๐ฬ๐ฟ๐ผ๐ ๐ต๐ผ๐ฟ๐ด๐ ๐๐๐๐๐ด ๐๐๐ || 10 ๐๐๐ ๐
"Dunyoni barbot qilgan mahluqlar emas. Insonlarning o'zi"
Asumi: issiqroq narsa topish kerak
Suna: bizda hech narsa yo'qku?
Misun: ana u yerga qarang yog'och taxtalar bor ekan!~qo'li bilan ko'rsatib
Jk: menda gugurt bor edi hozir cho'ntagimda~cho'ntagini kavlab
Misun: ana muammo hal, yog'och taxta bilan olov yoqamiz
Bolalar ovqat yeb bo'lgach, hamma yog'och taxta larni o'rtaga qolib kelishdi, uni sindirib mayda mayda bo'laklarga bo'lishdi so'ng gugurtni bir ammalab yoqib olov yoqishga harakat qilishdi
Seyoung: buni yaxshilab puflash kerak
Jm: qani hammangiz chetga o'tingchi, kamida hozir puflab tashlaydi
Jimin o'zini mahtab hammani chetga o'tishimi aytdi
Jm: Suna Puna iltimos qo'shilma, bunga baribir aqling yetmaydi
Suna: hmmm qani aqilli odam yoqchi
Misun: o'zi yoqolasanmi Jimin?
Jimin olov oldiga kelib, uni puflay boshladi, olov yaxshi yonib turgan edi lekin Suna ataylab uni bir tepganida uning qora uchquni Jiminning yuziga uchdi va uning yuzi qora bo'lib qoldi, Jiminni ko'rgan hamma kulib yubordi
Jm: hoy sen yaramas buni kim qildi?
Jk: bo'ldi Jimin o'zingni bos va yuzingni artib ol!
Jm: ha sen ahmoq qiz! ~yuzini artib
Misun: hop yaxshi Jiminshii ustingdan mazza qilib kulib oldik endi hamma olov atrofida to'plansin issiqda o'tiramiz
Hamma olov atrofiga to'planib oldi va oyoq qo'llarini isita boshladilar, Misun ni tanasi juda issiq bo'lgani uchun u issiqqa o'tirishni hohlamadi, Jimin uni quchoqlab olib isitishni hohladi
Jm: bag'rimda issiqina bo'lishni hohlamaysanmi?
Misun: seni tishlab olsam nima bo'ladi?
Jm: mayli zombilarning qo'lida o'lganimdan ko'ra seni qo'lingda o'lganim yaxshi
Jm: ha nima qibti seni juda sevaman axir?
Ularni kuzatib turgan Suna qo'llarini isitib ularga juda yomon qarardi, uni oldida o'tirgan Seyoung esa Sunaga qarab kulardi va uni turtib quydi
Seyoung: nega Misun bilan Jiminga bunday qarayapsiz?
Suna: bu g'ashimni keltiryapti
Seyoung: tushunaman men ham rashk qilyapman lekin na iloj unga biz emas Jimin ko'proq kerak
Suna: balki lekin baribir Jiminni uncha suymayman
Seyoung: nega u yaxshi yigitku? Misunga mos...
Suna: bilaman lekin baribir nima bo'lsa ham Misun zombiga aylanmasa bo'ldi
Seyoung: menimcha unday bo'lmaydi
Suna: Asumi opani ahvoli yaxshimi?
