January 19

๐™‡๐™Š๐™‘๐™€ย  ๐™„๐™‰๐™Ž๐™„๐˜ฟ๐™€ย  ๐™๐™ƒ๐™€ ๐™‘๐™„๐™Š๐™‡๐™€๐™‰๐˜พ๐™€ย  ||ย  3 ๐™š๐™ฅ๐™ค๐™จ๐™ž๐™™๐™š

3 bob (Do'zax maktab )

"You are the only love that freed me from hell"

Suna pov/
Ertalab uyg'onishim bilan onam uydan chiqib ketganini bildim maktabga ketish uchun tayyorgarlik ko'rib, nonushta qildimda men ham kettim, yo'lda yurar ekanman onamni sartarosh xonalariga qaraganimda onam begona erkaklarni quchog'iga kirib olgandi, erkaklar uning oyoqlarini ushlab huddi rohat olayotgandek ko'rinardi, nega meni onam bunaqa? Men hatto qaramadim ham u yerdan tezda kettim, maktab oldiga kelganimda qo'ng'iroq chalinishiga 5 daqiqa vaqt qolganini ko'ridim

Oyoq qo'limni olib yugurdim, agar yana kech qolganimda bu safar ham hojatxona yuvishga to'g'ri kelardi, men bor kuchim bilan yugurdim, shunchalik qattiq yugurganimdan oldimda ketayotgan bir bolaga urulganimni ham sezmay qolibman, uni orqagasiga urilib kettim

Suna: aysh....

Eun woo: vay sen?

Men tezda o'rnimdan turidim va yugurib kettim, yangi kelgan bola esa orqamdan baqirib meni chaqirib qoldi

Eun woo: hoy to'xta!!

Men unga urilib bilagimni shilib ham qoldim, uzi kuygan jarohatlarim menga yoqar edi lekin bunisi o'tib ham tushdi, 10 gacha teskari sanoq boshlagan ustoz maktab eshigini yopmoqda edi

~qani tezlashing 7 soniyangiz qoldi!

Eshik deyarli yopilish arafasida edi, men qattiq yugurdim orqamdan esa haligi bola keldi men baribir ulgurmadim, 1 bo'lishi bilan eshik yopildi yana qolib kettim, yangi kelgan bola ham men bilan birga qoldi

~xo'sh, xo'sh tekin tomoq dangasa uyqichilar bu safar hojatxona emas katta stadiyonni 20 martta aylanasiz

Bolalar: lekin ustoz

~yo'q, yo'q hech qanday bahona o'tmaydi, kasalman demang yugurishda hech qaysingiz kasal emasdingiz qani hamma kirsin va sumkasi bilan katta stadionni yugursin qani!!

O'qituvchimiz bu safar sal bo'lsa ham yengil jazo berdi yugurish bu men uchun qiyin ish emasdi, hamma kech qolgan bolalar ichkari kirishdi, ularni ichida Jk ham bor edi men uni boshida ko'rmadim lekin keyinchalik uni ko'rib qoldim u mendan orqada edi, hamma katta stadionga qarab ketti, men sumkamni yaxshilab ilib olib yugurishga tushib kettim

Qolganlar ham yugurishdi orqamdan esa yangi kelgan bola meni taqib qilib menga yetib olmoqchi bo'ldi

Maktab stadioni

Eun woo: hoy sen to'xta! Na buncha tez yugurasan a?

Men uni eshitmaganga olib yurishda davom ettim, lekin u yana oldimgacha yaqin kelib menga gapira boshladi

Eun woo: shoshma Suna! Juda tez yugurar ekansan? Meni ataylab itarib yubordingmi?

Suna: iltimos meni gapga tutma, men yuguryapman

Eun woo: ko'rib turibman, men ham yuguryapmanku? Savolimga javob ber!

Suna: yo'q buni ataylab qilmadim shunchaki seni ko'rmay qolibman bo'ldimi?

