April 3

๐— ๐˜† ๐—”๐—ป๐—ด๐—ฒ๐—น ๐—ข๐—ณ ๐——๐—ฒ๐—ฎ๐˜๐—ต || ๐’†๐’‘๐’๐’”๐’Š๐’…๐’† 2

๐‘ถฬƒ๐’๐’Š๐’”๐’‰๐’๐’Š ๐’Š๐’”๐’•๐’‚๐’ˆ๐’‚๐’ ๐’Œ๐’ฬƒ๐’๐’ˆ๐’Š๐’

"๐ท๐‘ข๐‘›๐‘ฆ๐‘œ๐‘‘๐‘Ž ๐‘“๐‘Ž๐‘ž๐‘Ž๐‘ก ๐‘˜๐‘ข๐‘โ„Ž๐‘™๐‘–๐‘™๐‘Ž๐‘Ÿ๐‘”๐‘–๐‘›๐‘Ž ๐‘ก๐‘–๐‘Ÿ๐‘–๐‘˜ ๐‘ž๐‘œ๐‘™๐‘Ž๐‘‘๐‘–. ๐‘‚ฬƒ๐‘ง ๐‘œฬƒ๐‘™๐‘–๐‘š๐‘–๐‘›๐‘”๐‘”๐‘Ž ๐‘ ๐‘Ž๐‘๐‘Ž๐‘๐‘โ„Ž๐‘– ๐‘๐‘œฬƒ๐‘™๐‘ ๐‘Ž๐‘›๐‘” ๐‘š๐‘’๐‘› ๐‘๐‘–๐‘™๐‘Ž๐‘› ๐‘ฆ๐‘Ž'๐‘›๐‘– ๐‘œฬƒ๐‘™๐‘–๐‘š ๐‘“๐‘Ž๐‘Ÿ๐‘–๐‘ โ„Ž๐‘ก๐‘Ž๐‘ ๐‘– ๐‘๐‘–๐‘™๐‘Ž๐‘› ๐‘ก๐‘œฬ„๐‘ž๐‘›๐‘Ž๐‘ โ„Ž ๐‘˜๐‘’๐‘™๐‘Ž๐‘ ๐‘Ž๐‘›"

Jhope ning jahli chiqsa ham o'zini bosishga harakat qildi. Chunki bu qizga jahl qilishidan foyda yo'qdek tuyildi. Unga yaqin kelib qo'llarini chalishtirgancha savol berdi

~mendan nima hohlaysan? Nima qilsam menga tegishli bo'lgan patimni qaytarib berasan inson bolasi?

~xo'sh, sen o'lim farishtasisan meni istaklarimni amalga oshir!

~ko'p narsa so'ramayapsanmi? Men senga tilaklarni bajaruvchi jin yoki goblinga o'xshayapmanmi?

~nima o'lim farishtalari bundan mustasnomi? Sizlar faqat insonlarni narigi dunyoga yuborasizmi?

~seni jinni qiz desam, aqling ham past ekan, manga qara o'lim farishtalari o'limi kutilgan insonlarni narigi dunyogacha olib keladi va bizdan katta nima desam bo'ladi sizlarni tilingizda lavozimi katta ilohlar insonlarni savol javob qilib do'zax yoki jannatga yuboradi, endi tushungandirsan?

~ha tushundim~qo'lidagi patni o'ynatib~unda menga savol bor! Nega sen meni qutqarding, o'lsam ilohlar meni savol javob qilmasmidi?

~men o'limi bugun bo'lishi mumkin emas insonlarni bu yo'ldan qaytaraman, ularni qo'rqitib, bu ishni qilardim lekin sen umuman boshqacha chiqib qolding, mendan hatto qo'rqmayapsan?

~chunki hayotning o'zi meni qo'rqitib bo'lgan, shuning uchun ham men o'lmoqchi edim

~nima bo'lsa ham miyyamni achitib yubording......patimni ber!~qo'lini cho'zib

~yo'q, sen bilan shartnoma tuzamiz.....

~yana qanday shartnoma?

~sen meni aytganlarimni qilasan agar yordaming kerak bo'lsa shu pat bilan seni chaqiraman. Xo'sh rozimisan?

~yo'q, men seni istaklaringni bajarmayman va bunga majbur emasman

~aysh, juda qaysar o'lim farishtasi ekansan....yaxshi hozir ko'ramiz~javondan gugurt olib yoqdi va patiga tuta boshladi

~hoy nimalar qilyapsan?

~agar rozi bo'lmasang, pating yonib ketadi.....

~jin ursin nega bunchalik shayton qizsan? Agar uni yondirib yuborsang men Do'zax ga jo'natilaman

~oo bu undan ham yaxshi, meni istaklarimni bajarasanmi yoki do'zaxga ketasanmi? Tanla o'lim farishtasi?

