January 6

๐™‡๐™Š๐™‘๐™€ ๐™„๐™‰๐™Ž๐™„๐˜ฟ๐™€ ๐™๐™ƒ๐™€ ๐™‘๐™„๐™Š๐™‡๐™€๐™‰๐˜พ๐™€ || 1 ๐™š๐™ฅ๐™ค๐™จ๐™ž๐™™๐™š

1 ๐™—๐™ค๐™— (๐˜ฟ๐™ค'๐™ฏ๐™–๐™ญ ๐™ข๐™–๐™ ๐™ฉ๐™–๐™—๐™ž)

"You are the only love that freed me from hell"

Suna pov/
Dunyo shunday yaralganki unda goho kulasan va goho yig'laysan, lekin bazilarga ham har doim kulaverish bo'lmaydi, boylar doim o'z istagan narsasiga erishadi, kambag'allar esa bundan mustasno. Ular qanchalik ko'p ununsalar ham hech qachon boylardan ustun bo'lolmaydi. Ammo men bunday deb o'ylamayman, biz boy bo'lamizmi yoki kambag'al bari o'zimizga bog'liq

Maktabda ham huddi shunday, seni qanday tabaqa ekaningga qarab muomala qilishadi, zo'rlashad, urushadi, tepishadi, jinsiy zo'ravonlik qilishadi va hatto narkotik ham berishadi. Chunki ularga umuman farqi ham yo'q, ular faqat pulni o'ylashadi. Bizning maktab Koreya bo'yicha eng namunali maktab lekin u yerda zo'ravonliklar qanchalik ko'pligini hech kim bilmaydi

Shunday zo'ravonliklarning qurboni bo'lgan men yani Lee Suna edim, sizlarga so'zlab beruvchi hikoyam mening ayangchli maktab davrim hisoblanadi, hohlasangiz uni eshiting hohlamasangiz unda o'zingiz bilasiz, men 18 yoshda edim "Hesan" nomli maktabda o'qirdim u yerda do'stlarim unchalik ham ko'p emas edi lekin meni azoblaydigan insonlar juda ko'p edi

Men dars paytida partamda jimgina uhlab yotgandim, shu payt kimdir ustimga sut quyayotganini sezdim va o'rnimdan turib o'sha tomonga qaraganimda bu meni eng katta dushmanim bo'lgan Hejin qarshimda turardi

Hejin: hoy sen yaramas kalamush! Nega men chaqirgan vaqtda oldimga kelmading a? Senga nima degan edim?

Men ular oldida ojiz edim, na o'qituvchimga va na maktab derektriga xabar berolardim, men Hejinning shunchaki bir ermak o'yinchog'i edim

Hejin: hoy men senga gapiryapman nima meni eshitayapsanmi? Kalamush tezda biz bilan yur tushundingmi?

Hejin jahl bilan stulimni tepib sinfdan chiqib ketdi, ustim va sochlarim sut bo'lgach men ham o'rnimdan turib hojatxonaga kettim, kalidor bo'ylab yurar ekanman meni ko'rgan boshqa bolalar ustimdan faqat kulishga yarardi holos. Hojatxonaga kelganimdan so'ng ichkariga kirdim va sochlarimni yuva boshlandim, ustimni ham yaxshilab tozaladim, lekin bu tozalashim uzoqqa cho'zilmadi

Eshik qattiq taqillab Hejin va uni yugurdaklari eshikni taqillata boshlashdi

Hejin: hoy Kalamush nega buncha uzoq qolib ketting a? Tez bu yoqqa chiq seni o'zimiz olib bormasak sen o'zing keladiganga o'xshamayapsan to'g'rimi?

Men tezlashishga harakat qildim va eshikni ochdim, Hejin qarshimda turar ekan u sochimdan ushlab meni yerga suduragancha sport maydoniga olib bordi

Suna: iltimos meni qo'yib yubor Hejin boshqa unday qilmayman, ayyy og'riyapti!!

