April 9

๐— ๐˜† ๐—”๐—ป๐—ด๐—ฒ๐—น ๐—ข๐—ณ ๐——๐—ฒ๐—ฎ๐˜๐—ต || ๐’†๐’‘๐’๐’”๐’Š๐’…๐’† 3

๐‘ถฬƒ๐’๐’Š๐’”๐’‰๐’๐’Š ๐’Š๐’”๐’•๐’‚๐’ˆ๐’‚๐’ ๐’Œ๐’ฬƒ๐’๐’ˆ๐’Š๐’

"๐ท๐‘ข๐‘›๐‘ฆ๐‘œ๐‘‘๐‘Ž ๐‘“๐‘Ž๐‘ž๐‘Ž๐‘ก ๐‘˜๐‘ข๐‘โ„Ž๐‘™๐‘–๐‘™๐‘Ž๐‘Ÿ๐‘”๐‘–๐‘›๐‘Ž ๐‘ก๐‘–๐‘Ÿ๐‘–๐‘˜ ๐‘ž๐‘œ๐‘™๐‘Ž๐‘‘๐‘–. ๐‘‚ฬƒ๐‘ง ๐‘œฬƒ๐‘™๐‘–๐‘š๐‘–๐‘›๐‘”๐‘”๐‘Ž ๐‘ ๐‘Ž๐‘๐‘Ž๐‘๐‘โ„Ž๐‘– ๐‘๐‘œฬƒ๐‘™๐‘ ๐‘Ž๐‘›๐‘” ๐‘š๐‘’๐‘› ๐‘๐‘–๐‘™๐‘Ž๐‘› ๐‘ฆ๐‘Ž'๐‘›๐‘– ๐‘œฬƒ๐‘™๐‘–๐‘š ๐‘“๐‘Ž๐‘Ÿ๐‘–๐‘ โ„Ž๐‘ก๐‘Ž๐‘ ๐‘– ๐‘๐‘–๐‘™๐‘Ž๐‘› ๐‘ก๐‘œฬ„๐‘ž๐‘›๐‘Ž๐‘ โ„Ž ๐‘˜๐‘’๐‘™๐‘Ž๐‘ ๐‘Ž๐‘›"

Minseo Jhope ga qarab turar ekan unga qoshlarini chimirdi. Uni bunday termulib turganini tushunmagan Jhope Minseo ni qo'rqitgisi keldi

~nima haqida o'ylayapsan? Men fikrlaringni ham o'qiy olaman....

~nima? Rostanmi?

~ha albatta, hozir sen meni qanday qilib daf qilish haqida o'ylayapsan to'g'rimi?

~ee jinni~Jhope ni yelkasiga urib~yolg'onchi

Minseo yo'lida davom etdi. Jhope ham uni ustidan kulib, orqasidan qolmasdi. Minseo birinchi ishi uchun o'ziga yaxshi mos tushadi gan libos qirish uchun fashion do'koniga keldi. Jhope esa uni orqasidan kirib borar ekan bu yerdagi ajoyib narsalarni ko'rib hayron qolardi

~bu yerda nima qilmoqchisan?

~seni kiyintirmoqchiman.....

~nima esing joydami? O'lim farishtasi faqat kastum shimda yuradi. Undan ko'ra uzingga olsang bo'lmaydimi?

~kallang juda zo'r ishlar ekana? Haliyam uzimga olmay olardim?

~ha shunaqa degin.....

~shoshma~joydan to'xtab qolib, Jhope ga qaradi

~nima?

~nega uzi orqamdan kelyapsan? Dumimmisan nima?

~meni narsam senda, shunday ekan uni qaytarib bermaguningcha orqangdan yuraveraman

~ha to'g'ri menga juda keraksan~Jhope ga tabassum qilib libos tanlashga tushib ketdi

Jhope Minseoning gapiga unchalik ham tushunmadi. U to'g'risida turgan kresloga o'tirib, oldida turgan jurnalni o'qiy boshladi. Uni ochar ekan, u yerda qip yalong'och qizlar rasmini ko'rib darrov yopdi va astofirulloh deb joyiga qo'yib qo'ydi. Minseo esa ko'ziga chiroyli ko'ringan liboslarni hammasini oldi va kiyinish xonasiga kirib ketdi.

