March 24, 2025

Xizmatni unutgan dil (ep.8)

Seokjin muzlatgichni orqasidan Sunani harbiy formasini ko'rib qoldi. Suna esa jim turishda davom etardi. Jin endigi uni oldiga bormoqchi bo'lganida, kalidordan haligi qizni qichqiriq ovozlari eshitildi

Jin bu ovozni eshitib Sunadan uzoqlashdi. Qiz kalidorga jar solib baqirayotgan edi

Qiz: yordam beringlar iltimos... Kim bor? Bu yerda meni qiynashayapti, iltimos yordam beringlar

Seokjin bunday ovozlarni eshitib, Sunani oldidan uzoqlashdi. So'ng oshxona ichkarisidan chiqib. Kalidor tafaga yuridi

Jin: ayshshsh jin ursin, sen qizni. Seni battaroq qiynashim kerak edi. Senga chiqma deb aytgan edimku?

Jin shuday deb tashqariga chiqib ketdi. Suna esa qo'lini og'zidan olib, sekin nafas ola boshladi va sekin muzlatgichni orqasidan poylab qaradi

Jin u yerdan ketgan edi. U haligi qizni oldiga borib uni orqasidan ko'tarib olib, hushidan ketqazdi va boshqa joyga olib ketdi. Qiz qarshilik qilishga urundi lekin Seokjin juda kuchli bo'lgani uchun uni kuchi yetmadi

Suna Jin ni ketganini ko'rib yengil nafas olib qo'ydi va sekin muzlatgichni orqasidan chiqa boshladi. Uni qorin og'rig'i hali ham bor edi

Suna pov: huu u kettimi? Qanday yengillik... Sal qolsa qo'lga tushar edim. Nega ham u yerga bordim uzi? Men ahmoqman, lekin Serjand Seokjin ni bunday vaxshiy ekanini bilmagan ekanman. Ayyy nega buncha qornim o'g'rig'i ketmayapti? Ayshshsh jin ursin juda qattiq og'riyapti. Men ketishim kerak

Suna sekin oshxona eshigidan poyladi va u yerda hech kim yuq ekanini ko'rib. O'z xonasiga sekin bora boshladi.

Suna xonasiga yetib kelgach, eshikni ochdi. U eshikni ochganida Misun hali ham yo'qligiga hayron qoldi. Uni qorin og'rig'i juda chidab bo'lmas darajada kuchaydi. Suna xonasini eshigini yopti, hech kimga bildirmaslik uchun baqira boshladi. U yotog'iga yotib chuqur nafas oldi va sal avvalgi voqeani eslamaslikka harakat qildi

Misun va Rose tibbiyot xonasiga borishgach, u yerda Suna yuqligini ko'rib, uni izlashga tushdilar.

Misun: Suna u qayerda?

Rose: bilmayman, u shu yerda bo'lishi kerak edi?

Misun: ehh Suna qayerdasan a? Rose sen o'ng tarafdagi joylarni qidir men esa chap tarafdagi joylarni izlab ko'raman. Balki uni toparmiz. U boshqa hech qayerga ketolmasdi

Rose: aha hop tushundim

Misun va Rose 2 tarafga tarqalib ketishdi. Ular Sunani deyarli hamma joydan qidirishdi, lekin topa olishmadi.

Misun oxirgi qidirgan joyi bu oshxona bo'ldi. U oshxonaga kelganida muzlatgich oldida qon tomchisini ko'rib qoldi

Misun pov: bu yana nima bo'ldi? Qonmi? Nima, nahotki Suna yarangan bo'lsa? Bo'lishi mumkin emas. Suna qayerdasan o'zi??

