Aliment bo'yicha batafsil ma'lumotga ega bo'lmoqchimisiz? Unda sizda ushbu imkoniyatni taqdim etamiz.
Aliment undirish ota-onaning voyaga yetmagan farzandiga yoki voyaga yetgan, mehnat qobiliyatini yo'qotgan yoki mehnatga layoqatsiz farzandlariga belgilangan summadagi pul miqdori to'lashi, yoki farzandlarning ota-onasiga alimenti, yoki er-xotinning bir-biriga aliment to'lashidan iborat. Xo'sh endi aliment bo'yicha odamlarda paydo bo'lgan savollariga savol-javob ko'rinishida ma'lumotlarni berib boramiz.
1. Aliment undirish to'g'risidagi ishlarni udda ko'rishning protsessual xususiyati qanday?
- Shaxsiy munosabatlardan kelib chiqadi
- Da'vogar (undiruvchi) davlat bojidan ozod qilingan
- Aliment unidirish bo'yicha da'vo muddati belgilanmaydi
- Ushbu turdag ishlar da'vo hamda buyruq tartibida sudda ko'riladi
- Protsessual huquqiy vorislikka yo'l qo'yilmaydi
- Bu ishlar qisqa muddatda sudda ko'riladi
- Bu ishlar bo'yicha javobgar qidirilishi shart (agar chet elda, yoki boshqa joyda bo'lsa)
- Sud hal qiluv qarori darhol ijro etiladi
- Sud hal qiluv qarori qaytarma ijroga yo'l qo'yilmaydi
- Aliment undirish to'g'risidgi ishlar bo'yicha javobgar sud majlisiga sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko'ra kelmasa, u majburiy tartibda keltiriladi va unga eng kam ish haqining 5 baravari miqdorigacha jarima solinadi
- Da'vogar aliment undirish to'g'risidagi da'volarni o'zi yashab turgan joydagi sudga ham taqdim etishi mumkin;
- Voyaga yetmagan shaxs (masalan 16 yoki 17 yoshli ona chaqalog'i uchun) sudga da'vo qo'zg'atishga haqli
Aliment undirish to'g'risida sudga ariza berish va ariza ilova qilinadigan hujjatlar ro'yxati
- Ariza berilayotgan sudning nomi;
- Da'vogarning FIO, yashash joyi, agar vakil tomonidana ariza berilayotgn bo'lsa vakilning FIO, manzili;
- Javobgarning FIO, yashash joyi;
- Da'vogarning talabi;
- Da'vogar o'z talabiga asos qilib ko'rsatayotgan holatlar va da'vogar tomonidan bayon qilingan holatlarni tasdiqlovchi dalillar;
- arizaga ilova qilinadigan hujjatlar ro'yxati
Agar ariza vakil tomonidan berilgan bo'lsa, arizaga ishonchnoma yoki vakilning vakolatini tadiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak!
Ilova qilinadigan hujjatlar ro'yxati:
- Arizaga agar er-xotin nikohdn o'tgan bo'lsa, nikoh haqidagi guvohnomasidan nusxa;
- bolalarning tug'ilganligi haqidagi guvohnomasidan nuxsa;
- Javobgarning ish haqi va boshqa to'g'risida ma'lumotl;
- Fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlaridan bola haqiqatdan ham da'vogar bilan birga yashashi yoki uning qaramog'ida ekanligi to'g'risida ma'lumotnoma
- va boshqa zarur bo'lgan hujjatlar
Ota-onalik huquqidan mahrum etilgan shaxslar bolalari uchun aliment to'laydimi?
Ota-onalik huquqidan mahrum etilgan shaxslar bolalari uchun aliment to'laydi. Ushbu holatda bolalar muassasai ota-onaning har biridan bola ta'minoti uchun aliment undirishni talab qilib sudga da'vo qo'zg'atishga haqli.