July 7

๐— ๐˜† ๐—”๐—ป๐—ด๐—ฒ๐—น ๐—ข๐—ณ ๐——๐—ฒ๐—ฎ๐˜๐—ต || ๐’†๐’‘๐’๐’”๐’Š๐’…๐’† 4

๐จฬƒ๐ฅ๐ข๐ฌ๐ก๐ง๐ข ๐ข๐ฌ๐ญ๐š๐ ๐š๐ง ๐ค๐จฬƒ๐ง๐ ๐ข๐ฅ

"๐ท๐‘ข๐‘›๐‘ฆ๐‘œ๐‘‘๐‘Ž ๐‘“๐‘Ž๐‘ž๐‘Ž๐‘ก ๐‘˜๐‘ข๐‘โ„Ž๐‘™๐‘–๐‘™๐‘Ž๐‘Ÿ๐‘”๐‘–๐‘›๐‘Ž ๐‘ก๐‘–๐‘Ÿ๐‘–๐‘˜ ๐‘ž๐‘œ๐‘™๐‘Ž๐‘‘๐‘–. ๐‘‚ฬƒ๐‘ง ๐‘œฬƒ๐‘™๐‘–๐‘š๐‘–๐‘›๐‘”๐‘”๐‘Ž ๐‘ ๐‘Ž๐‘๐‘Ž๐‘๐‘โ„Ž๐‘– ๐‘๐‘œฬƒ๐‘™๐‘ ๐‘Ž๐‘›๐‘” ๐‘š๐‘’๐‘› ๐‘๐‘–๐‘™๐‘Ž๐‘› ๐‘ฆ๐‘Ž'๐‘›๐‘– ๐‘œฬƒ๐‘™๐‘–๐‘š ๐‘“๐‘Ž๐‘Ÿ๐‘–๐‘ โ„Ž๐‘ก๐‘Ž๐‘ ๐‘– ๐‘๐‘–๐‘™๐‘Ž๐‘› ๐‘ก๐‘œฬ„๐‘ž๐‘›๐‘Ž๐‘ โ„Ž ๐‘˜๐‘’๐‘™๐‘Ž๐‘ ๐‘Ž๐‘›"

Ertangi tong
Ko'zlarini uyqudan ochgisi kelmayotgan Minseo qora yorug'likni his qilib seskanib o'rnidan turib ketdi. Bu Jhope edi va u Minseoni teppasiga parvona bo'lib qolgandek ko'rindi

~sen bu yerda nima qilyapsan ahmoq o'lim farishtasi? ~baqirgancha Jhope ni yostig'i bilan ura boshladi

~hoy hoy bas qil! Nega urasan? ~yostiqni ushlab olib otib yubordi

~nega meni qo'rqitasan unda?

~shiringina bo'lib uhlab turgan ekansan shunga Mahliyo bo'lib qoldim. Buni nimasi qo'rqinchili?

~nima? ~Minseo Jhope ni avval hech bunday gapirmasligiga hayron qoldi

Jhope Minseoni oldiga o'tirib olib qo'li bilan yelkasini ushladi. Cho'chib ketgan Minseo hali ham Jhopega nima bo'lganini tushunmasdi

~hey! Nega menga teginyapsan? Nima o'lging kelyaptimi?

~sen qizga yaxshilik qilsa ham yoqmaydimi a? Shunchaki senga mehr beryapman...

~sen a? Nega nima uchun?

~buncha ko'p savol berasan shuni istayapman bo'ldimi? Bu senga yoqmaydimi?

Minseo yotog'iga turib, Jhopeni turtgancha xonadan chiqib ketar vaqtida

~yo'q yoqmayapti~deb jahl qildi

Jhope uning jahlini ko'rib yengil tabassum qildi. Minseo yuz qo'llarini yuvib nonushta qilish uchun ham tushdi. Uni qilib bo'lgach, kiyimlarimi kiyib uyidan tashqariga chiqqanida qarshisida yana Jhope turganidan qo'rqib ketdi

~hoy nega ertalabdan asabimni buzib qo'rqityapsan?