Misun oshxonadan chiqib ketidi va yo'lak oxirida yana bir qancha qon izlarini ko'rdi. Misun bundan juda taajjubga tushdi va qon izlari bo'ylab yura boshladi

Qon izlari harbiy ittifoq shtabining eski qurollar saqlanadigan omborxonaga boshlab bordi. Misun tashqariga chiqar ekan, bu qon izlari Sunaga tegishli deb o'ylab qo'rqib ketdi

Eski omborxona

Misun qon izlaridan borib, omborxonaning eshigini oldiga keldi. U eshikni sekin ochar ekan yerdagi qon borgan sari ko'payib ketar edi

Misun eshikni to'liq ochgan atrof qon bilan to'lganini ko'rdi va hayratda qoldi. Omborning o'ng tarafida Serjand Seokjin qiynagan qiz shu yerda edi va uning atrofi qon bilan to'lgan holda yotganini ko'rdi

Qizning ahvoli juda yomon darajada edi. Uni bo'yni ko'karib ketgan, chunki Seokjin uni bo'g'ib o'ldirmoqchi bo'lgan edi. Misun bu manzarani ko'rib o'zi bo'lmagan holda baqirib yubordi

Misun: yo hudoyimm bu nima????

Misun tezda qizni oldiga kelib, uni yaralangan joylarini qo'li bilan bosa boshladi. Qiz qornidan va o'ng buyragidan qichoq yegan edi. Seokjin uni shu joylariga vaxshilarcha pichoq suqgan edi

Misun tezda qizni ko'tarib oldi va uni tibbiyot xonasiga olib ketdi. Tibbiyot xonasiga kelgach u yerda hamshiralar ham yuq edi. Misun hayajonda nima qilshni bilmay uzi qizni yaralangan joylarini davolash harakat qildi. Tezda kerakli narsalarni olib qizni yarsasini davolay boshladi

Qiz shuncha jarohat olgan bo'lsa ham bu og'riqlarga bardosh berolmatgan edi

Misun: hoy hoy kichik askar, hoy ko'zingni och!! Ozgina sabr qil iltimos, seni kim bu ahvolga soldi?? Shuni manga ayt?? Men jarohatlingni davolayman albatta hopmi?? Iltimos faqat ko'zlaringni yumma?? Ayshshsh qon to'xtamayaptiku?

Qiz og'riq kuchliligidan hatto ovozini ham chiqara olmay qoldi. Misun buni sezib, unga gapirishda davom etardi. Lekin uni jarohati juda og'ir bo'lganligi uchun chiday olmadi

Qizni deyarli hamma joyi ko'karib ketgan edi. Huddiki jangda yaralangan askarga o'xshab. Misun yarasini chuqur bosdi. Bu juda og'riqli edi, lekin qizni ovozi chiqmay qoldi.

Misun buni sezib, uni hushiga keltirishga harakat qildi

Misun: hooyy kichik askar???? Hoy nega jim bo'lib qolding, ko'zingni och??? Nafas ol iltimos! Sen o'lmasliging kerak?? Yarang juda chuqur ekan, bu ishni kim qilgan bo'lsa ham qo'llari sinsin!

Qiz hech narsa demadi, chunki u bu og'riqqa o'rganmagan edi va bunga chiday olmay taslim bo'ldi va oxiri ko'zlari yumib o'ldi

Misun uni tomir urishini eshitib ko'rdi. Uni tomiri urmayotgan edi. Misun yanada qo'rquvga tushib qoldi

Misun: yuq bu bo'lishi mumkin emas?? Sen o'lmasliging kerak?? Hoy askar!!! Sen hali yoshsannnn!!! Iltimos qilaman o'lma! Ko'ngni och??

Misunni ko'zlaridan yosh oqa boshladi. Huddiki u aybdordek bo'lib qoldi. Qizni esa joni uzilgach, yuzidagi oxirgi yoshi to'kildi

Misun o'ziga kelib 1 soatdan so'ng qizni ustiga oq mato yopib qo'ydi va nima qilashni bilmay u yerdan qo'llari qon holda ketdi

Misun Sunani topa olmagach, Roseni ham qidirishga tushmadi. Chunki uning hayolida faqat haligi askar qiz edi.

