TRACES OF FIRST LOVE || Mini fanfic
Mini fanfic
For Park Misun......
Shu kunlar 1 yil vaqt Misun va Mingyu uchun eng yaxshi va eng mazmunli imkon bo'ldi. Misun sevgisini tan olganidan ber, ikkisi har daqiqa va har vaqt birga vaqt o'tkazishdi. Ularga hech kim halaqit bera olmadi........ Ertalabki kun Misunni bugun bitiruvchilik kuni oxiri u maktabni bitirib o'qishga kiradi. U tayyorgarlik ko'rdi sochlarini turmaklab kiyimlarini kiydi. Mingyuga bildirmasdan maktabiga keta boshladi u shunaqa chiroyli ko'rinardiki uni ko'rgan har qanday yigit oshiq bo'lishi anniq edi
Misun maktabiga kelgach hamma sinfdoshlari maktab tashqarisida to'planishgandi. Misun ularni oldiga borib suhbatlashib ketdi va hamma bitiruv diplomini olishga tayyor edi. Hali ham ko'chada yurgan Mingyu sevgilisini oldida o'qdek uchib borish uchun mashinasini tez haydadi va Misunga qo'ng'iroq qildi
Misun: ha eshitaman~telefonni ko'tarib
Mingyu: qayerdasan?~jiddiy ovozda
Misun: qayerda bo'lishim mumkin maktabdaman albatta
Mingyu: nega mensiz ketib qolding uzi? Senga kim ruxsat berdi?
Misun: endi maktabga kelishni ham sendan so'rayman~bo'shakni qo'yib
Misunning jahli chiqib bo'shakni qo'yib quydi....
Mingyu: aloo aloo Misun? Aysh jin ursin sen qaysar qizni!
Mingyu maktabga yetay deb qoldi va oxiri yetib keldi. U maktabda juda ko'p o'quvchilari ko'rib, Misunni qidira ketdi, oxiri uni topgan oldiga borishidan oldin uni yaxshilan kuzatishga qaror qildi. 1kun avval Misun va Mingyu ko'ngilsizlik tufayli urishib qolishgandi, Misun bundan hali ham arazlab Mingyuga gapirmasdi, Mingyu esa ichidan yonib bugun undan uzur so'rash uchun ham keldi
Barcha o'quvchilar ketma ket sahnaga chiqib, o'z diplomlarini olishdi, navbat Misunga kelganida u ham sahnaga chiqib o'z diplomini oldi u juda hursand dek ko'rinardi, uning tabassumini uzoqdan ko'rib turgan Mingyu undan ko'z uzolmadi. O'quvchilarning oila azolari gullar bilan tablashga tushib ketishdi. Bir uzi qolgan Misun atrofga alanglab Mingyuga ko'z tashlarni uni ko'rmagach og'ir xo'rsinib qo'ydi. Misun hafaroq tarzda orqasiga qaytib ketayotganida kimdir uning ko'zlarini qo'llari bilan yopganini sezdi
Mingyu: kim deb o'ylaysan mitti iloncham
Misunni jahli chiqib Mingyuni oyog'ini bosdi. Oyog'i og'rigan Mingyu baqirib yubordi
Mingyu: ayyy......Misun bu nima qilganing?
Misun: sen nega kelding bu yerga a?
Mingyu: nima meni kutmaganmiding a? Hozirgina atrofga alanglab o'z sevgilisini kutgan kim edi?
Misun: men shunchaki atrofga qargandim nima mumkin emasmi?
Mingyu Misunga yaqin kelib, uning sochlarini ushladi, bundan cho'chib ketgan Misun yuragi tez urib ketdi
Mingyu: sochingga barg bor ekan, sen o'z boshimcha qizga sochingni sariqqa bo'yashga kim ruhsat berdi o'zi?
Misun: ishing bo'lmsin hohlaganimni qilaman.... Sen o'sha qizlaring bilan yuraver ok
Mingyu: ooo rashk qilyapsanmi?