Eun woo: tushunarli, iye shoshma qo'ling qonmi?

Men tirnalgan joyimni yashirishga harakat qildim

Suna: bu hech narsa emas

Eun woo: yo'q, yo'q bu meni ayib bilan bo'ldi qani sumkangni berchi!

Yangi kelgan bola yelkamdagi sumkamni o'ziga oldi

Suna: hoy nima qilyapsan?

Eun woo: meni deb jarohat olding men qarzimni uzyapman hayer

U meni kalaka qilib yugurib ketdi men esa uni orqasidan baqirib sumkamni ber deya javradim, orada hammasini kuzatib turgan Jk ikkimizdan ko'zini uzmasdi, yugurib bo'lgach hamma sinfga kirib ketdi men esa yuzimni yuvgani bordim, oldimga esa yana o'sha bola keldi

Eun woo: huu mazza qilib yugurdim, anchadan beri bunchalik chiniqib yugurmagandim

Suna: sumkam qani?

Eun woo: mana! ~qo'lida ushlab

Suna: bu yoqqa ber!

U sumkamni balandda ushlab turdi, meni bo'yim pastligi tufayli uni ololmadim va bor kuchim bilan sakradim lekin baribir bo'yim yetmadi

Eun woo: qani ol! Nima bo'ying pastlik qilyaptimi a?

U ustimdan kulishdan to'xtamasdi bundan meni jahlim chiqib oxiri bir sakraganimda uning ustida quladim jumrakdagi suv ham otilib ketdi biz birga yiqildik men uni ustiga quladim bu yoqdan esa suv ustimizga huddi yomg'irdek quyilardi

Yiqilgan deb tasavvur qilamiz

Men uning ko'zlariga tikilib qoldim keyinchalik esa cho'chib turib kettim

Suna: hoy sumkamni ber!

Men uning qo'lidan sumkamni tortib oldim va maktab ichkarisiga kirib kettim, u esa joyida biroz qotib qoldi. Keyin u ham maktabga kirdi, men sinfga kirganimda u yer shovqin edi lekin negadir Hejinni u yerda ko'rmadim, joyimga tinchgina o'tirdim lekin hamma yerim shalabbo bo'lib ketgan di yangi kelgan bola ham keldi va uni usti ham ho'l edi

Hamma bizga qarab qoldi Hejinning do'stlari esa bizdan ko'zini uzmasdi men ho'l bo'lgan ustim bn joyimga o'tirdim o'qituvchi ham keldi

~kechikib kelgan o'quvchilar yaxshi yugudingiz degan umiddaman, shoshmang tashqari yomg'ir emas shekilli siz ikkingiz Suna hamda Eun woo nega buncha ho'l siz?

Eun woo: kechiring ustoz qo'limni yuvayotganimda jumrak buzilib qoldi

~tushunarli senchi Suna?

Suna: men ham o'sha yerda edim

~mmm mayli mayli ustingizni quritib oling chalg'imaymiz hamma 5 chi bobni ochsn

Men joyimga o'tirdim, dars esa har doimgidek o'tayotgandi, dars maynida Jk va Jin menga qog'oz otishardi buni ko'rgan yangi kelgan bola esa ularga jahl bilan qarardi

Eun woo pov/
Bu qiz meni ustimga yiqilganida yuragim otilib ketay dedi uning ko'zlari juda chiroyli hatto tariflab ham bo'lmaydigan darajada, qiziq balki uni yoqtirib qolgandirman, lekin nega aynan u? Mayli yana bir tomosha qilaman, men Sunaga qaraganimda u nimadandir havotr olib faqat orqasiga qarardi u yerda Jk va Jin bundan tashqari Mina va Sora degan qizlar Sunaga huddi teshib yuborgandek qarashayotgandi, nega ular bunday qilyapti deb juda qiziqdim va shu payt Teahyung meni chaqirib qoldi

Tae: hoy Eun woo!

