๐๐๐๐ย ๐๐๐๐๐ฟ๐ย ๐๐๐ ๐๐๐๐๐๐๐พ๐ย ||ย 7 ๐๐ฅ๐ค๐จ๐๐๐
"You are the only love that freed me from hell"
Suna pov/
Men hozir tush ko'ryapmanmi? 10 yil mobaynida hatto yuzini ham esdan chiqargan odamim hozir qarshimda turibdi. Nega u Koreaga qaytib keldi uzi? Meni qayerdan topdi? Uni hech qachon ko'rmaslikka umid qilganim axir....... Nega u bu yerga keladi? Nega uni men ko'rishim kerak. Onam qo'lini mendan bo'shatib tashqariga chiqib ketdi, men hali ham Eun woo ning yuziga qarab toshdek qotib qolgan edim, garchi onam meni chaqirmagunicha
~Hoy Suna nega qotib qolding? Tezroq yursangchi, menga pul berishing kerak!
Hayolimni bir joyga jamlab, Eun woo ni ko'rmaslikka olib ketmoqchi bo'ldim, lekin u meni qo'limdan ushlab qoldi
Suna: meni kimdir bilan adashtirdingiz.....qo'limni qo'yib yuboring!
Eun woo: nega mendan qochyapsan, 10 yil ichida seni hatto daraging ham bo'lmadi, nega endi mendan qochyapsan?
Suna: sizga men Suna emasman dedim~baland ovoz bilan~nega menga yopishib oldingiz? Meni qo'yib yuboring
Unga jahl qilib qo'limni oldim va u yerdan kettim. Meni ko'rganidan hali ham hayron bo'lib qolgan Eun woo mendan ko'zini uzmasdi
Kang: Janob Eun woo bu qiz kim?
Eun woo: yo'q hech kim, etibor berma uni bir qizga o'xshatib yubordim
Eun woo ni ko'rganimga umuman ishonmasdim, u meni qanday tanib qoldi axir 10 yil oldingi Suna yo'qku? Nima bo'lsa ham bu yerga boshqa kelmayman degan umiddaman, uni ko'rganimda yuragim juda tez uradi va u meni ayanchli hayotimning guvohi bo'lgan odam. Onam yo'lda uzini boshqara olmay ketar ekan uni yelkasidan yengil ushlab oldim va jahlim chiqib gapira boshladim
Suna: nega faqat o'z bilganingizdan qolmaysiz?~baland ovoz bilan
~menga nega baqiryapsan? Senga nima qildim a?
Suna:nega bu yerga keldingiz? Shifoxona sizga nima qilib bera oladi uzi?
~hohlagan joyimga boraman seni shu yerga kelishingni bo'lgandim, menga pul ber!
Suna: aysh......siz uzi zig'ircha bo'lsa ham qizingizga achinasizmi?
~heee senga achinishim kerakmi? Nimangga achinaman a? Puling ko'p bo'lsa hech nimadan kam bo'lmasanh, yolg'iz onangga ham pul berolmaysan sen qiz!
Suna: menga osson deb o'ylaysizmi? Yoshligimda qanchalik azob ko'rganimni siz qayerdan bilasiz? Faqat uzingizni o'ylaysiz! Zig'ircha bo'lsa ham qizingiz borligini sezmagansiz men hammasiga o'z kuchim bilan erishganman. Shunday ekan boshqa menga bosh og'riq bo'lib, bu yerga kelang!
~yaxshi yaxshi, senga bitta gap gapirib bo'lmaydi, o'rniga mingta gap qilib berasan...... Menga pul ber! Qolgani bilan esa ishim yo'q
Men sumkamdan bir pachka pullarni olib, onam ni qo'llariga bermasimdan, u qo'limdan yulib oldi. Pullarni ko'rishi bilan ko'zlari o'ynab ketib uni sanay boshladi. Men esa o'z onamdan jirkanardim
Suna: ko'nglingiz joyiga tushdimi?
~ha lekin bu yerda kam emasmi? Shuncha puling bor, o'qituvchilik qilsan, nega onangga bunchalik kam pul beryapsan?