Misun: hechamda xotinboz bo'lgan yigit bilan yurgim kemayapdii
Mingyu: yo hudo bu qizni yoqimtoyligini jahl qilsang shunaqa yoqimtoy bo'lasangki Misunchik
Misun: aysh bor yo'qol men kettim, o'sha qizlaringni oldiga borver~fucking ko'rsatib
Mingyu Misunning bu qilig'idan kulib yubordi va uni qo'lidan mahkam ushlab uziga tortdi. Mingyuni bag'riga tushib qolgan Misun uning ko'zlariga tikildi
Mingyu: seni qo'yib yuboraman deb o'yladingmi? Hozir va oxirigacha menikisan, faqat meniki sen menga tegishlisan Misun.....
Misun: unda meni jahlimni chiqarma...
Mingyu Misunga yaqinlashib undan bo'sa olaman deganida uning sinfdoshlari kelib qoldi va ramantikani buzishdi. Misun birdan Mingyuni itarib yubordi, muvozanatni yo'qotgan Mingyu yerga yiqilib tushdi
Misun: akam kelgandi shunga u bilan edim nima bo'ldi?
Misunning dugonasi uni qo'lidan ushlab yetaklab ketdi. Misun Mingyuga kettik degan ishorani qildi, Mingyu o'rnidan turib Misunning orqasidan ergashdi. Hamma o'z ota onasi va do'stlari bilan gul ushlab turgan holda rasmga tushishardi, Misunning dugonasi fotokamerani olib, Mingyuni qo'liga berdi
~bizni suratga olib qo'yolasizmi?
Mingyu fotokamerani qo'liga olgach, Misun va uni dugonasini birga turishini aytdi, ikkisi ham qo'lida gullar ushlab turib birga kulib rasmga tushishdi Misun juda baxtli ko'rinardi. Mingyu uni rasmga olar ekan uni hursand ekanidan hursand edi
~rahmat endi Misun va uni akasi ikkingiz birga turing rasmga olib quyaman hop
Mingyu: yo'q shart emas shu rasm yetadi
~hey ikkingiz aka singilmisiz uzi? Qani e'tiroz qilmasdan boring Mingyu Misunni oldiga turing
Mingyuni boshqa iloji qolmagach Misun ni oldiga bordi qo'lida gul bilan turgan Misun na iloj Mingyug yaqin turib u bilan birga rasm tushdi
~qani bir biringizga yaqin turing rasmga olyapman bir, ikki uch......
Mingyu Misunning yuzidan yurakcha qilib kulib turdi, Misun esa hayron qoldi. Rasm tushib bo'lishgach barcha o'quvchilar tarqalib ketishdi. Misun ham Mingyu bilan birga ketishga tayyor edi
Misun: Mingyu men hozir hojatxonaga borib kelay
Misun maktab hojatxonasiga keta boshladi. Uni anchadan beri kuzatib turgan Yunho maktabiga ham kelib uni taqib qilmoqda edi. Uni Mingyu bilan birga baxtli ko'rar ekan ich ichidan uni bir narsa yeb bitirgandek bo'lardi. Hozir esa Misunni hojatxonaga ketganidan foydalanib, uni orqasidan bordi. Yetib kelgan Misun eshikni yopib, hojatxonaga kirib ketdi, ichkariga kirgan Yunho esa eshikni sekin qulflab qo'ydi.
Hojatxonadan chiqqan Misun qo'llarini yuvayotganida ko'zgudan Yunho ni ko'rib qoldi va qo'rqib ketdi
Yunho yuzidan niqobini olib tashladi va Misun tarafga yaqinlashib kelardi, orqaga qadam tashlagan Misun yo'li qolmagach to'xtab qoldi
Yunho: juda chiroyli bo'lib ketibsan Misunginam......
Misun: nega bu yerga kelding ahmoq?