Hejin hatto gapimni ham eshitmadi va meni sport maydoniga itarib yubordi, men yerga yiqilar ekanman Hejin va uni do'stlari tepaga chiqib oldi. Ular 5 ta edi 3 ta qiz va 2 ta o'g'il bola. Ularning sardori yaramas Hejin edi yana bittasi Sora va boshqasi esa Mina edi, bu ishga hatto o'g'il bolalar ham aralashgandi, Jungkook va Seokjin ular meni eng dahshatli odamlarimdan edi

Hejin: Suna...... Seni qanchalik yaxshi ko'rishimizni bilasanmi? Agar sen kelmasang biz huddi qo'lsiz qolgandek bo'lamiz axir? Shunday ekan meni aytganlarimni so'rsiz bajarishing kerak to'g'rimi?

Suna: men.......

Hejin: sen? Nima sen? Biror aytadigan gaping bormi a? Xo'sh sen meni aytganimni qilmay nega qochib ketting?

Men bir og'iz ham gapira olmay qoldim, chunki Hejindan juda qo'rqardim, Hejin qo'liga segaret olib, uni yoqdi va chaka boshladi u pastga tushib, meni oldimga keldi va tumshug'imdan ushlab yuzlarimni o'ziga qaratdi

Hejin: hoy Kalamush sen hech kimsan shuni bilasanmi? Agar yana bir martta meni aytganimni qilmasang nima bo'lishini bilasan Suna

Suna: meni kechir Hejin.....

Hejin: yo'q bu oddiy kechirim bilan bo'lmaydi Suna buni badali juda og'ir bo'ladi, Sora men sochimni dazmol qilmoqchiman menga soch dazmolini olib kel!

Sora: hop yaxshi

Sora Hejin aytgan soch dazmolini olib keldi buni ko'rib qo'rqib ketgan men hali ham hamma yerim qaltirardi

Sora: mana ol~Hejinga berib

Hejin: yaxshi, Sunaaaa xo'sh buni ko'ryapsanmi? Men chiroyli bo'lishim kerak to'g'rimi? U soch dazmolini sen tekshirib berishing ni hohlayman

Hejin

Men qochmoqchi edim lekin Jungkook va Seokjin meni ikki qo'limdan ushlab olishdi

Jk: hoy qizaloq qayerga qochyapsan a?

Jin: senga Hejin buyruq berdi buni bajarmaysanmi a?

Suna: meni qo'yib yuboring, men istamayman

Hejin sigaretini pastga tashlab uni oyog'i bilan bosib tashladi va men tarafga sekin kela boshladi men qochishga urunardim lekin Jk va Jin meni qattiq ushlab olgandi

Hejin: Suna buni hohlamaysanmi? Yaxshi unda seni bunga majbur qilamiz, Mina uni qo'lini och!

Mina: hop

Mina men tomonga kelib, qo'limning yoqasini ochdi va qattiq ushlab turdi, men harakat qilardim lekin imkonim ham bo'lmadi

Suna: unday qilma Hejin iltimos

Hejin: endi kech, sen meni aytganimni qilishing kerak edi Suna endi bu ishni qaytib qilmaysan to'g'rimi?

Hejin oldimga kelib soch dazmolini qo'limga bosa boshladi, men qattiq baqirardim, huddiki jonim chiqib ketayotgandek bo'ldi bu juda og'riqli edi

Suna: ayyyy bas qilll!!

Hejin: xo'sh yoqyaptimi? Qalay issiq ekanmi Suna

Suna: iltimos bas qilll!

Hejin dazmolni olib, boshqa joyiga bosdi bu endi bundan ham og'riqli edi jonim chiqib ketgandek bo'ldi uni izi esa qip qizil qondek bo'lib qoldi, Hejin qo'limni 2 tomonini kuydirgach boshqa qo'limni ham ochdi

Hejin: Mina chap qo'lini ham och!

