𝐵𝐸𝐺𝑂𝑁𝐴 𝐵𝑂̃𝐿𝐼𝐵 𝑄𝑂𝐿𝐺𝐴𝑁 𝑌𝑈𝑅𝐴𝐾 || 12 𝐞𝐩𝐨𝐬𝐢𝐝𝐞
"𝓜𝓪𝓼𝓱𝓱𝓾𝓻𝓵𝓲𝓴 𝓱𝓪𝓻 𝓭𝓸𝓲𝓶 𝓱𝓪𝓶 𝓼𝓮𝓷 𝓱𝓸𝓱𝓵𝓪𝓰𝓪𝓷𝓭𝓮𝓴 𝓫𝓸̃𝓵𝓶𝓪𝔂𝓭𝓲. 𝓣𝓸𝓴𝓲 𝓼𝓮𝓿𝓰𝓲𝓷𝓰 𝓫𝓲𝓵𝓪𝓷 𝓫𝓸̃𝓵𝓶𝓪𝓰𝓾𝓷𝓲𝓷𝓰𝓬𝓱𝓪"
Taehyung pov/
Hammasi tugagan deb óylagandim. Tong ham hech narsa bólmagandek ótdi. Jungkookga qoʻngʻiroq qildim va u meni bu yerdan olib ketdi. Mashinada ikkimiz suhbatni davom ettirdik
Jk: nima bóldi ózi?~rólni boshqarib menga havotir bilan qaradi
Tae: dard bóldi balo bóldi Jungkook!~peshonamni ushlagancha asabiylashardim~Suna yana xotirasidan ayrildi va meni tashlab ketdi jin ursin....
Tae: doktor unga nimadir degan boʻlishi kerak menga aytmadi, hatto tanimadi ham!
Jk: bóldi oʻzingni bos! Uni avval qayerga ketganini bilishimiz kerak
Tae: shoshma, uni Eun woo olib ketgan bólsachi? Agar shunday bólsa uni óz qóllarim bilan bóğaman
Jk: bóldi asab qilma! Eun wooni sizlarni olib kelishga ózim jónatgandim
Tae: nima?~Jungkookni koʻzlariga qaradim
Jk: u Sunani topgan boʻlishi kerak!
Tae: Jungkook sen menga dushmanmisan yoki dóst?
Jk: nega unday deysan? Eun woo hozir qónğiroq qilaman
Tae: aysh....agar javob bermasa ózim yerni tagidan bólsa ham topaman
Jungkook Eun wooga qoʻngʻiroq qildi ammo u men aytganimdek kótarmadi. Demak Sunani topgan boʻlishi kerak. Jungkook shoshilib qoldi va mashinani tezligini oshirdi. Men hali ham asabiylashib ketardim. Biz kompaniyaga keldik
Mashinadan tushishim bilan muhbirlar va jurnalist, muhlislar meni poylab ótirishgan ekan. Hammasi oldimga kelib rasmga oldi va savollarga kómib tashlashdi
Muhbir 1:Kim Taehyung siz shuncha paytdan beri qayerda edingiz?
Muhbir 2: yangi doramangizda ról óynamaysizmi? Hammasi ósha qiz tufaylimi?
Men dovdirab qoldim. Qaysi qizni aytishyapti? Nahotki Sunani? Uni qayerdan bilishdi? Hech qanday savol javob bergim kelmadi. Asabiylashib turgan vaqtimda, ózimni yomon his qildim. Huddi Sunadek nafas qisishi keldi, havo yóq boʻlib qolgandek bóldi. Shunday ózimni yóqotganimda Jungkook meni muhbirlar qurshovidan olib chiqdi
Jk: bóldi bas qiling! Kim Taehyung charchagan. Savollarga keyin javob olasiz!
Tae: Jungkook nimalar boʻlyapti ózi?~ichkariga kirishim bilan sóradim~Sunani muhbirlar qayerdan bildi?
Tae: yóq menga avval hammasini ayt! Hech narsaga tushunmayapman?