Uni kim bu ahvolga solishini mumkin deya Misun juda ko'p o'yladi. O'ylab oxirgi yeta olmay o'z xonasiga qanday yetib kelganini ham sezmay qoldi. U xona eshigi ochishi bilan uzoqdan o'z yotog'ida qornini ushlab yotkan Sunaga ko'zi tushdi

Misun Sunani ko'rib uni biroz bo'lsa ham hursand bo'lgandek bo'ldi va oldiga keldi

Misun: Suna hoy Suna??? Ahvoling yaxshimi? Senga hech narsa qilmadimi? Qayerda eding?

Suna Misunni baqirishidan uyg'onib ketdi va Misun ko'rib uni quchoqlab oldi

Suna: Misun sen shu yerdamisan?

Misun: boshqa qayerda bo'lardim? Aslida bu savolni men senga berishim kerak? Sen qayerda eding va nima bo'ldi?

Suna: shoshma qo'lingga nima qildi?

Suna Misunni qon bo'lgan qo'llarini ko'rib qoldi va qo'lini tezda yashirdi

Misun: aa bumi hech narsa?

Suna: hech narsami? Lekin unaqa ga o'xshamayapti?

Misun: hoy nimalar deyapsan? Sen meni savolimga javob bermadingku?

Suna: men sendan birinchi so'radim? Gapni burma?

Misun ikkilanib qoldi

Misun: men gapni borayotganim yuqku? Shunchaki seni jarohat olganingni eshittim va xonaga yugurib keldim, kelsam sen yuq ekansan, Rose ni oldiga bordim, u ham seni qayerda ekanligingni bilmas ekan.

Suna: hmm keyinchi?

Misun: keyin ikklamiz seni qidirishga tushdik, lekin topa olmadik. Seni hamma joydan qidiridim lekin hech qayerda yuq eding Suna?

Suna: yaxshi meni qidirgan ekansan, lekin nega bu yerga qaytib kelding va Rose chi?

Misun: men hamma joyni qidirdim, lekin sen yuq eding va xonamga qaytib keldim? Roseni esa butkul unutibman?

Suna: shunaqami? Men qayerda edim bilan bilasanmi?

Misun: shuni so'rayapmanku? Serjand eun woo seni jang qilishga undagan deb aytishdi. Senga biror nima qilib qo'ymasin deb yugurib kelyapman axir

Suna: men jarohat oldim. Bu havotir oladigan narsa emas. Men shunkachi qornimdan va yelkamdan yengil jarohat oldim. Bunda esa Serjand eun woo aybdor emas.

Misun: nima u aybdor emas deyapsanmi?

Suna: ha men shuni o'zim hohladim

Misun: ko'zlarimga ishonmayman. Qorining yaxshimi? Og'rimayaptimi? Uzi nega tibbiyot xonasidan ketib qolding?

Misun shu tarzda gapni boshqa joyga burdi va qo'lini yashirishda davom etardi

Shu payt kalidordan yugurgan ovozlar eshita boshladi. U Rose edi. Rose tibbiyot xonasiga Sunani qidirish uchun borganida xonanda bir qizni, ustiga mato yopilganini ko'rdi

Rose bunaqa voqeadan so'ng o'ziga kela olmay Misun va Sunani xonasiga yugurib kelayotgan edi

Rose eshik oldida kelib xonani ichiga kirgach zo'rg'a nafas olib gapira boshladi

Rose hansirab: u yerda..... U u yerda....

Suna: Rose nima bo'ldi senga?

Misun: nega buncha hansirab kelyapsan? Yoki avvalgi zo'ravon qizlar senga nimadir qilishdimi?

Rose: yo'q unday emas, men tibbiyot xonasida bir narsani ko'rdim

Suna: nima ekan?

Misun Roseni bu gapini tushundi va hech narsa demay boshini yerga egib turdi

Rose: u yerda bir kichik askar qiz bola bor edi. Ustiga oq mato yopib qo'yilgan. Uzini esa hamma joyi qon talash bo'lib yotibdi. U menimcha o'lgan

Suna: nima??? O'lgan?

