April 12

๐ต๐ธ๐บ๐‘‚๐‘๐ด ๐ต๐‘‚ฬƒ๐ฟ๐ผ๐ต ๐‘„๐‘‚๐ฟ๐บ๐ด๐‘ ๐‘Œ๐‘ˆ๐‘…๐ด๐พ || 3 ๐ž๐ฉ๐จ๐ฌ๐ข๐๐ž

"๐“œ๐“ช๐“ผ๐“ฑ๐“ฑ๐“พ๐“ป๐“ต๐“ฒ๐“ด ๐“ฑ๐“ช๐“ป ๐“ญ๐“ธ๐“ฒ๐“ถ ๐“ฑ๐“ช๐“ถ ๐“ผ๐“ฎ๐“ท ๐“ฑ๐“ธ๐“ฑ๐“ต๐“ช๐“ฐ๐“ช๐“ท๐“ญ๐“ฎ๐“ด ๐“ซ๐“ธฬƒ๐“ต๐“ถ๐“ช๐”‚๐“ญ๐“ฒ. ๐“ฃ๐“ธ๐“ด๐“ฒ ๐“ผ๐“ฎ๐“ฟ๐“ฐ๐“ฒ๐“ท๐“ฐ ๐“ซ๐“ฒ๐“ต๐“ช๐“ท ๐“ซ๐“ธฬƒ๐“ต๐“ถ๐“ช๐“ฐ๐“พ๐“ท๐“ฒ๐“ท๐“ฐ๐“ฌ๐“ฑ๐“ช"

Suna pov/
Bu inson nega doim men bo'lgan joyda paydo bo'ladi? Teahyung sen menga nimadir eslatasan lekin buni eslay olmayman? Nega doim menga yordam berasan? Bu savollarni uzing dan qanday so'rayman? Men yoshligimda xotiramni yo'qotgan edim. O'shanda 1 yil komada yotganimni onam menga aytgandi. Yoki o'sha xotiram sen bilan bog'liqmi? Nega men 14 yil oldingi ipli o'yinchoqni ko'rganimda doim seni eslayman, sening tabassuming va ko'rinishing mening esimga keladi? Sen kim bo'lgansan o'zi Kim Teahyung? Lekin bazi paytda meni asabimga tegishing yoqdi, ammo juda yosh bolaga o'xshaysan......

Suna: sen buni ichmoqchimasmiding?

Tae: esing joydami? Sutga alergiyam borligini o'zim ham bilsam kerak? ~yuzlarimga qarab gapirar ekan uning yuzi yana o'sha o'yinchoqni esimga soldi

Suna: ha unda, mayli balki ko'nglingga tekmasa men ham qahva damlab olsam

Tae: mana bemalol, meni urushingdan oldin qochmasam bo'lmaydi chog'i...~uzoq turib yonimdan o'tib ketdi

Suna: hoy shoshma....~bir narsa esimga tushib ketdi

Tae: yana nima deysan? Shundoq ham ishim ko'p, qahva hozir sovib qoladi

Suna: men kechagi voqeani so'ramoqchi edim

Tae: qaysi kechagi?

Suna: o'zingni bilmaganlikka solmasangchi, kecha men mast bo'ldim va....~Teahyung birdan gapimni bo'ldi

Tae: va sen huddi jinniga o'xshab harakat qilding...

Suna: nima? Rostanmi? Men nojoya harakat qildimmi?

Tae: bo'lmasamchi meni haqorat qilganlaring hali ham yodimda va yana meni bolakay deb atading to'g'rimi?

Suna: aysh....jin ursin buning uchun sendan uzur so'ramayman chunki men ichganimda ichimdagi gaplarimni to'kib sochishik mumkin, sen baribir hafa bo'lmaysanku a?

Teahyungni yuzi jahl yuz bilan o'zgarib qo'lidagi qavhani stol ustiga qo'yib. Meni oldimga yaqinlashdi, men esa orqaga qadam tashladim

Tae: seningcha bundan hafa bo'lamanmi? Men mashhur aktyor bo'lsam, meni haqorat qilishga kim jurat etardi?

