๐๐๐๐ย ๐๐๐๐๐ฟ๐ย ๐๐๐ ๐๐๐๐๐๐๐พ๐ย ||ย 5 ๐๐ฅ๐ค๐จ๐๐๐
"You are the only love that freed me from hell"
Suna pov/
Yangi kelgan bola qo'limni qattiq qisib turarkan qo'limdagi jarohatlarga ko'zi tushdi
Men qo'limni undan tortib oldim va u yerdan ketmoqchi bo'lganimda u meni yana qo'limdan ushlab oldi
Suna: meni qo'yib yubor, nega ushlab olding?
Eun woo: nega mendan qochyapsan? Qo'lingga nima qilgan?
Suna: senga buni nima qizig'i bor?
Eun woo: buni qiziqqanim uchun so'ramayapman, sendan havotr olyapman
Suna: sen kim bo'libsanki mendan havotr olasan akammisan? Yoki biror do'stimmisan?~qo'lini tortib
Eun woo: to'g'ri men senga hech kimman na akang va na do'sting! Lekin sen men uchun qadrli insonga aylanding
Eun woo: haligacha meni ismimni bilmaysan meni ismim Eun woo
Suna: gapingga uzing tushunyapsanmi?
Eun woo: ha yaxshi tushunyapman
Eun woo uning ismi chiroyli ekan, u meni oldimga yaqinlashib kelar ekan yuragim tez ura boshladi. Nega u bunday qilyapti degan savollar miyyamda ayalnardi, u shu darajada yaqin keldiki men orqaga chekinishga joy topa olmay qoldim
Eun woo: Suna nega seni bunchalik qiynashadi, seni Jungkook ning oldidan olib kettim
Suna: demak meni ustoz chaqirmagan shunaqami?
Suna: unda nega bunday qilding? Agar sen ham Jungkook va Jin ga o'xshgan odam bo'lsang mendan uzoqlash men sizdek insonlardan faqat nafratlanaman
Eun woo: meni shunaqa deb o'ylayapsanmi?
Eun woo: men undaylardan emasman, savolimga javob ber! Nega seni Hejin va uni do'stlari bunchalik qiynashadi?
Suna: shunchalik bilging kelyaptimi?
Suna: unda Hejinni o'zidan borib so'ra
Men Eun woo ni itarib yubordim va etiborsizlarcha u yerdan kettim ammo qo'llarim chiqishni boshladi, jin ursin...... Yana boshlandi, achishib qichishga tushdi men koftamni ustidan buni qoldim Eun woo esa meni ko'rib qotib qoldi
Oyog'im ham shu tarzda qichishdi, men uni oldida hech narsa qila olmadim chekkaroqqa olay desam o'zimni hatto yurolmadim, qichishish shunaqangi avjiga chiqdiki yotib ham qoldim
Eun woo yonimga yugirib keldi, va meni ko'tarib oldi bu vaqtda jismoniy tarbiya darsi tugab hamma bolalar maktab ga kirib kelashayotgan edi, ular bizni ko'rib hayron qolishdi, ayniqsa Hejin va uni dugonalari qo'llarini chalishtirib bizga qarab turishardi
Eun woo meni ko'targancha hammaning ko'z o'ngida tibbiyot xonasiga olib ketdi, men yerga kelganim da Yeongro opam o'sha yerda ekan
Eun woo: salom yaxshimisiz iltimos yordam bering
Yeongro opam meni ko'rib ko'zlari chiqib ketdi
Yeongro: Suna bu senmisan? Bu yoqqa kel tez!
Eun woo meni yotoqchaga yotqizdi, hali ham tanamni qichitishdan to'xtamasdim
Suna: Yeongro opa iltimos yordam bering!
Yeongro: yana shunga ahvolga tushdingmi? Nega ehtiyot bo'lmaysan a?
Suna: sen nega hali ham shu yerdasan iltimos ket!
Eun woo: lekin seni ahvoling yaxshi emasku?
