April 30

๐ต๐ธ๐บ๐‘‚๐‘๐ด ๐ต๐‘‚ฬƒ๐ฟ๐ผ๐ต ๐‘„๐‘‚๐ฟ๐บ๐ด๐‘ ๐‘Œ๐‘ˆ๐‘…๐ด๐พ || 7 ๐ž๐ฉ๐จ๐ฌ๐ข๐๐ž

"๐“œ๐“ช๐“ผ๐“ฑ๐“ฑ๐“พ๐“ป๐“ต๐“ฒ๐“ด ๐“ฑ๐“ช๐“ป ๐“ญ๐“ธ๐“ฒ๐“ถ ๐“ฑ๐“ช๐“ถ ๐“ผ๐“ฎ๐“ท ๐“ฑ๐“ธ๐“ฑ๐“ต๐“ช๐“ฐ๐“ช๐“ท๐“ญ๐“ฎ๐“ด ๐“ซ๐“ธฬƒ๐“ต๐“ถ๐“ช๐”‚๐“ญ๐“ฒ. ๐“ฃ๐“ธ๐“ด๐“ฒ ๐“ผ๐“ฎ๐“ฟ๐“ฐ๐“ฒ๐“ท๐“ฐ ๐“ซ๐“ฒ๐“ต๐“ช๐“ท ๐“ซ๐“ธฬƒ๐“ต๐“ถ๐“ช๐“ฐ๐“พ๐“ท๐“ฒ๐“ท๐“ฐ๐“ฌ๐“ฑ๐“ช"

Suna pov/
Taehyung ikkimiz qotib qolgandik. Taehyung meni qo'lida ko'targancha ular tomonga qarardi Sujin esa bunday turganimizdan jahli chiqdi

Sujin: bu yerda nima bo'lyapti dedim Suna?

Taehyung Sunani yerga tushurib, ularga tushuntirishga urundi

Tae: hammangiz noto'g'ri tushundingiz, men yerda suvarakni ko'rgandim, shuning uchun Sunani ko'tarib oldim~Tae yolg'on gapirayotgan bo'lsa ham buni bildirmaslikka harakat qildi

Suna: ha huddi shunday~men ham tasdiqladim

Sujin: hammamiz jinniga o'xshayapmizmi? Bir biringizdan bo'sa olganingizni ko'rdikku?

Tae: unday emas dedimku....

Sujinni orqasidan Jungkook chiqib, vaziyatni nazorat ostiga oldi. Men esa hayron edim

Jk: bo'ldi urush qilmaymiz, hamasini o'zim sizlarga aytaman. Siz ko'rgan manzarani hammasi to'g'ri edi. Tae bilan Suna uchrashishyapti....

Tae: Jungkook nimalar deyapsan qovun

Jk: baribir endi haqiqatni yashira olmaysizlar tan olinglar!

Jungkookni bu gapini eshitgan hamma hayron qoldi. Men buni Sujinga aytmaganim uchun ham hafa bo'lgan bo'lsa kerak jin ursin.....

Sujin: demak anchadan beri uchrashyapsiz shundaymi?

Suna: aniqrog'i hali 5 kun bo'ldi

Sujin: 5 Kun?~Sujin baqirib yubordi. Huddiki bu juda ko'p vaqtdek

Suna: nega baqirasan. Bo'ldi hammasini unutamiz, uyimga hush kelibsizlar hozirgi ko'rgan manzarangiz bo'lmadi hop. Narsalaringizni shu yerga qo'yinglar~men ularni fikrini boshqa yerga burib narsalarni olgancha oshxonaga kettim

Ketar chog'imda Taega ko'zimni qisib qo'ydim. Menimcha u meni tushundi. Keyinchalik esa Eun woo ga ko'zim tushdi. Uning yuzida mayuzlik va biroz jahl ifodasini ko'rdim. Qiziq u nega bunday qilyapdi ekan? Oshxonaga kelgach, olib kelishgan taomlarni likopchaga solayotganimda Sujin to'satdan paydo bo'lib meni tergov qilishga tushdi

Sujin: Taehyung ni qaday yoqtirib qolding? Bir biringizni o'lgudek yomon ko'rar edingizku? Nega aynan Taehyung va nega buni menga aytmading, lekin Jk janoblari bilarkan a Suna?

