May 10, 2025

Ikki qorong'ulik o'rtasida (ep.4)

Rinani ko'targan holda, uy ichiga kirgan Jungkook uyni eshigini maxkam yopdi. Vampir ovchilari ularni topib olmasligi uchun esa daraxtlar orasiga uyni berkitdi.

Vampir ovchilari Jungkook ketgan tarafga qurollarini ko'targancha, kelishdi. Ammo hamma joy qop qorong'u. Birorta ham tirik jon ko'rinmasdi

Vampir ovchilari: bu yerda hech kim yo'qku janob?

Vam ovchilari b: u shu yerda edi. Yaxshilab izlang men uni ko'rdim o'rmonni hech bir yeri qolmasin

Vam ovchilari: hop bo'ladi

Vampir ovchilari qo'llariga alanga ushlab o'rmonning har bir joyini qidirishga tushdilar. Jungkookni qo'lida hushsiz qo'llari osilgancha yotgan Rinani o'z joyiga yotqizdi.

Rina yumshoq to'shakka yotishi bilan ko'zlarini ochdi va o'rnidan zarb bilan turib baqirishga tushdi

Uni ovozi baland chiqqanidan Jungkook tezda kelib qo'li bilan og'zini yopdi

Jk: tsh jim baqirma Rina!

Rina ko'zlarini pirpirlatib Jungkook ga tikilib qoldi. Vampir ovchilari boshlig'i bu ovozni eshitgandek bo'ldi

Vam ovchilari b: tsh hamma jim bo'lsin!

O'rmon yoqlab borayotgan ovchilari jim bo'lib qoldilar. Boshlig' ovoz kelgan tarafga qarab yura boshladi. Ammo bu ovoz qayerdan chiqqanini anglay olmadi

Vam ovchisi: nimadir bo'ldimi janob

Vam ovchilari b: qandaydir ovozni eshittim, sen ham eshitingmi?

Vam ovchisi: yuq, kimdir ovoz chiqardimi?

Vam ovchilari b: ha bu anniq men eshittim

Vam ovchisi: balki qulog'ingizga chalingandir, lekin bu yerda vampirlar yo'q janob

Vam ovchilari b: men anniq ko'rgan edim u shu tarafga qarab ketgan edi.

Vam ovchisi: biz barcha joylarni izladik, hech qanaqa vampirni hatto izi ham yo'q

Vampir ovchilari b: vampirlar qayerga yo'q bo'lib qolishi mumkin? Aysh jin ursin.....

Vam ovchisi: balki haligi qiz ko'rgan bo'lsa ular allaqachon qochib ketishgan bo'lsa kerak

Vam ovchilari b: ha balki. Hop mayli ortga qaytamiz ammo qayerda vampir ko'rsangiz uni darhol qo'lga oling. Vampirlar biz uchun eng katta dushman

Vampir ovchilari: hop bo'ladi janob

Vampir ovchilari boshlig'i Jungkook daraxtlar bilan berkitgan uychani topa olamadi. Lekin ovoz shu yerda kelganiga ozgina shubha qildi. Barcha Vampir ovchilari bir yerga yig'ilib o'rmonni tark etishdi

Jungkook Rinani hali ham ushlab turgandi. Rina qo'llari bilan Jungkook ni itarib yubordi.

Rina: mendan qo'lingizni oling!

Jk qo'lini olib: nega baqirasan!

Rina: men qo'rqib kettim. Siz qayerda edingiz?

Jk: meni ishlarim bor edi. Senga nechi martta aytganman tashqariga chiqma deb. Sal qolsa vampir ovchilari bizni sezib qolardi. Nega chiqding tashqariga uzi?

Rina: men o'zimni juda yomon his qildim

Jk: shuning uchun tashqariga chiqish kerakmi? Seni tutib olishsa nima bo'lishini bilasanmi?

Rina: men vampir emasman nega meni tutib olishadi

Jk: vay Rina nega buncha qaysarsan? Sen tutib olishsa men tamom bo'laman. Sensiz yashay olmayman

Rina: meni qonim shunchalik shirinmi? Men bugun o'zimni huddi ichimdagi bir narsa yemirib borayotgandek his qildim!