Suna: yo'q kerak emas

Mina: hop yaxshi

Hejin: bu safar bu undan ham og'riqli buladi Suna agar yana bir martta meni aytganimni qilmasang bu bundan ham og'riqli buladi Suna

Hejin chap qo'limga ham dazmolni bosdi, jonim uzilgandek bo'ldi boshqa joyga qochay desam Jk va Jin meni qattiq ushlab olishgandi, Hejin kuydirishda davom etdi men holsizlanib qoldim va hamma yerimni ter bosib ketdi

Hejin: buldi yetadi seni 4 ta joyingni kuydirdik demak bu yaxshi qizigan ekan Sora bu yoqqa kel! Meni sochimni qilib qo'y!

Hejin soch dazmolini oldi va uni Soraga berib sochlarini qila boshladi, men esa chala jonsiz turardim

Hejin: uni qo'yib yuboring ketaversin, u bilan ishimiz tugadi agar kimgadir churq etsang o'zimga javob bermayman Suna

Jk va Jin meni qo'yib yuborishdi men esa yerga yiqildim ammo Hejinni fikri o'zgarib qoldi toki Jk gapirmaganucha

Jk: hop Hejin!

Hejin: nima deysan?

Jk: Sunani o'zimga qoldirishni hohlayman

Mina: ooo rostanmi?

Hejin: mmm mayli u seniki nima qilsang qilaver!

Jk: albatta

Jk men tarafga yaqinlashib keldi men esa orqaga chekinardim u nima qilishini faqat men bilardim u axloqsiz bola mendan bo'sa olmoqchi, men esa buni hohlamayman, Jk meni o'rnimdan turg'azmoqchi edi lekin men qochishga urundim

Suna: menga yaqinlashma!

Jk: hoy qizaloq to'xta axir seni yeb qo'ymayman

Suna: mendan tegmaaa!

Hejin: hoy Jungkook iltimos bu ishni tezroq bajar

Jk: o'zim bilaman

Jk meni sochimdan ushlab oldi va sudurashga tushdi men baqirardim, u o'rnimdan turg'azib meni chekka devorga qisdi va bo'ynimdan ushlab mendan bo'sa ola boshladi, garchi buni hohlamasam ham lablarimni undan yopsam ham u borgan sari lablarimni so'ra boshladi, bu juda ayanchli edi, men uni itarishga harakat qildim lekin u battaroq bo'lib belimdan ham ushlab oldi

Bizni tomosha qilib turgan Hejin, Sora, Mina hamda Jin ustimdan kulishardi, nega men shunday do'zaxda yashashim kerak? Nega meni taqdirim bunday? Nima kambag'al bo'lganim uchunmi? Men boshqa hayotda yashashni hohlayman, hali hammangizdan qasos olaman Hejin endi meni orzuyim bu faqat sensan

Suna

Qo'ng'iroq chalindi
Biz sinfga qaytdik, lekin mening ahvolim unchalik ham yaxshi emasdi, sinfda o'tirganimda qo'llarimdagi yaralar juda achishib og'riy boshladi, tezda o'qituvchimdan ruhsat olib tibbiyot xonasiga bordim u yerda men yaxshi ko'rgan doktor Yeongro bor edi eshikni taqillatmasdan ichkariga kirdim meni ko'rgan Doktor Yeongro qo'rqib ketdi

Yeongro: Suna senga nima bo'ldi?

Suna: Yeongro opa iltimos menga yordam bering!

Yeongro: mayli qani bu yerga o'tirchi!

Men stulga o'tirdim, Yeongro opam qo'limni ochganida kuygan joylarimni ko'rib yuragini ushlab qoldi, chunki bu juda qo'rqinchili edi

Sunaning qo'li

Yeongro: yo hudoyimm bu nima bo'ldi? Suna bu nima? Buni kim qildi?

Suna: lekin ayta olmayman

Yeongro: menga aytsang bo'ladi hech kimga aytmayman

Suna: bilaman sizga ishonaman lekin baribir bundan qo'rqaman havotr olmang vaqti kelganida albatta aytaman

Yeongro: lekin kim bunchalik shavatsiz bo'lishi mumkin shunchalik ham kuydiradimi?

Suna: na iloj bunga chidashga majburman

Yeongro: ehh Suna nega shunaqa ishlarga aralashib qolgansan o'zi?