Rose: ha, men uni ko'rib qo'rqib kettim

Suna: bu ishni kim qilgan bo'lishi mumkin?

Rose: buni bilmayman, lekin kim qilgan bo'lsa ham juda vaxshiy ekan

Misun jim bo'lib qolganini ko'rgan Suna. Undan shubha qila boshladi. Chunki Misun biroz oldinroq shok holatda va qo'llari qon bo'lib ketgan edi. Suna esa buni sezdi

Suna: hoy Misun nega jim bo'lib qolding?

Misun: aa nima?

Rose: rostan ham gapirmading. Misun endi nima qilamiz? Bizni ko'rib qolganimiz uchun bu ishni qilgan deb ayblashmaydimi?

Misun bir ikki yutunib qo'ydi va nima qilshni o'yladi

Misun

Suna: Misun balki hammasini aytarsan?

Misun: nimani?

Suna: men hammasini bilib turibmanku?

Rose: nima haqida gapirayapsizlar?

Misun: nimalar deyapsan Suna?

Suna: sen Rose aytgan tibbiyot xonasidagi qizni bilasan to'g'rimi?

Misun: nima? Bu nima deganing?

Suna: ha sen uni anniq taniysan. Unda nega qo'rqqan holda meni yonimga kelding. Nega qo'llaring qon va uni bizdan yashirayapsan?

Rose: Misun rostan ham nimadir bilasanmi?

Misun: yo'q men uni tanimayman

Suna: unda qo'lingni ko'rsatchi?

Misun: uni nima qilasan?

Suna: nima qilardim, qon yoki qon emasligini ko'rmoqchiman. Sen baribir tan olmaysan?

Misun: yo'q meni buni hohlayman

Suna: nega inkor etyapsan. Qani ko'rsattt! Men nohaq yoki haqligimni bilishim kerak?

Misun: yo'q qo'lim og'riyapti?

Rose: Misun qaysarlik qilma. Bitta ko'rsata qol, seni hech kim ayblamaydi

Misun: qo'lim og'riyapti dedimku?

Suna: shunga qo'lni yopib turush shartmi? Qani qo'lingni ber!!

Misun: yo'q dedim

Suna: Misun hozir qaysarlik qilishga vaqt yuq

Rose: Misun bir martta ko'rsat!

Misun: nega ikkalangiz menga yopishib oldingiz men yuq dedimku?

Misun shunday deb hech narsa bo'lmagandek o'rnidan turib xonadon chiqib ketmoqchi bo'lganida. Suna ham o'rnidan turib Misunni qon bo'lgan qo'lini ushlab o'ziga tortdi

Rostan ham Misunni qo'llari qon edi. Suna buni ko'rib Misunga yomon qaradi. Nima bo'layotganini tushunmagan Rose esa hayratda

Suna: bu nima Misun??

Hammasini bilib qolishgach Misun taslim bo'ldi

Suna:bu nima dedim? Nega qo'ling qon va uni ko'rsatishni hohlamading?

Rose:Misun yoki haligi tibbiyot xonasidagi qizni sen o'ldirdingmi?

Misun: yug'ee nimalar deyapsizlar? Qo'limni qo'yib yubor hammasini aytaman

Suna: xo'sh qani ayt

Misun: men seni izlagani oshxonaga borgan edim va ichkari muzlatgichni oldiga keldim, shunda yerda qon tomchisini ko'rib qoldim.

Suna: qon tomchisini?

Rose: keyinchi?

Misun: ha qon tomchisini, keyin qon tomchilari yerda iz bo'lib ketganini ko'rdim va o'sh izlardan bordim. Izlab kaledor bo'ylab tashqariga keta boshladi yani eski qurollar saqlanadigan omborxonaga. Men ham o'sha yerga bordim

Suna: u yerda kim bor ekan?