Oradan 15 daqiqa o'tgach, zerikishdan nima qilishini bilmayotgan Jhope insonlar orasida shunday ahvolda o'tirganiga biroz uzidan jahli chiqdi, u sehrli tayoqning taftini his qildi. Bu degani Suga uni chorlamoqda edi. Hozir bunga imkoni bo'lmagan Jhope uzini ushlab turdi. Minseo kiyinish xonasidan chiqdi, u qizil ko'ylakda edi. Uni ko'rgan Jhope yuzini burishtira boshladi

~xo'sh chiroyli ekanmi?~aylanib

~mmm unchalik emas...boshqasini sinab ko'r!

Minseo Jhope ga yomon qarab yana kiyinish xonasiga kirib ketdi. Bu safar u qora kofta, yupkada chiqdi. Jhope uni ko'rdiyu zo'r ishorasini pastga qildi, Minseo yana kirib ketdi, u endi ko'k ko'ylakda chiqdi, Jhope qo'llari bilan o'lchab bu ham emas deb aytdi. G'azabi oshib borayotgan Minseo yana 3 ta ko'ylakni kiyib chiqdi, uni ham Jhope maqullamadi, oxiri Minseo rangli ko'ylak kiyib chiqqanida, u uziga juda yarashib turardi. Jhope uni ko'rishi bilan joyida qotib qoldi, ko'zlarini Minseodan uza olmadi, u judayam chiroyli ko'rinardi, Jhope hatto gapira olmay qoldi

~nima bo'ldi? Bu ham bo'lmaydi desang yuziga tushuraman...

Jhope o'rnidan turib qarsak chalib yubordi, Minseo uni bu qilig'ini unchalik tushunmay, qarab qoldi.

~woow mana bu boshqa gap.....senga juda yarashib turibdi...

~rostanmi? Ertaga shu libosda ishga borsam bo'larmikan?

~albatta seni ko'rgan hammani o'g'zi ochilib qoladi menga ishon

~hmm yaxshi o'lim farishtasi ga yoqqan ekan boshqalarga ham yoqadi menimcha......

Minseoning libosi

Jhope Minseoga yana bir qarab qoldi. Minseo binafsha ko'ylakda kelib, kassani oldiga bordi. Jhope u nima qilar ekan deb juda qiziqdi, shunda Minseo Jhopega birdan qarab qo'li bilan bu yoqqa kelishini aytdi. Jhope yuzini burishtirib, Minseoni oldiga keldi, Minseo qo'lidagi xarid qilgan narsalarni ko'rsatib, pulga ishora qildi...

~nima deyapsan o'zi, tildan qoldingmi?

~pulini to'la deyapman

~nima nega men? Buni sen harid qildingku?

~menda hozir pul bor deb o'ylaysanmi? Sen meni istagimni bajarishingni aytgandim axir..... Bu meni 2 chi istagim qani endi to'la!

Minseo Jhope ga ko'zini qisib sumkasini oldi va yangi libosda tashqariga chiqib ketdi. Jhope nima qilishini bilmay qoldi hatto anglay olmadi, kassada sotuvchi Jhope ga murojaat qildi

~janob sizdan 100 000 won....

Jhope bu so'zni eshitishi bilan ko'zlari kattalashib ketdi. Uni oldida savatda jami 30 tadan ortiq libos, sumka va oyoq kiyimlar bor edi

~nima shunchalik ko'pmi?

~ha janob bu yerda, qimmat narsalar bor

~aysh sen yaramas qiz, o'lim farishtasida shuncha pul nima qiladi, jin ursin......men kimlarga uchradima?