Suna: buni o'zim ham bilmayman

Yeongro: buni onang biladimi yoki aytib qo'yaymi?

Suna: menga na onam va na boshqa kishi qiziqadi, ularni hech narsa bilan ishlari yo'q faqat ichish va ziyofat qilsalar bo'ldi

Yeongro: ha mayli nima bo'lsa ham men hozir qo'lingga siprt quyaman faqat bu qattiq achishtiradi

Suna: mayli qilavering og'riq nima ekanini his qilib bo'ldim endi bu o'tmasa ham kerak

Yeongro opam spirtni olib kuygan yaramga quydi, boshida bu unchalik ham og'rimadi lekin keyinchalik achishtira boshladi, tibbiyot xonasidan chiqqanimdan keyin to'g'ri sinfga bordim u yerga kelganimda partam ustida qog'oz turgan edi men uni oldim va unda "oshxonaga tezda yetib kel" deb yozilgan ekan men bu yozuvni o'qishim bilan yuragim pastga tushib ketgandek bo'ldi

Telefonim va boshqa narsalarimni olib, oshxonaga tushib kettim, u yerga kelganimda Hejin va uni do'stlari bir stulda to'planib chap-chaplashib o'tirishar edi, men sekin ularni oldiga bordim, Hejin meni ko'rdi va men tarafga qaradi u qo'lidagi qayla sovusini olib meni ustimdan to'kib yubordi

Ustim rasvo bo'ldi bundan esa hamma kulardi, men don qotib qolgandim hatto gapira olmadim

Hejin: voy Suna meni kechir men bilmasdan to'kib yubordim, mendan hafa emassan to'g'rimi?

Men hech narsa demadim ichim esa dir-dir titirardi, ko'z yoshlarim ham endi chiqaman deganida ularni zo'rg'a tiyib turdim, Hejin yuzimga qarab kulardi bu kulgi juda qo'rqinchilidek tuyulardi

Hejin: shoshma shoshma sen yig'layapsanmi? Nima rostanmi? Hoy bolalar bu qizga qaranglar u yig'layapti axir....

Mina: bechora yosh bolaga o'xshaydiya

Jk: zo'r ish qilding Hejin

Hejin: hoy Kalamush hohlaganingcha yig'la seni baribir hech kim eshitmaydi, sen hech kimga kerak emassan, qani ko'z yosh to'kib bo'lgan bo'lsang bu yerga o'tir bizni davramizga

Hejin ovqatini olib uni ichiga tufladi bu jirkanch bo'lsa ham unga umuman farqi yo'q edi. So'ng meni stulga o'tirg'izdi va menga tabassum qilib gapira boshladi

Hejin: Suna yaxshiyam kelding kimga ovqatimni mazasini tatib ko'rarkin deb o'tirgan edim, qani yee!

Suna: hohlamayman

Hejin: nima? Hozirgina nima deding? Hohlamaysan yo hudo qani yeee dedim sendan hech kim so'ragani yo'q

Jin: judayam mazali axir Suna

Suna: iltimos majbur qilma Hejin buni yeyolmayman

Hejin: nima oyog'ingni ham kudirishimni hohlayapsanmi?

Sora: tezroq yesang o'zingga yaxshi bo'ladi Suna

Men hech narsa qila olmasdim oyoqlarim ham kutmasligi uchun bu ovqatni yeyishga majbur bo'ldim garchi bu jirkanch bo'lsa ham og'zimga olishim bilan uning tami ko'ngilni aynitadigan darajada edi, meni yeganimni ko'rgan Hejin kulishdan to'xtamasdi

Hejin: barakalla Suna mana qilsa bo'larkanmi? Qani oxirigacha yeee!