Suna: oyiiii, agar yetmayotgan bo'lsa qaytarib bering! Men sizni boqishga majbur emasman~qo'lini cho'zib
~yo'q hech qachon, mayli shu ham yetadi, men kettim, agar yana pul kerak bo'lsa seni uyingga boraman yoki yana shu yerga kelaman
Suna: aysh.......~sochlarini ushlab
Oyim pullarni qo'liga olib, ko'zi o'ynagancha bu yerdan ketdi. Men esa hayollarimni bir joyga to'plab, bu shifoxonadan kettim, boshqa qaytib kelmayman degan umiddaman.......
>>>>>
Eun woo pov/
Hozirgi bo'lgan holatdan hali ham o'zimga kelolmasdim. Ko'zlarim rostan ham Sunani ko'rdimi yoki u boshqa qiz edimi? Yo'q u anniq Suna, lekin bunchalik o'zgarib ketadi deb o'ylamagandim, u oldingidan juda chiroyli, ustidagi oppoq kastumi uni huddi o'qituvchiga o'xshatib quygandi. Qiziq kuygan jarohatlari hali ham bormikan? Shunga o'xshagan savollar meni miyyamni huddi virusdek qamrab olgandi. Ish stolimda o'tirar ekanman, faqat Suna haqida o'yladim, toki uni ko'rmagunimcha, shunday hayollarimni Kotib Kang kelib buzib qo'ydi
Kang: janob kirsam buladimi? ~eshikni taqillatib
Kitob Kang kirib kelar ekan, uni qo'lida ko'pgina hujjatlarni ko'rdim. Ularni stolim ustiga qo'ydi uzi esa chiqib ketarli ovozda gapirdi
Kang: janob Eun woo bu shu shifoxonaning barcha xodimlar ro'yxati ularni birma bir o'rganib chiqishingiz mumkin
Eun woo: yaxshi~kotib kang ketar chog'i uni to'xtatib~ha aytgancha Kotib Kang sizga bir vazifa bor edi....
Kang: mayli, aytshingiz mumkin nima qilishim kerak?
Eun woo: haligi men pastda bir qizga urilib kettimku, o'sha qiz haqida malumotlar kerak
Kang: yaxshi lekin ularni nima qilasiz?
Eun woo: bu yog'i meni ishim sen faqat malumot topib bersang bo'ldi. Agar malumot chiqmasa menga xabar ber!
Kang: janob Eun woo uni onasi haqida malumotlarni ko'rgandim
Kang: xodimlar malumotlari saqlanadigan yerda, u yerda doimiy bemorlarning ham malumotlari bor ekan, shunga ko'zim tushgan edi
Eun woo: bu yaxshi juda etiborlisan kotib Kang, ularni menga olib kel!
Kotib Kang eshikni ochib, bu yerdan chiqib ketdi. Men esa kresloyimni deraza tomonga surib olib, chuqur o'yga cho'mdim. Sunani ko'rishim bilan u umuman hayolimdan ketmasdi, muhimi u soppa sog ekanini bildim. 10 yil ichida uni qanday o'ylaganimni mana endi uni ko'rishim bilan his qildim. Endi men seni qo'yib yubormayman Suna, seni topaman va avvalgidek birga bo'laman. Keyinchalik yana eshigim taqilladi va bosh shifokor oldimda kirib keldi
~janob Eun woo agar ishlaringiz ko'p bo'lmasa bizga yordam berib yuborasizmi?
Eun woo: tinchlikmi nima bo'ldi?
~bir bemorimiz qattiq o'pka kasalligi bilan qiynalyapti, uni aperatsiya qilishimiz kerak shunga sizning yordamingiz kerak!
Eun woo: shuni vahliroq aytmaysizmi, qani yuringchi....~o'rnidan turib bosh shifokorni yetaklab
>>>>>>>
Hejin ishida muhir aktirisa bo'lsa, haqiqiy hayotda ham huddi shunday edi. U ajoyib bir brendda suratga tushar ekan, uni chiroyiga hamma Mahliyo bo'lib qolardi. Suratga olish ishlari davom etib bu yana 2 saot vaqtni oldi. Studiyaga baland poshna bilan kirib kelgan Mina, Hejinni tomosha qilar ekan u dogonasi bo'lsa ham ich ichidan unga hasad qilardi. Yonib kuyib ketardi. O'zi oddiy ish boshqaruvchi bo'lib ishlasa ham narkotik moddalarga o'rganib qolgan tanasi bazida unga og'riq berardi. Hejinni kuzatib turgan bir paytda unga qo'ng'iroq bo'ldi
Mina: eshitaman....~telefonini qulog'iga qo'yib
Jin: sen qiynalyapsan shundaymi?