Yeongro: hoy yaxshi yigitcha bu tibbiyot xona siz ko'radigan narsa yo'q iltimos chiqing
Yeongro: uni ahvoli yaxshi buladi qani chiqing!
Eun woo tashqariga chiqib ketdi men esa og'riqdan hali ham azoblanardim meni yagona tushunadigan odam bu Yeongro opam edi u menga eng katta yordamni bergan, u jarohatlarimni qo'lidan kelgancha davolardi
Yeongro: yana nima bo'ldi Suna?
Suna: jarohatlarim judayam achishim og'riyapti
Yeongro: senga aytgandimku qichishsa ham unday qilma deb yo'qsa qonab umuman bitmaydi
Suna: boshqa nima qilay? Chiday olmayapman
Yeongro: iltimos bunga chida, agar unday qilmasang jarohating yiringlay boshlaydi
Yeongro: ehh Suna nega seni hayoting bunday
Suna: men bunga o'rganib qoldim, havotir olmang hali vaqti keladi hammasidan qasosimni olaman
Yeongro opam mening gapimga kulib yubordi, u jarohatlarimga bint qo'yib bog'lab qo'ydi, men u yerdan chiqib sinfga bordim kalidorda hech kim yo'q edi, sinf esa har doimgidek shovqin lekin Hejin bn do'stlarini ko'rmadim qiziq ular qayerda ekan, men sekin joyimga o'tirdim yonimda o'tirgan Eun woo esa mendan ko'zini uzmasdi
*
Hejin pov/
Jin ursin hammasini Sunani nega ana u bola himoya qilyapti? Men sinfdan chiqib tadbir maydoniga Mina, Sora Jk hamda Jin ni chaqirdim
Hejin: vaziyat men o'ylaganimdan jiddiy tus oldi
Men har doimgi joyimga o'tirib olib, sigaretni yoqdim
Hejin: bizada katta muammo paydo bo'ldi
Sora: nima Minjini itarib yuborganingni aytyapsanmi?
Hejin: gap Suna haqida ketayapti uni yangi kelgan bola himoya qilyapti
Jk: ha bu to'g'ri, har doim uni oldiga borganimda u yo'limdan chiqadi
Hejin: huddi shunday ularni ayirishimiz kerak yoki Suna ni maktabdan haydaymiz
Hejin: Mina sen aytgan rasmlar tayyormi?
Mina: ha albatta, ular telefonimda
Hejin: unda yaxshi men hozir Suna ning onasi bilan gaplashaman
Hejin: uni maktabdan haydash uchun hujjatga imzo qo'ydiraman
Jk: demak Sunadan qutulargakmizda
Hejin: ha huddi shunday, agar tushungan bo'lsangiz hammangiz sinfga boring
Men bilan o'ynashish yomon ekanini bilmagan ekansan Suna seni shunday sharmanda qilamanki hatto onang ham va seni qo'riqching ham yordam bera olmaydi bugun maktabdagi oxirgi kuning bo'ladi bu anniq
Suna pov/
Sinfda kelganimdan keyib biroz bo'lsa ham ko'nglim tinchidi Hejin yo'q ekan indamasdan kitobimni ochdim qulog'imga esa quloqchin taqib jimgina o'tirdim, bu orada Eun woo hali ham har yozganida menga qarab turardi, iloji boricha unga qaramaslikka harakat qildim
Afsuski bunday jim o'tirishim uzoqqa cho'zilmadi Hejin sinfga kirib keldi va qo'lidagi sharbatni boshimdan to'kdi men bundan cho'chib kettim
Hejin: Suna nega jimgina bu yerda o'tiribsan a? Seni shu vaqti chaqirishim esingdan chiqdimi?
Hejin: nima meni ahmoq deb o'ylayapsanmi? Tezda menga borib biror nima yeyishga olib kel!
Men endi o'rnimdan turmoqchi edim usti boshim ho'l hamma yerim shiradek bo'lib qoldi ammo Jk meni turganimdan foydalanib orqamga marker bilan nimadir yozdi, buni sezam ham indamadim shunda Eun woo oldimga kelib Jk ni qo'lidan markerni oldi va o'zini yuziga chizdi
Men birdan orqamga qaradim, Eun woo jahl bilan ularga qarardi
Eun woo: uni kalaka qilishni bas qiling!