Jk: nima?

Rina: men o'zimni yomon his qildim Jungkook

Jk: aynan qanday?

Jungkook Rinani oldiga o'tirib, uni ko'zlariga qaradi. Rinani esa ko'zlariga yosh keldi.

Rina: buni bilmayman, oldin bunaqa bo'lmagandi

Jungkook Rinani qo'lidan ushlab uni tinchlantirishga harakat qildi.

Jk: bo'ldi yig'lama sen shunchaki kasal bo'lgansan

Rina: bu kasallik emas. Tanamda barcha joylarida og'riq bor edi

Jk: hozir men nima qilishim kerak unda Rina Yoki yana joningni og'ritishimni hohlaysanmi?

Rina yig'lamsirab: yo'q unday qilmang...

Jk: unda yig'lashni bas qil! Bu meni asabimga tegyapti

Jungkook ni jahli chiqib ketdi. U Rinani oldidan turgancha yelkasidagi og'riq esiga tushib ketdi.

Jk: ayyy shu yetmay turgan edi

Jungkook stol oldiga borib ustidagi kiymini yechdi va yelkasidagi jarohatini suv bilan yuvib tashlamoqchi bo'ldi. Rina ham joyidan turib, Jungkookni jarohat olganini ko'rdi

Rina: bu qanday bo'ldi?

Jk: seni ishing bo'lmasin..

Jungkook o'rindan turib, o'ziga kerakli bo'lgan tibbiyot narsalarini oldi. Uni yelkasidagi jarohat juda og'ir edi va qon oqishdan to'xtamasdi. Jungkook joyiga o'tirib suv bilan yelkasini yuvmoqchi bo'ldi, lekin qo'li yetmadi

Shunda Rina unga yordam berish uchun Jungkook ni yelkasiga suv qo'yib turmoqchi bo'ldi

Rina: menga bering

Jk: kerak emas buni o'zim qila ololaman

Rina: jarohatingiz juda og'ir ekan. Qonashda to'xtamayapti qaysarlik qilmasdan qo'lingizdagi suvni menga bering

Jungkook Rinani so'zlarini eshitib hech narsa deya olmadi Rina suvni olib Jungkook yarasini yuvib tashlayorgan edi

Jk mayin ovozda: buni o'zim qila olardim

Rina: yarangiz yiringlashni boshlayapti uni mato bilan bog'lab qo'yishimiz kerak

Jungkook Rinani bunaqa mehribon ekanini shuncha yildan beri yashab bilmas edi. Chunki Jungkookga uni yig'lashi yoqmasdi. Rina Jungkook yarasini asta sekin mato bilan o'ray boshladi

Rina: og'rimayaptimi?

Jk: ayy unchalik ham emas

Rina: buni o'zi kim qildi!

Jk: seni baribir esingda qolmaydi

Rina: nimani aytyapsiz?

Jk: yo'q bo'ldi hech nima menga ber bu yerini o'zim qilaman

Rina hech narsani tushunadi. Jungkook uni qo'lidan matoni olib o'zi davom ettirib qo'ydi.

Jungkook o'rnidan turib, yarasini mahkam qisib bog'ladi. So'ng ustidagi kiyimlarini kiyib, tashqariga chiqdi.

Rina: qayerga ketyapsiz?

Jk: tashqariga sen chiqa ko'rma! Atrofga qarab kelaman

Rina:uzoqqa ketib qolmang

Jk: hop yaxshi

Rina jim bo'lib Jungkook ga hech narsa demadi, chunki hozir unga gapirsa Jungkook asabiylashib unga tashlanishidan qo'rdi

Jungkook uyni eshigini ochib, atrof muhitga nazar soldi. Hamma joy qop qorong'u Vampir ovchilari esa ko'rinmasdi. Jungkook uychani berkitgan daraxtlarni birin ketin olib tashladi

Jk pov: bu yerni payxon qilishibdi jin ursin....

Jungkook uyni eshigi oldida bir narsa yerda yotganini ko'rib qoldi.

Jk: bu nima?