Jk: shoshmay tur senga suv olib kelaman
Jungkook meni kompaniya ichkarisida qoldirib, ózi suv olish uchun ketdi. Telefoni esa menda qolib ketgandi. Unga qarashim bilan xabar jónatildi bu esa Eun woodan ekanini kórib, darrov ochdim
Xabarda: Janob Jungkook men Sunani kasalxonaga olib keldim, uni ahvoli yaxshi emas, hech narsani eslay olmayapti, qoʻngʻiroq qilganingizda javob berolmadim, Taehyungni olib kelmang...
Tae: jin ursin...meni aldadingmi Jungkook!~jahlim battar chiqdi yólimda chiqqan hech kimni kórgim kelmadi~meni Sunam Eun wooni oldida boʻlishi kerak emas!!
Órnimdan turib, kompaniyadan jahl óti bilan chiqdim, muhbirlar meni órab tashlasa ham hech biriga etbor bermasdan ótib ketmoqchi edim ammo bir muhbirning gapidan tóxtab qoldim
Muhbir: janob Kim Taehyung ósha qizni oldiga ketayapsizmi? U siz uchun kim ózi?
Orqamga qaytib, ósha muhbir oldiga borib javob berdim
Tae: hammangiz bilingki! Meni sevgan qizim bor! Va men uni hech kimga berib qóymayman, yoshligimda u men uchun hamma narsa edi va hozir ham shunday
Muhbir: uni ismi nima va kim ekanini ayta olasizmi?
Tae: u....Lee Suna meni menejerim~gapimni shu yerda tóxtattim
Qolgan muhbirlar ham savollar berib ketishdi. Men bezlarcha, Jungkookni mashinasiga ótirib olib gazni oxirigacha bosdim, mashina changida qolib ketgan muhbirlar orqamdan qarab qolishdi. Men Sunasiz mashhurlikni his qilmaydiman
****
Eun woo pov/
Sunani kasalxonaga olib kelganimda u qaysarlik qilib bormadi. Lekin bosho qattiq oğriganidan shikoyat qildi
Suna: meni qayerga olib kelding?
Eun woo: seni bu yerda davolashadi Suna, kel ichkariga kiramiz..~qólidam ushladim
Suna: yóq men istamayman~u qólini tortdi
Eun woo: nega axir boshing qattiq oğriyaptiku?
Suna: menga nima bólayotganini ózim ham tushunmayapman. Hech kimni tanimayapman? Boshim esa oğrib ketyapti, aysh....
U boshini ushlagancha yerga oʻtirib oldi. Men nima qilishimni bilmay qoldim, oxiri uni belidan quchoqlan kótarib oldim
Suna: hoy nima qilyapsan? Qóyib yubor!!
Eun woo: seni boshing oğriyotganiga men chidolmayman, bir martta qutqara olmadim, endi esa qutqaraman
Suna: nima deyotganingni tushunmayapman....qóyib yuborsangchi!
Men Sunani eshitmay, ichkariga olib kirdim. Ichkariga kirishimiz bilan Sunani boshi qattiq oğridi, doktorlarga murojaat qildim. Uni esa yotqizib olib ketishdi. Uni orqasidan borar ekanman, "hech narsani eslay olmayapman" deb baqirardi.
Dok: siz ichkariga kirishingiz mumkin emas shu yerda turing!
Eun woo: lekin u qiynalyaptiku?
Dok: bu bizni ishimiz, avval ham Sunani tekshirganmiz..
Men tóğri joyga kelganimni ishonch hosil qildim, kimga qoʻngʻiroq qilishni ham bilmay, telefonimga qaragimda Jungkook 5 martta qilgan ekan, unga qaytib qilmadim va SMS xabar yubordim. Agar Suna hammasini eslolmasa nima qilaman? Unga yigitingman deb tanishtirdim, Jungkook Taehyungni olib kelmasa Sunani oldida ózim bólaman. Oradan 20 daqiqa ótgach Doktor xonadan chiqdi men esa otilib órnimdan turdim
Dok: u yana xotirasidan ayrilishini aytgandim lekin u meni aytganimni qilmapti
Eun woo: nima demoqchisiz doktor?