Seyoung: ha yaxshi mendan ko'ra Jimina unga g'amxo'rlik qilyapti
Seyoung: men esa har doimgidek rashk qilyapman, hullas men kettim opamni o'zimga olaman siz esa Jiminani oldingizga oling
Seyoung Asumi va Jiminani oldiga borib, yunlariga yopishib oldi va Jiminaga bu yerdan ketishini ham aytdi, nima qilishni bilmagan Jimina Sunani oldiga borib oldi va uni quchoqlab yelkasiga boshini qo'ydi
****
Teahyung hali ham futbol maydonida edi uni oldidan zombilar ketgach u qon aralash yotardi va ko'zlarini ochdi, u bir og'iz yo'talib o'rnidan turdi uning ko'zlari qondek tomirlari qizarib ketgan edi, bo'yniga qo'lini olib borib yarasini ko'rdi u deyarli bitib ketgan edi
Tae: aysh..... Menga nima bo'ldi o'zi? Juda ko'p qon yo'qotibmanku? Lanati Suga u ham menga o'xshagan Zombi ekan bu anniq muammo bo'ladi
Teahyung o'zini anglab olib futbol maydonidan ketdi, u maktab teritoriyasi bo'ylab yurar ekan maktab ichkarisiga kirdi u qochgan oshxonaga bordi va yon atrofga qaraganida hech narsa yo'q edi u stullarni qo'yib tepadagi teshikka qaradi u yerda ham hech kim yo'q edi. U pastga tushganida Jimin tushirib qoldirgan ratsiyani topib oldi va Jungkook bilan aloqa chiqishga harakat qildi
Tae: aloo Jungkook bu men Teahyung men eshityapsanmi?
Tepada o'tirgan bolalar bir birining bag'rida o'tirganida Jungkook ning cho'ntagidan ovoz keldi, Jk tezda olib javob berdi va bu Teahyung ekanini hamma eshitti
Tae: nihoyat ha tirik qoldim, sizlarchi qolgan bolalar oldingizga bordimi?
Tae: singlimning ahvoli yaxshimi?
Jk: ha hamma yaxshi o'zingchi qanday tirik qolding?
Tae: men Sugani uchrattim undan ehtiyot bo'linglar
Tae: ha u bilan to'qnash keldim, u umuman odam emas edi qo'lida pichoq bor, har qanday odamni o'ldirishga tayyor
Jk: jin ursin...... U o'lishim kerak edi
Tae: u chala zombi menimcha Misunni ahvoli yaxshimi?
Tae: Jungkook meni diqqat bilan eshit! Tomda bo'lsangiz ehtiyot bo'ling! U har qanday vaqtda sizlarni oldingizga chiqadi shunday ekan iloji boricha hammani himoya qil! Tez orada men boraman, bu gapimni Suna ga aytib qo'y aloqa tugadi
Jk: Teahyung shoshma, hoy Teahyung!
Teahyung ratsiyani o'chirib qo'ydi va oshxonadan chiqib to'g'ri Sugani qidirishga ketdi, qorong'u tushib olov ham o'chib qolay deganida bolalar uni qaytadan yoqishga harakat qilishdi
Teahyung bo'lsa Sugani topa olmagach, atrofni ko'zdan kechirish uchun maktab maydonini aylanib chiqdi, u maktab tashqarisiga chiqqach yon atrofda biror odam tirik qolganmi yoki yo'q shuni aniqlamoqchi edi, Teahyung katta yo'l bo'ylab ketdi va turli xildagi ko'cha to'la do'konlarga ko'zi tushdi lekin u yerda hech qanday zot yo'q edi zombilardan boshqa, Teahyung bir do'konga kirib aloqa topmoqchi edi ammo katta telefoni ko'rib qoldi u tanga tashlab politsiyaga qo'ng'iroq qildi lekin hech qanday javob bo'lmadi, biroq u tashqariga chiqqanida politsiya mashinasini ko'rib qoldi va oldiga bordi
Mashina chirog'i yongan bo'lsa ham Teahyung ichkarisiga qaradi u yerda bir odam hamma yeri qon tarzda o'lib yotgan edi, Teahyung iloji boricha unga qaramadi, agar qaraganida qon uni aqldan ozdirib o'zini boshqara olmasdi. Odam o'lgach ichkariga kirdi va o'lgan odamni tashqariga chiqarib yubordi, u politsiya ratsiyasidan aloqaga chiqmoqchi bo'ldi
Tae: aloo, meni kimdir eshityaptimi? Javob bering?
Ovoz kelmadi, lekin keyinchalik bir odamni ovozini eshitti
~ha men sizni eshityapman Kimsiz?