~senga hali nimadir qildimmi?

Minseo Jhopening oldiga ayyorona qadamlar bilan kelib, uni qizil ko'zlariga qaradi..... Jhope esa nafasi qisilib ketayotganini his qildi

~nima? Ko'zingga chiroyli ko'rinyapmanmi a?~dedi Jhope

~ey basharangga~yuziga yengil urib~menga qara uyimda ham ishimda ham orqamdan kelma! Seni har doim o'zim chaqiramanku? Yordaming kerak emas tushundingmi? Ha yana nega menga bunchalik mehribon bo'lib qolding? Kecha jahling buringni uchida turgandiku?

~yug'e~Minseoni oldiga borib~bitta gapimni unutma meni qimmatbaho narsam senda shunday ekan seni duming bo'lib yuraman. Agar shu mehribonligim yoqayotgan bo'lsa unda jim yuraman va orqangdan qolmayman bo'ladimi?

~aysh, nega bu o'lim farishtalari qaysar bo'larkana~uf tortib yo'lida davom etdi va yana to'xtab Jhope ga yuzlandi~agar, g'in etsang patingni shu zahoti yondirib tashlayman

~bu tahdidmi? Unday qilolmaysan Minseo xonim, chunki men senga hali kerakman...

~buyam to'g'ri, eyy nima bo'lganda ham ko'p gapirma!

~yaxshi harakat qilaman..

Jhope gapini tasqidladi. So'ng Minseo hamma narsani unutgan holda hozir yangi ishiga fikrini qaratdi. U katta kompaniyaga keldi, bino ko'rinishidan ancha katta edi. Minseo o'zida yo'q hursand bo'lib ichkariga kirib ketdi, Jhope esa uni orqasidan qolmay huddi qo'riqchidek kelardi. Minseo Suhoning interview beradigan studiyaga yo'l oldi.
Kelgach, hamma bilan salomlashib, o'zi esa ovoz yozish xonasiga kirib ketdi. Jhopeni ko'rgan boshqa odamlar uni qo'riqchisi deb o'ylashda va undan qo'rqandek qarab indashmadi

Jhope

Hamma o'z ishi bilan mashhur bo'lib ketdi. Suhoning Interviewsi 5 daqiqadan keyin boshlashini aytishdi. Tarjima qilishga tayyor bo'lib turgan Minseo o'ziga o'zi hammasini unddalashini aytdi. Jhope esa chekkada stulda atrofni ko'zdan kechirib bo'lib, ikki ko'zini Minseoga qaratdi

~hammaga salom azizlar sizlar bilan interview boshlovchisi Hanna bo'ladi. Bugungi mehmonimiz Mashhur aktyor va qo'shiqchi Suho bo'ldi

Boshlovchi inglizcha so'zlarda gapirdi. Minseo buni eshitib, Suhoga quloqchin yordamida Koreyscha tarjima qilib berdi.

~rahmat Hanna xonim men ham bu yerda ekanimdan hursandman...

Minseo shu tariqa Suhoga berilgan hamma savol va javoblarni ingliz tilida tarjima qilib berdi. U ishini juda yaxshi uddalab turganini ko'rgan Jhope unga qarar ekan yuzida tabassum paydo bo'ldi

Jhope pov: nega bu qiz shunchalik meni etiborimni torta oldi? Kecha mast bo'lib bir nimalar deganini eslay olarmikan? Yoki ataylab buni aytmayaptimi? Unga kechagi so'zidan keyin mehribonlik qilmoqchi edim lekin bunga ham ko'nmaydi. U yolg'iz bo'lsa ham o'zini baxtli his etgisi keladigan inson. Ammo men o'lim farishtasi bo'lganimdan beri bunaqa insonlar faqat pul va mol-u dunyo kerak deb o'ylardim. Nega Minseo ham pullari ko'p bo'lishini istamaydi, o'zini olib qochadi? Bu insonlarga hech tushunmayman biri yomon yo'lni izlasa Minseo esa faqat o'ziga yarashasini oladi.....