Jhope o'ylanib qokdi. Minseo patni qanchalik olovga yaqinlashtirmasin, Jhope shunchalik do'zaxga ketishidan qo'rqardi va oxiri bunga rozi bo'lishga majbur bo'ldi, boshqa iloji ham yo'q edi

~mayli men roziman.....

~rostanmi? Istaklarimni bajarasanmi?

~ha bajaraman endi patni olovdan ol!

~mayli~patni olib~shartnomamiz tuzildi, meni kamida 5 ta istagimni bajarsang patingni qaytarib beraman, axir meni o'limdan qutqarib qolding, bunga tovon ham to'lashing kerak

~sen qiz nafaqat shayton balki aqilli ham ekansan, inson bolasiga birinchi marta istaklari uchun rozi bo'lishim bu qanday sharmandalik aysh.........

~havotr olma, men seni qiynayapmanmi? Atiga 5 ta dedimku, 7 demaganimga rahmat ayt!

~hali senga rahmat ham kerakmi? Shayton qiz......yaxshi faqat 5 ta undan oshmasin, birinchisini ayt, ha aytgancha men kimnidir o'ldira olmayman shuni aytib qo'yay shayton qiz....

~mayli, 5 ta dedimku? Men qotil emasman, tug'ri ko'p kishidan alamim bor lekin ularni o'ldirmayman

Minseo patni uzining kichikina seyfiga solib qo'ydi. Uni Jhope ololmasligini juda yaxshi bilardi

~pating xavfsizlikda, shu yerda turadi.....

~juda hursand bo'ldimda~kamsitib

Minseo o'rnidan turib, Jhope tomonga asta yaqinlashdi, Jhope unga manosiz qarardi va orqaga chekindi. Minseo ko'zlarini olaytirgancha Jhopedan huddiki biror nima istayotgandek qarab kelardi. Jhope orqaga qadam bosganida yo'l qolmadi, devorga urilib qoldi

~nima qilyapsan?

~seni qanoting bor......

~shunga nima qilibdi? Qanotimni sug'irib olishni hohlaysanmi?

~yug'e, men vaxshiy emasman, meni osmonga olib chiq!~sekin gapirib

~nima? Osmonga?

~ha, meni Koreyaning eng baland joyiga olib bor iltimos, meni birinchi istagim shu.....

Jhope bu gapni eshitib biroz yengil bo'ldi, chunki bu unchalik ham katta narsa emasdi, Minseoni barmog'i bilan orqaga surib yubordi

~yaxshi o'lim farishtasi seni osomga olib chiqadi, aytib qo'yay agar yana qanotimdan yulib olsang o'sha joyni uzida seni tashlab yuboraman

~mayli yaxshi, mendan shunchalik qo'rdingmi?

~hech qachon shunchaki sen juda qaysar ekansan......qani bu yoqqa kel!

~shu yerdami?

~osmonga chiqmoqchimisan? ~Jhope katta qanotlarini uyning ichiga yoydi va hamma joy ag'dar to'ntar bo'lib ketdi~derazadan chiqamiz kel!

~katta qanotlaring bilan uyimni rasvo qilding, mayli meni tushirb yuborma!

Minseo Jhope ga qo'l uzatdi, Jhope uni bag'riga bosganday ko'tarib olib, derazadan tashqariga olib chiqdi. Uchayotganidan qo'rqib ketgan qiz, boshida ko'zlarini yumib oldi. Ammo u Jhopeni bag'rida mayin shamolni his qilar ekan ko'zlarini sekin ochdi

Minseo pov/
Shamol yuzimga urildi, ko'zimni ochganimda juda balandda edim o'lim farishtasi esa meni bino tomiga qo'ydi, bu baland bino deb ham bo'lmaydi, menimcha minora bo'lsa kerak o'zimni anglab pastga qaraganimda Seoul juda chiroyli ko'rinardi, avval ham bunda manzarani ko'rganman lekin o'sha paytda bunchalik hursand va baxtli emasdim

~sen aytganingdek baland joyga olib keldim va meni bag'rimda mazza qilib uchding~qanotlarini yopib

~woow bunday manzarani har doim ham ko'ra olmaysan....

~yo'q adashasan men bu manzarani ko'rib o'rganib ketganman......bu unchalik ham chiroyli emas

~sen nimani ham bilarding~yelkasiga urib

~hoy meni urishga haqqing yo'q, o'lim farishtalari his tuyg'ularini bilmaydi...

~rostanmi? Unda qanday qilib kulasiz yoki yig'laysiz?

~o'lim farishtalari inson emas, ular kulmaydi ham yig'lamaydi ham...

~bir marta hammi?

~bir martta ham, biz hatto ovqat yemaymiz.....