Yunho: endi sen katta qizsan, senga aytgan edim men baribir seni tinch qo'ymayman
Misun: daf bo'l! Baribir senimi bo'lmayman buni hatto hayolingga ham keltirma, manavi qovoq miyyangga shuni quyib ol!
Yunho: hali ham tiling zaxargina ekan a? Mayli men buni tozalab qo'yaman
Misun: menga yaqinlashma! Yo'qsa yomon bo'ladi....
Yunho: yug'e xo'sh nima bo'ladi?
Yunho Misunga tegmoqchi bo'lganida Misun Yunhoni nozik joyidan tepdi, og'riqdan yerga o'tirib qolgan Yunho baqirardi. Misun esa eshik tomonga yugurib uni ochishga harakat qildi, lekin eshik qulf. Telefonini qo'liga olib Mingyuga qo'ng'iroq qilmoqchi bo'lganida Yunho o'rnidan turib telefonini o'tib yubordi
Yunho: aysh...... Juda yaxshi sen qizni endi sog' qo'ymayman...
Misunning telefonida Mingyuga aloqa ketayotgandi, Mingyu tashqarida o'tirib Misunga javob berdi
~hozir ovozingni o'chirib qo'yaman sen kichkina shayton
Mingyu: Misun nimalar bo'lyapti qayerdasan? Misun javob ber!
Qo'ng'iroq yakunlandi. Mingyu tezda yugurib Misunni oldiga o'qdek shoshildi. Yunho Misunni devorga siqib, uni sochlarini silay boshladi, qarshilik qilmoqchi bo'lgan Misunning qo'llari devorga Yunhoni qo'llari bilan mahkamlangandi
Misun: agar menga tegsang pushaymon bo'lasan yaramas itdan tarqagan
Yunho: seni kim ham eshita olardi..... Hohlaganingcha baqir! Mendan qocholmaysan
Yunho Misunga yaqin kelib, endi labiga labini tekkazaman deganida, eshik "tars" etib urila boshladi
Mingyu: Misun shu yerdamisan? Misun!
Misun endi baqirmoqchi bo'lganida Yunho uni og'zini yopib qo'ydi.
Yunho: agar ovozing chiqsa o'ldim deyaver
Hojatxonada sukunat cho'mdi. Mingyu esa Misun deya baqirishda davom etardi. Eshikni urar ekan, hech qanday sado chiqmagach, Misun ga qo'ng'iroq qildi. Ichkaridan telefon ovozi keldi. Yunho tezda uni olib o'chirmoqchi bo'lganida Mingyu eshikni tepishdan to'xtamasdi
Mingyu: Lanati kim bo'lsang ham eshikni och! Ichkariga kirsam seni o'zim o'ldiraman och dedim!
Yunho: jin ursin hammasi seni deb bo'ldi Misun!
Yunho qo'liga pichoq olib, Misuni bo'yniga tiqmoqchi bo'ldi, bundan qo'rqib ketgan Misun qattiq baqirib yubordi. Tashqarida turgan Mingyuni sabr qosasi to'lib oxiri eshikni qattiq urdi va eshik ochilib ketdi.
Mingyu: aysh shibal, sen Lanati iflos
Yunho Misunni qo'yib yuborib, Mingyu ga pichoq bilan tashlanib ketdi, Yunhoning hujmidan Mingyu devorga qisilib qo'li bilan pichoqni o'tkir tomoni bilan ushlab turardi. Uning qo'llari qonab ketdi.
Yunho: o'lib ket! Lanati iflos!
Mingyu: ablax meni Misunimga teginishga hech kimni haqqi yo'q tushunarlidingmi!
