqing

Jm: men senga yordam beraman

Misun: yo'q kerak emas sen boshqalarga keraksan Jimin men ortingizdan boraman

Jm: yaxshi ehtiyot bo'l!

Misun boshqa joyga yugurib ketdi Jimin va qolganlar esa eshik tarafga yugurib borishdi. Zombilar har tomondan chiqsa ham Jimin ularni o'ldirishga harakat qilardi, eshik oldiga kelishgach, tashqariga chiqishdi va boshqa maktab tomonga yurishdi, orqasidan esa zombilar galma galdan yugurishardi

Jm: tezroq yuguring!

Jimina: harakat qilyapmiz!

Yaralangan Asumi ham zo'rg'a yugurishga harakat qilardi, lekin u to'xtab qolib yerda o'tirib qoldi

Suna: Asumi opa turing!

Asumi: meni tashlab keting

Jimina: yo'q opajon

Jm: nima bo'ldi? Nega to'xtab qoldingiz?

Suna: Asumi opa yurishni isatamayapti

Jm: nega?

Asumi: men yura olmayman, yaram juda ham og'riyapti axir..... Meni tashlab keting iltimos bolalar

Jimina: yo'q

Jm: Asumi opa siz biza emas sizni intizorlik bilan kutib turgan Seyoung ga keraksiz

Asumi: lekin qanday yuraman?

Jm: iltimos Seyoung uchun harakat qiling! U sizni kutyapti?

Asumi: mayli

Suna va Jimina Asumini turg'azishdi va yo'llarida davom etishdi, Jimin zombilarni birma bir yo'lidan olib tashlardi

Suna

****
Teahyung ham zombilarni boshqa joyga olib ketish uchun yugurib ketardi, orqasidan esa zombilar qolmasdi, Teahyung ularni o'ziga jalb qilib yana mikrafondan baqirdi

Tae: hoy hammang bu yoqqa kel!

Teahyung baqirganiga deyarli hamma zombi keldi Teahyung oyoq qo'lini olib yugurgach, oxiri maktabning eng katta futbol maydoniga boshlab keldi, u ichkariga kirib panjarani yopib qo'ydi, hamma zombi joyida to'xtab panjaraga o'zini ura boshladi, Teahyung zombilardan qutulgach biroz dam oldi, lekin uzoqdan kimdir kelayotganini ko'rdi

Tae: bu yana kim bo'ldi?

U odam zombilarni uloqtirib temir panjaradan sakrab o'tdi, bu Suga edi Teahyung uni ko'rib unchalik ajablanmadi, Suga u tomon kelib, to'xtadi Teahyung ham hech narsadan qo'rqmay u tomon bordi

Suga: salom berdik Teahyung janoblari

Tae: senga bu yerda nima bor?

Suga: nima bu yerga kelish mumkin emas mi?

Tae: sen qanday tirik qolding?

Suga: nima deb o'ylaysan?

Tae: men qayerdan bilaman?

Suga: xo'sh tahmin qilaylik meni zombi tishlab oldi bue esa juda yaxshi, men ham zombiga aylandim lekin yarimi odam va yarimi zombi

Tae: bunga ishonish qiyin

Suga: ha to'g'ri bunday bo'lganidan o'zim ham hayronam, xo'sh o'zingchi? Nega yolg'izsan va nega bu yerda san?

Tae: men ham huddi senga o'xshab yarim zombi man

Suga: nima rostanmi? ~baqirib kulib yubordi

Tae: buni nimasi kulgili ekan?

Suga: juda ham kulgili sen ham zombi misan men o'zim yagonaman deb o'ylagan edim

Tae: lekin unday emas

Suga: bu mahluqlarni kim yaratganini bilasanmi?

Tae: yo'q

Suga: ularni men yarattim, meni narkotik moddalarim orqali, ularni ko'p miqdorda qabul qilsa qon bilan mutantsiyaga kirishib ketarkan

Tae: demak bu sen, sendan buni kutsa bo'ladi

Suga: ha albatta shunday ekan endi men ham mahluqman ular menga hujm qilmaydi, ha aytgancha sen va boshqa hammani o'ldiraman, seni sevgan qizing bor edi to'g'rimi?

Tae: bu bilan nima ishing bor?