Meni esa hayolim boshqa joyda edi hatto Teahyung ni gapirganini ham eshitmadim

Tae: hoy aloo

Eun woo: ha nima deysan?

Tae: hayolimga qayerda o'zi? Yoki 7 chi osmonda uchib yuribsanmi?

Eun woo: shunchaki hayol surib qoldim nima demoqchi eding?

Tae: rostan ham jumrakdan suv otilib kettimi, yoki Suna senga suv sepdimi?

Eun woo: u menga suv sepsa uni usti ham ho'l bo'lmaydiku?

Tae: balki sen ham sepgandirsan qani to'g'risini ayt

Eun woo: menga qara borib ishingni qil hop

Tae: hmm demak bir gap bor, bugun Hejin kelmadi, jinoyat haqida eshittimi?

Eun woo: qanaqa jinoyat?

Tae: tepadan Minji degan qiz bizni sinfda o'qiydiku, o'sha yiqilib tushgan ekan, aytishlaricha faqat Hejin uni ko'rgan ekan shuning uchun u kelmadi

Eun woo: tushunarli

Tae: lekin baribir Sunani uning do'stlari tinch qo'ymaydi bu anniq

Eun woo: nega unday deyapsan?

Tae: Sunaga baribir yopishib olishadi yaxshisi bu ishga aralshma

Eun woo: mayli mayli oldinga qara ee

Tae: shunchaki ogohlantirdim da

Suna pov/
Sinfda negadir o'tirgim kelmadi, o'zimni juda yomon his qildim jarohatlarim qichishib og'riq bera boshladi, endi shu yetmay turgandi jin ursin..... Men ustozdan javob olib hojatxonaga kettim, bor kuchim bilan yugurdim va kelganimda u yerda 3 ta qiz bor ekan men tezda koftamni yechdim, qo'limdagi qonni ko'rgan qizlar qo'rqib ketib qolishdi, men tezda suvni ochdim va eshikni qulflab oldim

Qo'lim qichib ketti, uni yuvib tashladim, lekin baribir foydasi ham bo'lmadi

Suna: ayyy jin ursin tezroq bo'lsangchi!

Qon to'xtamasdi, shunda eshik qattiq taqilladi bu Mina ni ovozi edi demak bular meni tinch qo'ymaydi

Mina: hoy Suna shu yerga ketganingni bilamiz, Hejin yo'qligida o'zingcha ozodman deb o'yladingmi? Adashasan axir biz bormiz eshityapsanmi?

Sora: tezroq chiq sen bilan ishimiz bor qani!

Men ovozimni chiqarmadim, lekin baribir qo'lim achishib ketardi

Jk: Sunaa yangi kelgan bola bilan nima qilganingni ko'rdim shunday ekan bu yoqqa chiq

Jin: senga aql kiritib qo'yamiz qani!

Suna: meni tinch qo'ying, hozir ahvolim yomon

Mina: yug'e nima bo'lyapti a? Bizga buni farqi yo'q eshikni och yo'qsa uni buzamiz buni istamassan a?

Jk: och dedim!!

Men majburlikdan eshikni ochdim, ochishim bilan hammasi ichkariga kirib keldi va meni ko'rib ustimdan kulishdi

Mina: yo hudo bunga qarang nega hamma yering qon?

Jk: ohoo

Sora: shuning uchun ketgan ekansanda

Mina: juda yaxshi, qani biz bilan yur seni yaxshilab cho'miltirib qo'yamiz a bolalar?

Jin: albatta

Suna: men hohlayman

Sora: sendan hech kim so'ramadi aqilli

Suna: yo'q

Mina: Jungkook uni olib kel!

Jk: yaxshi

Suna: menga yaqinlashma!

