August 29, 2022

TELEGRAMDAN TOVAR SOTIB OLGANDIM. LEKIN HALIGACHA TOVARNI BERMADI, NIMA QILSAM BO‘LADI?

Fuqarolik kodeksining 366-moddasi to‘rtinchi qismining mazmunidan kelib chiqsak, ushbu normada internet orqali shartnoma tuzish mumkinligi keltirilgan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 185-son qaroriga
1-ilova bilan tasdiqlangan Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalariga binoan elektron shartnoma tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi uchun axborot tizimlaridan foydalangan holda sotuvchi va xaridor o‘rtasida tuziladigan shartnoma hisoblanadi.

Fuqarolik kodeksi 388-moddasiga ko‘ra sotuvchi sotib oluvchiga oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan tovarni topshirishi shart.

❗️Bundan ko‘rinib turibdiki, sotuvchi sizga buyurtma bergan tovarni topshirishi shart.

Fuqarolik Kodeksi 324-moddasida qarzdor majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditorga yetkazilgan zararni to‘lashi shartligi qayd etilgan.

Mazkur normada keltirilgan zarar bu:
• huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim bo‘lgan xarajatlari;
• uning mol-mulki yo‘qolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar);
• bu shaxs o‘z huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda) tushuniladi.

🙅‍♂️ Shuningdek, ushbu kodeks 436-moddasiga ko‘ra sotuvchi chakana oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha majburiyatini bajarmagan taqdirda zararni qoplash va neustoyka to‘lash sotuvchini majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qilmaydi.

❗️Yuqoridagi qoidalarning mazmuniga ko‘ra siz fuqarolik sudiga murojaat qilgan holda pulingizni qaytarishingiz yoki tovarni sizga topshirishini talab qilishingiz, shuningdek o‘zingizga yetkazilgan zararni qoplashingizni talab qilishingiz mumkin.

Savol bering - javob beramiz

Kuzatishda davom eting👇
https://t.me/Sherozbek_Dodoyev_Rasmiy