Suna: voy sekinroq nafas olib gapirsangchi.... ~unga suv olib berdim

Sujin: suv kerak emas avval savollarimga javob ber?

Suna: buni tarixi juda uzun Sujin hozir ayta olmayman. Jungkook ga keladigan bo'lsak, u Tae ni mendan yaxshi biladi shuning uchun bilgan bo'lishi mumkin

Sujin: men seni yaxshi bilmaymanmi?

Suna: Sujinnnn, mehmonlarga qaraylik hop keyin stol atrofida gaplashib olamiz..

Sujin bunga rozi bo'lgandek qaradi. Ikkimiz bor taomlarni olib bordik. Biz suhbat qurgunimizcha hamma joyiga o'tirib olgan ekan. Men Tae ni oldidan joylashib oldim. Uyimga 4 kishi kelgandi holos. Ammo meni ko'proq Sujinni savollar qo'rqityapti.

Tae: qani men olib kelgan kimpabdan ham yeb ko'ringlar~Taehyung olib kelgan kimpabini uzatganida men uni tortib oldim

Sujin: Hoy Suna!!

Suna: Taehyung buni men uchun olib kelgan, shunday ekan sizlar boshqa taomlarni yenglar

Jk: ha mayli sevishganlarni taomiga indamaymiz...

Sujin: sizlar 5 kun ichida bunchalik yaqin bo'ldingiz? Siri nimada o'zi? Menga tushuntirib beringlar....

Eun woo: balki Taehyung Sunani o'ziga og'ridib olgandir?

~nima rostan?

Tae: hoy bilmagan narsangga nega burningni suqasan? ~Tae ni jahli chiqa boshladi

Eun woo: Suna meni do'stim burnimni tiqaman...

Tae: Eun woo bu uyning derazasidan uchib ketishni hohlamasang jim bo'l!

Suna: nega ikkingiz urushyapsiz o'zi? ~men bularni urushishiga sira tushuna olmadim.

Eun woo Taehyung ni haydovchisi bo'lgan vaqtida ham shunaqa muomala qilisharmikan?

Jk: ayy bo'ldi, urushlaringiz mana shu yerimga keldi. Men kompaniyamiz boshlig'i ekanman hammasini o'zim aytib beraman

Sujin: siz hammasini bulasizmi?

Jk: albatta har bitta xodimimdan tortib, aktyor aktirisalargacha bilaman, hatto sizni ham~boshliqni irodasi kuchayib ketib Sujinga qo'lini qaratdi

Sujin: yaxshi unda so'ylang......

Jungkook Taehyung va meni o'tmishimizni boshidan so'rlab berdi. Uni jag'i umuman tinmadi, bu qayg'uli hikoya bo'lgani uchun Sujinni jahli bo'silganini ko'rdim, bir xodimimiz esa diqqat bilan tinglarni. Tae Jkni eshitib turar ekan har zamonda og'ziga ovqat tiqib olardi. Eun woo esa yuzini burib Jk ni gaplarini eshitmaslikka oldi. Nega u bunday qilyapti o'zi? Kompaniyaga birinchi kelganida bunaqa emasdi? Nega u o'zgarib qoldi? Miyyamda shu savollar to'lib ketdi

Keyin Eun woo o'rnidan turib sojo ichish uchun stakan qidirishga ketdi. Qaytib kelgach, faqat o'ziga quya boshladi...

Eun woo

Taehyung pov/
Jungkook ipidan ignasigacha hamamsini aytib berdi. Bazi joylarini o'zidan tragediya qilib qo'shdi. E hudooo bu odamga o'zi shularni men aytganmanmi deb o'ylab ham qolaman. Jk tugatgach Sujin Sunaga endi mayuz ko'z bilan qaradi va uni oldiga borib to'satdan quchoqlab oldi

Sujin: Ohh Sunaaa meni kechir o'tmishing haqida bilmagan ekanman~yolg'ondan ko'z yosh to'kib berdi~xotirang qaytganini menga aytishing kerak edi, o'shanda senga yordam berardim axir.....~quchoqlab Sunani qisib qo'ydi

Suna: hoy Sujin bo'ldi bo'ldi bas qil iltimos... Hozir yana kasal bo'lib qolaman, senda ayb yo'q, hammasi meni aybim xotiram qaytganini aytmaganim uchun kechir....