Suna: o'sha men..

Tae: ha sen, faqat senn Lee Suna. Yana bir o'ylab ko'rchi, kecha sen mast bo'lib eshakdek uhlab qolganingda kim seni uyingga olib bordi?

Suna: hoy, kimni eshshak deyapsan? Haddingdan oshma Teahyung!

Tae: men hali haddimdan oshmadim. Oldin savolimga javob ber, kim seni uyingga olib kelib qo'ydi

Suna: Sujin albatta

Tae: Sujin? Yug'e o'sha odam men bo'lgan bo'lsamchi? ~kulib qo'ydi

Suna: yog'aaa~men uni oldimdan itarib qavhamni damlab oldim~sen meni uyimga olib kelib qo'yganingga ishonmayman

Tae: mayli mayli ishonmay yuravering Suna xonim haqiqatni bilsang o'shanda ko'ramiz....

Suna: eyyy buncha ming'irlaysan bor! Ishing ko'p ediku? Qahva ham sovub bo'ldi, yana janob Yang kutib qolmasin a?

Tae: sen chayonsan...men kettim ishim ko'p~qo'liga qavhasini olib menga ko'zini qisib ketdi

Teahyung ketar ekan ichimda yana uni qarg'adim. Mast bo'lganim uchun Teahyung meni uyimga olib borganmiz xee....yolg'onchi. Qahvani to'g'ri ish stolimga olib bordim, uyqudan to'yib olmaganim uchun judayam uyqim kelardi. Stulimga o'tirib qo'llarimni tepaga yoyib olaman deganimda. Boshliq Jungkook hammani tirvogaga yig'di

Jk: qani hamma o'rnidan tursin, nega yalpayib o'tirib olgansizlar? Ishimiz oshib yotibdiku? Hamma Teahyung ning interview ga tayyorlansin! 20 daqiqadan keyin boshlanadi, bu juda katta ish qani hammangiz ishga!

Jungkook ish boshqaruvchi boshliq

Mana yana o'sha kunlar ham keldi. Endigina qahva ichib turaman degan vaqtingda bu yaramas Teahyung ning ishlari tugamaydi. Hammamiz interview suratga oladigab studiyaga kettik. Sujinni ishlari juda ko'p bo'lib ketdi, Jungkook unga hujjat ustidan hujjat topshiraverdi. Bechora unga ham bir tomondan rahmim keladi, Jungkook uni sevadi lekin nega uziga ayta olmaydi? Sujin buni bilsa balki uni ham fikri o'zgarar. Nima bo'lganda ham hozir Teahyung ni mashhurligi haqida o'ylash kerak, men Interviewda beriladigan savollarni Teahyung ga berish uchun xonasiga kettim.

U ko'pincha xonasida o'tirib o'ziga oro berishni yaxshi ko'radi. Bezlarcha taqillatmasdan kirib bordim

Suna: hoy Teahyung~kirishim bilan meni ko'rib o'rnidan turib ketdi va kiyimlarini to'g'irlay boshladi~nima qilyapsan?

Tae: odam degan bir taqillatib kirmaydimi? Nega bunchalik bezbetsan? Men hali kiyinishga ham ulgurmadim

Suna: qachon taqillatganimni ko'rganding? Ee hullas bularni ol~qo'liga planshetni berdim, u yuzini menga burushtirib oldi

Tae: rahmat katta ish qildingiz Suna xonim~divanga o'tirib ularni o'qiy boshladi

Suna: interview 5 daqiqadan keyin boshlanadi, seni muhlislaring ham studiyada bo'larkan, qo'riqchilarga ayttim senga tarmashib ketishmaydi