Tósatdan, shifoxonada hayqiriq bólib ketdi Taehyungning ovozi uzoqdan qattiq eshtildi. Jin ursin...u bizni qayerdan topdi? Doktor ham bundan qóqib Taehyungni kalidor oldigach bordi. Taehyung kalidor oldida kórinib, doktorga ham qaramadi. Jahli juda qattiqdek koʻrinib, tóğri meni oldimga kelib yoqamdam oldi va devorga qisdi
Tae: sen iflos! Mening Sunamni olib ketishga qanday hadding siğdi?
Eun woo: meni qoʻyib yubor!~uni qóllar qattiq edi
Tae: nega olib ketting sabolimga javob ber!
Eun woo: uni qiynaganing esingdan chiqdimi? Xotirasidan ayrilib seni tashlab kettimi?
U menga musht tushirmoqchi boʻldi. Ammo uni Doktor qólidan ushlab qoldi
Dok: bas qiling janob Taehyung! Bilaman jahlingiz chiqyapti lekin bu yer shifoxona, urush qilishingiz mumkin emas
Tae: u nima qilganini siz bilmaysiz Doktor~meni qóyib yubormadi
Dok: uni hozir urganingiz bilan hech narsa ózgarmaydi! Sunani ahvoli sizga qiziq emasmi?
Taehyung meni qóyib yubordi, nafasim qaytib ketdi, ózimga kelib oldim
Tae: men bunga qanday yoʻl qoʻydim oʻzi?
Eun woo: seni Suna yaxshi koʻrardi deb oʻylarmiding?~uni gaplari asabimga tegdi
Tae: Eun woo jagʻingni yopmasang qanday gapirganingni hozir bilmay qolasan!
Dok: bas qiling! Sunani xotirasidan ayrilgani bu 2 martta, boshining oʻgʻrigʻi esa bosib beryaptii
Tae: nima demoqchisiz? Bundan chiqdi xotirasi endi qaytmaydimi?
Men bu xabarni eshitib, qanday hursand bólaymi? Yoki hafa bilmay qoldim. Taehyungning esa yuz kórinishi oʻzgardi, Suna yotgan xonadan hamshira chiqib, doktorni ichkariga olib ketdi. Oradan 1 saot vaqt ótdi. Ikkimiz bir birimizga hech narsa demadik, Taehyungni yuziga qaragan sarim asabiga tegib, urgin kelardi lekin jim ótirdim. Bu vaqt ichida Jungkook va Sujin ham yetib kelishdi, ular bu yerni qayerdan bildi?
Jk: Taehyung nega telefonimni olib ketting?
Tae: Jungkook jim ból! Sen meni aldading, nega Eun woo Sunani olib ketganini menga aytmading?
Eun woo: senga aytmasin deb men ayttim!
Tae: sen ovozingni óchir! Sendan hech kim sóramadi hozir urib, nima nima qilib qóyaman
Sujin: bóldi qilinglar? Sunaga nima bóldi ózi? U xotirasidan ayrildimi? Nega buni men bilmadim?
Tae: yigiting bilgan ekan, senga aytmadimi? Qoil..
Jk: Taehyung hozir jahldasan, tinchlan! Sujin sizlar shu yerda ótirib turing men boshqa doktorlar bilan gaplashib kelaman
Tae: nega sen gaplashasan? Joyingga ótir ózim gaplashaman, Suna seni qizing emasku?
Taehyung jahl bilan órnidan turib ketdi. Jungkook unga hech narsa demadi, chunki bunday vaziyatda Taehyungga tegib bólmasdi. Uni ketganidan foydalanib, Jungkook bilan chetga chiqib gaplashib oldim
Eun woo: Suna xotirasi qaytmasa nima bóladi?
Jk: unday demasangchi! Xotirasi albatta qaytishi kerak. Nega sen ózi Sunaga yopishib olding? Uni sevasanmi? Lekin u Taehyungniki ekanini bilasanku Eun woo?
Eun woo: nima qilay? Suna meni yuragimni zabt etgan birinchi odam, uni kerak bólsa oğirlab ketaman
Jk: hoy sen ahmoq!~Jungkookni ham jahli chiqib ketdi va boshqa qólini devorga qóydi~Eun woo boshqa bunday gapirma sen Sunani seva olmaysan..