Mingyu pichoqni qaytib, uloqtirib yubordi. Pichoqsiz qolgan Yunho Mingyuni urmoqchi bo'ldi lekin Mingyu uni hujmini qaytarib yuziga ura boshladi. Yunho unchalik ham jang qilolmasdi, Mingyu bo'lsa bundan mustasno. U Yunhoni og'zi burni qon bo'lmagumicha urishda davom etdi va xoiri tashqariga tepib yubordi. Yerga o'tlar ustiga yiqilgan Yunho hatto o'rnidan tura olmay qoldi. Mingyuning g'azabi yuzga chiqqach yana Yunhoni ustiga chiqib olib urishda davom etdi. Yuzi qondan bejalib ketgan Yunho gapira olmasdi
Mingyu: sen qanday hadding sog'diiii meni sevgilimga teginishga, sen kim bo'libsanki, meni Misunimga tegasan! Iflos yaramas it emgan!!
Misun ham bu vaqtda o'rnidan turib, Mingyu tomonga yugurib bordi va uni to'xtatishga harakat qilib, Mingyuni uzi tomonga tortdi
Misun: bo'ldi bas qil! Mingyu tinchlan yetarliiii uni o'ldirib qo'yasan ahmoq
Mingyu: meni qo'yib yubor Misun bu iflosni o'ldiraman
Misun: meni desang bas qil! Yetadi Mingyu jahlingdan tush!
Mingyu oxiri bas qilib, Yunhoning ustidan tushdi. Misun uni uziga tortib, bag'riga bosdi, qo'llari qon holda Misunni quchoqlab turgan Mingyu og'riqni sira ham his qilmadi.
Misun: Mingyu seni sevaman Mingyu......~ko'z yoshi to'kilib
Mingyu: yig'lama Misun men ham seni sevaman.......
Yerda yotgan Yunho og'zi burni qon bo'lib, o'rnidan tura olmasdi. Mingyu politsiyaga qo'ng'iroq qilib Yunhoni olib ketishlarini so'radi. Misun va Mingyu ikkisi uylariga ketishgach, Misun Mingyuni qo'llarini bog'lab qo'ydi. Qon to'xtab bog'ich ham qizil rangga kirdi.
Misun: meni hojatxonada qamalib qolganimni qayerdan bilding?
Mingyu: Sening telefoning orqali
Mingyu: menga qo'ng'iroq qilganding so'ng Yunho bilan ikkingizni eshitib qoldim, Yunho uzi avvalroq qamoqqa tushishi kerak edi
Misun: hammasi o'tib ketdi, lekin seni bunchalik jahl qilasan deb o'ylamagandim, hatto to'xtashni ham hohlamading Mingyu
Mingyu: agar meni to'xtatmaganingda hozir Yunho qamoqda bo'lmasdi
Misun: shuning uchun ham to'xtattim, yo'qsa sensiz nima qilardim?
Mingyu: endi Yunho boshqa senga tega olmaydi. U qizlarga zo'ravonlik qilgani uchun 7 yilga ozodlikdan mahrum qilinadi
Misun: juda hursandman....bir qovoq boshdan qutulganim uchun
Mingyu Misunni gapiga kulib yubordi. Misun hali ham bog'ichni bog'lab turganida Misunga tikilib qolgan Mingyu unga yaqin keldi
Mingyu: maktabda qilgan ishimni davom ettirsam qarshi emasmisan?
Misun: agar istasang bemalol....
Mingyu tabassum qilib Misunning lablaridan o'pa boshladi. Misun ham bunga javoban Mingyuning lablarini so'ra ketdi ular miriqib bo'sa olib turgan vaqtlarida eshikning ovozi kelib, u yerdan Janob Kim va Park xonim kirib keldi. Bu manzaradan, qo'lidagi bor narsasini tushirib yuborgan Park xonim og'zi ochilib qoldi. Janob Kim esa ko'zlarini katta katta ochib yumardi
~bu yerda nimalar bo'lyapti? Sizlar nima qilyapsizlar?