Hejin: senga nima? Nima uni qo'riqchisimisan?
Teahyung ham bunga aralashib Eun woo ni olmoqchi bo'ldi lekin Eun woo joyida turib olgandi
Tae: Eun woo bu seni ishing emas kettik
Eun woo: meni qo'yib yubor sen aralashma
Jk: hoy ahmoq nima yangi kelganman deb hohlaganimni qilaman deb o'ylayapsanmi? Bu yer unaqa joy emas
Eun woo: shunaqami? Nega siz yaramas zo'ravonlar Suna ni bunchalik qiynaysiz u sizlarga nima qildi?
Hejin: sen nimani ham bilarding? Shu kungacha Suna bizni ovunchog'imiz~kulib
Eun woo: yug'e endi unday emas unga hatto qo'lingizni uchini ham tekkizmaysiz
Jungkook Eun woo ga tarmashib uni yuziga urdi, Eun woo ning labi qonadi lekin u o'rnidan turib endi Jk ni urmoqchi bo'lganida televizorda video ko'rindi
Hammaning ko'zi televizorga tushdi u yerda men va Eun woo ning yonma yon turgani hamda meni ko'tarib ketayotgani bor edi men bu video ni ko'rar ekanman ichimdan nimadir o'tgandek bo'ldi
Hejin: mana ko'rib qo'ying yangi kelgan bola kimni himoya qilayotganini, kim biladi balki ular bo'sa ham olishgandir
Hamma hayron tarzda qotib qoldi, ular men va Eun woo ni g'iybat qilishga tushib ketishdi. Video ni oxirida esa mantaj qilingan ikkimizni bo'samizning rasmi chiqdi endi bunisi oshib tushdi
Jk: endiyam bu yetimchani himoya qilasanmi a?
Eun woo: jin ursin sizlar o'ta ketgan pastkash ekansiz, bu mantaj!
Hejin: yug'e unda uni ko'tarib ketganing ham mantajmi? Sunadan bo'sa olganing uchun u hushidan ketgan bo'lsa kerak
Bu video butun telefon hamda ijtimoiy tarmoqlarda chiqdi hatto o'qituvchidan tortib maktab derektri ham bildi men esa ojiz edim hech narsa qila olmadim
Eun woo: bu mantaj dedim nega ishonmaysiz
Hejin: agar shunday bo'lsa aytchi nega jismoniy tarbiya darsida Suna ni olib ketting?
Eun woo: men uni himoya qildim holos
Hejin: bu gapingga kimdir ishonarmikan? U sendan bo'sa olish uchun uni olib ketgansan
Eun woo: Lanati sizlar jin ursin.....
Eun woo Hejinni ham urmoqchi bo'ldi lekin u qiz bola edi, men hali ham hayron edim Eun woo menga qaraganida ko'z yoshlarim oqardi
Suna: nega meni oldimga kelding?
Shu payt sinfga maktab derektri hamda o'qituvchimiz kirib men va Eun woo ni chaqirdi
D: hoy Lee Suna hamda Cha Eun woo ikking ham meni xonamga
Biz o'sha yerga kettik, Hejin esa ustimizdan miriqib qolganlar bilan kulardi, biz xonaga kirganimizda u yerda Eun woo ning ota onasi o'tirardi ular nega kelishdi? Eun woo ularni ko'rib hayajoni tutib qoldi, ichkariga kirganimizda bizni so'roq qilish boshlandi. Biz buni qanchalik inkor etsak ham baribir foydasi yuq edi, chunki Eun woo ning ota onasi bunga allaqachon ishonib bo'lishgandi
Ular Eun woo ni qattiq urishishdi u esa ota onasi oldida ojiz qolib boshini egib turardi, uning ota onasi menga ham gapirishdi men ham jim turardim, oxiri bu janlallar tugagach maktab derektri meni maktabdan haydashini aytdi mening yuragim tez urdi
Eun woo: lekin janob u hech narsa qilmadiku?