Jhope miyyasida fikr yuritib turgan vaqtida kimdir uni oldiga kelib, Suhoning Interviewsiga chiroqni ushlab turishini aytdi. Jhope boshida bu gapni tushunmadi, ammo bu ish Minseoni Interviewdan kuzatish uchun yaxshi imkoniyat ekanini tushundi. Jhope bunga rozi bo'lib tashqariga chiqib ketdi. Minseo buni hatto sezmadi, Jhope haligi odam aytgan chiroqni ushlab turdi bu chiroq Suhoning teppasida turib uni yuzini yoritib turardi. Shunda boshlovchi tomonidan Suhoning jahlini chiqaradigan savol berildi.

Minseo buni tarjima qilar ekan, o'zi ham hayron edi

~aysh, shunaqa savol berishlarini kutgandim, nega doim meni o'tmishimni qo'zg'ayverasizlar? Sizlarga o'tmishim shunchalik muhimmi?~Suho bu gaplarni aytdi Minseo esa tarjima qilishi kerakmi? Yoki yo'q bilmay qoldi

~u o'tmishi juda yomon bo'lganini aytyapti~dedi Minseo

Boshlovchi buni yaxshi manoda tushunib, yana ham battaroq o'tmishni qo'zg'atuvchi bir nechta savollar berdi. Minseo bunday holatdan nima qilishini bilmay qoldi va hammasini Suhoga silliq qilib tarjima qildi. Suhoning jahli bundan battar chiqib ketdi

~aysh shibal~baqirib ham yubordi~bas qiling! Nega doim o'tmishimni qo'zg'aysizlar?~o'rnidan turib uning bunday baqirishidan butun studiyada taajjubga tushdi

Boshlovchi esa unga tinchlanib joyiga o'tirishini aytdi. Minseo qo'rqqanidan buni ham tarjima qildi. Ammo endi hammasi befoyda.... Suho ga doim interview paytida o'tmishi haqida aytib savol berilganda uning jahli chiqardi, chunki bu uning eski sevgilisi bilan bog'liq narsa edi. U aktyor bo'lmasidan oldin, bitta qiz bilan uchrashib yurgan va uni juda qattiq sevgan, ammo u qiz Suho ning sevgisini qardiga yetmay boshqa bir yigit bilan jinsiy aloqa qilgan. Bulardan xabari yo'q Suho qizni ko'rish uchun borganida to'satdan uyida shu narsani ko'rib qolgan. Bu voqeadan keyin Suho qizda butkul vos kechib, yangi hayot boshlamoqchi edi va u mashhur aktyor bo'ldi. Lekin shunday odamlar borki hali ham o'tib ketgan o'tmishni qo'zg'ashadi....

Suhoning o'tmishi hamma narsani buzgan yagona narsa. Buni bilmagan Minseo qanday tarjima qilishni ham bilmay qoldi. Suho ni endi tinchlantirish qiyin bo'lardi. Uning produsseri Han oldiga borishga majbur bo'ldi

~Suho bas qil! Boshqa bunaqa savollar berilmaydi, o'zingni bos...

~men tinchlanaymi? ~joyiga o'tirmasdan jahl qilishda davom etdi~bo'ldi hammasi o'tib tushdi. Hammangiz jonimdan tegdingiz... Bu holat 1 chi martta emas, har doim interview da shu savol beriladi~kameraga qarab~meni o'tmishim sizlar uchun shunchalik qiziqmi? Suhoni yaxshi ko'radiganlar, meni o'tmishimni nima qilsiz kovlashtirib? Nega shunaqa savollar berasizlar? Bundan meni jahli chiqadi axir?

Suhoning holati

Minseo ham va qolganlar ham Suho ning jahli chiqqanidan uni oldiga borishdi. Interview to'xtatildi. Boshlovchi bunga savol berishdan bosh tortdi. Suho esa jahl qilib stullarni tepib ketgach hech kimga hech narsa demay, xonasiga ketdi. Jhope ularni kuzatib Suhoning g'azabiga hayron bo'ldi, chunki yerga tushganidan beri bunchalik jahldor odamni ko'rmagandi....