Misun va Mingyu cho'chib ketib, Misun Mingyuni itarib yubordi. Boshi divan chetiga tekkan Mingyu boshini ushlab qoldi. Misun darrov o'rnidan turib, hayajondan nima qilishini bilmay qoldi. Mingyu ham o'rnidan turib, atrofga alanglab nima qilayotganini bilmadi
Misun: haaa oyijon qachon keldingiz?
~sen gapni boshqa joyga burma! Ikkingiz nimalar qilyapsiz?
Misun: oyi sizga hammasini tushuntirish beraman hop
~nimani tushuntirasan? Seni aqling joydami? Bu qanday sharmandalik, biz yo'g'imizda nimalar qildingiz?
Mingyu: bu sizlar o'ylagan narsa emas
~sen ovozingni o'chir, o'z singlingdan bo'sa olishga qanday hadding sog'diiii yaramas
~sendek o'g'il menga nimaga kerak? Sizlar aka singilsiz bu yana qanaqa tomosha bo'ldi?
Janob Kim ni jahli chiqa boshladi. Buni sezgan Mingyu hech narsa demadi,Park xonim esa hali ham boyagi manzaradan taajjubga tushgan nafasi ichiga tiqilib qoldi
Misun: oyi yaxshimisiz? Men shunchaki Mingyuni labida narsa bor edi uni olib tashlamoqchi edim....
~nima men ahmoqqa o'xshab ko'rinyapmanmi? Qizim sen qanday bunga yo'l qo'yding? O'z akang bilan don olishib yurasan deb o'ylamagandim ishonchimni barbot qilding, nega? Hali 18 ga kirgan qizsan yosh boshingda...... Ohh yuragim~holsiz bo'lib
Misun onasini hafa qilganidan afsusda edi. Mingyu esa na afsus va na hafagarchilik bildi u bezlarcha Misunni qo'lidan ushlab, dadasi va o'gay onasiga hammasini aytmoqchi bo'ldi
Mingyu: hammasini yashirish jonimga tegdi Misun......
Ularni qo'l ushlashib turganini ko'rgan Kim va Park xonim lol edilar
~hoziroq qizimdan qo'lingni ol!
~hoy onangga gap qaytarma yaramas bola singlingni qo'lini qo'yib yubor
Mingyu: dada onam o'lgani, siz bir tomchi ham ko'z yosh to'kdingizmi? Yoki onamni esladingizmi? Yo'q albatta chunki onam siz uchun bir buyum edi, o'lganlariga qanchalik hursand bo'lganingizni bilaman. Hullas gapimni cho'zib o'tirmayman, men kap katta yigitman o'z hayotimni uzim hal qilaman va Misun ni sevaman. Jonimdan ham o'rtiq ko'raman, bunga qanchalik qarshi bo'lsangiz ham menga umuman farqi yo'q, sizlar hech narsani hal qilmaysiz......
~hoy sen yaramas iflos nimalar deyapsan?~baqirib
~Misun sen jinni bo'ldingmi? Hoziroq uni qo'lini qo'yib yubor meni ona desang
Misun jim edi va u Mingyuni orasiga o'tib oldi. Mingyu ham uni orasiga yashirib mag'rur turardi
Park xonim qiziga umid ko'zi bilan qarardi. Lekin Misun Mingyudan vos kechikishi kelmasdi. Janob Kim jahl bilan gapira boshladi
~agar Kim familiyangdan kechib Misunni tanlamoqchi bo'lsang, o'ylab ko'r! Sizlar birga bo'lolmaysiz, seni pulsiz va merossiz qoldiraman, shunda kambag'al bo'lib yashay boshlaysan, ko'ramiz bu qanday qilasan. Shunday ekan hoziroq fikringdan qayt bolaaaa....