Suga: shunchaki menga juda qiziq, u adashmasam Seyna edi, omadsiz qiz u seni sevardi lekin o'ldi, ha men Misun va Jiminni ham ko'rdim ular kelgan ekan demak Suna ham shu yerda sen uni sevarding to'g'rimi Teahyung?

Tae: hoy!

Suga: bilasanmi Suna menga ham yoqadi, men unga ancha oldin sevgi izhor qilgan edim lekin u meni qabul qilmadi undan endi o'ch olaman deganimda u chet elga ketib qoldi, lekin bu qasosim hali tugagani yo'q

Tae: ovozini o'chir!

Suga: hammangizni o'ldiraman va oxirida Suna ni sen uchun olib qolaman Teahyung, uni azoblab uning chiroyli yalang'och tanasiga biroz urg'u beraman bu mening qasosim bo'ladi, ko'ramiz sen bu ishimga nima qilarkansan?

Tae: sen iflos o'chir!

Suga: Suna meniki bo'ladi uni azoblab o'ldiraman Teahyung

Taehyung ni jahli chiqib ketti va Sugaga tashlanib hujm qildi, uni ustiga chiqib olgach qonli tishlari bilan uni tishlamoqchi edi, lekin Suga gan bo'sh kelmay uni ataylab asabiga tegdi

Suga: hoy hoy mahluq Sunani shunchalik yaxshi ko'rasanmi? Lekin u meniki!

Teahyung Sugani jahl bilan endi tishlayman deganida Suga qo'lidagi pichog'i bilan unga sanchidi, Teahyungdan qon ketdi, Suga esa uni tepib yubordi, yerga yiqilgan Teahyung o'rnidan turib pichoqni olishga harakat qildi

Suga: qalay yoqdimi?

Tae: sen iflos mahluqni o'zim o'ldiraman

Suga: qani kel!

Teahyung pichoqni sug'urib olgach, Suga tomonga sakrab keldi, Suga esa Teahyung ni bunday qilishini bilib aylanib o'tdi va Teahyung ni pichoq ushlab turgan qo'lidan ushlab aylantirib uni bo'yniga sanchidi, Teahyung turgan joyida qotib qoldi

Suga: sen hech kimni qutqara olmaysan Teahyung~qulog'iga pichirlab

Teahyungning og'zidan qon keldi, bo'ynidan esa juda ko'p qon oqardi Suga pichoqni sug'urib olib, uni yerga itarib yubordi, yerga yiqilgan Teahyung bo'ynini ushlab qoldi

Suga: hayer Teahyung janoblari

Suga pichoqni qonini yalab, futbol maydonidan chiqib ketdi va eshikni ochib yubordi, barcha zombilar shu tomonga kirib, Teahyung tomonga kelishdi va uni o'rab olishdi chorasiz qolgan Teahyung zombilar orasidan qolib ketdi lekin u o'lmasa ham yarasi juda kech bitardi, Suga pichog'ini qo'liga olib boshqa bolalarni oldiga ketdi

**
Jungkook va Seyoung hali ham qolgan bolalarni kutib o'tirishardi, Seyoung telefonini olib soatga qaradi hademay qorong'u tushishini bildi

Seyoung: Jungkook ular ko'rinmayaptimi?

Jk: yo'q zombilardan boshqa hech kimni ko'rmayapman

Seyoung: nega kelishmayapdi o'zi?

Jk: bilmayman, ratsiya ham ishlamayapti

Seyoung: uffff nega axir?

Jk: Seyoung bo'ldi qil!

Seyoung: nega bunday qilaman? Axir hamma narsa orqaga ketyapti, Jungkook hammasiga sizlar aybdorsiz! Agar bo'linamiz demaganingizda bunday bo'lmasdi Jungkook

Jk: bo'ldi Seyoung

Seyoung: hali ular tirikmi yo'qmi buni kim biladi?

Jk: ular tirik iltimos baqirma bu yerga ham zombilar kelishi mumkin

Seyoung: nega? Nega men sevgan insonlar faqat o'ladi?

Seyoung yig'lashga tushdi, Jungkook esa uni ovutmoqchi bo'ldi shunda eshik juda qattiq taqilladi bu zombilarning ovoziga o'xshamasdi

****
Misun va qolgan bolalar maktab ichiga kirib, yana kalidor bo'ylab ketishardi, ular zina oldiga kelganida, juda ko'p zombilar ular tomonga keldi

Misun: orqaga hamma orqaga!!!!