Mina: Jin bu senmisan? Nega qo'ng'iroq qilyapsan ahmoq?
Jin: hozir tanang qanday moddani hohlayotganini faqat men bilan shunaqami? Senga yangi tovar kelgan, uni olmoqchi bo'lsang darhol o'sha eski joyimizga kel!
Mina: senga qancha aytishim kerak, uzing menga olib kelib berasan!
Jin: unda pulini 2 hissa oshirib ber! Men ham tekinga ish qilmayman Mina xonim....
Mina: aysh.........yaxshi pulini beraman faqat tezroq olib kel, yo'qsa seni o'zim o'ldiraman
Jin: hoy qo'rqib kettim, menimcha sen Hejinni oldida bo'lsang kerak yaxshi mana boryapman
Bo'shakni qo'ygan Mina asabiylashishni boshladi. Jin unga katta miqdorda narkotik modda yetkazib berardi. Mina bularni o'z ishlab topgan pullariga olardi, bir xil vaqt Hejindan yoki Jungkook dan ham qarz olib to'lardi, narkotik modda unga suv va havodek zarur edi. Hejinning ishi tugagach, u Minani oldiga keldi
Hejin: kutib qolmading menimcha to'g'rimi?
Mina: yo'q unchalik emas, xo'sh qalay bo'ldi?
Hejin: bularni yax deb bo'lmaydi, boshim hozir tars etib yoriladi biror joyga boraylik
Mina: yur sen bilan ichish uchun ham keldim.
Hejin: ish qilib Sora keladi dema!
Mina: undan xabarim yo'q qani yursangchi!
Mina Hejinni qo'lidan yetaklab olib ketdi, ular mashinaga borar ekanlar, Minaning mashinasi ichiga narkotik modda turardi. U buni ko'rib, ko'zlari katta katta bo'lib ketdi va buni Hejinnga bildirmaslik uchun tezda olib cho'ntagiga solib qo'ydi
Hejin: men seni mashinangda ketmayman, uzimnikida ketganim yaxshi.......
Mina: yaxshi uzing bilasan~mashinasi o'tirib
Hejin o'z oq mashinasini oldiga ketdi. Yolg'iz qolgan Mina esa, mashinasi ichida cho'ntagidagi narkotik moddani olib undan to'yib to'yib hidlab qabul qildi. Uni qabul qilar ekan huddiki bundan rohat olgandek edi. U uchun eng rohat oladigan narsa, shu dorilar edi. Ularni chekkadan kuzatib turgan bir kishi mashina ichidagi Minani suratga oldi, oq mashinani haydab ketayotgan Hejinni ham suratga oldi.
Ikkisi hech qanday qahvaxona yoki biror joyni borishni o'rniga Hejinni uyini maqul ko'rishdi. Mina qo'liga viski ko'tarib olib huddi uzini uyidek his qilgan holda tepaga chiqdi. Kiyimlarini almashtirib chiqqan Hejin ham tepadagi bassen oldiga chiqdi. Ular sigaret larni olib yoqishdi va viskidan to'ldirib quyib icha boshladilar.....
Hejin: Mina Jungkook dan biror xabar bormi?
Mina: uni anchadan beri ko'rmadim, Sora bu haqida aytgandek bo'lgandi menimcha~sigaretni tutatib
Hejin: uni ko'rsam, asabim buziladi.....
Mina: kimni aytyapsan Soranimi?
Hejin: ha o'shani, o'zicha model emish, kim uni shunday semiz figurasi bilan modellikka olgan hayronman~kulib
Mina: uni nafaqat figura balki uzi ham bir turuk odam emas.......senga aytsam......
Hejin: bo'lishi mumkin. Ha aytgancha Jin menga qo'ng'iroq qilgan edi, shu ham juda jonimga tegdi aysh nega hamma mendan pul so'rayveradi jin ursin......~viskini ko'tarib ichib
Bunday vaziyatda, Mina ham Hejindan pul so'ramoqchi bo'lgani esiga tushib ketdi. Buni qanday so'rashni bilmay ikkilanib so'ramoqchi bo'ldi
Mina: Hejin sen mashhur aktirisasan, ering ham katta biznesmen shunga......
Hejin: Mina iltimos chaynalmasdan gapir! Meni asabimga tegyapsan.....