Eun woo: nega endi? Taehyung birinchi sevgani uchunmi?
Jk: u Sunani 14 yil kutgan, sen shuncha vaqt uni kuta olarmiding? Ularni sevgisi ayrilmasligi kerak!
Eun woo: jin ursin....nega hammangiz menga yopishib oldingiz?
Jk: hech kim senga yopishmayapti, suymaganga suykalma! Otang mendan iltimos qilgani uchun seni ishga olgandim, lekin adashgan ekanman. Seni deb Taehyung azob chekmasin, ularga toʻsqinlik qilma. Bu senga boshliq sifatida buyruq emas dóst sifatida iltimos
Eun woo: meni ham tushuning axir....
Jungkook devordan qólini olib, ketib qoldi. Ichib kuya boshladi, nega endi Sunani aynan Taehyung sevishi kerak, otam meni tushunarmidi ózi? Kalidor bóylab yurdim va joyimga borganimda Suna oʻziga kelganini eshittim. Uni oldiga endi kirmoqchi boʻlganimda Taehyung ósha yerda ekan, eshik oldiga qadam qóymasdan uni kuzatib turdim. U Sunani qólidan sekin ushladi, Suna esa unga qaramadi
****
Taehyung pov/
Suna kózini ochganini eshitishim bilan doktor xonasidan yugurib chiqib oldiga bordim. Xonasiga kirganimda kózlari ochilgan holatda osmonga qarab yotardi, boshiga esa oq bint óralgan. Doktor "u eslashi mumkin faqat siz yordam bersangiz" degan gapini eslab ichkariga sekin kirdim. Uning qoʻlidan ushladim, u esa qórqib ketib, órnidan turdi
Suna: yana senmi? Nega bu yerdasan? Menga teginishni hayolingga ham keltirma~qólini olib, yuzini burib oldi
Tae: aynan shu kasalxonada, nima bólganini bilasanmi?
Tae: 8 yoshli qiz manashu yerda yotgan, 2 qavatdan bir bola tufayli yiqilgan. Oʻsha bola qizni ushlab qolganda edi yoki suv olib kelishga ketmaganida edi, qiz yerga boshi bilan yiqilmasdi. U 14 yil ózini aybdor his qildi va qizni kórmaslik uchun koʻchib ketdi, katta bólgach mashhur aktyor boʻldi, hamma qizlar unga oshiq edi, lekin bilasanmi u oʻsha qizni yana uchratdi, u bilan bitta kompaniyada 3 yil birga ishladi, ammo qiz uni eslay ham olmasdi. Ammo yigit uni eslashi uchun hamma narsa qildi u esladi va ular birga baxtli edi, qiz suvga tushib ketganda ham uni qutqardi, ular mukammal juftlik edi, lekin taqdir ularni yana ayrdi....~bu sózlarni aytganimda kózlarimda yosh chiqdi
Suna: kim haqida aytyapsan ózi?
Tae: oʻsha qiz sen eding Lee Suna...
Taehyung: meni eslay olmasang seni tark etaman, senga ozor bermayman va qiynamayman...
Suna javob bermadi. Men orqaga qadab tashlab, sekin eshik tomon yurdim. Menimcha hammasi tugadi....endi chiqaman deganimda toʻsatdan orqamdan kimdir Suna quchoqlab oldi
Shokka tushib qoladim. Suna meni esladimi?
Suna: seni qanday unutdim?~unga qaradim
Tae: soʻnmas quyoshim~yuzlaridan ushlab kulgan yuzlariga tabassum qildim
Suna: qayerga ketmoqchi eding, Sunaginangni tashlab?
Sabrim chidamay uning kulib turgan labidan ópa boshladim. Bunga ishongandim lekin umid qilmagandim.
Author pov/
Eun woo eshik ortida Suna va Taehyungni kuzatib turar ekan. Demak Sunaga kerakgim yóq deb tushundi, uning yuzidagi qayğu va ishonchsizlik, sevgisiga yetisha olmasligini tushungandi....