Minseo afsus yuzlari bilan produsser Han ikklasi Suhoni oldiga borishdi. Jhope ham ularning orqasidan ergashdi. Xonaga kirishgan divanida o'tirgan Suho qo'llarini boshiga qo'yardi

~Suho tinchlanding degan umiddaman~produsser Han unga dalda bermoqchi bo'ldi~ha bilaman nima demoqchisan?

~unda so'rangchi mana bu tarjimon qiz nega men aytgan gaplarni tarjima qilib bermadi?

~men bu so'zlaringizni tarjima qilish kerak emas deb o'ylagandim....

Suho o'rnidan turdi va yana Minseoga yuzlandi

~seningcha, men noto'g'ri gap aytimmi?

~yo'q albatta lekin so'kinish ham ishlatingizku Janob Suho

~jin ursin, men senga boshida aytgandim sendan oldin 4 ta tarjimonni ishdan haydaganman, endi sen 5 chisi bo'lding Minseo xonim....

Minseo bu gaplarni eshitar ekan yuragi g'ash bo'ldi. Hech narsaga tushunmasdan Janob Hanga tikilib qoldi

~Suho balki o'ylab ko'rarsan....

~yo'q, hech qanday o'ylaydiyan narsa yo'q Janob Han. Siz yaxshi bilasiz meni o'tmishim qanday ekanini bilasiz.... Ammo Minseo xonim buni bilsa qanday ahvolga tusharkan? Shunday ekan qanday gapirgan bo'lsam boshlovchiga shunday tarjima qilish kerak edi. Boshqa o'tmish haqida savol berishidan oldin

~uzur so'rayman, Janob Suho men buni umuman kutmagandim. Aybimni tan olaman iltimos faqat ishdan bo'shatmang
Minseoning ko'zlarida yosh paydo bo'ldi.

Jhope buni ko'rib chidab turolmadi va ularni oldiga sekin qadamlar bilan borardi

~endi kech Minseo

~aybimni yuvsam bo'ladiku?

~yรณq, chunki bu mening oxirgi interview yim bo'ladi...

~Suho nimalar deyapsan?

~men jonli efirda butun Korea ahliga shu bir jirkanch o'tmishimni deb sharmanda bo'ldim. Bunday jahldor aktyor kimga ham kerak? Boshqa hech qanday interview larda qatnashmayman

~lekin Janob Suho buni to'g'irlasa bo'ldi, men hammasini tushuntiraman

~QO'LINGDAN KELMAYDI~Suho yana baland ovozda gapirib yubordi

Produsser Han Minseoga chiqib ketishini aytgisi kelmasdi lekin bunga majburdek ko'rindi. Minseoning ko'zlarida juda ko'p yosh oqdi. Jhope bunga chiday olmay oxiri o'zi gapirdi

~hoy isming nima edi Suho mi Puhomi? ~uning jiddiy ovozi xonani tebratib yubordi

~sen yana kim bo'lding?

~men Minseo xonimni bo'lajak yigitiman...

~nima? Hali Minseo xonimni yigiti ham bormi?

Minseo darrov Jhopega qaradi. Jhope esa Minseo ga yaqinlashib uni bag'riga oldi, qo'lini yelkasiga quydi

~ha yigiti bo'laman. Menga qara chala aktyor birovlarning mehnatini so'kishdan oldin uzingga boq! Aktyor bo'lishdan oldin erkak inson bo'lib o'tmishingni tozalab yurishing kerak edi. Shunda hech qaysi inson senga bu haqida gapirib ham o'tirmasdi tushundingmi? Begunoh odamlarni ayblagandan ko'ra o'sha qizni o'ziga borib bu qiliqlaringni qil! Hullas Minseo o'zi ketmoqchi edi va ketadi ham. Yaxshi qol chala aktyor~shunday deb Minseoni yelkasidan ushlagancha chiqib ketdi

Suho divaniga qayta joylashib olib, o'zini huddi kamsitilgandek his qildi. Produsseri ham hech narsa demay xonadan chiqib ketdi. Kompaniyadan tashqariga chiqqan Jhope va Minseo jim ketishdi, ammo Minseo Jhopedan yelkasini olib, unga yig'laydigan ko'zlari bilan qaradi

~nega bunday qilding?