Jungkook meni qo'limdan mahkam ushlab oldi va suduray boshladi, men baqirardim, kalidor bo'ylab ketar ekanmiz, meni baqirganimni ko'rgan bolalarning hech biri yordam bermasdi, nega ular bunday Hejindan shunchalik qo'rqishadimi? Sinfimiz didan o'tib ketayotganimizda juda qattiq baqiridim yangi kelgan bola meni eshitti va tashqariga chiqdi

Eun woo: bu Sunami?

Tae: ha Suna

Eun woo endi meni oldimga bormoqchi bo'lganida Teahyung uning qo'lidan ushlab qoldi

Tae: borma!

Eun woo: nega?

Tae: bu seni muammoying emas Eun woo

Eun woo: lekin uning hamma yeri qon edi

Tae: bu bizni ishimiz emas sinfag kir

Eun woo: jin ursin.....

Yangi kelgan bola hech narsa qilmadi, meni yagona umidim undan edi lekin foydasi bo'lmadi, Jk meni sudirab sport maydoniga olib keldi u yerda katta akvarium da suv bor edi, men qo'rqqanimdan uzoqlasha boshladim lekin Jk va Jin meni ushlab oldi

Suna: meni qo'yib yuboringllarr!..

Mina: baqirishni bas qil! Seni tozagina qilib cho'miltirib qo'yamiz to'g'rimi?

Sora: huddi shunday

Mina: uni akvarium oldiga olib keling!

Suna: yo'q iltimos

Jk va Jin meni akvarium oldiga olib kelishdi, men har qancha orqaga qadam qo'ysam ham foydasi bo'lmasdi, so'ng meni boshimdan ushlab olishdi va suvga boshimni tiqishdi, nafas ololmay qoldim suvda boshimni har qancha qimirlattim so'ng ular men tepaga tortishdi

Mina: xo'sh Suna bu senga yoqdimi?

Suna: bas qil!

Sora: menimcha u to'ymadi

Mina: to'g'ri yana tiqing

Boshimni yana tiqishdi, men suvda baqirardim boshim og'rib ketti, burnim va quloqlarimga suv kirib ham ketti

Suna

Suna: bo'ldi

Meni yana ko'tarishni va suvdan to'ymagunimcha yana va yana suvga tiqishdi, tahminan 30 daqiqa bu ishni davom etishdi o'lib qolmaganimga o'zim ham hayron qoldim, ishlarini bitib bo'lishgach meni o'sha yerda qoldirib ketishdi, men hilla nafas olardim, tirik qolganimni o'zi men uchun bir baxt edi, shu payt yig'lashga tushdim yuzim suvligidan yig'laganim ham bilinmasdi, men u yerda yarim saot o'tirib so'ng kettim, sinfga kelganimda hamma ustimga qaradi va kuldi bunga o'rganim ham qolgandim aslida jimgina joyimga o'tirdim, yangi kelgan bola mendan ko'zlarini uzmasdi, lekin nega menga yordam bermadi?

Dars mobaynida ustim ho'lligidan derazadi shamol juda qattiq kelib yuzimga urildi va nihoyat dars han tugadi men narsalarimni yig'ishirdim sinfda men va o'sha bola qoldi

Men endi ketaman deb turgan vaqtim u menga gapira boshladi

Eun woo: hoy Suna!~to'xtab

Suna: ha

Eun woo: buni so'rashim balki no o'rindir lekin nega seni buncha ho'rlashadi? Ularga nimadir qilganmisan?

Suna: nega bunga qiziqib qolding?

Eun woo: shunchaki

Suna: bu bilan ishing bo'lmasin, bu meni hayotim

Unga yuzimni burib chiqib kettim, u esa menga qaragancha qoldi, maktabdan chiqib to'g'ri uyimga bormoqchi edim lekin oyim menga qo'ng'iroq qildi

~qayerdasan?

Suna: maktabdan chiqdim

~hmm uyga kelma! Biror joyda borib o'tir men uyda bandman tushundingmi?