Tae: yaxshi yaxshi borishing mumkin qolganini o'zim bilaman

Men yuzimni burib chiqib kettim. Kamera qarshisida o'tirib Teahyung ni kuzatib turmoqchi bo'ldim. Teahyung chiqqach stulga o'tirdi, u chiroyli ko'rinardi. Uni ko'rgan muhlislar studiyani boshlariga ko'tarib baqirib yuborishdi. Bundan hamma qo'rqib ketgan bo'lsa kerak

Efirga 1 daqiqa qolganida boshlanib ketdi. Men qo'limni chalishtirib kuzattim

~hammaga salom siz bilan Moonlight interview ko'rsatuvi, men boshlovchi Han Heyna bo'laman. Bugungi interview mehmonimiz Koreyaning yulduziga aylanib borayotgan va o'z ramantik ro'li bilan mashhur aktyor Kim Teahyung~hamma qarsak chalib yubordi

Tae: hammaga salom, men Kim Teahyung bo'laman interviewga taklif qilganingiz uchun rahmat....

~sizga ham rahmat kelganingiz uchun. Janob Teahyung siz "Barbot bo'lgan yuraklar" doramasidan keyin mashhur bo'lib kettingiz. Hamma hozir sizga qiziqish bildirmoqda bunga qanday qaraysiz?

Tae: men har bitta ro'limni yurakdan o'ynayman, balki shungadir....

~juda ajoyib javob, hamma aktyorlar ham bunday qila olmaydi. Shaxsan men ham sizni ashaddiy muhlisingizman...

Tae: katta rahmat, bu doramadan keyin mashhur bo'laman deb o'ylamagandim

Suna: tavba efirda shunchalik oliyjanobki, lekin hayotda ajdarhoni o'zi~ichimda u haqida gapirib o'tirardim

~buni menimcha hech kim kutmagandi, sizning Kim Sunje ro'lingiz, muhlislaringizga juda yoqdi. Shunday mashhur bo'lish sizga qiyinlik qolmayaptimi? O'zi nima uchun aktyor bo'lgansiz? Bu savollar biz uchun qiziq

Bu savol berilishi bilan Sujin meni qo'ng'iroqqa chaqirib qoldi. Bo'shakni ko'tarib shovqindan nariroqqa o'tmoqchi bo'lganimda Teahyung ning bergan javobi meni to'xtatib qo'ydi

Tae: bir qiz tufayli....

Men joyimda qotib qoldim va orqamga qaytib bordim

~oo u qiz kim ekan? Kim sizni aktyor bo'lishingiz juda hohlagan ekan? Siz bu javobingiz bilan hammani qiziqtirib qo'ydingiz Janob Teahyung....

Tae: tug'ri buni o'zi aytmoqchi emasdim. Lekin negadir aytgim keldi

~bu juda zo'rku, xo'sh bizga hammasini aytib berasizmi? U qiz kim va qanday qilib sizni mashhur bo'lishingizga sababchi bo'lgan?

Tae: bu juda eski voqea, adashmasam 10 yoshimda bo'lgandi. Meni qiz do'stim bor edi, u bilan tun u kun o'ynadim, biz juda yaqin edik va hech qachon ayrilmasdik, men katta bo'lib mashhur aktyor bo'lganimda u menga yonimda bo'lib qo'llashini aytgandi....

Teahyung nimalar deyotganini tushunmasam ham bu narsa menga ham qiziqdek tuyildi, chunki Teahyung hech qachon bundag mavzularda gapirmasdi. Shuning uchun orqamga qayttim

~ohoo demak bu sizning yoshlikdagi do'stingiz ekanda?

Tae: ha shunday, bir birimizga yonimda bo'lamiz deb vada bergandik. Aynan u meni aktyor bo'lishimni istagan

~keyin chi? Hozir ham u shu yerdami? Vadangizchi? U buzilmadimi?