Jhope nariroqda o'tib, o'z kuchi bilan pul paydo qildi. Buni qilish u uchun qiyin emasdi lekin kuchi ketishini hisobga oldi. Pullarni paydo qilgach to'lab barcha xaridlarni qo'liga oldi. Qo'lida xaridlar ko'p bo'lib tashqariga chiqqan Jhope asablarni tinchlantirib kelardi, u hatto narsalar ko'pligidan ko'ra olmadi. Qarshisida Minseo turib uni to'xtatib qoldi

~hammasini sotib oldingmi?

Jhope qo'lidagi narsalarini qo'yib, Minseoga g'azab bilan qarar ekan uzini bosishga harakat qildi. Minseo esa uni asabiga tegishga harakat qilardi

~nima sen meni ustimdan kulyapsanmi? Shuncha nara xarid qilib, endi hammasini oldingmi deysanmi? Seni aqling joydami o'zi? ~baqirib Minseoga qo'lini tekkizmoqchi bo'ldi

~hoy hoy o'lim farishtasi uzingni bos.....meni istaklarimni bajarishingni unutma, pating menda ekan 3 ta istagim qoldi holos ok, o'limim oldi nima qilmoqchi bo'lsam shuni hammasini qilaman

~pfff mayli yaxshi yaxshi, negayam seni uchrattim o'zi? Jami 100 000 won bo'ldi boshqa mendan pul so'rama!

Jhope jahl qilib, ketti. Minseo esa uni ustidan kulardi lekin buni Jhope ga bildirmasdi. Minseo juda ko'p libos sotib olgach, qorni judayam ochib ketganini his qildi va duch kelgan ovqatlanish xonasiga kirib ketdi, orqasidan dum bo'lib yurgan Jhope ham keldi. Minseo eng chiroyli stolda o'tirib oldi va menyudan o'ziga yoqqan taomlarni tanlay boshladi

~sen shunchalik bezmisan yoki shunday tug'ilganmisan?

~asabimga tegmaganing maqul, men ham boy insonlardek o'zimni o'zim hursand qilgim kelyapti. Buni nimasi yomon?

~endi bildim nega o'lmoqchi bo'lganingni~stolga o'tirib oldi

~ha avval hech qachon bunday kulib libos harid qilib ovqatlanmaganman, kunim faqat ishlash va yana ishlash bilan o'tgan....

~demak meni kelishim bu seni baxting ekanda?

~bu haqiqatga yaqinroq, agar sen bo'lmaganingda allaqachon do'zax yoki jannatga tushgan bo'ldim....shuning uchun senga katta rahmat o'lim farishtasi

Minseo chiroyli tabassum qildi, buni ko'rgan Jhope hayoli Minseoda bo'lib nima deyishni ham bilmay qoldi. Uning tabassumi huddi oppoq farishtaning kulishiga o'xshardi. Jhope bunday hislarni his qilmasa ham uning zulmatga to'la yuragi qandaydir uchqun chiqqanini sezdi. Qiziq avval hech ham bunday bo'lmasdi.....

~buldi bas qil....~dedi yuragini ushlab

~ha nima bo'ldi, kulishim yoqmayaptimi?

~ha yoqmayapti, insonlarning his tuyg'ulari menga begona

~hmm unda boya kim menga jahl qildi?

~jahl qilish his tuyg'uga kirmaydi...

~bekorlarni beshtasini aytibsan, jahl qilish ham bu his tuyg'u....

~ha bo'ldi, senga bitta gapirib qochish kerak~yuzini burib~bu yerda nima qilyapmiz o'zi? Nimadir yemoqchimisan?