Tae: men maktab o'quvchisiman iltimos bizga yordam bering!
~siz tirik qolganmisiz? Hozir qayerdasiz?
Tae: ha men tirik qoldim lekin men bir o'zim emasman biz 8 ta miz
~rostanmi? Unda hozir qayerdasiz?
~maktab tomida bo'lsangiz bizga qanday bog'landingiz?
Tae: men pasga tushgan edim, siz harbiy qo'riqchisiz to'g'rimi?
~ha huddi shunday, anniq manzilingizni ayting biz u yerga yetib boramiz
Tae: biz Keyung maktabidamiz, yani tomida
~sizni tushundim, orangizda kasallanganlar yo'qmi?
Tae: yo'q, hamma tirik iltimos tezroq keling
~yaxshi ertaga kechqurun o'sha yerga yetib boramiz
Tae: tushundim sizni kutamiz rahmat
~iloji boricha o'zingizni ehtiyot qiling, zombilar juda ko'p
Teahyung harbiy xizmatchi bilan gaplashib yordam so'ragach o'zini yaxshi his qildi, u maktabga qaytib Sugani izlashda davom etdi u qayerda bo'lsa ham bolalar uchun juda xavfli edi
***
Suga Teahyung ni oldidan ketgach, boshi juda qattiq aylandi va qon hidini sezishi bilan darrov o'sha yerga bordi, borgan joyida juda ko'p zombilar bir odamni g'ajib tashlayotgandi, Suga ham huddi ulardek tarmashib barcha zombilarni itarib yubordi va bir o'zi o'sha odamni qonidan to'ygunicha ichdi, biroz to'yib olgach, labini artib yo'lida davom etdi
U birinchi bo'lib sport maydoniga kirdi va u yerda qon izlarini ko'rdi omborxonaga kirganida u yerda Hanna osilib turganini ko'rdi uning hamma yeri ilma teshik bo'lib ketgandi
Suga: vay naqadar jirkanch fuuu
Suga Hannani ko'rib jirkanib ketdi va u yerdan chiqib to'g'ri oshxonaga bordi u yerda ham qon izlari juda ko'p edi, Suga tepaga qaraganida u yerda katta teshik birligini ko'rdi stullarni birlashtirib tepaga chiqdi va u yerda nima borligini ko'rdi
Suga: demak hammangiz shu teshikdan qochgansiz, lekin qanday qilib buncha ko'p zombi dan o'ta oldingiz? Sizlarga Teahyung yordam berdimi? Lekin u tashqarida edi, demak qaysidiringiz zombiga aylangansiz ha bu to'g'ri, agar unday bo'lmaganida hammangiz o'lib ketardingiz, barakalla
Suga pasga tushib oshxonadan chiqdi u maktab ichiga endi kirganida maktab tomida yorug'likni ko'rdi va u yerdan qora dutun ham chiqardi, Suga bu bolalar ekanini sezib yengil tabassum qilib qo'ydi
Suga: demak o'sha yerda ekansizda, yaxshi ertaga ertalab faqat murdangiz bo'ladi
Suga ularga indamadi, o'zi esa boshqa biror joy topib uhlashni ma'qul ko'rdi
****
Ertalabki tong bolalar sovuq bo'lgani uchun hech ham uhlay olishmadi, ular yana olov yoqmoqchi bo'ldi va gugurt yoqib uni puflashga kirishdilar
Jm: Jungkook yana ko'p yog'och taxta kerak teppa juda ham sovuq ekan
Jk: uzi 2 ta qoldi bugun ham tunab qolsak boshqa qolmaydi
Jk: kimdir pastga tushib, stullar olib kelishi kerak
Misun: men borsam bo'lmaydimi?
Jm: yo'q hayolingga ham keltirma
Misun: sizlar baribir bora olmaysiz, men zombiman shunday ekan boshqa zombilar menga tega olmaydi
Misunning gaplarini eshitib qolgan Suna darrov o'sha yerga bordi
Misun: mendan boshqa kimdir bormi?