~sen nega aralashasan jim o'tir!
Eun woo: dada bu adolatsizlik uni aybi yo'qku men uni olib kettim meni haydang uni emas
~seni shundoq ham boshqa maktabga olamiz tushundingmi?
D: Suna onang ham buni tasdiqladi...
Qanday qilib o'z onam meni maktabdan haydashni tasdiqlashi mumkin? Nega bunday bo'ladi?
Suna: ammo janob men boshqa maktabga kirolmayman
D: bu seni muammoying hullas sen endi bu maktabda o'qimaysan
Eun woo: janob bunday qilolmaysiz?
~senga jim bo'l dedim, hali senga jazo ko'p bekor bu yerga qaytib kelding, seni yana Amerikaga jo'natamiz
Eun woo: sizlar inson emassiz, Suna bunday holga tushganing uchun meni kechir
Suna: nega men bilan ko'rishding nega oldimga kelding? Nega men bilan gaplashding?
Eun woo ni tili aylanmay qoldi, men shuni tushundimki endi bu yerda qolganimdan foyda yo'q ekan
Suna: javob bera olmaysan endi menga yaqinlashma seni ko'rishni ham hohlamayman
Men ko'zimda yoshim bilan u yerdan kettim, Eun woo esa orqamdan qarab qoldi. Men kalidor bo'ylab yig'lab ketar ekanman sumkamni olib tashqariga chiqdim bu maktab yo'q bu do'zaxdan ketganimga hali ham ishonmasdim, derazaga qaganimda Hejin menga kulib qo'linidi silkitti men qayrilib u yerdan kettim
Men uchun go'yo hammasi tugagandek edi lekin bu bir tomondan juda hursand edim bunday do'zaxdan qutilganimga, hali vaqti keladi hamamsiga javob berishadi, men yig'lagancha uyga bordim u yerga kelganimda mening uy narsalarim tashqarida edi men havotr olib ichkariga kirdim. Kirganimda uyimizni eshigi yopiq va eshikda hatni ko'rdim unda "uyimizni sottim endi u yoq ovora bo'lib bu yerga kelma maktabdan seni haydashdi buni bilaman men esa bir erkakka turmushga chiqmoqchiman narsalaringni tashqariga olib chiqib qo'ydim"
Bu xatni o'qib yuragim go'yo to'xtab qolgandek edi, men tamom bo'ldim deb o'yladim umuman hech narsa ko'zimga ko'rinmasdi, eshik oldida o'tirib ko'z yoshlarimni tiya olmay qattiq baqirib baqirib yig'ladim, huddiki bu yig'laganimni kimdir eshitsa yagona choram bu o'zimni o'ldirish edi
Men o'zimni qo'lga olib, uydan kettim va o'zim boradigan joyimga yani ko'lga bordim u yerga kelgan ekanman hamma yer qorong'u edi atrofda hech kim yo'q, chuqur nafas oldim va ko'lga yaqinlashib bordim, oyoqlarim muzdek suvni his qilar ekan bu muzdek suv tanam dagi barcha og'riqlarni yengil qilgandek edi
Oyoqlarim tizzasigacha bordi hatto belimgacha ham keldi ko'l bo'yiga o'zimni tashlab cho'ktirib yubormoqchi edim va qattiq baqirdim
Suna: men yashashni istamaymannnn.......
Bu ovozim qattiq chiqqani bilan hech kim eshitmasdi, shu on kimdir ning suv tovushi keldi, men o'sha tomonga qaradim u yerda yana kimdir ko'lga tushib borar va tanasi muzdek suv bilan cho'kardi men tezda o'sha yerga bordim
๐๐๐ฏ๐จ๐ฆ๐ข ๐๐จ๐ซ......
๐๐ฎ๐ญ๐ก๐จ๐ซ: ๐๐๐ ๐๐๐๐
๐๐๐ง๐๐ฅ: ๐๐๐๐๐๐๐ ๐๐๐๐๐