Sujin: Sunaaaaaaaaaaaaaaa~yana yig'ladi

Sunaga ham osson emas ekan. Jk ularni kuzatib meni turib qo'ydi va qulog'imga shivirladi

Jk: qalay qildim? ~qoshini chimirdi

Tae: barakalla o'zimdan to'qib boplading...

Jk: agar shunday qilmaganimda Sujin bunchalik erimasdi. Uni yaxshi bilaman

Tae: shu yaxshi bilsang qachon sevgi izhor qilasan a?

Jk: eyy jim bo'l! Vaqti keladi men bunga tayyorgarlik ko'ryapman

Tae: hoo bizning Jungkook boshliq o'zgarib qolibdimi?

Jk: endi menda u~Jk Mahtanib qo'ydi. U juda yaxshi do'st garchi boshliq bo'lsa ham

Hamma voqealarni tushunib olgan Sujin va boshqalar biroz tinchlanishdi. Lekin Eun wooni borgan sari yuzi menga yoqmay ketardi... U Jk ni so'zlarini eshitmadi ham faqat sojo ichishda davom etdi

Jk: xo'sh endi hammamiz oldik azizlar. Taehyung bilan Sunani eski hikoyasini eshitgan ekanmiz, Suna ishga aytgani bilan bugun ko'p ichamiz. Senga rahmat Lee Suna.....

Jungkook o'ziga Sojo quyib hammasini ko'tarib yubordi. Qolganlar ham ichishga kirishib ketishdi. Hammamiz birgalikda urushtirib ko'tardik. Suna ko'p ichib jinnilik qilib o'qyishidan qo'rqdim va unga kam kam quydim

Suna: nega kam quyyapsan? Taehyung...

Tae: seni o'tkan gal ko'rdim endi kam ich...

Suna: Mening yigitim havotir olyaptimi a?

Ana nima degandim 4 stakanda keyin mast bo'ldi va yuzlari qizarib ketdi. Biz 2 soat ichida 10 ta shishani ichdik. Jk ichgan sari yana quyardi, men ham hursandligimdan ichishdan to'xtamadim. Qolgan xodimlar ham bir biriga quyib ichishardi

Faqat 1 ta odamdan tashqari. Eun woo ga men har gal sojo tutganimda qo'lini burib Jk nikiga tutardi. Uni Sunani sevaman degandim beri yomon ko'rib qoldim....

Oradan yana 1 soat o'tgach hamma mast bo'ldi. Biz yayrab ichdik.... Soat 23:37 bo'lganida hammani uy uyiga yuborishni hohladim chunki Suna bilan bir o'zim qolmoqchi edim. 2 ta xodimlar ketishdi, shu o'rnida Eun ham. Birinchi Jungkookni o'ziga keltirib Sujinni bu yerdan olib ketishini ayttim. U zo'rg'a ko'zini ochdi, Sujin esa oldida uhlab bir nimalar deb goh yig'lardi goh kulardi

Jk: Sujin xonim kech bo'ldi men bilan birga ketasizmi?

Sujin Jungkook ni yuzlaridan ushlab uni erkaladi. So'ng uni bag'riga o'tildi

Sujin: Janob Jungkook nega buncha yoqimtoysiz a? Sizdek inson meni sevib qolishi kerak

Men kulib yubordim. Jungkook ham Sujinni bu gapidan hayron edi.

Tae: tezroq olib ket iltimos Jungkook....

Jk: hop sabr qilib tur narsalarini olay. O'zi nega bizni haydayapsan?

Men Sunaga ishora berdim Jungkook buni tushunib boshini silkitib qo'ydi

Jk: ha ha bo'ldi bo'ldi oldinroq shunaqa demaysanmi? Men hozir Sujin xonimni olib ketaman....

U aytganidek Sujinni narsalarini olib, uni ko'targancha olib ketdi. Soat 00:00 bo'ldi, Suna ikkimiz qoldik, men juda ko'p ichsam ham unchalik mast bo'lmayman, Suna esa buni aksi. U divanda shiringina bo'lib uhlarkan oldiga borib, uning mitti burunchasiga tegib qo'ydi, u qo'li bilan burnini ishqaladi, so'ng yuziga tushib turgan sochlarini silab yuzidan oldim

Suna buni sezmay uhlab yotdi va to'satdan qo'limni ushlab oldi...