Mingyu: menga shu qiziq deb o'ylaysizmi? Mol dunyo meros va pullar. Yo'q umuman, bularni menga bir tiyinlik qizig'i, mayli kambag'al bo'lib yashasam ham, mayli mehnat qilib kasal bo'lsam ham va qiynalsam ham o'z kuchim va bilimim bilan Misunni olib ketaman, biz birgalikda baxtli yashaymiz
Mingyuning bu gaplarini otasi kutmagandi. Misun ham hayron edi. Park xonimni esa ko'zlarim yosh chiqib ketdi va divan ga o'tirib suv ichib oldi
Mingyu: bizga qarshilik qilar ekansizlar, bu yerdan ketamiz
~Misun agar bu yerdan ketsang meni sendek qizim yo'q bilib qo'y!
~Mingyu sen ham shu uydan chiqsang sendek o'g'lim yo'q.....
Misun Mingyuga qaradi, Mingyu Misunga "menga ishon" deya pichirlab qo'ydi. Misun hech narsa qilmadi
Mingyu: yaxshi endi Kim Mingyu va Park Misun yo'q, yaxshi qolinglar
Mingyu Misunni qo'lini mahkam ushlab eshikdan tashqariga olib ketdi. Park xonim usulni orasidan borib qizidan hali ham umid qilardi. Janob Kim esa jimgina o'z stoliga o'tirib, viski icha boshladi, chunki u o'g'lidan sovub bo'lib ishonchi ham qolmagandi. Park xonim ko'zlaridan jiqqa yosh oqib Misun deya ko'p martta chaqirdi, lekin Misun bir martta orqasiga qarab ko'z yoshini onasiga ko'rsatgisi kelmasi
Misun: oyijon sizni sog'inaman.....
Misun 1 yil davomida onasini endi ko'rdim deganida yana undan ayrilish.....bu u uchun juda og'ir, ammo Mingyu uni oldiga ekan biroz bo'lsa ham ko'ngli tinch
Mingyu: Misun hafa bo'lma, men yoningda ekanman sen hech qachon yolg'iz bo'lmaysan hopmi onang bizni qachon qabul qilsagina u bilan ko'risha olasan
Misun: yaxshi senga ishonaman Mingyu.......
Park xonim kechasi bilan qizi uchun yig'lab chiqdi uning ko'ngli yarim bo'lib, endi hayotni qizig'i unchalik qolmagandi, yagona umidi yana qizida ham ayrilgandek uzini his qildi.....
Oradan 3 yil o'tgach, hamma voqealiklar o'zgarib ketdi. Misun va Mingyu o'z uylaridan ketishgach, Misun o'qishini davom etdi Mingyu esa o'z mehnati bilan ishlab, pul topa boshladi. Boshida uni hech kim ishga olmadi lekin u puxtalik bilan kattagina biznes egasiga aylandi. Bu katta shuxrat ortida ham juda ko'p mehnat yotardi. Misun o'zi istagan IT sohasi bo'yicha o'qib eng mashhur IT chi bo'ldi, hozirda uni qo'lida ko'plab ishchilar ishlardi. Misun va Mingyuning yaqinda to'ylari bo'ldi
Garchi bu to'y hashamatli joyda bo'lmasa ham, baxtli va chiroyli bo'ldi
Mingyu: menga tekkamingga afsus qilmaysanmi Misunchik....
Misun: agar menga xiyonat qilmasang seni uzim bag'rimga chorlayman...
Mingyu tabassum qildi. Park xonim va Janob Kim hali ham birga yashashardi Misunning o'z otasi qamoqdan chiqqanch Park xonimni topib keldi va endi undan umrini oxirigacha pul undirishni boshladi. Park xonim Janob Kim dan buni yashirish uchun pul berishga majbur edi. Qizi esa esida ham yo'q....
To'yi bo'layotgan ikki yosh hech narsani o'ylamasdi.....
Misun: garang bo'lib qoldingmi? Qani men bo'sam.....
Mingyu: hooo qani bu yoqqa kelchii meni zaxar iloncham........
THE END ❤️
Fanfic Park Misun uchun yozildi yoqadi degan umiddaman ☺️