Misun: men borganimda omborxona eshigi ochiq edi. Uni kimdir buzib ochgan. Qon borgan sari ko'payib bordi va omborxona oldiga kelganimda hamma joy deyarli qonga to'lgan edi. So'ng ichkariga kirganimda bir qizga ko'zim tushdi. Uni hamma joyi qonga to'lgan va qorni bilan o'ng buyragiga pichoq suqishgan ekan. Men nima qilishni bilmadim, harbiy xavfsizlik askarlarini chaqirmoqchi bo'ldim lekin agar ularni chaqirganimda meni ayblashgan bo'lar edi. U haliyam tirik edi va uni ko'tarib tibbiyot xonasiga olib bordim

Rose: yo hudoyimm ishongim kelmayapti

Suna: u juda chuqur jarohat olgan ekanmi?

Misun: ha juda chuqur pichoqlashgan. Tibbiyot xonasida birorta ham hamshira yo'q edi. Keyin uni o'zim yarasini davolamoqchi edim. Lekin u og'riqqa bordosh bera olmadi va o'ldi. Uni deyarli hamma yeri ko'karib ketgan edi. Bo'ynida esa qo'l izlarini ko'rdim. Uni kimdir bo'g'ib o'ldirmoqchi bo'lgan. Men juda qo'rqib kettim va uni ustiga mato tashlab u yerdan kettim. Qo'llarim qon bo'lishining sababi mana shu edi.

Rose: bo'lishi mumkin emas

Suna: e hudoyim nimalar bo'lyapti a?

Misun: men juda afsusdaman uni saqlab qolomadim

Misun hayot davomida ko'p urushlarda askarlarni ko'z oldida o'lganini ko'rganida bo'lsada bir martta ham ko'z yosh to'kmagan edi. Mana hozir u saqlab qololmagan kichik askar uchun ko'zlaridan yosh oqa boshladi

Buni ko'rgan Suna Misun ga juda rahmi keldi va oldiga kelib uni mahkam quchoqladi. Rose ham Misunni quchoqladi

Suna: bo'ldi Misun yig'lama bu ishda sen aybdor emassan. U qiz sen qutqarib qolmasang ham baribir o'lgan bo'lardi

Rose:ha tug'ri iltimos Misun yig'lab yuragimni ezma

Misun: lekin bu ishi kim qildi men shu narsaga qiziqayapman Suna?

Suna: to'xta, uni tanasi ko'karib ketgan dedingmi?

Misun:ha huddiki uni kimdir urgandek

Sunani hayoliga Seokjin qilgan ish keldi. Seokjin qiynayotgan qizni ham tanasi ko'karib ketgan edi. Suna buni uzoqdan ko'rgan bo'lsa ham anglagandi

Suna: demak, uni urushgan. Bundan kelib chiqadiki bo'ynida ham qo'l izlari bor?

Rose: Suna nima deyapsan?

Misun: ha, lekin sen bu ishni kim qilganini biladiganga o'xshayapsan?

Suna: ha buni bilaman

Rose: nima?

Misun: xo'sh u kim? Qaysi ahmoq va vaxshiy bu ishni qildi?

Suna: bu ishni Serjand Seokjin qildi

Rose:nima rostanmi?

Misun:sen qayerdan bilasan Suna?

Suna: chunki men hammasini ko'rdim

Misun: qachon va qayerda ko'rding?

Rose:bizga hammasini ayt Suna

Suna:yaxshi yaxshi, aytaman

Suna Misun va Rose ga 2 soat oldingi bo'lgan voqeani hammasini aytib berdi. Misun va Rose bu gaplarni etishar ekan hayratda ko'zlari katta katta bo'lib ketdi. So'ng Misun bu ishni Serjand Seokjin qilganini eshitib tahminlari to'g'ri chiqqanini bildi

Soat 00:15
Yarim soat o'tkanidan so'ng Suna, Misun hamda Rose bu haqiqatni hech harbiy xavfsizlik askariga aytishga qaror qilishdi.