Misunning baqirishidan, hamma orqaga yugurdi va zina bo'ylab tepaga chiqishdi u yerda qisilib qolgan zombini ko'rib qo'rqib ketishdi

Suna: bu nima?

Jm: qo'rqmang bu qisilib qolgan ekan Suna buni ol!

Jimin Sunani qo'liga qurolini berdi

Suna: nega buni menga beryapsan?

Jm: men Misunni oldiga borishim kerak sizlar esa tepaga chiqing tez!

Jimina: lekin sizda qurol yo'qku?

Jm: men o'zim eplay man sizlar esa tezroq tepaga chiqing!

Suna: mayli

Suna Jimina hamda Asumi tepaga chiqib ketishdi Suna yo'lida uchragan zombilarni qo'lidan kelgancha o'ldirdirardi, Jimina esa Asumini ko'tarib Sunaning orqasidan borardi, Misun pastda qolib ketib, zombilarni birma bir o'ldirardi lekin ular shu darajada ko'p ediki, Misunni bunga kuchi yetmadi va uni har tomondan o'rab olishdi

Misun: Lanati zombilar!

Jimin ko'makka kelib qo'liga stul ko'tarib oldi va hamma zombilarni yo'lidan itarib tashladi yo'li ochilgandan keyin Jimin Misunni qo'lidan ushlab o'ziga tortib oldi, Misun Jiminni quchoqlab oldi

Misun: Jimin?

Jm: mensiz nima qilmoqchi eding? Ahmoq qiz!

Misun: nega ketmading?

Jm: seni tashlab ketarmidim a?

Misun: lekin

Jimin Misunni qo'liga qizil bog'ich bog'lab qo'ydi va qo'lidan qattiq ushlab oldi

Misun: nima qilyapsan? Men sen uchun xavfliman axir...

Jm: sen meni sevgilimsan endi har doim birga bo'lamiz

Qizil bog'ich

Misun: yaxshi

Jm: xo'sh qani kelchi bu mahluqchalarni bir tazirini beryalik

Misun: agar senga nimadir bo'lsa men qutqatmayman

Jm: mayli mayli

Misun va Jimin zina oldiga kelib, barcha zombilarni birin ketin uloqtira boshlashdi, Suna Asumi va Jimina tomdagi zina oldiga kelishgach, eshikni qattiq taqillatishdi, zombilar esa yaqinlashib qolgan edi

Suna: hoy eshikni oching Jungkook Seyoung!

Asumi: ular bizni zombi deb o'ylashyapti

Suna: ovozimizni balandroq qilishimiz kerak

Eshik tashqarisida o'tirgan Jk va Seyoung eshik tomonga yeqin kelishidi, Seyoung eshikni endi ochaman deganida Jungkook uni to'xtatib qoldi

Jk: to'xta!

Seyoung: nima bo'ldi?

Jk: ular zombi bo'lsachi?

Seyoung: men Suna opamni ovozini eshittim

Jk: bunga ishonching komilmo?

Seyoung: ha endi ochish kerak

Suna qattiq baqirsa ham baribir hech narsa eshitilmadi, shunda Asumi eshik oldiga kelib Seyoung biladigan eshik ishorasini qildi, bu Asumi va Seyoungning kod belgisi edi, Asumi eshikni 2 martta taqillatib va oxirgisini yana 2 martta taqillatdi

Jimina: nima qilayapsiz?

Asumi: Seyoung shu yerda bo'lsa demak u buni biladi bu bizning eshik kodimiz

Suna: ish qilib bilsinda

Seyoung eshik taqillatgan ovozni eshitib bu opasi ekanini bildi va baqirib yubordi

Seyoung: Opajon

Jk: nima?

Seyoung: bu mening opam Jungkook tezroq eshikni ochish kerak

Jk: hop yaxshi

Seyoung va Jungkook eshikni ochishdi, zombilar esa ketib kelishdi, eshik ochilgach Suna va qolganlar ham ichkariga kirishdi

Jk: eshikni tezroq yopish kerak

Suna: yo'q Misun bilan Jimin o'sha yerda

Seyoung: nima?