Oyim bo'shakni qo'yib qo'ydi, men esa hech narsa demadim, oyim juda foxsha ayol edi, nima ham derdim do'konga qarab kettim, u yerda ramyon yeb o'tirganimda telefonimga xabar keldi bu Hejindan ekan

U xabarda "hoy Kalamush menga tezda sojo va yeyishga biror narsa olib kel men kulb ning tepasidaman" deb yozilgan ekan, shu yerda ham meni tinch qo'yishmaydi, men sojo hamda kimbap qolib o'sha klubga bordim u yer juda shovqunli edi, ichkariga kirganimda baland musiqa har xil qizlar hamda yigitlar raqs tushib o'tirardi bazilari esa bir biridan bo'sa olardi bu qanday jirkanch men tepaga chiqdim

U yer qorong'u edi, oxiri xona eshigi oldiga keldim va taqillatmasimdan oldin uni Jk va Mina ochdi

Mina: ooo kimlarni ko'ryapman Hejin axir bu Sunaku?

Jk: qani ichkariga kir

Suna: aytgan narsalaringiz men esa uyga borishim kerak

Jk: qayerga ketyapsan ahmoq qiz qani ichkariga kir!

Suna: yo'q..

Jk meni majburlab ichkariga olib kirdi, u yer sigaret hidiga sasib ketgandi buni ustiga sojo hidi ham kelardi

Mina: hoy qizlar bu ahmoq sojo bilan kimbap olib kelibdi

Jin: ooo o'zi qornim ochib turgan edida

Hejin: salom berdik Suna

Hejin to'g'rida qo'lida sigaret oyoqlarini chalishtirib o'tirardi

Suna: men ketishim kerak

Hejin: qayerga buncha shoshyapsan a?

Suna: oyim chaqirgan edi

Hejin: bir tiyinga qimmat foxsha onangni aytyapsanmi?

Hejin ning bu gapidan jahlim chiqib ketdi va baqirib yubordim

Suna: onamni unday demaaaa iflos

Hejin: nima? Hozirgina nima deding?

Keyin jim bo'lib qoldim, Jk qo'llarimni ushlab turar ekan qattiq qisib tashladi, Hejin esa o'rnidan turib yuzimga tarsaki tushirdi

Hejin: tiling chiqib qobtimi a? Menga qara Kalamush sen hech kimga kerak emassan na onangga va na bizga seni shunchaki ermak sifatida ko'ramiz, Minji o'ldi buni eshitgansan, shuning uchun men maktabga bormagandim u mendan qochardi oxiri mana o'lib ketdi, shunday ekan sen ham o'ylab keyin gapir

Suna: meni qo'yib yubor

Hejin: yug'e hozir shunday qilaman deb o'ylaysanmi? Yo'q avval bizga bir Rasq tushib ber keyin ketishing mumkin

Suna: nima?

Hejin: Jungkook uni qo'yib yubor baribir ketolmaydi

Suna: nimalar deyapsan?

Hejin: nima gapimni eshitmadingmi? Sora qani musiqani yoq hozir Suna bizaga o'ynab beradi

Jin: ooo zo'rku bir mazza qilarkanmizda

Suna: bunday qilmayman

Hejin: qilmaysanmi unda manashu dazmol bilan oyoqlaringni kudiraman

Suna: unday qilma

Hejin: unda rasw tushib ber! Keyin ketaverasan xo'sh shunisi maqulmi?

Suna: men ketishni hohlayman

Hejin: buni bilaman, unda raqs tushishingga to'g'ri keladi

Mina: qani o'ynachi!

Suna: yo'q

๐ƒ๐š๐ฏ๐จ๐ฆ๐ข ๐›๐จ๐ซ......

๐€๐ฎ๐ญ๐ก๐จ๐ซ: ๐‹๐„๐„ ๐’๐”๐๐€
๐Š๐š๐ง๐š๐ฅ: ๐๐€๐๐†๐“๐€๐ ๐“๐€๐‹๐„๐’