~yug'e nima sizlar robotmisizlar?

~esing joyda mi? Robotlar ni ham inson yaratadi, biz shunchaki inson qiyofasidagi o'lim farishtasimiz holos

~ha tushundim......

O'rtamidagi qizg'in suhbatga sokinlik cho'mdi, o'lim farishtasi hech narsani his qilmasligi bu menga haqiqiy jumboqdek tuyildi. Unga qarab qoldim, juda chiroyli chiroyli va kelishgan, to'g'ri sal dimog'dor bo'lsa ham, hali sevgan insonim bilan ham bunchalik chiroyli manzarani ko'rgani bormagandim, negadir o'lim farishtasiga qaraganimda yuragim tez urib ketyapti......

~ha o'lim farishtasi seni isming nima? Endi biz do'st miz yani hamkorlar shunga seni o'limi farishtasi deb chaqirmaymanku?

~meni ismim Jhope.....

~Jhope qoil huddi insonlarnikidek ekanku?

~bunday ism insonlarda yo'q, o'lim farishtalari insonlarda mavjud bo'lmagan ismlarni qo'yishadi

~demak hech kimda yo'q

~shuday......

Men yana nima savol berishni o'ylab qoldim, shunda Seoul shahridagi barcha chiroqlar yorug'lik taratdi, ko'zni qamashtiradigan darajada, bu manzara rostan ham juda chiroyli.......uni ko'rgan kishi huddi jannatga tushib qolgandek uzini his qiladi, men o'sha tomonga yaqinroq borib ularni tamosha qildim.

~balki ketarmiz, 1 soatdan beri shu yerdamiz axir?

~bunchalik chiroyli bo'ladi deb o'ylamagandim.....yana biroz iltimos

~yo'q bo'ldi, sen parkda emassan, agar men bilan pastga tushmasang shu minorada qolib ketasan

~pfff qo'ymas ekansanda, mayli pastga tushish bundan ham mazza bo'lsa kerak

Minseo yana Jhopeni bag'riga bordi, Jhope uni qattiq ushlab olganida Miseoni yuragi yana qattiq urib ketdi. Jhope qanotlarini katta yoyib ucha boshladi va pastga oxista tushdi. Minseo uyining derazasidan uni ichkariga olib kirdi, uzi esa yana tashqariga chiqib ketdi

~qayerga?

~seni 1 ta istagingni bajardim, yana 4 ta qoldi, men uzimga joy qidiraman, axir seni tor uyingda yotishimni hohlamaysanku?

~ha to'g'ri yaxshi, seni yana ko'raman albatta yaxshi bor........ Ha Jhope.....

~nima?

~hammasi uchun rahmat menga hayotga qiziqishimga ozgina bo'lsa ham umid berganing uchun....

~men? Sengaya?

~balki buni uzing tushunmassan, nima bo'lganda ham hayer~derazani yopib

Minseo

Jhope unga etibor bermasdan uziga holiroq joy topish uchun ketdi. U ko'pincha tepa joylarda o'tirish ni yaxshi ko'rardi va u o'sha Minseoni olib borgan joyiga keldi.

>>>>>
Ertangi kun
Miseo bugun yangi ishiga borishi kerak edi. U uziga yarashgan liboslarini kiyib, sochlarini turmakladi, telefonini olib, yangi ishiga otlandi. Tashqarida havo juda ajoyib salqin, mayin shamol esib turib Minseo ni sochlarini uchirib yuborardi. U o'sha mashhur aktyorning ish boshqaruvchisi edi, u kutubxonada ekanini aytdi, men o'sha yerga bordim, uni ko'rib oldiga o'tirdim

~salom janob, men Han Minseo man sizga ariza to'ldirgandim

~ha Minseo tanishganimdan hursandman, qani keling bu yerga o'tiring.....

Minseo stol ustida ikkita qahva turgan joyga o'tirdi. Ish boshqaruvchi ko'rinishidan juda muloyim ko'rindi

~Minseo siz aktyor Suho ni yaxshi tanisangiz kerak....

~ha umi bir ikkita doramalarda ko'rganman

~yaxshi, u ingliz tilini bilmaydi, u juda chiroyli bo'lgani uchun ko'pgina muhbirlar unda ingliz tilida interview olishadi

~oldin tarjimoningiz yo'qmidi?

~bor edi lekin Suho ni injiqliklarini ko'tara olmadi, tahminan 4 ta tarjima ishdan bo'shadi

~4 ta? Nega?~ajablanib

~Suho ning harakterini faqat men va produsser ko'tara oladi. U juda injiq lekin uni ko'tara olmasangiz tarjimonlik qilmasangiz bo'ladi

~yo'q yo'q, men hammasiga tayyorman, mayli injiq bo'lsa ham ko'tara olaman......men faqat Suhoni qulog'iga tarjima qilib tursam bo'ladimi?