Mina: hullas tan olaman menga pul kerak! Senda pul ko'p to'g'rimi?
Hejin: aysh.......~viskini ko'tarib o'rnidan turdi va tashqariga nazar solib, Minaga gapida boshladi~bilasanmi ichimizdan eng boy va aqilli inson bu menman, sen ham Jin ham, Sora ham hech narsaga yaramaysiz.....nega bilasanmi? Chunki sizlar ahmoqsiz, Jungkook esa bundan ozgina bo'lsa ham mustasno, u aqilli shuning uchun ham yaxshi ishi bor, Mina sen ish boshqaruvchi bo'lsang ham qo'lingda uzingga yarasha pul yo'q, Jin faqat yugurdaklik qilishni biladi holos Sora esa faqat uzini chiroyliman deb o'ylaydi, lekin buni aksi~kulib~erim boy va obro'li odam, men ham mashhur aktirisaman, uncha buncha odamni ham menga tishi o'tmaydi, buni bilasan, shunday ekan senga pul bermayman.....
Mina ham o'rnidan turib, sigaretni og'ziga solar ekan, Hejin boy ekanini aytganida bu gaplardan unchalik ham hayron qolmasdi. Chunki bu gaplarni juda ko'p eshitgan
Mina: tug'ri senga ko'p kishini tishi o'tmaydi, lekin sen yoshlik vaqting va keljakdagi ishlaringni biz bilamiz.......agar ularni ering bilib qolsa qaytib senga qararmikan? Shuni ham o'ylab ko'r, Hejin...
Mina: ko'ryapsanmi? Hisob 1 ga 1, menga pul bersang, keyin sendan qaytib so'ramayman, axir yaqin dugonangmanku?
Hejin: jin ursin....~viski ichib~yaxshi beraman, faqat bu oxorgisi bo'lsin! Agar yana pul so'rasang men qarab o'tirmayman
Mina: yaxshi yaxshi seni tushundim......
Hejin uyiga kirib ketib, seyfidan ko'proq dollar olib chiqdi, buni ko'rgan Mina ich ichidan hursand bo'lsa ham Hejinga juda qattiq hasad qilardi
Hejin: maa ol~pulni berib~Mina aytib qo'yay bu oxirgisi, agar biror nimani eshitib qolsam tamom bo'ldim deyaver
Hejin va Minaning suhbatini, Hejin unga pul berganini rasmga tushib olgan odam Sunaning uyi tepasida edi. Hejin va Mina yaqqol ko'rinib turardi. Shu payt rasm olgan odamning telefoni jiringlab qoldi
~muhim ish bilan bandman, o'zingiz aytgan ish bilan....
Suna: yaxshi, kechga yaqin uchrashamiz, men aytgan hamma malumotlarni olib kel, esingdan chiqmasin!
~yaxshi sizni tushundim, Suna xonim.....
Qo'ng'iroq yakunlangach, fotokamerasi bilan yana Hejin va Minani rasmga olardi, ularga Sora kelib qo'shildi. Uning ustidagi kiygan kiyimini ko'rgan Hejin va Mina kulgudan o'lay deyishdi.......
>>>>>>
Suna Yana qaytib o'zi ishlagan maktabiga keldi. Bolalar u yerda juda ko'p, ularni ichida Hejinning qizi Im Sol o'qirdi va Suna o'sha sinfda dars berardi. Hammani o'z sinfiga yig'gan Suna bolalar bilan salomlashib, ularga uzini tanishtirdi
Suna: salom hammaga, yoqimtoy va shirin bolajonlar, mening ismim Lee Suna sizlarning yangi o'qituvchingizman, meni Suna ustoz yoki oddiy ustoz deb chaqirsangiz bo'ladi
Suna: sizlar men bilan tanishgan ekansiz endi esa men hammangizni ismingizni bilib olishim kerak qani hamma bitta bitta o'z ismini aytsin!
Sunaning bu gapidan keyin, hamma bolalar birma bir ismlarini ayta boshladilar. Navbat Im Sol ga kelganida Suna unga diqqat bilan etibor berdi. Im Sol juda chiroyli qiz bo'lgani uchun ovozi ham chiroyli va mayin edi
Im Sol: mening ismim Im Sol, 7 yoshdaman, oyim aktrisa Hejin, dadam esa hokik Han.....