Suna: Taehyung iltimos meni tashlab ketma....

Sunaning bu gapi menga boshqacha tasir qildi

Tae: seni hech qachon tashlab ketmayman Suna.... Nima bo'lishidan qat'iy nazar faqat sen bilan qolaman

Suna bu gapimdan ilhomlanib, o'rnidan turdi va sojo to'la stakanni olib bir qultum ichdi. So'ng jinnilardek harakat qilib kuldi

Suna: men Lee Suna nega sevgilim yonimda bo'lib turib buni sezmadim a? Sen meni avvalroq topishing kerak edi Taehyung..... 3 yil oldin seni ko'rganimda boshim og'riganini endi sezdim...~u yana bir stakan ichib kulardi~lekin men juda hursandmann Taehyung.... Sen meni topding va oxirigacha birga bo'lding

Tae: bo'ldi bo'ldi Suna ginam juda ko'p ichib yubording....kel birga uhlaymiz..

Suna: yo'q men yana ochmoqchidan xotiram qaytgani uchun yana~endi yig'lashga tushdi

Bu qizni yoshligidan jinni harakteri borligini bilardim. Har gal ichganida Jinni Sunaga aylanib qoladi, shunday paytda uni labidan o'pgim kelib ketdi. Qo'lidagi stakanni stolga qo'ydimda, oyoqlaridan ko'tarib oldim. U huddi yosh boladek qizarib gapirdi

Suna: voy meni yana ko'tarib oldingku? Taeee yerga tushur men uhlashni hohlayman~gapirgan paytida ko'zlari yumilib ketardi

Tae: sendan bo'sa olganimdan so'ng uhlaysan...

Suna: yo'q yo'qqq men charchadim....

Tae: shuning uchun kamroq gapirish kerak edi sevgilim...

Men uni yotog'iga olib bordim va sekin yotqizdim, u jim bo'lib uhlab qoldi. Oldiga sekin yottimda yuzlarini yana siladim...... Bu menga juda ham yoqardi.

Shu payt Suna piq etib ko'zlarini ochdi va menga yaqin kelib labimdan o'pa boshladi. Men Sunani bunday qilishini sira ham kutmagandim... U labimdan o'par ekan, men ham bunga berilib ketib lablarini so'ra boshladim. Bu qandaydir insonga zavq berardi. Bo'samiz kuchayib men Sunani ustiga chiqishga majbur bo'ldim va ikki qo'lim bilan bo'ynidan ushlab qattiqroq o'pa kettim. U qarshilik qilmasdi. Nafas yetishmagach bu bo'samiz uzildi. So'ng uni yuzlariga qaradim...

Tae: seni sevaman Suna..... Boshqa yo'qota olmayman....

Suna: men ham seni sevaman Taehyung lekin.....

Uning lekin degan so'zi menga qo'rqinchilidek tuyildi

Tae: nima lekin?

Suna: men yana xotiramdan ayrilsam nima bo'ladi?

Sunaning bu gapi yuragimga og'ir botdi. Nega u bunday gapni aytdi o'zi? Uni endigina topib yana ayrilamanmi? Yo'q u hozir mast ahvolda bunday degani tabiiy hol bo'lishi mumkin. Baribir bu so'z miyyamga urildi. Uni hech qachon qo'yib yubormayman va hech ga berib qo'ymayman.....

7 ๐—พ๐—ถ๐˜€๐—บ ๐˜†๐—ฎ๐—ธ๐˜‚๐—ป๐—น๐—ฎ๐—ป๐—ฑ๐—ถ....

๐—”๐˜‚๐˜๐—ต๐—ผ๐—ฟ: ๐—Ÿ๐—˜๐—˜ ๐—ฆ๐—จ๐—ก๐—”
๐—ž๐—ฎ๐—ป๐—ฎ๐—น: ๐—ฉ๐—œ๐—Ÿ๐—Ÿ๐—”๐—ก๐—ฆ ๐—˜๐— ๐—ฃ๐—œ๐—ฅ๐—˜