~ha huddi shunday, faqat tarjima qiling, ha aytgancha agar u bir xil joylarida so'kib yuborishi mumkin ularni tarjima qilmasangiz hursand bo'lardim

~aa......yaxshi sizni tushundim.....Suhoni o'zi bilan ko'risha olamanmi?

~ha u o'z tarjimonini o'zi sinashni istaydi hozir kelib qoladi

~yaxshi kutamiz

Minseo qahvasi bir qo'plab, asta ichdi, ular Suhoni kutib turishadi, bir necha daqiqadan so'ng, eshik ochilib Suho kirib kela boshladi. Uning ko'zida qora ko'zoynak, ustida qora kamzul, qo'llari cho'ntagida oliftalik bilan yurib kelardi. Uni ko'rgan har bitta inson uning ko'rkamligiga va chiroyiga hayron qolardi. U sekin yurib, Minseoni qarshisida paydo bo'ldi

~salom men Minseoman~qo'lini cho'zib

Minseo qo'lini qaytargan Suho unga etibor ham bermadi va ish boshqaruvchisini oldiga oyoqlarini chalishtirib o'tirib oldi

~uni mazur tutasiz Minseo xonim, u shunaqa o'zi, u ham sizni kirganidan hursand deb o'ylayman

~mayli.......

~sen meni yaxshi tarjimonimmisan? Mmm ko'rishingdan unchalik ham chiroyli emas ekansan

~siz ham mashhur aktyor bo'lsangiz ham unchalik yaxshi inson emas ekansiz.....

~yug'e, mening ismim Lim Suho dunyoga mashhur aktyorman......sen esa oddiy tarjimondan ok

~ha ha buni bilaman, siz bilan ishlash qiyin bo'lmaydi deb o'ylayman Janob Lim Suho......

~albatta kelishib ketarmiz......sendan oldin 4 ta tarjimonni boshini yeganman mendan chiday olmagan sen ham balki shunday bo'larsan

~buni vaqt ko'rsatadi.....

~aysh shibal........sen juda ko'p gapirar ekansan.....

~hoy Suho so'kinishni bas qil odobsiz....

~bu menga odat bo'lib qolgan Janob Yang

~men unda bugundan ish boshlasam nima deysizlar......

~chiday olasanmi? Yosh xonimcha......

~ha chiday olaman.....

~ha albatta bugundan boshlasangiz bo'ladi abetdan keyin men aytgan manzilga keling bugun Interview beramiz

~yaxshi unda men keta qolay~o'rnidan turib

~yaxshi boring Minseo xonim.....

~ha Minseo men bilan ishlashda omad tilayman ~kulib

Minseo Suhoni gaplariga etibor bermadi va kutubxonadan chiqib ketdi, u shunchalik tez chiqdiki baland poshnasi bir biriga urilib eshik ochilgan vaqtda yiqilib ketishiga sal oldi, ammo uni kimdir ushlab qolganini sezdi

Jhope

Minseo uni ushlab qolishganini sezgach, unga qaradi, u o'lim farishtasi J hope ekanini ko'rdi orada bir daqiqa sukunat cho'mdi..... Minseo yana Jhope ni ko'rganida yuragi tez urib ketdi, huddiki uning hayolida buni to'xtatib bo'lmasdi......

Minseo pov/
Menga nima bo'lyapti uzi? Nega doim uni ko'rganimda yuragim tez uryapti jin ursin yurakjon sekin ursangchi.......

Minseo chalg'ib ketib o'rnidan turdi, Jhope esa unga boshqacha ko'zlar bilan qaradi

~sen bu yerda nima qilyapsan?

~senda mening narsam bor, ha yana men seni istaklaringni amalga oshiruvchi jin manku axir......

~ha ha to'g'ri sen meni qutqaruvchimsan

Minseo etiborsizlarcha yo'liga davom etdi, negadr u Jhopedan qochmoqchi dek ko'rindi

~hoy qayerga ketyapsan, olifta aktyor bilan suhbating qalay bo'ldi?

~shoshma sen buni qayerdan bilasan?

~men o'lim farishtasiman hamma narsani eshitaman va bilaman......

๐ƒ๐€๐•๐Ž๐Œ๐ˆ ๐๐Ž๐‘.......

๐‡๐€๐ ๐Œ๐ˆ๐๐’๐„๐Ž ๐”๐‚๐‡๐”๐ ๐˜๐Ž๐™๐ˆ๐‹๐†๐€๐ ๐…๐€๐๐…๐ˆ๐‚

๐€๐ฎ๐ญ๐ก๐จ๐ซ:๐‹๐ž๐ž ๐’๐ฎ๐ง๐š