~yana nima qilishim kerak edi? Nega ojiz insonlardan kechirim so'rayapsan?

~sen buni qayerdan, tushunasan? Axir inson emassanku? Men seni deb shu ishimdan ham ayrildim Jhope.....yagona topgan endigina topgan ishimdan ayrildim.... Nega burningni suqding nega?~yig'lamsirab

~yana nima qilishim kerak? Seni hamma narsada ayblab baqirib tashlashini tomosha qilishim kerakmidi? U umuman tushunmaydigan insonlardan Minseo. Sen esa bir o'limdan qolgansan...

~yo'q, Jhope sen tushunmayapsan. Insonlar yashashi uchun ishlashi kerak, meni ishim shu edi

~shuni ish deyapsanmi? Unday bo'lsa senga o'zim boshqa ish topib beraman

~kerak emas men tilagimni ishlatmoqchi emasman. Sen qiladigan yagona narsa bu men chaqirgan vaqtda oldimda bo'lish

~men unday qololmayman. Meni narsam senda ekan, sen bilan yurishim kerak

~demak menga ishonmaysanmi?

~รณlim farishtalari odamlarga hech qachon ishonmaydi, bu bizning qoidamiz....

~yaxshi unda รณlishimga ham ishonmassan?

~nima qilmoqchisan?

Minseo Jhopedan uzoqlashib mashina yo'liga chiqa boshladi

~nima qilyapsan Minseo....hoy!

Minseo Jhopening gaplariga quloq solmay, o'zini uzoqdan kelayotgan yuk mashinasi o'rtasiga tashladi. Yuk mashina signal berishga tushdi, ammo Minseo yana o'lishni hohladi.

Minseo pov/
Hayotimda ikkinchi martta o'lishni hohladim va yuk mashinasini tagiga o'zimni tashlamoqchi bo'ldim. Ko'zlarim ochish ekan o'lim farishtasi menga qarab turardi lekin bu safar uning nigohi men birinchi martta ko'rgan g'azabli nigohga o'xshamasdi. Bir necha daqiqa so'ng u yo'q bo'lib qoldi, demak meni tashlab ketgan, hamma o'zi shunaqa qiladi. Men umidimni uzdim va yana ko'zlarimni yumdim, yuk mashinasi yaqin qolib meni urib ketishi kerak edi. Ammo kimdir meni ko'tarib olib osmonga olib ketayotganini his qildim

Bu anniq o'lim farishtasi edi. Ko'zlarimni ochganimda u menga tashvish va mehrli ko'zlari bilan tikilib turardi. Qiziq nega u meni yana qutqardi? Osmonning taftini his qilar ekanman uning yo'g'on ovozi qulog'imga mayin dek eshtildi

~Minseo seni o'zim olib ketaman, meni o'limi farishtam bo'lasan.....

Bu gapni rostan ham o'limi farishtasi aytyaptimi o'zi?

๐ƒ๐€๐•๐Ž๐Œ๐ˆ ๐๐Ž๐‘.......
๐‡๐€๐ ๐Œ๐ˆ๐๐’๐„๐Ž ๐”๐‚๐‡๐”๐ ๐˜๐Ž๐™๐ˆ๐‹๐†๐€๐ ๐…๐€๐๐…๐ˆ๐‚

๐€๐ฎ๐ญ๐ก๐จ๐ซ:๐‹๐ž๐ž ๐’๐ฎ๐ง๐š
๐Š๐š๐ง๐š๐ฅ: ๐•๐ข๐ฅ๐ฅ๐š๐ข๐ง'๐ฌ ๐ž๐ฆ๐ฉ๐ข๐ซ๐ž