Barcha kameralar Teahyung ning yuziga qaratildi. Teahyung tushkunlik bilan menga qaray boshladi. Nega u menga qarayapti? Shu lahza boshim og'riy boshladi. Juda qattiq avval bunday bo'lmasdi...chetga chiqib suv ichib oldim va o'zimga kelishga harakat qildim

Suna

Dori larimni ichib olmaganim uchun balki shunday bo'lgandir? O'zimga kelib olgach, yana Teahyungnning ovozni eshittim

Tae: yo'q bu haqida ayta olmayman, men tanigan o'sha qiz hozir yo'q

~nima u o'lganmi?

Tae: yo'q o'lmagan shunchaki u hozir hech qayerda emas. Uni hali ham izlayapman

~voy sizning tasirli himoyangiz hammaga qattiq tasir qildi janob Teahyung. O'sha qizni topasiz degan umiddamiz.....endi esa yangi doramangiz haqida aytib bering chi? Eshtishimcha bu Detektiv Janrda ekan

Tae: ha shunday, men o'zimni shunaqa janrda ham sinab ko'rmoqchiman bu yangi dorama albatta hamma yoqadi

~o'zi yaqinda dorama suratga olish ishlaridan bo'shadingiz endi yana o'ynamoqchimisiz? Bu sizni charchatib qo'ymaydimi?

Tae: men ko'proq harakat qilmoqchiman, faqat oldinga, hech qachon to'xtab qolmaslikni istayman bu meni charchadsa ham

~juda yaxshi, sizning irodangizga qoil qolsa arziydi. Yangi doramangizni tez orqada kutib qolamiz kim bilan parfnyor tushmoqchisiz?

Tae: buni rejissyorlarim hal qiladi, menga umuman farqi yo'q

~oo qoil, sizning mashhurligingiz tez orqada bundan ham portlab ketadi deb o'ylaymiz interviewga kelganingiz uchun katta rahmat

Tae: sizlarga ham rahmat meni shunday studiyaga taklif qilganingiz uchun....

Teahyung ning interviewsi tugagach, Sujinga qo'ng'iroq qilish esimga tushib ketdi. U yerdan ketib tezda qo'ng'iroq qildim.

****
Teahyung pov/
Interviewda aytgan gaplarim Sunaga qanchalik tasir qilgan ekan? Bu juda qiziq tuyilyapti, u ketib qoldi yoki ishi bormikan? Balki haqida aytmasligim kerakmidi? O'ylab qoldim deganimda Jungkook yelkamsan turtib urdi

Tae: hey sekinroq Jungkook!

Jk: nimalarni o'ylayapsan a?~uni qo'li shunchalik qattiqki cho'chib kettim

Tae: sen kelmasingdan oldin hayollarim yaxshi edi Jungkook

Jk: ee qo'ysangchi, bu Interview menimcha yaxshi bo'ldi, endi hamma seni yoshlikdagi do'sting haqida so'ray boshlaydi

Tae: bu haqida aytib to'g'ri ish qildimmi o'zi bilmayapman...~divanga o'tirib ho'rsindim

Jk: eyy nimasini o'ylaysan, bu ham bir hamma yerga ovoza bo'ladi. Keyin senga qiziquvchilar soni yanada ortadi, yangi doramaga ham ko'ruvchilar ko'payadi bu sen uchun yaxshi emasmi?

Tae: yaxshi bo'lishga yaxshi kuya, lekin.....

Jk: nima lekin? Yoki sen o'sha qizni topdingmi?

Tae: senga buni aytsam hech kimga aytmaysanmi?~Jk ni oldiga yaqin o'tirib oldim

Jk: albatta yo'q...bemalol aytaver bu bizning sirimiz bo'ladi do'stginam.. ~u ham oldimga yaqinlashib oldi

Men Jungkook ga hammasini aytib berdim. Agar buni yana ko'p yil ichimga yutsam portlab ketishim anniq edi. Jungkook bu voqeani eshitib bo'lding hayron qoldi. Rostan ham o'sha qiz Suna ekanini bilgach ko'zlariga ishonmadi

Jk: nima rostan?~baqirib ham yubordi

Tae: hoy Jungkook sekinroq....yana biroz baqirmadingda...