Suna: lekin hozir ularga aytsak Serjand Seokjinga qarshi dalilarimiz yuqku?

Misun: ha tug'ri, Serjand Seokjin juda aqilli, uni ishini ochish juda qiyin bizga keraklicha dalilar kerak. Aksiga olib uni hozir ayblay olmaymiz. U yaqinda general lavozimga o'tadi

Rose: unda Serjand Seokjin ni emas kichik askarni o'zini aytsak bo'lmaydimi?

Suna: ha Roseni gapida jon bor

Misun: yaxshi unda faqat kichik askar haqida aytamiz. Bu ishni Serjand Seokjin qilgan ekan unga qarshi dadil lar topish kerak

Rose: keyin u general bo'lmaydimi?

Misun: bunisini bilmadimu, lekin olinishi ham mumkin yoki mumkin emas. Hullas anig'ini ayta olmayman

Suna: tushunarli yaxshiyamki u meni yuzimni ko'rib qolmadi

Misun: ha tug'ri agar shunday bo'lganida ishimiz ancha muammo bo'lardi

Rose: qoyilee Serjand Seokjinni bunchalik vaxshiy ekanini bilmagan edim lekin

Suna: ha men ham hayron qoldim

Misun: men esa uni bunaqa ishlar qilishini yetti uhlab hayolimga ham keltirmagandim

Suna: nima bo'lsa ham kichik askar qizni harbiy xavfsizlik xizmatiga aytshimiz kerak

Misun: buni ertaga aytamiz. Hozir juda kech bo'ldi. Hamma uhlayapti. Ertaga o'zim ularga aytaman

Suna: yaxshi

Rose: harbiy xizmatda nimalar bo'lyapti a?

Misun: Rose sen ham o'z xonangga bor, juda kech bo'ldi. Ertaga yana mashg'ulotlar bo'ladi

Rose: hop tushundim, unda men kettim

Suna: Rose bu gaplarni hech kimga ayta ko'rma hopmi?

Rose: havotir olmang, men sizlar bilanman axir, hech kimga aytmayman

Misun: hop endi boraqol. Hademay erta tong bo'ladi

Rose: aha men kettim, yaxshi uhlash turinglar

Suna: sen ham

Rose chiqib ketgach, Suna va Misun ham uhlashga yotdilar. Lekin Suna umuman uhlay olmadi. Chunki u Jin uni anniq ko'rmaganiga ishonch hosil qilmagan edi. Suna shuni o'ylab uhlay olmadi

Erta tong saot 4:00 ga yaqinlashib qoldi. Barcha askarlar o'rnidan turib o'z harbiy formalarni kiygan holda tashqariga yugurishga chiqdilar. So'ng o'zlariga kerakli mashqlarni yarim saot da qilib bo'lib safga turdilar

Serjandlarning barchasi o'z jamoasini saflantirdi va o'zlariga bitta bitta dan shogird tanlamoqchi bo'ldilar. Serjand Seokjin general lavozimida ekan endi barcha buyruqlarni faqat u bera oladi. Serjand Seokjin o'rtaga chiqdi va baland ovozda gapirishni boshladi

Jin: Hamma bugun yaxshi uhladi degan umiddaman. Hozircha hammangiz yaxshi uhlayapsiz lekin urushda qatnashganingizda bunaqa uhlashni orzu qilasiz shuni bilib qo'yinglar.

Askarlar: hop bo'ladi

Jin: unda hozir biz Serjandlar o'zimizga shogird tanlab Olamiz har bitta jamoasi egasi yani Serjandlar o'zlariga eng yaxshi namunali askar tanlab oladilar

Serjand Jimin va Eun woo Seokjinni bu gaplarini eshitib unga qarashni ham istamadilar

Jm: ha sen yaramas o'zicha general bo'ldim deb endi bizga buyruq beradimi?