Suna: juda yaxshi, sen ham hudud onangg o'xshab juda chiroyli qiz ekansan o'tirishing mumkin
Im Sol joyiga o'tirgach, Suna dars paytida undan ko'zini uzmasdi. Im Sol onasiga qaraganda, ko'proq yaxshilik qilishni yaxshi ko'rardi. Kimdir biror dugonasini ursa yoki haqorat qilsa, ularni yonini olib ketardi. Shuning uchun ham hamma Im Sol ni juda aqilli va yaxshi qiz deya tariflashadi. Im Sol haqida ham barcha malumotlarni bilan Suna unga yomon lik tilamasdi, shunchaki Hejinni ilintirish uchun yaxshi o'lja sifatida kerak bo'lardi....
Sunaning hamma darslari tugagach, tashqariga chiqdi, u maktab bo'ylab aylanib yurgan vaqtida, maktab tomiga qaradi, u yerda Hejin ko'ziga ko'rinib, Minjini itarib yuborgani ko'z oldidan o'tib ketdi. O'shanda qattiq qor ham yog'ayotgandi, Suna Hejinni bejigini topib olib, uni hali ham saqlab qo'ygani ham esiga tushdi. Shunday bir hayol surib turgan paytda, maktab darvozasidan Jungkook kirib kela boshladi. Uni ko'rgan Suna nega u bu yerda ekanligiga juda qiziqdi, uzoqdan Sunani ko'rgan Jungkook yuzida tentaknamo tabassum paydo bo'lib, uni oldiga keldi
Jk: yo hudo kimlarni ko'ryapman? Lee Suna senmisan? ~kulib
Suna: ha ha menman, Jeon Jungkook.....
Jk: woow qoil ancha o'zgarib ketibsan, avvalgi ahvolingni eslab kulgidan uzimni zo'rg'a ushlab turgan edim, seni nochor bo'lib o'lib ketgan deb o'ylardim, bu yerda nima qilyapsan?
Suna: sen o'shanda meni o'ldi deb o'ylagan vaqting men o'qishda o'qidim...
Jm: ooo shunaqa degin, yaxshi seni ko'rib eski hotiralarim esimga tushib ketdi axir....
Jk: shoshma sen bu yerda o'qituvchimisan? Yo hudo rostanmi? Bu maktab faqat boshlang'ich sinf bolalarini o'qitadi, sen bolalarni yaxshi ko'rasanmi?
Suna: ha shunaqa, uzingchi? Senga bolalar yoqmasdiku?
Jk: bu yerda......jiyanimni ko'rgani kelgandim
Suna: yug'e, ismi nima ekan bilsak bo'ladimi?
Jk: bilishing shart emas, ha aytgancha avvalgi qo'rqoq, nozik, meni ko'rsa uzini yo'qotib qo'yadigan Sunani ko'rmayapman......seni tiling bunchalik uzun emasdi ku? Qiziq 10 yil ichida hatto bir birmizni ko'rmadik, taqdir taqozosi bilan mana endi ko'rishib qoldik~kulib~senga bir gap aytaymi? Avvalgi holingda menga ko'proq yoqarding, ayniqsa sening lablaring......
Jungkook ning bu gapidan jahli chiqqan Suna uni yuziga tarsaki tushirmoqchi edi lekin Jungkook uning qo'lidan ushlab qoldi
Jk: hooo buni qaranglar shunchalik o'sib kettingmi? Menga hatto qo'l ko'tara olmasding Suna.....
Suna: sen bilgan avvalgi o'sha qo'rqoq, nozik seni ko'rganida yuragini ushlab qoladigan Suna endi yo'q.....yangi Lee Suna ni qabul qil! Hali meni yuzimni juda ko'p ko'rasan Jungkook~qo'lini olib
Suna jahl bilan uzini mag'rur tutib, u yerdan ketdi. Jungkook esa yengil tabassum qilib, unga etibor bermadi va maktab ichkarisiga kirib ketdi.
>>>>>
Suna pov/
Kech tushdi, men ishimdan chiqib, to'g'ri mashinam bilan eski avto turargoh ga bordim. U yerda bir odam bilan ko'rishishim kerak edi. Uning mashinasini ko'rdim va o'zga joyga to'xtab, mashinasiga borib o'tirdim, aslini olganda bu meni mashinam edi men unga qarzga berib turganman
Suna: xo'sh, sen aytgan malumotlarni aytishing mumkin faqat rasmlar bo'lsin...........