Suna: eshikni yopmang ular hozir keladi

Jk: lekin zombilar bu yerga kiradi

Suna: yo'q Jungkook yopma

Zombilar juda ko'p edi va ular eshikka o'zini ura boshladi, Jungkook va Seyoung ni eshikni ushlashga kuchi yetmadi lekin Suna va Jimina bunga yordam berdi

Jk: hozir hammamiz o'lamiz eshikni yopish kerak

Suna: yo'q ular hozir keladi

Seyoung: kelishmasachi?

Suna: yo'q ular keladi

Zombilardan biri qo'lini oldingga cho'zib Seyoungni o'ziga tortib ketdi va ustiga quladi

Jk: Seyoung!

Seyoung

Jungkook zombini tepib yubordi lekin eshik bo'shab zombilar kirishiga sal qolganida Misun va Jimin paydo bo'ldi va ikkisi hamma zombilarni pastga uloqtirib tashqariga chiqishdi va eshikni yopishdi, haligi zombi o'rnidan turib Jk tomonga keldi lekin Misun uni bo'ynidan ushlab ko'tardi va pastga tushirib yubordi, Misun ni ko'rgan bolalar joyida qotib qoldi

Misun: hamma tirikmi?

Jm: menimcha ha

Seyoung opasini ko'rishi bilan uni bag'riga otildi, Jimin va Jungkook ham bir birini quchoqlab ketishdi, Suna hamda Misun ham birga quchoqlashishdi lekin bitta Jiminani quchoqlaydigan hech kim yo'q edi ammo Suna ham uni bu yoqqa chaqirdi, Jimina hursand bo'lib Misun va Sunani quchoqladi

Seyoung: Opajon ahvoling yaxshimi?

Seyoung opasi yaralangani ni ko'rib qo'rqib ketdi

Seyoung: sizga nima bo'ldi? Nega yaralandingiz?

Asumi: men yaxshiman Seyoung havotr olma

Seyoung: buni qanday qilib oldingiz?

Asumi: meni kechir, seni oldingda bo'lolmaganim uchun

Seyoung: kechirim so'ramang men sizni juda yaxshi ko'raman

Asumi yana bir martta Seyoung ni bag'riga bosdi va opasini yarasini yangilab qo'ydi

Misun hammani bu yoqqa chaqirib oldi

Misun: hoy bolalar bu yoqqa kelinglar bizda ovqat bor

Jm: hamma ovqatga qani!

Jk: ohoo buncha ko'p olibsizlar, shoshmang Teahyung qani?

Jm: u qoldi

Jk: tushunmadim qayerda?

Jm: u Misunga o'xshab yarim chala zombi ekan, unga yur dedik lekin u qoldi

Jk: Sen qanday qilib Teahyung ni u yerda qoldirding Jimin sen ahmoqmisan?

Jm: men nima qilshim kerak edi Jungkook? U zombilar ostida qolib ketdi lekin biz bilan ketmadi

Jk: baribir uni tashlab ketmaslik kerak edi

Jm: uni majburlab olib kelolmasdim axir?

Jungkook asabiylashib ovqatini yemasdan o'rnidan turib ketdi, shunda Suna o'rnidan turib Jk ga gapira boshladi

Suna: hoy Jungkook!

Jk: nima deysan?

Suna: Teahyung dan havotir olayotganini bilaman men ham hammamiz havotir olyapmiz, lekin uni o'zi bunga majbur bo'ldi u zombi edi va qo'limizdan ushlay olmadi u zombilarni chalg'itib bizni qutqardi, Teahyung qahramon u o'lmagan bunga ishonaman va u qaytib keladi chunki menga vada bergan

Jungkook Sunaning gaplarini eshitib biroz hovuridan tushdi

Seyoung: Jungkook iltimos o'tir!

Jk: mayli

Hamma o'tirgach ovqatni yeb bo'lishdi, endi katta muammo bu issiq narsa topish edi

๐‘ซ๐’‚๐’—๐’๐’Ž๐’Š ๐’ƒ๐’๐’“......

๐‘ด๐‘ผ๐‘จ๐‘ณ๐‘ณ๐‘ฐ๐‘ญ: ๐‘ณ๐‘ฌ๐‘ฌ ๐‘บ๐‘ผ๐‘ต๐‘จ
๐‘ฒ๐‘จ๐‘ต๐‘จ๐‘ณ: ๐‘ฉ๐‘จ๐‘ต๐‘ฎ๐‘ป๐‘จ๐‘ต ๐‘ป๐‘จ๐‘ณ๐‘ฌ๐‘บ