Suna: lekin baribir u yer xavfliku?
Suna: ha huddi shunday sen qayerga borsang men ham o'sha yerga boraman
Jm: senga pishirib qo'yindimi? Men boraman
Suna: sengachi qaynatib qo'yibdimi?
Misun: eyy ikkingiz ham bas qiling men bir o'zim u yerga boraman
Misun: mayli men bilan Jimin bora qolsin, u o'g'il bola opa siz esa juda nimjonsiz!
Misun: sizni yaxshi ko'raman lekin Jimin ancha kuchliroq
Suna Misundan arazlab Jimina ni oldiga borib oldi, Misun esa unga etibor bermadi, Jungkook ikkisi kelishini olgach qayerdan tushishni muhokama qilishdi
Jk: yaxshi kelishib olgan bo'lsangiz Misun menimcha eshikdan tusholmaysan
Misun: men tomdan tushsam bo'ladi
Misun: men sakray olaman va tusha olaman
Misun: yug'e sinsa ham o'lmay man
Jk: bunday qilsakchi Misunni o'zi tushib bizga stullarni otsa biz esa uni Jimin ikkimiz ushlab olardik
Jm: men sen bn bormoqchiman axir
Misun: qo'rqma meni hech kim yeb qo'ymaydi, o'zim bora olaman
Jk: unda yaxshi, Misun tayyor bo'lsang pastga tush
Misun yaxshilab tayyorgarlik ko'rib oldi va pastga tushishga tayyor edi, Suna garchi undan hafa bo'lgan bo'lsa ham uni oldiga bordi, Misun pastga tushgach tepaga qaradi
Misun stullarni olish uchun maktab ichkarisiga kirib ketdi, u yo'lda yurar ekan har tomondan zombilar chiqardi, lekin hech biri Misun ga tegmasdi, Misun o'zini sinfiga kirib 4 ta stul ko'tarib chiqdi va endi tashqariga chiqqanida uzoqdan Teahyung ni ko'rib qoldi, u derazadan Teahyung ni chaqirmoqchi edi lekin u qo'liga olov olib nimadir qilayotgan edi
Misun buni yaqinroq ko'rish uchun oldiga bordi, Teahyung qo'liga uzun tayoqlar olib, uni latta bilan o'rardi va olov yoqishga harakat qilardi, Misun uni nima qilayotganini unchalik tushunmadi
Misun: bu o'zi nimalar qilyapti?
Misun chalg'imasdan maktab tashqarisiga chiqdi lekin to'satdan baland ovoz uni quloqlarini og'ritib yubordi, Teahyung ham quloqlarini ushlagancha turib qoldi, bu Suga edi u qulog'iga quloqchin taqib olib, ovoz yozish studiyasiga kelgan edi va mikrafondan gapira boshladi
Suga: diqqat diqqat meni hammangiz eshityapsiz to'g'rimi? Hoy yaramas bolalar men bu Sugaman sizlarni qayerda ekaningizni bilaman hech havotr olmang baribir hammangizni o'ldiraman, men o'lmadim va yarim chala zombiman shuni bilib qo'yingki bu maktabdan hech biringiz tirik ketmaysiz, men hammangizni o'ldiraman ha aytgancha menga Suna kerak uni azoblab o'ldirishim kerak bu Teahyung uchun sovg'a bo'ladi ~kulib~meni kutinglar
Suga gapirib bo'lgach, tomda o'tirgan boshqa bolalar qo'rqa boshladilar
Jimina: endi nima bo'ladi? U nega Suna opam haqida gapirdi?
Suna: jin ursin unga men kerakman
Jm: balki tushuntirib berarsan nega aynan sen?
Suna: avval Suga menga sevgi izhor qilgan edi, men esa uni rad etgandim, shundan so'ng Misun bilan chet elga kettik lekin Suga sendan o'chimni olaman degandi
Seyoung: Lanati Suga! Shu o'lmadi biz qutulmadikdaaaa
Jm: hozir shunda nima qilish kerak?