Jungkook ni yerdan olib qaraganida u kichik to'nog'ich edi. Bu to'nog'ich esa Sunaga tegishli, u kelganida bo'ynidan tushirib qo'ygandi. Jungkook to'nog'ichni hidlab ko'rdi

Jk pov: bu qiz bolaniki? Bu yerga kimdir kelganmidi?

Jungkook uyga kirib Rinadan so'radi

Jk: hoy Rina bu kimniki

Rina o'rnidan turib: nimani aytyapsiz?

Jk: mana bu narsa kimga tegishli. Bu yerga kimdir kelganmidi?

Rina hayajonlanib: yo'q hech kim kelmadi

Jk: meni aldashga urunma! Bu kimniki unda?

Rina:bilmayman

Jk: bu qiz bolaniki ekan! Shoshma sen eshikni ochdingmi? U kelganida eshikni ochdingmi Rina

Rina: yo'q.... Men hech narsa qilmadim u keyin ketdi

Jk: seni sevib qolgan bo'lsachi aysh jin ursin.... Rina meni yana jahlimni chiqarding

Jungkook g'azab bilan, uyni eshigini yopdi. Rina esa orqasidan " eshikni yopmang" deb eshikni oldiga borib oldi

Jk: meni ishimni ko'paytirding endi shu yerda yana o'tirasan

Rina yig'lab: men eshikni ochmadim Jungkook. Ketmang iltimos eshikni oching

Jungkook Rina ni gaplarini eshitmasdan uychani berkitib qo'ydi va to'nog'ich egasini topish uchun o'rmon tarafga yo'l oldi

>>>>>>>>>>>>>>>

Jiminni vaxshiylik kasaligi o'zi bilmagan holda paydo bo'ldi. U ibodatxonadan qochib o'rmon tarafga keldi va daraxt orqasiga borib o'tirdi

Jm pov: aysh menga nimalar bo'ldi o'zi? Juda ko'p odam qonini ichib yubordimmi?

Jimin qo'lini boshiga qo'yib eslashga harakat qildi va Jungkook ni tishlagani esiga tushdi

Jm pov: men Jungkook ni tishladimmi? O'z do'stimniya aysh

Jimin bu haqida chuqur o'yladi va shu payt o'rmondan ovoz keldi.

Bu ovoz yugurib kelayotgan bo'rinikiga o'xshardi. Jimin tezda o'rnidan turib o'tkir tirnoqlarini chiqardi. Ovoz esa borgan sari kuchayib bordi

Jm pov: bu Yana nima bo'ldi? Vampir ovchilari bo'lsa kerak tayyor tushirshim kerak!

Jimin tayyorlandi ovoz esa unga yaqin keldi bu rostan ham bo'rilar to'dasi edi. Bo'rilar to'dasi Jimin tarafga yaqinlashib unga tashlandilar. Jimin esa ularni birin ketin o'ldirdi. Ammo bo'rilar shunchalik ko'p ediki Jiminni bunga kuchi yetmadi.

Uni bo'rilar talab tishlab tashlashdi.

Jm: ayyy mendan qochlaring jin ursin.....

Jimin bor kuchi bilan bo'rilarni itarishga harakat qildi. Uni jahli chiqib bo'rilar to'dasini tishlab tashladi. Odam qoni yetmaganidek bo'ri qonidan ham tatib ko'rdi.

Bo'rilarning deyarli yarimini o'ldirgan Jimin budkul holsiz hamma yerida qonga to'lgan edi. Bo'rilar Jiminni vaxshiy holatda ko'rib yarim to'dasi qochib ketdi. Jimin ichida zo'rg'a nafas olib qoldi

Jm holsiz: hammang yo'qollaring!! Bo'rivachchalar!

Jimin baqirgan holda yerga yiqilib qoldi. Uni hamma tarafidan bo'rilar tishlab tashlashgan edi

Jm qon tuflab: tfuu Lanati
Bo'rilar!!!

>>>>>>>>>>>>

Suna o'rmondan qaytib kelgach, haligi uyni unuta olmadi. U uyda anniq kimdir borligiga shubha qildi

Suna o'z uyiga kelib, narsalarini joyiga qo'ydi. Va stuliga o'tirib suv ichib oldi

Suna: u uyda anniq kimdir bor edi? Lekin eshikni ochishmadi nega?