Men ovqatni oxirigacha yedim, yeb bo'lgach u yerdan kettim, tezda hojatxonaga borib ko'nglim aynigani sababli qusib yubordim bu jirkanch edi, shunaqa ko'p qusdimki huddiki ichimdagi hamma ovqat tashqariga chiqib ketgandek bo'ldi, ishimni qilib bo'lgach ko'zimga haqiqiy yosh keldi hojatxonada juda ko'p yig'ladim o'zimni aybladim va yana o'zimni

Maktab vaqti tugagach ustim rasvo bo'lishiga qaramay piyoda to'g'ri uyga bordim lekin undan oldin men o'zimni yaxshi his qiladigan faqat bitta joy bor edi u ham bo'lsa dengiz bo'yi u yerga kelib biroz toza havodan va dengizning mayin ovozidan bahra oldim, huddiki hozir men ham shu dengiz kabi suza olsam chuqur nafas olib biroz bo'lsa ham yengil torttim o'sha vaqti o'zimni o'ldirgim ham kelib qoldi

Qorong'u tushgach uyga ham yetib keldim, siz ham meni mehr bilan kutib oladigan shirindan shakar ovqatlar tayyorlab quygan onam bor deb o'yladingizmi? Lekin qattiq adashasiz meni onam bu huddi iblis edi uyga qadam bosishim bilan menga narsa otishga tushdi

~hoy sen keldingmi? Yaramas qiz qayerlarda yurganding o'zi? Seni qancha kutganimni bilasanmi? Nega kech kelding ahmoq!

Men javob berishni hohlamadim, chunki bundan foyda yo'q edi, oyim yana narsa otib menga baqira boshladilar

~hoy senga gapiryapman nima qulog'ing tom bitganmi? Qayerda eding haa begona yigitlar bilan don olishib yuribsanmi hali? Nega ichkilik olib kelmading hoy! Sunaa senga gapiryapman

Suna: nima deysiz?

~nega ichkilik olib kelmading senga sigaret ham aytgandim axir

Suna: oyii shu narsalardan boshqa nimanidir ham o'ylaysizmi o'zi?

~kiymingga nima qildi nima ovqatni shunchalik to'kib yedingmi? Hoy yaramas bizda kir mashina qo'yiligini bilasanku nega kiymingni kir qilasan nima olib beradigan boy dadang bormi a?

Suna: o'zim yuvib olaman

~dog'i qolib ketadi ahmoq bu kiyming nech pul turishini bilasnami o'zi?

Suna: baqirishni bas qiling hammasi jonimga tegdi

~hoo endi tiling chiqib qoldimi? Menga qara qancha puling bo'lsa ham menga ichkilik olib kel tushundingmi? Tez bor!

Suna: istamayman meni tinch qo'ying oyii

~qayerga ketyapsan Suna bu yerga kel! Hoy yaramas qiz senga aytyapman ming Lanat bo'lsin senga seni tuqqanimdan afsuslanaman nega uzi dunyoga kelgansan?

Men onamni baqiriq ovozlarini eshitmasdan xonamga kirib kettim, onam esa har doimgidek orqamdan baqirib meni qarg'ab ketdi, onam dadam o'lmasidan yaxshi edilar lekin keyinchalik ichkilik dan tatib ko'rib shunaqa bo'lib qoldilar, onamni sartarosh xonasi bor u yerda har kuni begona erkaklar sochlarini oldirib ketishardi onam esa huddi foxshaga o'xshab ularga osilishga harakat qilardi, men uchun bu odatiy hol xonamga kirdim va ustimdagi kiyimlarimni yechib boshqasiga almashtirdim

Divanimga o'tirganimda telefonimga tinmasdan xabar keldi ichini ochganimda bu men haqimdagi video ekanini ko'rdim, videoda oshxonada Hejin menga qayla to'kib yuborgani va uni ovqatini yeganim oldinga ekan men uni ko'rishim bilan ko'zlarim kattalshib ketdi uning sharhlarini o'qiganimda men haqimda juda yomon so'zlar yozilgan edi, yana yig'lashga tushdim nega meni buncha ho'rlashadi men ularga nima yomonlik qilgandim? Nega meni hayotim shunday?