Suna: bilmayman Teahyung tezroq kelsa yaxshi bo'lardi
Jm: hozir ehtiyot choralarini ko'rish kerak Misun ishini bajarsin qani, uyog'ini keyin hal qilamiz
Misun quloqlarini ochganida ovoz to'xtab qolgan edi, Misun tashqariga chiqib barcha zombilar o'sha studiya tomon yugurib ketayotganini ko'rdi, Misun tepaga qarab Jimin va Jungkook ni chaqira boshladi
Jm: ha Misun stullarni oldingmi?
Misun: ha uni ushlay olasizmi?
Jk: bemalol otaver Jm ikkimiz ushlab olamiz
Misun qo'liga ikkita stul olib birini Jiminga yana birini Jungkook ga otdi. Jk va Jm ham ikkalasini ushlab oldi shu tariqa bolalar stullarni olishdi, Misun ham derazalardan sakrab tepaga chiqib oldi
Jk: endi yoqadigan narsamiz yetarli
Suna: yoqadigan narsa ko'p ekan unda yerga yordam deb yozsak nima bo'ladi?
Jm: hmmm kallang ishlaydi Suna Puna
Jk: hamma bu yoqqa kelsin yoqadigan narsalarni sindirib yordam degan so'zni yasaymiz
Hamma har joyga tarqalib Jungkook aytganidek yoqadigan taxtalarni sindirib yordam yani "sos" degan so'zni yasashdi bunga unchalik ham ko'p vaqt ketmadi, yasab bo'lishgach yana hamma o'z ishida davom etdi, Jk Seyoung bilan birga qanaqadir o'yin o'ynashardi va bunga hamma qo'shildi, hamma aylana bo'lib terilib oldi
Jk: xo'sh bolalar o'yin qoidasi bu sen nimani orzu qilasan, masalan men Seyoung ga savol beraman sen nimani orzu qilasan deb u esa javob beradi, bundan tashqari hohlagan savol bersangiz buladi
Jm: tushundik, kimdan boshlaymiz
Jk: mendan, men Seyoung ga savol beraman
Jk: xo'sh Seyoung senga savol, meni sevgan yigiting bo'lishimni hohlaysanmi?
Bu savoldan hamma qarsak chalib baqirib yubordi hatto Asumi ham ularga qo'shildi
Asumi: singilginam qani javob ber!
Jungkook Seyoung ga umid ko'zlari bilan qarab turardi Seyoung nima deyishini bilmay haqiqatni tan oldi
Hamma yoppasiga baqirib yubordi, endi navbat Seyoung ni savol berishiga keldi u Sunaga savol berdi
Seyoung: Suna opa nimani orzu qilasiz?
Hammaning ko'zi Suna tomonga qaradi
Suna: men yo'q bo'lib qolishni hohlardim
Suna: umuman olganda men yo'q bo'lsam buni hech kim sezmaydi, na ota onam na Misun va na men sevgan inson
Misun: nega unday deysiz tovba?
Suna: bilmadim, hozir eng muhimi Teahyung qaytib kelishini hohlardim
Jimina: buni men ham hohlayman Suna opa
Seyoung: sevganingiz Teahyung mi?
Jimina: demak siz meni kelin oyim ekansizda~kulib
Misun: kechirasan u Jimina kelin oying birinchi kechasini menga aytib berishi kerak
Hamma bir ovozdan kulib yuborgan vaqtda pastdan qanaqadir ovoz keldi hamma bolalar o'sha tarafga qarashdi.......
๐ซ๐๐๐๐๐ ๐๐๐......
๐ด๐ผ๐จ๐ณ๐ณ๐ฐ๐ญ: ๐ณ๐ฌ๐ฌ ๐บ๐ผ๐ต๐จ
๐ฒ๐จ๐ต๐จ๐ณ: ๐ฉ๐จ๐ต๐ฎ๐ป๐จ๐ต ๐ป๐จ๐ณ๐ฌ๐บ