Suna bu haqida chuqur o'yladi chunki u sayohatchi bo'lsa ham va ko'p o'rmonlarni ko'rgan bo'lsa ham hali bunaqanggi qo'rqinchli uychani ko'rmagan edi

U o'sha uychani ichida kimdir borligi bildi va stolidan turib xarita kartasini oldi. Suna uychani qidirishga tushdi

Suna: manashu qayerdadir shu uychani joyi berilgan bo'lishi kerak

Suna sinchikovlik bilan qidirayotganida uni oldiga kimdir kelib ko'zlarini yopdi. Suna bundan cho'chib ketib yengil kulib qo'ydi

Suna: xo'sh bu kim ekan

Eun woo: qani topchi?

Suna: menimcha meni vampir ovchi sevgilim bo'lsa kerak

Cha eun woo vampirlar ovchisi

Eun woo: ha topding Sunacham

Eun woo Sunani ko'zlaridan qo'llarini olib unga qarab kulib qo'ydi.

Eun woo: nima qilyapsan?

Suna: yo'q hech nima

Eun woo: nima aytishni istamaysanmi?

Suna: yo'q aytaman men o'rmonda yurib, bir uychani ko'rdim

Eun woo:xo'sh

Suna: bu uycha juda shubhali edi va qo'rqinchili va daraxtlar bilan o'ralgan men uni hilla topdim. Uychani eshigi oldiga bordim va taqillatdim hech kim yo'q edi

Eun woo: qiziq o'sha uycha qayerda ekan kartadan ko'rsatchi

Suna: buni iloji yo'q chunki uni o'zim ham topa olmayapman

Eun woo: nega qani o'zim ko'ray chi!

Eun woo Suna bilan birga kartani ko'zdan kechirdi. Lekin uycha hech qanday joyda ko'rsatilmagan hatto izi ham yo'q edi.

Eun woo: rostan bu uycha shubhali o'zi anniq ko'rdingmi Suna

Suna: ha ko'rib eshigini taqillatdim dedimku!

Suna Eun woo ga gapirayotgan vaqtida uni bo'ynidagi to'nog'ichni ko'rmadi.

Eun woo: shoshma bo'yningdagi to'nog'inching qani?

Suna: to'nog'ich?

Eun woo: ha u yo'qku? Uni men bergan edim!

Suna: biror joyga tushurib qo'ygandirman havotir olmang uni topaman

Eun woo: yaxshi, agar yo'qotib qo'ygan bo'lsangchi!

Suna: topaman dedimku?

Eun woo: hop yaxshi. Sen juda ko'p o'rmonga boryapsan Suna u yerda vampirlar ko'p bo'ladi ehtiyot bo'lsangchi?

Suna: ha men juda ehtiyotkorman havotir ga o'rin yo'q. Meni sizdek vampir ovchim borku

Eun woo jiddilik bilan: ha mayli men ketishim kerak sen esa ehtiyotkorroq bo'l

Suna: kechasi qayerga?

Eun woo: ovchilar bilan ishimiz bor

Suna: yaxshi sizni kutaman

Eun woo "hop" degan ishorani qilib chiqib ketdi. Suna esa haligi qo'rqinchli uychani yana topish uchun ertaga o'rmonga borishga qaror qildi. Bu haqida esa Eun woo ga aytmaslikni afzal ko'rdi

>>>>>>>>>>

Jungkook qo'lida to'nog'ich bilan o'rmon tarafga ketayotgan edi. Uni yelkasi og'rishiga qaramadan uyiga kim kelganini aniqlamoqchi bo'ldi. Lekin ichida qattiq og'riq birdan yuragiga tegdi

Jungkook yo'lida to'xtab qoldi

Jk pov: aysh bu juda og'riyapti! Men Rinani qonidan ichmadim! Shuning uchun og'riq kuchayapti

Og'riq chindan qattiq kuchayib Jungkook ni yerga yiqilib qolishga sababchi bo'ldi va Jungkook hilla o'rnidan turib.....

4 qismi tugadi
Author: Lee Suna
Kanal:BANGTAN TALES