Eun woo: ha shunaqa. To'liq general bo'lsa, qo'mondon Lim ga ham buyruq beradi

Jm: bu anniq. Ayshshsh nega aynan shu tulkini tanlashadi?

Eun woo: uni qanaqadir siri bor

Jm: ha tug'ri uni tagiga yetish kerak

Misun ham Jimin va eun woo ni gaplarini eshitib turgan edi. Serjand Seokjin o'z jamoasidan shogird tanlaguncha juda ko'p vaqt kerak bo'ldi. Jimin esa bu vaziyatdan foydalanib Misunni odiga yaqin kelib unga pichirlab gapira boshladi

Jm: hoy kichikina Serjandcha nega kayfiyating yuq? Qovog'ingdan qor yog'yapti?

Misun: ayshshsh senga nima Jimin meni tinch qo'yasanmi o'zi yuqmi?

Jm: hech qachon tinch qo'ymayman hatto tushingda ham seni ko'rib bo'sa olib ketaman

Misun: hoy aql siz biz mashg'ulotdamiz

Jm: bilmaman shuning uchun menga hoziroq yuzing shunchalar burishib qovog'ing ochilmayotganini ayt

Misun: meni kayfiyatim yaxshi tushundimi?

Jm: yug'ee lekin unaqaga o'xshamayapti. Sen juda ko'p gapirar eding va kecha yig'ilishda meni tarafimni olganing juda yoqib tushdi

Misun: men unday qilmoqchi emas edim shunchaki urush bo'lmasin dedim. Uzi nega men bilan qiziqib qolding kayfiyatim yaxshi bo'ladimi yoki yomon buni senga nima qizig'i bor?

Jm: juda katta qizig'i bor, seni hafa ahvolda ko'rishi hohlayman. Endi to'g'risini aytchi meni yaxshi ko'rganing uchun kecha yig'ilishda tarafimni olding tug'rimi?

Misun: hoy unday emas dedimku? Eee senga gapirsam gapni boshqa joyga olasan, bo'ldi jim bo'l hozir bizga navbat keladi, gapira ko'rma

Jm kulib: hop hop yaxshi tan olishing qiyin buni ham bilaman. Mayli jim bo'ldik, baribir nega hafa ekanligingni bilib olaman

Misun: ha ko'ramiz o'zingga juda ishonib yuboryapsan

Jm: albatta o'zimga yetarli darajada ishonaman

Misun Jiminni gaplarini eshitib ensasini qotirib qo'ydi va gapirmadi. Serjand Seokjin o'ziga kuchli, baquvvat, Mohir hamda qatiyatli shogird askar tanlagach navbat Misunga keldi

Misun esa aytganidek Roseni o'ziga shogird qilib tanladi. Jimin ham o'zi ishongan va tanlab qo'ygan askarini o'ziga tanladi. Va nihoyat Eun woo ga ham navbat keldi

Eun woo uzoq o'ylab o'tirmadi u kechagi ishidan so'ng Sunani o'ziga shogird qilib uni yaxshi tayyorgarlikdan o'tkazmoqchi edi. Eun woo ni navbati kelgach..

Jin: Serjand eun woo o'zingga shogird tanla

Eun woo baland ovoz bilan gapira boshladi

Eun woo: men jamoayimdan, o'zimga kuchli, o'ziga ishonadigan, hamma narsadam hayratlanadigan va eng muhimi jangda yiqilsa ham qayta oyoqqa tura oladigan shogird tanlamoqchiman

Eun woo bu gapidan uni jamoasi muhokama qila boshladilar. Ularni orasida Suna ham bor edi. U ham kimni tanlar ekan deb qiziqayotgandi

Eun woo Sunaga qaradi. Suna esa buni sezmadi. Eun woo baland ovoz bilan...

Eun woo: va u shogird Kichik askar oppog'oy bo'ladi

8 qism tugadi

Author: Lee suna

Kanal: BANGTAN TALES