~ha, hozir menyuga qarab olay~qo'liga olib~ha mana tanladim

Minseo afendsandni chaqirib, tanlagan taomini va ikki shisha sojo olib kelishini aytdi. Jhope u nima taom tanlaganiga juda qizqardi. U oyoqlarini chalishtirib, Minseoga tikildi, qiziq uning nima fazilati Jhopeni o'ziga tortyapti? Buni o'ylar ekan topishga harakat qildi. Minseo esa telefonini olib ko'rib turgan vaqtda Jhope ga bir nazar tashlab turardi, unda ham bir necha savollar paydo bo'ldi. Qiziq shu o'lim farishtasining nimasi Minseoni o'ziga tortgan bo'lishi mumkin?

Bunday savollar ikkalasining miyyasini qotirgan vaqtida Minseo aytgan taom tayyor bo'ldi va olib kelindi. Bu taom tokbokki edi, uning hidi ishtahani ochib yubordi, Minseo achchiqqina ovqatlarni yaxshi ko'rardi

Sojo ham kelgach, uni Jhopega quyib bermoqchi edi lekin Jhope buni inkor etib stakanni surib yubordi.

~nima sen ichmaysanmi?

~men nafaqat ichmayman balki ovqat ham yemayman....

~nega endi shunday mazali ovqatni ko'rib yeging ham kelmayaptimi?

~hoy Minseo senga aytgandim, men yemayman va ichmayman, hech qanday his tuyg'uni ham qabul qilmayman

~ha tug'ri esimdan chiqibdi, essiz bir o'zim yeyishga majbur ekanman unda. Mmmm buni hidini~ovqat tayoqchasini olib

Minseo tokbokkini maroq bilan yeyar ekan, uni kuzatib turgan Jhope jirkanishni o'zida his qildi. Minseo tokbokkining ustiga tuxum chaqirib qo'ydi. Jhopeni esa bundan battar ko'ngli aynigandek bo'ldi, u avval hech qachon bunaqa hissiyotni his qilmagan....

~bo'ldi iltimos to'g'ri yeyishni ilojisi bormi o'zi?

~yoqayotgan bo'lsa ketishing mumkin men ochman....

Minseo yeyishda davom etdi. Jhope esa bunga ko'z yumib iloji boricha unga qaramaslikka urindi. Tokbokkini yeb bo'lib 1 shisha sojoni ham ichib bo'lgan Minseo mast bo'lib qoldi. Ular ko'chada ketar ekan Minseo hayotdan hursandek sakrab sakrab o'ynab ketardi. Uni tomosha qilib ketayotgan Jhope "bu qiz anniq haligi ovqatni yeb jinni bo'kdi" deya ichida gapirib kelardi.

Oxiri Minseo bir kitob do'koni oldida to'xtab o'tirib qoldi va bugungi aktyor bilan ishlashini o'yladi

~aysh jin ursin..... ~u juda qattiq baqirdi

Budan qo'rqib ketgan Jhope Minseoni oldiga keldi

~nega baqirasan?

~men nega bunchalik omadsiz qizman....~yig'lashag tushib

~nima?

~nega menga doim injiq va betamis odamlar tushadi axir......~yig'lashda davom etib

Jhope uni yig'lashi yolg'on yoki rostligini bilish uchun oldiga o'tirib oldi.

~sen jinni bo'lib qoldingmi?

~bilasanmi o'lim farishtasi, men judayam baxtsizman, na oilam bor va na sevgan insonim butunlay yolg'izman, shunday bo'lsa ham o'zimni hursand qilishga harakat qilaman, lekin buni kimga qizig'i bor?

~rostan ham yig'layapsanmi? ~yuzlarini ushlab oldi~nega yig'layapsan?

~men qayg'udan yig'layapman....hech kim meni yaxshi ko'rmaydi, faqat o'zim o'zimni yaxshi ko'rishim kerak nega? Men ham mehrga zorman axir.....shuning uchun o'lishni istagandim o'lim farishtasi.....~Jhopeni quchoqlab olib

Jhope Minseoning bunday harakatlarini tushunmay qoldi va u quchoqlagach joyida qotib turdi

~hoy bas qil! Hozirgina kulib yurgandingku?

~yo'q men rostan ham yolg'izlikdan qo'rqaman o'lim farishtasi. Iltimos meni uzing bilan olib ket!