Yig'lab bo'lgach, tanam shunaqanggi achishib qichishdiki buni hatto tasavvur ham qila olmaysiz, qichishdan to'xtamasdi, yara bo'lgan bo'lsa ham ustindagi kiymimni yechib tashladim va yaramdagi narsani olib qattiq qichittim u shunaqangi qattiq qichirdiki shunchalik ko'p qichitganimdan qo'llarim qonab ketdi umuman chiday olmadim

Suna: jin ursin nega buncha qichiyapti? Lanati qo'lim qonab ketdi

Oradan yarim saot o'tdi lekin men hali han qichitishdan to'xtamasdim, qo'lim yara bo'lmagan joylari ham qichib qon bo'lib ketdi oxiri bunday qilishni bas qildim ustim qip qizil qon edi uni almashtirgim kelmadi shu turush yotog'imga o'zimni tashlab uhlab qoldim bugungi kun nafaqat bugungi har doim nimadir bo'lardi bunday jarohat va qichishish bilan qanday uhlay olish mumkin?

^^^^^^
Eun woo pov/
Mening ismim Eun woo bu shaharga yangi ko'chib keldim o'zi shu yerda tug'ilganman lekin men 5 yoshimdan boshlab Amerikada edim ota onam shuni hohlashgandi, bugun uyimga yetib keldim va ota onam meni quchoq ochib kutib olishdi, men uzoq vaqt Koreya da bo'lmaganim uchun bu yerlar juda juda o'zgarib ketibdi uyimga kirdim onam meni ko'rishi bilan quchoqlab oldi

~voy bolaginam sen qaytib kelding seni juda sog'ingan edim

Onam ikki yuzimdan o'pib qo'ydi va dadam ham meni quchoqlab qo'ydi

~o'g'lim uyingga hush kelibsan

Eun woo: rahmat dada men ham bu yerga kelganimdan juda hursandman

~qani dasturxonga o'tir sen uchun shirin va mazali taomlar tayyorlab qo'yganmiz

Eun woo: mayli hozir xonam o'sha eski joydami?

~ha albatta o'sha yerda borib kiyimlaringni almashtirishing mumkin

Eun woo: mayli hozir pastga tushaman

Eun woo

Men xonamga kirishib bilan uning hidini seza boshladim u juda tanish hotiralar edi eshikni ochdim hamma narsa o'sha turish edi hech narsa o'zgarmagan faqat javon biroz katta bo'libdi men jamadonimni ichkariga olib kirdim va joylay boshladim ustimni almashtirib bo'lgach pastga tushdim, meni pastda mazali ovqatlar kutib turardi stulga o'tirishim bilan xizmatkorlar menga taomlarni olib kelishdi bu yerdan esa onam menga tabassum qilib qarab turardi

Eun woo: yuzimga nimadir bormi?

~yo'q hech narsa yo'q shunchaki sen juda ulg'ayibsan

Eun woo: men hali yosh bolaman maktabni bitirmagan bo'lsam

~o'g'lim sen qaysi maktabda o'qimoqchisan?

Eun woo: bilmadim hohlagan maktabingizga joylayvering

~yaxshi unda shu yaqin orada yaxshi maktab bor o'sha yer bo'lsa kerak

Eun woo: ha albatta siz tanlagan maktab yaxshi bo'ladi

~hoy nega kelganidan maktabni gapirasiz u hozir keldiku hali Koreys tilini ham yaxshi bilmaydi

Eun woo: oyijon mendan havotr olmang men chet elda bo'lsam ham o'z koreys tilimni unutganim yo'q

~barakalla o'g'lim meni yagona merosxo'rimsan axir maktabni bitirsang barcha shifoxonalarim albatta senga qoladi

Eun woo: yaxshi o'qishga va ishonchingizni so'nishiga yo'l qo'ymayman

~unda hozir kiyinib chiq, maktabga seni joylashtirib kelaman

Eun woo: hop bo'ladi

๐ƒ๐š๐ฏ๐จ๐ฆ๐ข ๐›๐จ๐ซ......

๐€๐ฎ๐ญ๐ก๐จ๐ซ: ๐‹๐„๐„ ๐’๐”๐๐€
๐Š๐š๐ง๐š๐ฅ: ๐๐€๐๐†๐“๐€๐ ๐“๐€๐‹๐„๐’