Jk: voy kechirsan. U Suna ekaniga hali ham ishonmayapman nima uni sevasanmi? Lekin qanday qilib buni esiga solmoqchisan?

Tae: shu haqida 3 yildan beri o'ylayapman, ammo qanday qilishni bilmayapman senga aytsam....

Jk: ey do'stginam avholing men o'ylaganimdan qiyin ekan~yelkamga qo'lini qo'yib dalda berdi~senga yordam beraymi?

Men uni qo'lini yelkamdan oldim. Jungkook yordam bersa ham boshqa birovga aytib qo'yish ehtimoli bor shuning uchun bu ishni o'zim qilishim kerak deb o'yladim

Tae: yo'q, buni o'zim qilaman Sunani shunday bo'lishiga o'zim sababchiman, sen hech kimga aytmasang mana shu men uchun katta yordam...

Jk: ha mayli o'zing bilasan, men hali ishonmayotgan narsaga o'rganim olay...

Tae: yaxshi endi men dam olishim kerak bu yerdan yo'qolsang yaxshi bo'lardi....

Jk: mashhur bo'lsang ham ish boshqaruvchilarning boshlig'ini haydayapsan ee senimi! ~yuzini burushtirib gapirdi~dardingni hech kimga aytmayman havotir olma!

U asabimga tegishni boshladi. Men esa yo'qol deb qayta qayta ayttim va haydovchi topib berishini ham ayttim.... U gapimga parvo qilmay chiqib ketdi

Teahyung

***
Suna pov/
Uyqim judayam kelyapti. Ishga yana qaytib keldim. Teahyung ni interviewsi tugasa ham hali suratga olish jarayoni kutib turibdi. Aytishlaricha u dengizda, kemada olinarmish. Uff charchab kettim. Stolimga o'tirib boshimni ushlab turgan vaqtimda Boshliq Jungkook kirib keldi. Uni oldida esa qandaydir yigit turardi u ko'zimga tanishdek tuyildi

Jk: hamma diqqat qilsin, hozir ishchi kuchimiz kam buni bilaman, shuning uchun sizlarga yangi xodim olib keldim u ham sizlardej heyt bo'limi va suratga olish jamoasi bilan ishlaydi

Eun woo: hammaga salom mening ismim Cha eun woo. Qisqa qilib Eun woo desangiz buladi, tanishganimdan hursandman.....

Axir bu yigit menga urilib ketgan yigitku? U yangi xodimmidi? Shunchalik chiroyli yigitlarni ishga olishyaptimi? Eun woo ni ko'rgan qizlar hammasi unga termulib qolish

Jk: Eun woo bugundan Suna xonim bilan ishlaysan u senga kompaniyani tanishtirib chiqadi. Borishing mumkin....

Suna: kechirasiz Janob Jungkook nega aynan men?

Jk: chunki siz kompaniyada ko'p ishlagan odamsiz....

Suna: ha yaxshi...

Eun woo men tomonga yurib kela boshladi. Uning qadamlari katta katta bo'lib, bordi, so'ng qo'lini menga cho'zim tanishmoqchi bo'ldi

Eun woo: men Eun woo man sizni ertalab yo'lda ko'rgandim

Men ham unga qo'limni cho'zim salomlashdim

Suna: ha sizni ko'rgandim tanishganimdan hursandman.....

3 ๐—พ๐—ถ๐˜€๐—บ ๐˜†๐—ฎ๐—ธ๐˜‚๐—ป๐—น๐—ฎ๐—ป๐—ฑ๐—ถ....

๐—”๐˜‚๐˜๐—ต๐—ผ๐—ฟ: ๐—Ÿ๐—˜๐—˜ ๐—ฆ๐—จ๐—ก๐—”
๐—ž๐—ฎ๐—ป๐—ฎ๐—น: ๐—ฉ๐—œ๐—Ÿ๐—Ÿ๐—”๐—ก๐—ฆ ๐—˜๐— ๐—ฃ๐—œ๐—ฅ๐—˜