~esing joydami? Sen iloh yoki iblis emassanku?

~men shunday bo'lishni istayman, huddi sen kabi o'lim farishtasi bo'lishni istayman....shunda yolg'iz bo'lmayman, oldimda sen bo'lasan, iltimos meni ham olib ket!

Minseo qattiq yig'lab, Jhope ga yopishib oldi. Jhope uni qanchalik itarmasin baribir foydasi yo'qdek ko'rindi. Oxiri yig'i ovozi o'chgach Minseo uhlab qoldi. Jhope esa uni asfa ustidan olib, ko'tarib olishga majbur bo'ldi

~yo hudo insonlar shunchalik zayifmi? Bu qizni qarang ertalab zaxardek turgandi. Kech kirishi bilan yumshoq mushukdek bo'lib qoldi tavba....

Jhope Minseo ko'targancha, yig'ilgan qanotlarini ko'tarib tepaga parvoz qildi va keyinchalik uyiga yetib keldi. U Minseoni yotog'iga yotkizib,ustiga to'shagini yopib qo'ydi. Uzi esa sehrli tayog'i yordamida eng baland minora ga ketdi.

Jhope

Minoraga kelgan Jhope, qorong'uda sehrli tayog'iga kuch bera boshladi va sehri tayo- qora nur taratib atrofni qora zulmatga aylantirdi
Jhope uzi bilgan qora zulmat aloqalar joyiga tushdi. U yerda Suga bilan aloqa qilish mumkin edi. Jhope bir o'zi qora zulmatda yurib kelar ekan, uzoqdan qanotlarning ovozi keldi va Suga uchib kelardi

~seni ko'rganimdan hursandman Jhope

Suga yerga tushib, Jhope bilan qo'l bilan ko'rishdi. Jhope Sugaga jiddiy savollar berishga tushib ketdi

~xo'sh nima bo'ldi hech kim bilmadimi?

~hozircha yo'q, lekin boshqa bir o'lim farishtalarining sendan gumoni bor

~jin ursin.....tezroq harakat qilmasam yolg'on oshkor bo'ladi

~Minseoni ko'ndira oldingmi o'zi?

~yo'q shuni hatakatidaman, uni 5 ta istagini bajarishim kerak bo'lmasa patimni bermas ekan

~5 ta? Yaxshi 7 ta so'rab olmabdi unda ahvoling og'ir bo'lardi. 1 ta bo'lsa ham bajardingmi?

~hozircha 2 ta bajardim yana 3 ta qoldi.....

~agar patingni qaytarib bermasachi?

~bizning kelishuvimiz bor u bunga majbur qaytarib beradi

~buni eshitganimdan hursandman, semda unchalik ham ko'p vaqt qolmadi, tezroq harakat qilmasang ilohlar bundan xabar topishlari mumkin, men iloji boricha seni o'rningni bildirmaslikka harakat qilyapman

~yaxshi, sendan qarzdorman Suga, men ishimni davom etaman yaxshi qol

~aha tushundimi...

Sehrli tayog' yana nur sochib, zulmatga to'lgan makon birdan shaharga aylanib qoldi. Jhope ning ko'zlari qizil rangga kirib qanotlarini yoydi va osmonga uchdi. U hozir uziga kuch olishi kerakligidan insonlarni o'lishini tomosha qilardi. Bu unda katta kuch berardi......

๐ƒ๐€๐•๐Ž๐Œ๐ˆ ๐๐Ž๐‘.......

๐‡๐€๐ ๐Œ๐ˆ๐๐’๐„๐Ž ๐”๐‚๐‡๐”๐ ๐˜๐Ž๐™๐ˆ๐‹๐†๐€๐ ๐…๐€๐๐…๐ˆ๐‚

๐€๐ฎ๐ญ๐ก๐จ๐ซ:๐‹๐ž๐ž ๐’๐ฎ๐ง๐š