May 29, 2020

Samsung A51 telefoni hammasi defekt chiqib qoldi ...

Ma'lumki bugungi kunda smartfonlar avj olib rivojlangan bir davrga kelib qoldik. Kimdir Iphone telefonni xushlasa, kimdir Huawei brendining shaydosi. Albatta Redmi va Samsung ham bugungi kundagi bozorda ilg'or brendlardan sanaladi. Hamma ham arzon va sifatli telefon ishlatgisi, uzoqroq muddatda ushbu telefon unga xizmat qilishini xohlaydi.
Yaqinda telefon masalasida ancha muammolarga duch kelib qoldim. Gap shundaki yangi telefon olish masalasi kun masalasiga aylangan edi. Menga esa Samsung brendi yoqqani sababli ushbu brendning A10s dan tortib A80 markasigacha uzoq kuzatib tekshirib ko'rib Samsung A51 telefonini olishga qaror qilgan edim. Afsuski qarorim o'zini oqlamadi. Hozirgi pandemiya sharoitida va karantin bo'lganligi uchun Barcha telefon magazinlari yopiq. Shu sababli internet magazin eng qulay hisoblanadi. Ushbu markadan 2 ta internet do'kondan Sotib oldim. Ammp afsuski bu telefon korxonasidan (заводской брак ) deffekt bilan chiqayotgan ekan. Bunga Asaxiy.uz internet do'koniga borganimda uyerda sotuvga chiqib qaytib kelgan Samsung A51 lar qatorlashib turgan edi. Samsung service dagi xodim esa afsuski A51 o'zini oqlamadi deb qoldi. Juda ham chiroyli did ga ega bo'lgan va O'zbekiston bozorlarida 290 $ dan 320 $ gacha sotilayotgan ushbu telefon butkul o'zini ham nomini ham oqlamadi. Ming afsus endi bozorlarda B/U sifatida sotiladi va menimcha juda ham arzon narxlarda.
Ps: Telefon olayotganda (ayniqsa Samsung ) ehtiyot bo'linglar. Samsung ham aynib qolibdi.