May 29, 2020

Yozdagi eng toza salqin ichimlik, "voy dod maza qildim"

Yozda uy sharoitida salqin ichimlik!
Qishloqda boqiladigan sigirning sutidan qatiq, keyin esa ayron qilingan ayronni olasiz. Qozonga solasiz. Gaz ustiga qo'yib taxminan 30 daqiqa qaynatasiz. Qaynatishda Ayronni qozonga solgandan to qaynagunicha cho'mich bilan kovlab (boshqacha nomini bilmadim, ) turasiz.
Eslatma: juda tez tez qilinishi kerak cho'mich bilan. Bo'lmasa sifat buziladi.
Qaynaganidan so'ng 2 bosh sarimsoq piyozni olasiz va ichiga to'g'raysiz. Undan keyin yaxshilab aralashtirib idishga solib sovitasiz. Sovigan mahsulotni toza idishga (masalan baklashkaga) solib muzlatkichga qo'yasiz. Oradan 2 soat o'tadi . Kunning issiq paytida muzlatkichdan olib ichmoqchi bo'lasiz.
Shoshilmang. Pamidor va kashnich hamda ko'katlarni to'g'rab solsangiz juda ham ta'm beradi. Bay bay bay 😍😍😍
Yoqimli ishtaha!πŸ™‚πŸ™‚πŸ™‚